Yangi raqamli stansiya
13.11.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sirdaryo viloyati Guliston tumani Hamid Olimjon nomidagi fermer xo‘jaliklari uyushmasi aholisi ham endilikda sifatli aloqa xizmatidan bahramand bo‘la boshladi.

Bu yerda “Koinot” ishlab chiqarish korxonasida tayyorlangan zamonaviy raqamli telefon stansiyasi ishga tushirildi. Bu esa turli xorijiy mamlakatlar bilan bog‘lanish imkonini beradi.

– 2010 yilgacha tuman hududida yana uchta ana shunday stansiya o‘rnatiladi, – deydi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Sirdaryotelekom” filiali tuman bog‘lanmasi boshlig‘i J.Sultonov. – Maqsadimiz tumanimizda istiqomat qilayotgan 55 mingdan ziyod aholiga aloqa xizmati ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashdan iborat.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq