O’zAAA xay’atining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi
01.03.2008
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 29 fevral kuni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining (O’zAAA) xay’at majlisi bo’lib o’tdi.

Xay’at ishida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi aksiyadorlik kompaniya, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Majlisni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori, xay’at raisi A.Aripov olib bordi.
Majlisda 2007 yil to’rtinchi chorak davridagi ijro intizomi ahvoli tahlili natijalari va 2007 yil Butunjahon radioaloqa konferensiyasi ishining yakunlari va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish chora-tadbirlari masalalari muxokama qilindi.

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2007 yil II yarim yillik ish rejasi bilan tasdiqlangan Agentlikning hududiy boshqarmalari, tizimdagi korxona va tashkilotlarda, hamda ularning quyi tarkibiy bo’linmalarida ijro intizomining holatini 2007 yil II yarim yillik davomida maqsadli o’rganish jadvaliga muvofiq Agentlik tizimidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda hamda ularning quyi tarkibiy bo’linmalarida ijro intizomi holatlarini o’rganishni tashkil etilgan.

pic

X.Isayev rejaga muvofiq 2007 yil oktyabr — dekabr oylarida Agentlik tizimidagi bir qator korxona va tashkilotlarida sohaga oid O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Hukumat qarorlarini bajarishda ijro intizomiga rioya qilish ahvoli o’rganilganligi xaqida ma’lumot berdi.

Ushbu masala muxokamasi yuzasidan majlisda Agentlik tizimidagi tegishli korxona, tashkilot va muassasalarga hujjatlar nazoratini kuchaytirish bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yig’ilishda 2007 yil Butunjahon radioaloqa konferensiyasi ishining yakunlari va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi (RChDK) raisi o’rinbosari M.Xamuratova ma’ruzasi tinglandi.

pic

2007 yil 22 oktyabr – 16 noyabr kunlari Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqining Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-07) o’tkazilib, u Radioaloqa reglamenti (RR)- radiochastota spektri va yo’ldoshli orbitadan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro shartnomani qayta ko’rib chiqish va yangilashga qaratilgan. BRK-07 kun tartibining barcha yer usti va kosmik radioxizmatlar va ularni qo’llash bo’yicha 30 ga yaqin masalalarni ko’rib chiqdi. Bular qatoriga ko’chma telefon aloqasini kelgusi avlodlarini rivojlantirish, havo telemetriya va teleboshqaruv tizimlari, yo’ldoshli xizmatlari, shu jumladan meteorologiyada qo’llanishi, raqamli radioeshittirish tizimlarini joriy etish, shuningdek tabiiy ofatlarni prognoz qilish, aniqlashda va xavfsizlikni ta’minlashda radioaloqadan foydalanish kiradi.

Konferensiya ishida XEIga a’zo 164 mamlakatdan 2800 nafar delegatlar ishtirok etdilar. Aloqa sohasidagi hududiy hamdo’stlikka a’zo mamlakatlardan Konferensiya ishida Turkmaniston Aloqa ma’muriyatidan tashqari barcha Aloqa ma’muriyatlarining delegatsiyalari ishtirok etdilar.

10 kishidan iborat bo’lgan O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
RRga qo’shimcha taqsimlash va o’zgartirishlar kiritishda O’zbekistonning mavjud radioaloqa xizmatlarini muhofazasini ta’minlash delegatsiyaning asosiy vazifasi edi.

BRK-07 da delegatsiya O’zbekiston Respublikasining takliflariga va ASHH Aloqa ma’muriyatlarining umumiy takliflariga muvofiq ish olib bordi.
Konferensiyaning ishini tashkil etish uchun 7 ta qo’mita tuzilgan bo’lib, ularda ishchi guruhlari va kichik guruhlar tuzildi.

M.Xalmuratovaning ta’kidlashicha BRK-07 kun tartibining bandlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining taqdim etgan takliflari va ASHH aloqa ma’muriyatlarining umumiy takliflari asosan qabul qilindi va BRK-07 Yakuniy aktlarida inobatga olindi.

BRK-07ning ish yakunlari bo’yicha materiallar Tayyorlov komissiyasi va RChDK yig’ilishlarida ko’rib chiqildi. BRK-07 Yakuniy aktlarini amalga oshirish rejasi Tayyorlov komissiyasi va RChDK a’zolari tomonidan ma’qullandi.

pic

Ma’qullangan BRK-07 Yakuniy aktlarini amalga oshirish va BRK-11 tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari rejasi 18 banddan iborat. Rejada asosiy e’tibor BRK-11 ga O’zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyatining ulushini tayyorlashga qaratilgan, hamda kelgusi BRK-11ga samarali tayyorgarlik ko’rish maqsadida XEI RBning tad’qiqot komissiyalari ishida RChDK, Elektromagnit moslashuv markazi va Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi mutaxassislarining faol qatnashishlari ko’zda tutilgan.

Majlisda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq