O’zAAA Hay’atining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi
03.09.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic

2008 yil 29 avgust kuni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida navbatdagi Hay’at yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda O’zAAA bo’lim boshliqlari, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi aksiyadorlik kompaniyalar, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Hay’atda Agentlik hududiy boshqarmalari ishtiroki esa selector aloqasi yordamida ta’minlandi.

Hay’at, kun tartibiga ko’ra O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o’rtasida 2006-2008 yillar uchun tuzilgan Tarmoq kelishuvining 2008 yilinig birinchi yarmida bajarilish yakunlari va Aloqa va axborotlashtirish sohasida plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish holati to’g’risidagi masalalarni ko’rib chiqdi.

Birinchi masala yuzasidan O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi T.Nazarjonov ma’ruzasi tinglandi. Uning ta’kidlashicha xozirgi kunda 190 ta Jamoa shartnomalari tuzilgan hamda amal qilmoqda. Xodimlarni jamoa shartnomaviy munosabatlar bilan qamrash darajasi 100 foizni tashkil etdi.

2007 yilda Jamoa shartnomalarining bajarilish yakunlari mehnat jamoalarining yig’ilish, konferensiyalarida, Kelishuvlar va yagona Jamoa shartnomasining bajarilishi yakunlari esa aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyat Direktorlari kengashi va O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosatining qo’shma majlislarida ko’rib chiqildi.

Ikkinchi masala yuzasidan AT “Aloqabank” plastik kartochkalar bo’yicha bo’lim boshlig’i Z.Ibragimov ma’ruzasi tinglandi. Uning ta’kidlashicha 2008 yilning 1 iyul holatiga AT “Aloqabank” tomonidan 32 709 ta plastik kartochka muomalaga chiqarilib, 464 ta terminal o’rnatilgan. Shuningdek, bankning plastik kartochkalari va terminallari orqali o’tkazilgan tranzaksiyalari summasi 16 850 mln. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning 1 iyuliga nisbatan 2,8 martaga ortdi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar aloqa va axborotlashtirish sohasida ham o’z samarasini bermoqda.

Aloqa va axborotlashtirsh sohasi korxona va tashkilotlaridan 22 tasi AT “Aloqabank” tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalardan ish haqi loyihalari doirasida keng foydalanib kelmoqdalar.

Muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalarning 60 foizi yoki 19620 donasi aloqa va axborotlashtirish sohasi korxonalarida ish haqi loyihalari doirasida joylashtirilgan. Ushbu ko’rsatkichni o’tgan yilning shu davriga solishtirsak, 36,6 foizga oshganini ko’rishimiz mumkin.

Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yurituvchi 40 dan ortiq korxona va tashkilotlar “Aloqabank”ning korporativ plastik kartochkasidan foydalanib kelmoqdalar.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Hay’at tegishli qarorlar qabul qildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq