Axborot informatsion texnologiyalarining qishloq yoshlari hayotidagi ahamiyati
10.05.2008
Rukn: Tanlovga yuborilgan maqolalar.
Muallif: Tojiddinova Mohichehra.

Hozirgi kundagi zamon rivojlanishiga ko’ra yoshlarning ongi ham rivojlanmoqda ayniqsa, qishloqdagi yoshlarimiz uchun keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda, ularga barcha imkoniyatlar eshigi keng ochilmoqda.

Axborot texnologiyalarining qishloq yoshlari hayotidagi ahamiyati qanday?
— Mana shu savolga men o’zimning fikrlash doiramdan kelib chiqqan holatda javob bermoqchiman. Bir so’z bilan aytganda, axborot texnologiyalari XIX asrning haqiqiy mo’jizasi kashfiyor desam mubolag’a bo’lmaydi. Bir paytlar juda ko’p olimlarning tinimsiz izlanishlari natijasida dunyoga kelgan kompyuterlar barcha insonlarning dunyoqarashini yana ham kengaytirib, ularga ma’naviy ozuqa bermoqda. Qishloq hayotida ham bu omillar muhim rol o’ynamoqda. Ya’ni qishloqdagi yoshlarimiz bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazmoqdalar. Ular Internet tarmoqlari orqali boshqa chet davlatlaridan do’stlar orttirmoqdalar, turli xil forum va tanlovlarga qatnashib o’zlarining egallagan bilimlarini sinab ko’rish orqali birinchilikni qo’lga kiritmoqdalar. Hozirda kundan-kunga xonadonlarda kompyuterlar soni ortib bormoqda. Bunga sabab zamon o’ta bilimdonlikni talab etmoqda. Kompyuter o’rganishning ahamiyati benihoyat katta. U uzog’ingizni yaqin qiladi, mushkulingizni oson qiladi, bilimingizni oshiradi. Qanday qilib deysizmi?

Yoshlarimiz o’z iqtidorlarini, butun salohiyatlarini faqatgina O’zbekistondagina emas, balki, boshqa chet davlatlarida ham bilim-malakalarini yanada yuqoriroq cho’qqiga ko’tarishni xohlaydilar. Buning uchun ular “Internet” tarmog’iga ulanib chet eldagi o’zlari orzu qilgan o’quv yurtlarining imtihon savollariga javob yo’llamoqdalar. Yoshlarimiz shunday qulay imkoniyatlari orqali orzulariga yetishmoqdalar.

Yana bir malumot. Aytaylik, siz qishloq xo’jaligida birorta ekinning noyob turini yaratdingiz va shu yangi tur bo’yicha mahsulot yetishtirdingiz. Mana shu yaratgan mahsulotingizni boshqa chet davlatlariga sotmoqchisiz ya’ni ommalashtirmoqchisiz. Bu ishingizni ham kompyuterning yordami bilan osongina hal etishingiz mumkin.

Bilimga bo’lgan e’tibor borasidagi kishilarning ko’pchiligini yoshlar tashkil qiladi.Ular chet mamlakatlariga tegishli bo’lgan kutubxonalardagi turli mavzularga oid bo’lgan qiziqarli va hayotida katta ahamiyat kasb etadigan kitoblarni o’qishni istaydilar. Buni qarangki kompyuter ya’ni “Internet” tarmog’I orqali o’zingizni qiziqtirgan mavzudagi kitobni o’qish ham mumkin ekan. Buning uchun “Internet” tarmog’i bilan chet davlatlarining turli hil mavzuda yaratgan saytlariga kirib o’zingizga yetarlicha ma’lumotlar olishingiz mumkin. Har qanday bilimli inson albatta kompyuterni o’rganish lozim. Asrimiz kompyuter asri. Chunki kompyuter-bilimning koni, aqlli hisobchi, beminnat do’st, takrorlanmas ijod manbai. Lekin, hammaga foydasi tegadigan kompyuterning ham salbiy hislatlari mujassam. To’g’ri, tengdoshlarimizning ko’pi undan oqilona foydalanadi,biroq ba’zi tengdoshlarimiz esa soatlab uning qarshisida o’tirishi natijasida turli xil ko’z kasalliklari kelib chiqmoqda. Albatta, bu narsalar o’zimizning beparvoligimiz, o’ta qiziquvchanligimiz o’qibatida yuzaga kelmoqda. Ammo, shunday vaziyatlar barchani kompyuterdan unumli foydalanishga, vaqtini sermazmun o’tkazishga va eng asosiysi ehtiyotkorlikka undamoqda.

Yoshlarmiz

Biz beg’ubor sho’h-u-shodon yoshlarmiz,
Kelajakka dadil qadam tashlaymiz,
Har sohada har bir elni yutamiz,
Shiorimiz: ”Oldinga intilamiz”

Bizga bas kelolmas hech qanday to’fon,
Bizni yengaolmas hech kim hech qachon,
Bayrog’imiz yuksaklarga ko’taramiz,
Bobolarim ruhini shod etamiz.

Bilimdon-u, zukko zakovatlimiz,
Millatimiz-sharafimiz, orimiz,
Yurtimizning ertangi bir korimiz,
Buyuk O’zbekistonning farzandlarimiz.

Muallif: Tojiddinova Mohichehra Ilhomjon qizi , Andijon Viloyati, Buloqboshi tumani 43- Ixtisislashtirilgan maktab internati 9 – sinf o’quvchisi

Танловга тақдим этиладиган материалларга талаблар [url=http://uz.infocom.uz/more.php?id=231_0_1_20_M]http://uz.infocom.uz/more.php?id=231_0_1_20_M[/url]

pic

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq