Bolalarga – axborot texnologiyalari
24.09.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic

Joriy yilni “Yoshlar yili deb” e’lon qilinishi hamda O’zbekistonda AKT haftaligi doirasida yoshlarning axborot texnologiyalarining yangi yo’nalishlariga hamda bilimlarga qaratilgan “Bolalarga – axborot texnologiyalari” aktsiyasi o’tkazildi.

Unga ko’ra, Toshkent shahar, Yunus Obod tumanidagi 246 maktabning komp’yuter sinfini to’liq jihozlandi, unga bepul Internet tarmog’idan foydalanish imkoniyati yo’lga qo’yildi.

Sinfda 10 ta komp’yuter, ko’p funktsiyali nusxa ko’chirish – printer – skaner qurilmasi o’rnatildi. Endilikda, mazkur sinf o’quvchi yoshlarimizning zamonaviy axborot texnologiyalarining siru asrorlari yordamida yangi bilimlarni zabt etishlari uchun xizmat qiladi.

Aktsiya aloqa va axborotlashtirish sohasidagi qator korxona va tashkilotlarning homiyligi asosida amalga oshrildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq