Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanish
19.11.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2008 yil 18 noyabr kuni poytaxtimizdagi “O’zbektelekom” AKning texnik-muxandislik markazida «Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanish» trening-kursi o’z ishini boshladi. Ikki kun davom etadigan ushbu tadbir O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “O’zbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko’maklashish” rivojlanish (ICTP) Loyixasi tomonidan tashkillashtirilgan.

pic

Mazkur trening – kursni tashkillashtirishdan asosiy maksad — davlat xizmatchilarining davlatni boshqarishda va jamiyatda axborot-kommunakatsiya texnologiyalaridan foydalanishning turli yo’nalishlari hamda jahon tendensiyalari haqidagi bilimlarini oshirish, O’zbekistonda elektron hukumat barpo etishga qaratilgan real loyihalar doirasida amaliy ko’nikmalar hosil qilish,xamda kurs ishtirokchilari o’rtasida o’zaro tajriba almashishdir.

Trening-kursda Respublikadagi 70 nafar bank soxasi mutaxassislari, Davlat Aksiyadorlik Kompaniyalari vakillari, shuningdek Toshkent viloyati xokimiyati vakillari ishtirok etmoqdalar. O’quv jarayoniga O’zbekistonda elektron hukumat komponentlarini joriy etish borasida amaliy tajribaga ega bo’lgan yetakchi mutaxassislar jalb etilgan. Trening so’nggida tinglovchilar uchun ularning mashg’ulotlar davomida olgan ko’nikmalarini mustahkamlash bo’yicha test o’tkazilishi rejalashtirilgan.

pic

Shuni ta’kidlash zarurki, bu kabi trening-kurslar Sirdaryo, Samarqand, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog’iston respublikasi, Toshkent, Nukus, Qarshi, Urganch, Termiz shahri hokimiyatlarining vakillari uchun o’tkazilgandi.

Trening-kurs tinglovchilarga elektron hukumatni rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollarini, O’zbekistonda AKT joriy etilishi bilan bog’liq afzalliklarni anglab yetishda yordam beradi. Xususan, tinglovchilar AKTga doir umumiy tushunchalar (axborot resurslari, e-hukumat, AKT sohasidagi qonun hujjatlari, axborot xavfsizligi va shu kabilar), shuningdek elektron hukumatni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari bilan tanishmoqdalar. Shuni ta’kidlash kerakki, ma’ruzalar davomida AKT sohasidagi qonun hujjatlari bazasi, xususan “Elektron imzo to’g’risida”gi, “Elektron hujjatlar aylanishi to’g’risida”gi qonunlarning asosiy qoidalari, shuningdek “O’zbekiston Respublikasida elektron xujjat aylanishi va dunyo tajribasi”, “Tarmoq texnologiyalarining asoslari”, “Axborot xavfsizligi va uning asoslari” kabi mavzular yoritiladi.

Amaliy mashg’ulotlar vaqtida tinglovchilar chet mamlakatlarning hukumat portallari bilan tanishish bilan bir qatorda “Axborot texnologiyalari soxasida mualliflik xuquqi masalalari”,”Soliq tizimada AKT yechimlari” kabi mavzular bo’yicha amaliy bilimlarga ega bulib, olingan bilimlarni mustahkamlash imkoniga ega bo’ladilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq