Innovatsiyaon loyihalar va g’oyalar respublika yarmarkasi doirasida «Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi innovatsiyaviy loyihalar» materiallar to’plami tayyorlangan
29.04.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

30 apreldan 2 maygacha Toshkentda Innovatsion loyihalar va g’oyalar respublika yaramarkasi bo’lib o’tadi. Yarmarkadan ko’zlangan asosiy maqsad ilmtalab, yuqori texnologik ishlab chiqarishni yaratish, shu jumladan kichik innovatsiyaviy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi, respublikaning ilmiy-texnik salohiyatidan samarali foydalanish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.

pic

Tadbirda axborot texnologiyalari sohasida 34 innovatsion loyiha taqdim etiladi.

Yarmarka doirasida yuqorida qayd etilgan loyihalarni qo’llab-quvvatlash va joriy etish maqsadida O’zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnkiaviy jamiyati tomonidan «Innovatsiyaviy loyihalar» materiallar to’plami chop etilgan.

To’plamdan «E-Hujjat», «CADASTRE-INFO» axborot-kadastr tizimi», «DOPPIX LINUX 2008 EDU – LINUX asosidagi erkin va ochiq amaliyot tizimi», «Tahliliy kurer» matnlardan bilimlarni terib olish tizimi», «G’ujjatlar to’plamini boshqarish tizimi» va «X-FILES», «Ob’ektlarning radiochastotali identifikatsiyalash bo’yicha dasturiy-texnik kompleks» va boshqalar o’rin olgan.

Loyiha mualliflari safida «Koinot» OAJ, Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo’llab-quvvatlash markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi, shuningdek, «Inteligent Solutions» MChJ, «USD Micros», «NetDec», «BAIK Technologies» MChJ, «ITECO TASHKENT» va boshqa AT-kompaniyalar bor.

To’plam nafaqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, balki iqtisodiyot, sanoat va ta’limning boshqa sohalaridagi olim va mutaxassislar o’rtasida innovatsion loyihalarni sinovdan o’tkazish imkonini beradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq