Ilk nodavlat Elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazini rasmiylashtirish to’g’risidagi guvohnoma topshirildi
13.04.2008
Rukn: Без рубрики.
Muallif: .

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining [url=http://www.aci.uz/ru/ecp/pki/]Elektron raqamli imzo (ERI) kalitlarini ro’yxatga olish markazlarini rasmiylashtirish idorasi tomonidan[/url] «Multisoft Solutions» xususiy korxonasiga Elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazi sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilishi to’g’risida guvohnoma berildi.

[url=http://www.mss.uz/]«Multisoft Solutions»[/url] XK ushbu guvohnomaga ega bo’lib, ERI kalitlarini ro’yxatga olish ilk nodavlat markaziga aylandi. ERI kalitlarini ro’yxatga olish markazining vazifalari quyidagilardan iborat:

— O’zbekiston Respublikasi xududidagi moliyaviy, bank va boshqa kredit tashkilotlari, davlat va nodavlat idoralariga elektron raqamli imzo kalitlariga oid sertifikatlarni berish;
— ERI kalitlari sertifikatlari reestrini yuritish, uning o’z vaqtida yangilanib turilishini hamda yuridik va jismoniy shaxslar undan «onlayn» rejimida erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
— amaldagi qonunchilikka muvofiq ERI kalitlari sertifikatlari amal qilinishini to’xtatish va qayta tiklash hamda bekor qilish;
— «onlayn» rejimida ERI kalitlarini ro’yxatga olish Markazining [url=http://www.pki.uz/]veb-sahifasida[/url] ERI kalitlari sertifikatlarining elektron nus’halari taqdim etilishini ta’minlash;
— «onlayn» rejimida ERI kalitlarini ro’yxatga olish Markazining veb-sahifasida «qaytarib olingan sertifikatlar ro’yxatida» to’xtatilgan va bekor qilingan ERI kalitlari sertifikatlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan erkin tarzda tanishishni ta’minlash;
— elektron hujjatlarda ERI ning haqiqiyligini tasdiqlashni amalga oshirish;
— ERI yopiq kaliti egasini ERI kaliti sertifikatini keyinchalik qo’llash imkoniyatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan faktlar haqida xabardor qilish;
— ERI yopiq kaliti egalarini ERIni qo’llash qoidalariga o’rgatish imkoniyatini ta’minlash.

ERI kalitlarini ro’yxatga olish Markazi taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, «Multisoft Solutions» xususiy korxonasi elektron raqamli imzo vositalari qo’llanilishi zarur bo’lgan axborot tizimlarda amaldagi qonunchilikka muvofiq elektron tijoratni joriy etish va yanada rivojlantirish borasida faoliyat yuritish niyatida.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ikkita ERI kalitlarini ro’yxatga olish markazi (O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ilmiy-texnikaviy va marketing tadqiqotlar markazi hamda Davlat soliq qo’mitasi qoshida) faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan berilgan ERI kalitlari va kalitlar sertifikatlari 12868tani tashkil etmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq