O’zAAA transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha qator xududiy seminarlar o’tkazdi
19.10.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Shu yilning 22 oktyabridan O’zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonuni kuchga kirishi munosabati bilan, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O’zAAA) tashabbusi bilan [url=http://www.alscom.uz/]“ALSKOM”[/url] sug’urta kompaniyasi hamkorligida joriy yilning 25 sentyabrdan 04 oktyabrga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va respublikamizning barcha viloyatlarida qonunning amalda bajarilishiga bag’ishlangan o’kuv seminarlari o’tkazildi.

Seminarlarda O’zAAA tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda transport vositalaridan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar va boshqa manfaatdor shaxslar ishtirok etishdi.
Tadbirlarni o’tkazishdan maqsad aloqa va axborotlashtirish sohasi mutaxassislari uchun transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tartibi va shartlarini keng tushuntirishdur.

Seminarlar chog’ida Milliy sug’urta bozorida kuzatilayotgan o’zgarishlar respublikamizda sug’urta munosabatlari darajasini keskin o’sib borayotganligidan dalolat berib, bunda Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar salmoqli o’rin tutayotganligi alohida ta’kidlab o’tildi. Majburiy sug’urta qilishning o’zgacha ko’rinishda joriy etilishi, sug’urta hizmatlari bozorini yangi rivojlanish bosqichiga o’tganligidan dalolat berib, kundalik hayotda insonlarga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga yo’naltirilgan ijtimoiy himoya vazifasini o’taydi. Majburiy sug’urta to’g’risidagi qonunning ijrosi yuzasidan Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror o’zida chuqur o’zlashtirishni talab etuvchi ko’plab yangiliklarni mujassamlashtirgan.
Seminarlar davomida “ALSKOM” sug’urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish zaruriyati, tartibi va shartlari har tomonlama tushuntirib berildi. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomalarini tuzish va sodir bo’lgan sug’urta hodisalarini bartaraf etish jarayonida sug’urta kompaniyasi, ekspert tashkilotlar va DAN xodimlarining bilan bo’ladigan munosabatlar, sug’urta tariflari va to’lovlar hajmini hisoblash tartiblari aniq misollarda ko’rib chiqildi.

Seminarlar qatnashchilarning faol ishtiroki va keng munozarali bahslari sharoitida o’tdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq