AKT bo’yicha Oltinchi Sammit ishini boshladi
24.09.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic

23 sentyabr Toshkentda AKT haftaligi doirasida o’tkazilayotgan muhim tadbirlardan biri — Oltinchi AKT Sammiti o’z ishini boshladi. Mazkur tadbir axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarning unga bo’lgan e’tiborini yildan yilga katta qiziqish bilan oshirib kelmoqda. Sammit O’zbekistonning aloqa va axborotlashtirish sohasidagi yirik voqealaridan biri bo’lib, nafaqat mahalliy mutaxassislarni balki xorij ekspertlarda ham katta qiziqish uyg’otmoqda.

Har yili AKT bo’yicha o’tkazilayotgan milliy Sammit ishida 400 ga yaqin delagatsiya ishtirok etib kelinadi. Ishtirokchilar asosan, AKT bozori ekspertlari, davlat organlari, xalqaro va jamoa tashkilotlari vakillari, mahalliy va xorij IT- kompaniyalarining mutaxassis va rahbarlari safidan o’rin olgan.
Sammit tashkilotchilari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komp’yuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining axborot va kommunkiatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi, O’zbekisiton aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekistonda Birlashgan Millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi ICTP loyihasi hamda O’zbekiston axborot texnologiyalari sohasidagi korxona va tashkilotlar uyushmasidir.

Sammit ishida Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya, Qirg’iston, Litva, Niderlandiya, Rossiya, AQSh va Yaponiya kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan jami 400 ga yaqin delegatlar qatnashmoqda.

Sammitning ochilishida qatnashuvchilarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar bo’yicha Axborot-tahlil departamentining mudiri A.Ishonxodjaev, O’zbekistonda BMT Doimiy koordinatori v.b. j-b E.Murat, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborot texnologiyalari masalalari Qo’mitasi deputati A.Djurabaev, IBM hududiy vakolatxonasi vakili R.Asimov, Microsoft korporatsiyasining vakili D. Levilarning ishtirokchilarga yo’llagan tantanali nutqlari havola qilindi.

Sammitning plenar yig’ilishida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining bugungi kundagi holati va uning pirovard vazifalari, iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etilishi va uning samarasi, Evropa va Osiyo mamlakatlaridagi amalga oshirilgan qator tajribalarni muhokama etishga bag’ishlandi.

Sammit doirasida ikki kunlik plenar va sektsion yig’ilishlar o’tkaziladi. Unda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanish strategiyasi, telekommunikatsiya texnologiyalari va uning infratuzilmasi, qo’llanma dasturlari va qarorlar, shuningdek, yana qator sohadagi ustuvor masalalarni atroflicha muhokama etilishi ko’zda tutilgan.

pic

Muhokamalar yakunida O’zbekistonda AKTni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan Sammit Rezolyutsiyasi qabul qilinadi. Tadbir so’ngida AKT Sammitining barcha materiallarini o’z ichiga to’plagan CD tayyorlanadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq