O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida uchrashuv
13.04.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic

2008 yil 10 aprel kuni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari, O’zAAA Bosh direktori A.N.Aripovning «Koreya Telekom» korporatsiyasi delegatsiyasi rahbari, ijrochi vitse-prezidenti Kim Xan Suk bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Muloqot chog’ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining eng ilg’or yo’nalishlarida ikki tomonlama o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

2007 yilda «Koreya Telekom» va «Sumitomo Korporeyshn» (Yaponiya) transmilliy korporatsiyalari birgalikda «East Telekom» qo’shma korxonasining 85% ulushini xarid qildilar. Sotilgan aksiyalar paketidan tashqari, qo’shma korxonaning 15% «O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasiga tegishli.

Uchrashuv davomida Koreya tomoni O’zbekiston Respublikasida Internet tarmog’idan simsiz foydalanish xizmatlarini rivojlantirish borasidagi kelgusi rejalari, jumladan, joriy yil sentyabr oyida Toshkent shahrida rejalashtirilayotgan tijorat asosidagi shunday tarmoqni ochish haqida ma’lum qildi. Ta’kidlanganidek, hozirga qadar mahalliy shart-sharoitni o’rganish va radiorejalashtirish bo’yicha muayyan ishlar olib borildi. Demak, O’zbekiston Wave-2 eng zamonaviy texnologiyani qo’llovchi WiMAX mobil tarmog’iga ulangan kam sonli mamlakatlar qatoriga qo’shiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida uchrashuv
13.04.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic

2008 yil 10 aprelda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida O’zAAA Bosh direktorining birinchi o’rinbosari A.Izbosarov Yaponiya auditorlik tashkilotining rivojlanishga rasmiy ko’maklashish inspeksiyasi boshqarmasi boshlig’i janob Masatako Tomito bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki tomonidan moliyalangan “O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog’ini kengaytirish” bo’yicha amalga oshirilgan telekommunikatsiyaviy loyihaga oid masalalar muhokama qilindi. Unga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududlarida 42 ta raqamli telefon stansiyasi va umumiy sig’imi 42 ming portdan ortiq bo’lgan ikkita AMTS, 238 ta uzatish tizimi o’rnatilgan, 6 ta radioreleyli aloqa proleti tashkil qilingan va 6 ming km.dan ortiq optik-tolali kabel yotqizilgan, umumiy sig’imi simsiz abonentlik radiofoydalanish tarmog’ining 20000 nomeri uchun mo’ljallangan xalqaro/shaharlararo 5ESS kommutatori va 30 ta bazaviy stansiya, 89 ta televizion va 36 ta radioeshittirish uzatgichlari o’rnatilgan.

Yaponiya delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifidan ko’zlangan maqsad – yenali kreditlar evaziga amalga oshirilgan loyihalarni o’rganishdan iborat.

Muzokaralar davomida qayd etildiki, amalga oshirilgan ishlar natijasida barcha tumanlar markazlari darajasiga raqamli oqimlar yetkazildi va mavjud muqobil ATS lar raqamlilariga almashtirildi, bu esa telekommunikatsiya tarmog’ining gurkirab rivojlanishiga olib keldi.

Yaponiya delegatsiyasi o’z tashrifi davomida Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bir qator telekommunikatsiya tarmoqlari ob’ektlari bilan tanishish niyatida.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq