World Cyber Games 2008 Uzbekistan Preliminary saralash turniri — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha VI O‘zbekiston chempionatini o’tkazilishi bo’icha matbuot anjumani bo’lib o’tda
28.04.2008
Rukn: Без рубрики.
Muallif: .

pic

2008 yil 24 aprel kuni Toshkentda World Cyber Games 2008 Uzbekistan Preliminary saralash turniri — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha VI O‘zbekiston chempionatiga start berilishi munosabati bilan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Anjumanda OAV vakillari va kibrsportchilar ishtirok etdilar. Ularni o’yinlar o’tkazilishi qoidalari bilan InfoCOM.UZ jurnali tahririy hay’ati raisi A.Suchkov tanishtirdi.

2008 yil iyun-iyul oylarida O‘zbekistonda — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. O‘tgan yildagidek O‘zbekiston chempionati bo‘lish bilan birga rasman jahon kompyuter o‘yinlari bo‘yicha World Cyber Games (WCG) finalining O‘zbekiston Milliy chempionati saralash turniri hisoblanadi.

Bu yil O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyi boshlarida Kyoln shahriga (Germaniya)da bo‘lib o‘tadigan WCG Jahon Grand Final WCG 2008 finalida qatnashish uchun boradilar. Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati World Cyber Games 2008 Uzbekistan Preliminary’ning saralash turniri uch bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich — mintaqaviy saralash turnirlari;
2- bosqich — chempionatning Milliy finali;
3- bosqich O‘zbekiston terma jamoasining Grand Final WCG 2008-Jahon chempionatidagi ishtiroki.

Chempionatning mintaqaviy saralash turnirlari O‘zbekistonning beshta shaharlari: Buxoro, Samarqand, Andijon (yoki Farg‘onada), Qarshi va Toshkentda o‘tkaziladi. Bu saralash turnirlarida O‘zbekistonning poytaxti va barcha mintaqalaridan teng holda ishtirok etishlariga imkon beradi, bu esa mamlakat bo‘yicha chempionatning mintaqaviy saralash turnirlari xolisona o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, jahonning ko‘plab mamlakatlarida chempionatning mintaqaviy saralash turnirlarida ishtirok etish pul to‘lash asosida o‘tkaziladi. O‘zbekiston chempionatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘tgan yillardagi kabi unda ishtirok etish bepul amalga oshiriladi. Bu esa O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘yin va yosh ko‘rsatkichlariga asosan turnirda ishtirok etishlari mumkinligini ko‘rsatadi. Yosh ko‘rsatkichlari bo‘yicha cheklashlar o‘yinga bo‘lgan qiziqishlarni hisobga olgan holda, maxsus hay’at tavsiyalariga asosan chempionatning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

WCG 2008 Uzbekistan Preliminary tashkiliy qo‘mitasining oldindan bergan ma’lumotlariga ko‘ra bu yil saralash turnirlarida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 3000 ga yaqin geymerlar ishtirok etishlari mumkin, biroq O‘zbekistonning 9 g‘olibi (chempioni)gina Grand Final WCG 2008 da ishtirok etish uchun Kyoln (Germaniya) shahriga boradilar.
World Cyber Games 2008 Uzbekistan Preliminary tashkilotchilari:
World Cyber Games Jahon chempionati tashkilotchisi WCG tashkiliy qo‘mitasidir. O‘zbekistonda WCG 2008 Uzbekistan Preliminary VI saralash turniri tashkilotchilari:
davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlovchi: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O‘AAA);
bosh homiy: «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi.
O‘zbekistonda chempionatning tashkilotchisi — InfoCOM.UZ. jurnali.

Anjumanda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining o’rinbosari A.Xodjaev va “O’zbektelecom” AK bosh direktori X.Muxitdinovlar so’zga chiqdilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq