Rahbarlar uchun o’quv seminari
29.03.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic

Joriy yilning 24-25 mart kunlari Andijon viloyatida, 26-27 mart kunlari esa Farg’ona viloyatida rahbar kadrlar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amalda foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.

Seminarlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori bajarilishini ta’minlash hamda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari rahbar kadrlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amalda foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha seminarlar Dasturi”ga muvofiq o’tkazilmoqda.

Andijon va Farg’ona viloyatlari boshqaruvida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar — viloyat, shahar va tuman hokimliklari rahbarlari, oliy o’quv yurtlari, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoq rahbarlari ishtirok etgan o’quv seminarida hozirgi axborot texnologiyalari va axborotlashgan jamiyat muammolariga bag’ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar axborot tizimlari va texnologiyalari turlari, tizimdagi jarayonlar va ularni joriy etishga doir yangiliklar bilan tanishishdi.

O’quv-seminar mashg’ulotlarida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o’rinbosari A.Xodjaev qatnashdi. Mashg’ulotlar Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi va UZINFOCOM markazi mutaxassislari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Farg’ona politexnika instituti professorlaridan iborat lektorlar guruhi tomonidan olib borildi.

Seminr yakunlariga ko’ra tinglovchilar test sinovlaridan o’tkazildilar. Sinovlar o’tkazilgan seminarlarni qay darajada samaraliligini aniqlashda ko’mak berdi.

Bunday o’quv seminarlari 2008 yil davomida barcha viloyatlarda o’tkaziladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq