O’zAAA Hay’atining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi
28.04.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic

2008 yil 25 aprel kuni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida navbatdagi Hay’at yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda O’zAAA bo’lim boshliqlari, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi aksiyadorlik kompaniyalar, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Hay’atda Agentlik hududiy boshqarmalari ishtiroki esa selector aloqasi yordamida ta’minlandi.

Hay’at, kun tartibiga ko’ra bolalar dam olishini va sog’lomlashtirilishini tashkil etish to’g’risida, Axborot-kutubxona markazlari ish jarayonidagi muammolar: avtomatlashtirish dasturi, elektron resurslar ma’lumot bazasini shakllantirish, axborot-kutubxona faoliyatini belgilovchi hujjatlar va Umumjahon pochta ittifoqining 24-Kongressiga tayyorgarlikning borishi va Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga O’zbekiston Respublikasining tayyorlagan hissasi to’g’risidagi kabi masalalar muxokama qilindi.

Birinchi masala yuzasidan O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi T.Nazarjonov ma’ruzasi tinglandi. Uning ta’kidlashicha ayni vaqtda aloqa sohasi xodimlarining bolalarini dam olishi va sog’lomlashtirilishini tashkil etish va ta’minlash uchun “O’zbektelekom” AK tasarrufidagi beshta bolalarni sog’lomlashtirish ijtimoiy ob’ektlarini 2008 yil mavsumiga tayyorlash bo’yicha chora-tadbirlar belgilangan, maskanlarda ta’mirlash ishlari, zarur jihozlarni sotib olish, oromgohlarni tozalash va obodonlashtirish, oshxona va tibbiyotxonalarni mavsumga tayyorlash kabi ishlar olib borilmoqda.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A.Ishmatov maruza kildi.

Maruzachi Axborot-kutubxona markazlariga yuklatilgan vazifalar ichida eng muhimlari etib axborot-kutubxona faoliyatini avtomatlashtirish, ularni yagona axborot tizimiga birlashtirish, elektron kataloglar asosida yig’ma elektron katalog yaratish, shuningdek milliy resurslar ma’lumot bazasini yaratish deb belgilangan. Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun AKMlarga zarur kompyuter texnikasi, lokal tarmoq, avtomatlashtirilgan kutubxona tizimiga ega bo’lgan ishchi o’rinlari hamda malakali kadrlar zarurligini ta’kidlab o’tdi.

pic

AKMlarning me’yoriy-huquqiy bazasini mustahkamlash maqsadida 2007-2008 yillarga kutubxonachilik, axborot va nashriyotchilik ishi bo’yicha standartlar tizimini tarjimasi, ishlab chiqildi, hozirgi kunda 46 ta standart “O’zdavstandart”dan ro’yxatdan o’tdi. Uch jilddan iborat standartlar to’plami nashrga tayyorlanmoqda va ular respublikadagi AKM va ARMlar ish jarayonida foydalanishlari uchun tarqatilishi mo’ljallangan.

Umumjahon pochta ittifoqining 24-Kongressiga tayyorgarlikning borishi va Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga O’zbekiston Respublikasining tayyorlagan hissasi to’g’risida Agentlikning Pochta texnologiyalari va xizmatlari bo’limi boshlig’i T. Chekoshkina ma’ruzasi tinglandi.

pic

Umumjahon pochta ittifoqining navbatdagi 24-Kongressi 2008 yil 23 iyuldan 12 avgustgacha Jeneva (Shveysariya)da bo’lib o’tadi. Kongress- Ittifoqning yuqori organi hisoblanadi. Kongressda 2009-2012 yillarga Umumjahon pochta ittifoqi strategiyasini aniqlash ko’zda tutilgan. Kongressda Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha Pochta ma’muriyatlari, Umumjahon pochta ittifoqining doimiy organlaridan tushgan takliflar ko’rib chiqiladi.

Ayni paytda Ma’muriy kengash, Pochta ekspluatatsiyasi kengashi, Xalqaro byuroga nomzodlar saylash masalasi o’rganilmoqda, shuningdek O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Umumjahon pochta ittifoqining 24-Kongressida ishtirokiga doir tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hay’atni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o’rinbosari A.Xodjaev olib bordi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Hay’at tegishli qarorlar qabul qildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq