NGN tarmoqlariga o‘tish evolutsiyasi ilmiy-texnik konferensiya
19.10.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

14-15 oktabr kunlari Toshkentda “An’anaviy telekommunikatsiya tarmoqlarining NGN tarmoqlariga o‘tish evolutsiyasi: O‘tishning muammo va modellari” mavzuida ilmiy-texnik konferensiya o’tkazilmoqda.

pic

Tadbir O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnik jamiyati tomonidan tashkil etildi. Unda Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik, Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi a’zolari, mamlakatimiz va xorijdagi aloqa hamda axborotlashtirish sohasi korxonalarining vakillari, telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchilar, O‘zbekiston bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan telekommunikatsiya xizmatlari operator hamda provayderlari ishtirok etmoqda.

Anjumanda NGN texnologiyasi bo‘yicha normativ baza ishlab chiquvchilar, telekommunikatsiya operator va provayderlari, shuningdek, telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchilar NGN tarmog‘iga o‘tishning maqbul modellarini topish, olingan natijalarni to‘plash va ularga ishlov berish, mazkur texnologiyani joriy etishda foydalanish bo‘yicha tajriba almashadi.

NGN texnologiyasi iqtisodiy ustuvorliklarga ega. Uning joriy etilishi telefon tarmog‘i, shuningdek, yagona multiservis tarmog‘i orqali ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. NGN – Next Generation Network – Kelasi avlod tarmog‘i sifati kafolatlangan cheksiz telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish va foydalanuvchining global mobilligini ta’minlaydigan keng polosali paketli tarmoq asosida qurilgan. Boshqacha aytganda, bu mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasining keng turdagi qo‘shimcha xizmatlar – videotelefon, videokonferensiya, Internetdan tezkor foydalanish, ma’lumotlarni tezkor uzatish, jumladan, raqamli kanallarni ijaraga olish, IP-televideniye, multiservisli korporativ tarmoq, IP-telefoniya, elektron hujjat aylanishi, elektron tijorat, masofadan turib o‘qitish, kompleks telematik tizimlarni o‘z ichiga oluvchi xizmatlardir.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari H.Muhitdinov O‘zbekistonda an’anaviy telekommunikatsiyalardan NGN tarmog‘iga o‘tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Xususan, zamonaviy transport infratuzilmasi tashkil etilgan, tarmoqlarni raqamlashtirish ishlari nihoyasiga yetmoqda, abonentlar foydalanadigan tarmoq rekonstruksiya va modernizatsiya qilinmoqda, NGN funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan uskunalar o‘rnatilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq