Maqsadga erishish mumkin: yarim o‘tkazgichlar texnologiyalari tarixida yangi marra. «Missiya «45»» Intel taqdimoti to‘g‘risida reportaj
08.01.2008
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

pic

12 dekabr kuni Moskva shahrida Intel korporatsiyasi «Maqsadga erishish mumkin: yarimo‘tkazgichlar texnologiyalari tarixida yangi marra» taqdimotini o‘tkazdi. Shu kuni gafniy asosidagi high-k dielektrigi va metall zatvori bilan tranzistorlardan foydalanish bilan 45 nanometrik texnologik jarayon bo‘yicha yaratilgan kompaniyaning eng yangi prosessorlari taqdim etildi. Bular to‘rt yadroli Intel®Core™ Extreme QX 9650 prosessori va 5400 seriyali Intel® Xeon® prosessorlar qatori edi. Ular geymerlar shaxsiy kompyuterlari, video va grafika bilan ishlash uchun professional ishchi stansiyalari hamda yuqori mahsuldor server tizimlari asosi bo‘lib qolishi mumkin.

Taqdimot marosimi «Missiya «45»» kodli nom ostida o‘tkazildi va Intel yangi mahsulotlari to‘g‘risida yashirin axborotlarni tarqatish bo‘yicha «agentlar» uchrashuvi kabi tashkil etildi. Yashirin agentlar rolida Rossiya va MDH boshqa davlatlari ko‘plab OAV vakillari, shu jumladan, bizning jurnalimiz «super 11 agenti» ishtirok etdi. Taqdimot marosimidan oldin Intel kompaniyasining ko‘plab hamkorlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ular keng ommaga 45-nanometrli texnologik jarayon bo‘yicha yaratilgan Intel prosessorlari va yechimlari asosidagi o‘zlarining yagona mahsulotlari namunalarini taqdim etdilar.

Ular orasida «Akvarius», «OLDI», «T-Platforma», Arbyte, Dell, Desten, Fujitsu Siemens Computers, HP, IBM, Kraftway, Meijin, R-Style Computers, Sun Microsystems, Svet Computers va USN Computers kabi Rossiya va jahonda mashhur kompaniyalari bor edi.

pic

IT-jurnalistlarining yangi mahsuotlarga qiziqishlari qondirilganidan so‘ng barcha katta zal tomon yurdilar. «Missiya «45»» taqdimoti yangi Intel prosessori joylashgan metall keysni qo‘liga olib MDH davlatlarida Intel korporatsiyasi mintaqaviy direktori Dmitriy Konash qurollangan maxsus bo‘linma askarlari kuzatuvida sahnaga chiqib kelishidan boshlandi. Bu teatrlashtirish sahna 2007 yil 12 dekabridan MDH davlatlari bozorlarida rasman ommaviy sotila boshlangan Intel yangi mahsuloti muhimligi va qimmati ramzini ifoda etadi.

Geymerlar shaxsiy kompyuterlari, video va grafika bilan ishlaydigan professional ishchi stansiyalar hamda yuksak mahsuldorli server tizimlari asosi bo‘lib qoladigan 5400 seriyali to‘rt yadroli Intel®Core™ Extreme QX 9650 va Intel® Xeon® to‘rt yadroli prosessorlari to‘g‘risida gap borayotganligini eslatib o‘tamiz.

Bronirovanniy keysdan yangi Intel®Core™ Extreme QX 9650 prosessori olib va namoyish etilganidan so‘ng Dmitriy Konash «Missiya «45»» ko‘rgazmali taqdimotini boshladi. U shunday dedi: «2007 yil 12 noyabrida Intel jahonga 40 yil davomida qachonlardir amalga oshirilgan yarimo‘tkazgichli industriya sohasida eng buyuk yutuqlarni o‘zida namoyon etgan mahsulotni taqdim etdi. Biroq barchasi bir necha yil avval boshlangan. 90-yillar oxirlari — mikroprosessorlar bizning hayotimizga kirib kelganiga 30 yil bo‘lgan. Integral mikrosxemalar Mur qonuniga amal qilib, bir-birini almashtiradi, yanada mahsuldor bo‘lib boradi, tranzistorlar esa ixcham bo‘lib boradi. biroq kichiklashtirish bo‘yicha kurash tranzistorning eng muhim komponenti tranzistor zatvori va uning kanali o‘rtasidagi elektr toki o‘tkazmaslik uchun xizmat qiluvchi kremniy dioksidi (SiO2) qatlamini imkoniyatlari chegarasiga etdi. Prosessorlar har bir avlodi paydo bo‘lishi bilan dielektrik qatlami atigi 5 atomga etmagunicha borgan sari yupqalashib borad, bu esa tok oqimini va shunga qarab prosessr energiya ajralishini ancha oshirdi. Intel injenerlari muammoni yechimini izlashga kirishdilar.

2003 yilda Intel tadqiqotlari yo‘lini topdilar — kremniy dioksidini gafniy asosidagi high-k dielektrigi almashtrilishi kerak, zatvor asosi esa metallar ajoyib birikmasi bo‘lib qolishi kerak. Industriya boshi berk ko‘chadan chiqish va o‘zining taraqqiyotini davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Innovatsion komponentlardan foydalanib, 45-nanometrli texnologik jarayon asosida yaratilgan tranzistorga birinchi baho berishning o‘zi tranzistorlar ishga tushishi tezligi 20 % ga oshganini, ishga solish uchun talab etiladigan energiya 30 % ga kamayishini, dielektrik orqali tok yo‘qotilishi esa 10 barobar kamayishini ko‘rsatdi. Bunday imkoniyatlar hatto ilg‘or mutaxassislarni ham hayratlantirdi.

pic

Revolyusion tranzistorlardan foydalanib «sinov» kremniyli qurilmasini 153 megabitli SRAM xotira mikrosxemasini yaratgandan keyin bir oy o‘tgach, 2007 yil yanvar oyida Oregonada Intel ning DID tajriba-sinov fabrikasida Penryn kodli nom olgan birligi prosessor ham olish erishildi. Intel korporatsiyatsi «45» missiyasini bajarishni jadallashtiradi — ko‘p o‘tmay eng yangi chiplar DID fabrikasidan tashqari Intel ning yana uchta Puo-Panro dagi Fab II X, Nyu Meksiko, Fab 32 Chendlerda, Arizoada va Fab 28 Kiryat-gate, Isroildagi fabrikalarida ishlab chiqarilishi e’lon qilindi.

pic

Ishlab chiqarish quvvatlarini qayta jihozlashga Intel ning umumiy investisiyalari 8 milliard dollardan ko‘p bo‘ldi». Dmitriy Konashning taqdimoti paytida katta kompaniyalar va tashkilotlar mutaxassislari hamda Counter Strike o‘yini bo‘yicha rossiyaning eng yaxshi jamoasi Vintus.pro jamoasi sardori ham Intel prosessorlarida bajarilgan tizimlar yuksak mahsuldorligini tasdiqlovchi ekspertlar sifatida so‘zga chiqdilar. IPSRAN direktori Rossiya Federatsiyatsi tomonidan SKIF-GRID dasturi ilmiy rahbari Sergey Abramov shunday dedi: «Ittifoq davlat SKIF-GRID superkompyuterli dasturi doirasida Intel ning ko‘p yadroli prosessorlari kabi eng yangi texnologiyalar asosida biz bugungi kunda mumkin bo‘lgan eng yuqori mahsuldorlikdagi superkompyuterlarni yaratmoqdamiz, mana shu superkompyuterlar va grid-tarmoqlar uchun yangi qo‘shimchalar, ularni qo‘llash metodlari ishlab chiqilmoqda.

pic

Dastur Rossiya va Belorusiyaning ilmiy- va iqtisodiy imkoniyatlarini jadal o‘sishini ta’minlashshsh uchun texnik asosni shakllantiradi. SKIF va SKIF-GRID dasturi ijrochi-tashkilotlarining yangi texnologiyalarni qo‘llash sohasida Intel kompaniyasi bilan faol hamkorlik qilishlari SKIF-Cyboria superkompyuterini yaratish bilan yakunlangan loyihaning avvalgi bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirishga va yangi bosqichni amalga oshirishga kirishishga imkon berdi, bu bosqich doirasida yaqin kunlarda biz MGU va YuUrGU da 75 teraflops umumiy mahsuldor (mos ravishda 60 va 15 teraflops) taqsimlangan tizimli grid-tarmoqqa birlashtirilgan superkompyuterlarni yaratamiz.

MGU superkompyuteri Yevropada eng qudratli hisoblash mashinalari birinchi beshligiga kiradi va Rossiyada hamda MDH boshqa davtlatlarida katta yakunlangan superkompyuterli qurilma bo‘lib qoladi.

Faqatgina eng yangi 45-nm li Intel® Xeon® Intel prosessorlarini qo‘llashning o‘zi elektr quvvati sarflash, qurilmalarni va sovutish tizimlarini joylashtirish maydonini hisobga olgan holda mana shu murakkab loyihani amalga oshirishga imkon berdi». Eng yangi reyting ro‘yxatiga binoan dunyoda 500 ta eng mahsuldor hisoblash tizimlari (Top 500) orasida 354 o‘rinni Intel® prosessorlari asosidagi SMP-tizimari va klasterlari egalladi. Shunday qilib, Intel korporatsiyasi planetamiz eng qudratli superkompyuterlarida uning prosessorlaridan foydalanish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi — avvalgi rekord ikki yil oldin o‘rnatilgan edi va 333 tizimlarni tashkil etgan edi.

Intel prosessorlari asosida superkompyuterli tizimlar dunyoning eng qudratli kompyuterlari birinchi beshligida 3, 4 va 5 o‘rinlarni egallaydi, shu bilan birga ularning barchasida 5300 seriyali Intel Xeon® to‘rt yadroli prosessorlaridan foydlanilgan. Birinchi yigirmalikda hammasi bo‘lib Intel prosessorlari asosida 8 tizim mavjud (boshqa ishlab chiqaruvchilarga qaraganda eng ko‘p).

2007 yil noyabr oyidagi TOP 500 reytingida Rossiya yetita tizimlarini taqdim etganini va
Shvetysariya va Shvetsiya bilan birgalikda eng yuksak mahsuldor kompyuterlarga ega mamlakatlar ro‘yxatida 9 o‘rinni egallashini aytib o‘tish o‘rinli.

Shu bilan birga TOP 500 ro‘yxatiga kirgan 7 rossiya tizimlaridan 6 tasi 53000 seriyali Intel® Xeon® to‘rt yadroli (4 klasterlar) va ikki yadroli 5100 seriyali Intel® Xeon® (2 klaster) prosessorlariga asoslangan. Rossiyada yaratilgan tizimlar orasida TOP 500 ro‘yxatida 33-o‘rinni egallagan va eng yaxshi Intel® Xeon® 5365 to‘rt yadroli prosessorlari asosidagi HP Pro Liant BL 460 C 470 ta bleyd-serverlari asosidagi (3760 hisoblash yadrolari) RAN superkompyuterlar markazi klasteri so‘zsiz yetakchi hisoblanadi, bu markazga tizimning eng yuqori mahsuldorligini oshirishga va 45-teraflopsga yetkazishga imkon berdi. 2008 yil boshida RAN MSS hisoblash tizimlari mahsuldorligi 100 t flopsga yetadi. Intel marketologlarining fikricha 2008 yilda 45-nm texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan Intel prosessorlari bozorning 50 % dan ortig‘ini tashkil etadi.

pic

«Missiya «45»» taqdimoti yakunlanganidan so‘ng jurnalistlar Intel mutaxassislari bilan suhbatlashish hamda Intel ning ko‘plab hamkorlari bilan ko‘rgazmada taqdim etilgan 5400 seriyali yangi Intel®Core™ Extreme QX 9650 va Intel® Xeon® prosessorlarida ishlovchi texnikalar namunalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

13 dekabrda Moskvada ekspertlar klubi yangi yil oldi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tganini aytib o‘tishimiz qoldi, bu yig‘ilishda klubning ilmiy rahbari Aleksey Rogachev va MDH davlatlarida Intel matbuot xizmati rahbari Vsevolod Semensov yil yakunini e’lon qildilar va Nehaeem kodli nom bilan Intel prosessorlari yangi avlodi to‘g‘risida deyarli maxfiy ma’lumotlar berdilar. Lekin bu to‘g‘risida 2008 yilda hikoya qilamiz. Hozir esa yangi mikroarxitektura to‘g‘risida Intel ning maqolasini e’tiboringizga havola qilamiz.

45-nanometrli ishlab chiqarish texnologiyasi asosidagi Intel®Core™ mikroarxitektura avlodi. 2007 yil ikkinchi yarmida Intel korporatsiyasi «Penryn» kodli nom bilan Intel® Core™ 2 prosessorlari keyingi avlodini ishlab chiqarishni boshladi. high-k metall zatvorlaridan va eng yangi takomillashtirilgan mikroarxitekturadan foydalanish bilan sohadagi ilg‘or 45-nanometrli ishlab chiqarish texnologiyasi asosida qurildi. Bizning revolyusion mikroarxitekturamiz katta muvaffaqiyati sababli Intel®Core™ mikroarxitekturasini rivojlantirish mumkin bo‘ldi, bu mikroarxitekturadan hozirgi kunda Intel® Xeon® va Intel® Core™ 2 prosessorlari turkumida foydalaniladi.

Yangi mikroarxitekturani tatbiq etish Intel korporatsiyatsining uzluksiz taraqqiyoti yo‘lida navbatdagi bosqich bo‘ldi. Har yilda kompaniya yaxshilangan arxitektura yoki umuman yangi arxitektura bilan yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini tatbiq etadi.

Bizning revolyusion mikroarxitekturamiz katta muvafaqiyati sababli Intel® Core™ mikroarxitekturasini rivojlantirish mumkin bo‘ldi, bu mikroarxitekturadan hozirgi kunda Intel® Xeon® va Intel® Core™ 2 prosessorlari turkumida foydalaniladi.

pic

Yangi mikroarxitekturani tatbiq etish Intel korporatsiyatsining uzluksiz taraqqiyoti yo‘lida navbatdagi bosqich bo‘ldi. Har yilda kompaniya yaxshilangan arxitektura yoki umuman yangi arxitektura bilan yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini tatbiq etadi. 45-nanometrli ishlab chiqarish texnologiyasi asosidagi Penryn ikki yadroli prosessorlar turkumida 400 million dan ortiq tranzistorlardan, to‘rt yadrolilarida esa 800 milliondan ortiq tranzistorlardan foydalaniladi. Shu bilan birga yangi mikroarxitektura asosidagi prosessorlar takt chastotasi o‘zgarmagan holda mahsuldorligini ancha oshirishga, ikkinchi darajali kesh-xotirasini 50 foizgacha oshirishga imkon beradi. Elektr quvvatini boshqarish funksiyasi energiya tejash umuman yangi darajasiga erishishga imkon beradi. Penryn prosessorlar turkumida Intel® Straming SIMD Extension 4 (Intel® SSE4) 50 ga yaqin yangi komandalar to‘plamidan ham foydalaniladi, bu multimediali qo‘shimchalar va yuqori mahsuldor hisoblashlar uchun qo‘shimchalarning mahsuldorligini oshirishni ta’minlaydi.

pic

Penryn prosessorlari turkumiga shaxsiy kompyuterlar uchun yangi ikki yadroli prosessorlar, shaxsiy kompyuterlar uchun to‘rt yadroli prosessorlar, to‘rt yadroli serverlar prosessorlari va mobil kompyuterlar uchun yadroli prosessorlar kiradi. Intel® Core™ mikroarxitekturasi Intel korporatsiyasi Intel Core mikroarxitekturasini 65-nm ishlab chiqarish texnologiyasi asosida Intel® Core™ 2 DUO prosessorlarda amalga oshirib birinchi bor 2006 yilda taqdim etdi. Ko‘p yadroli prosessorlar uchun moslashtirilgan ushbu mikroarxitekturaning birinchi avlodi mobil kompyuterlar uchun Intel® Pentium® M prosessorlari mikroarxitekturasi uchun tanlab olingan energiya tejamkorligi falsafasini yanada to‘la amalga oshirishga imkon berdi. Bundan tashqari, ushbu mikroarxitekturada mahsuldorlikni oshirishni, energiya tejamkorligini yaxshilashni va ko‘p masalali muhitda ishlashda tez ishlashini oshirishni ta’minlaydigan turli zamonaviy innovatsiyalardan foydalanildi. Intel Core mikroarxitekturasida quyidag innovatsiyalar amalga oshirildi:

— Intel® Wide Dynamic Execution texnologiyasi
— Intel® Intelligent Power Capability texnologiyasi.
— Intel® Advanced Smart Cache texnologiyasi.
— Intel® Smart Memory Access texnologiyasi.
— Intel® Advanced Digital Media Boost texnologiyasi.

Misol uchun, 65-nanometrli ishlab chiqarish texnologiyasi asosidagi to‘rt yadroli Intel® Xeon® prosessorlari avvlgi avlod serverli yechimlariga qaraganda mahsuldorlikni 2,5 barobar oshiradi.

pic

Intel® Core™ 2 DUO prosessori asosidagi shaxsiy kompyuterlar energiya sarflashni qisqartirish bilan mahsuldorliki 40 foizgacha oshirishni ta’minlaydi. Intel® Core™ 2 DUO prosessorlari asosidagi mobil kompyuterlar ko‘p masalali muhitda ishlashda mahsuldorlikni ikki barobargacha va avtonom ishlash vaqtini ko‘paytiruvchi energiyani kam sarflashni ta’minlaydi.

pic

High-k metall zatvorlaridan foydalanish bilan 45-nanometr ishlab chiqarish texnologiyasi asosidagi Intel® prosessorlari yangi avlodi.

2007 yil yanvar oyida Intel korporatsiyasi oxirgi 40 yil davomida tranzistorlarni loyihalashtirish fundamental tamoyillaridan birida bir muhim qadam to‘g‘risida e’lon qildi. Korporatsiya yuz millionlab mikroskopik 45-nanometrli tranzistorlardan tashkil topgan Intel Core 2 prosessorlar yangi avlodini yaratish uchun tranzistorlar umuman yangi materialidan foydalandi (zatvor izolyatsiya qiluvchi qatlami va zatvorni tayyorlash uchun nometall materiallar uchun gafniy asosiydagi high-k materiallari yangi nisbatlari).

pic

Gafniy tok yo‘qotilishini ancha kamaytirishga imkon beruvchi va tranzistor ishga tushishi yuqori tezligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qarshilik yuqori sig‘imiga ega bo‘lgan metalldan iborat. Ushbu material Intel korporatsiyasiga shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar va serverlar uchun prosessorlar yuqori mahsuldorligini bundan keyin ham ta’minlab borishga va tranzistorlar tok yo‘qotishini qisqartirishga imokn beradi, bu bilan prosessorlar va kompyuterlarning konstruksiyalari va kattaliklarini moslashtirish, energiya sarflash va harajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Intel ning yangi ishlab chiqarish texnologiyasi tranzistorlar ishga tushishi yanada katta tezligini ta’minlaydi. Amalda bu yadrolar va tizim shinasi takt chastotasini o‘sishini va energiya sarflash va issiqlik ajralishi darajalari o‘zgarmagan holda mahsuldorligi ortishini anglatadi.

pic

Bu yaqin o‘n yillikda Mur qonunini bajarib borishini ta’milaydi. 65-nanometrli texnologiyaga qaraganda Hi-k dieletriklaridan foydalaniladigan Intel ning 45-nanometrli ishlab chiqarish texnologiyasi mahsulot uchun quyidagi ustunliklarni ta’minlaydi.
— tranzistorlar joylashtirilishi zichligini oshirish deyarli ikki barobar yuqori (bu mikrosxemalarni kichraytirish yoki tranzistorlar sonini oshirishga imkon beradi).
— tranzistorlar yonib-o‘chishi quvvatini taxminan 30 foizga kamaytirish.
— tranzistorlar ishga tushishi tezligini 20 foizdan ortiqqa oshirish yoki quvvat yo‘qotishini besh barobardan ko‘pga qisqartirish.
— tranzistorlar zatvorlari oksididan quvvat yo‘qotilishi 10 barobar kamayadi, buning hisobiga energiya iste’mol qilishi talabi kamayadi va avtonom ishlash vaqti ortadi.

Intel korporatsiyasining Hi-k dielektrigi bilan 45-nanometrli ishlab chiqarish texnologiyasi asosidagi dunyoda birinchi prosessorni namoyish etishi ishlab chiqarish texnologiyalari sohasida Intel bosh soha vakillaridan ikki yildan ko‘proqqa ilgarilab ketganligi ni tasdiqlaydi. Intel korporatsiyasi asoschilaridan biri Gordon Murning (Gordon Moore) aytishicha «Hi-k dielektriklari va yangi metall materiallardan foydalanish o‘tgan asrning 60-yllari oxirida yarimkristall kremniyli zatvorlar bilan MOP-tranzistorlari paydo bo‘lishi bilan tranzistorli texnologiyalarda katta o‘zgarish hisoblanadi».

pic

Penryn, Intel® Core™ 2 prosessorlari keyingi avlodi.
Hi-k dielektriklari bilan 45-nm ishlab chiqarish texnologiyasi asosida qurilgan Intel birinchi prosessorlari turkumi Penryn prosessorlarida ushbu texnologiya prosessorga sig‘dira oladigan tranzistorlar barcha qo‘shimcha ustunliklaridan foydalaniladi. Intel® Core™ 2 va Intel Xeon prosessorlarida mana shu yangi ishlab chiqarish texnologiyasi asosida dasturiy ta’minotni ishlashini
tezlashtiradigan va energiya sarflashni kamaytirishga yordam beradigan yangi arxitektura innovatsiyalari va takomillashtirishlaridan foydalaniladi.

Dasturiy ta’minot ishini tezlashtirish.
Penryn turkumida dasturiy ta’minot keng doirasini tez ishlashini oshirishga imkon beruvchi qator takomillashtirilgan arxitekturalar amalga oshirilgan.

pic

Intel® SEE4 instruksiyalari yangi to‘plami
Penryn turkumi prosessorlarida Intel Streaming SIMD Extension 4 (SEE4) komandalar to‘plami ishlashi ta’minlanadi. Intel SEE4 komandalar to‘plami 2001 yildan beri multimediali qo‘shimchalar uchun takomillashtirilgan arxitekturalardan iborat. U Intel® 640 komadalar to‘plami arxitekturasini kengaytiradi, bu bilan Intel® arxitekturasi mahsuldorligini oshirib va imkoniyatlarini kengaytirib yangi 45-nm ishlab chiqarish texnologiyasi ustunliklaridan yanada samarali foydalanishga imkon beradi.

Intel® SEE4 komandalar to‘plami komandalar bir oqimi va ma’lumotlar bir necha oqimlaridan foydalanuvchi (SIMD) qo‘shimchalar mahsuldorligini oshiradi va Penryn prosessorlari turli xildagi 32 va 64-razryadli qo‘shimchalar yuksak mahsuldorligini va energiya tejamkorligini ta’minlashiga imkon beradi. Mahsuldorligini oshirish grafika bilan ishlash qo‘shimchalarida, videoni kodlashtirish va qayta ishlash tizimlarida, uch o‘lchamli tasvirlar va kompyuter o‘yinlari bilan ishlash uchun qo‘shimchalarda amalga oshiriladi.

pic

Bundan tashqari, komandalar yangi to‘plami tovushli tasvirni va ma’lumotlarni zichlashtirish algoritmi kabi katta resurslar talab qiluvchi qo‘shimchalar va boshqa ko‘plab qo‘shimchalarda samarali foydalanishi mumkin. Penryn turkum prosessorlarida foydalanilgan Intel® SEE4 komandalar to‘plami quyidagi ustunliklari hisobiga mahsuldorlikni oshirishni ta’minlaydi.

— 32 razryadli butun raqamlar bilan ko‘paytirish ikkita turlicha vektorli operatsiyalarni
bajarishi qo‘shilganligi;
— minimum va maksimum bilan 8-razryadli imzolanmagan operatsiyalar va 16-razryadli hamda 32-rzryadli imzolangan va imzolanmagan versiyalari qo‘shimcha qilinganligi;
— belgilar/nollarni surish, testdan o‘tkazish va yaxlitlar hamda kengaytirish mavjud uzoq muddatli operatsiyalarni bevosita almashtiradi.
— kiritish va chiqarib olish — to‘plash (ko‘rish) tarqatish, bosqichli yuklama uchun komponentlar va bosqichlar zaxirasi.
— quyidagi sohalarda amaliy darajada katta ustunlikni ta’minlovchi qo‘shimcha operatsiyalar qo‘shilganligi;
— videoni kodlashtirishni tezlashtirish funksiyasi;
— o‘zgaruvchan vergul bilan ko‘paytirish operatsiyasi (o‘yinlar va uch o‘lchamli grafikani yaratish uchun zarur).
— oqimli yuklash komandasi (video va tasvirlarni qayta ishlash hamda grafik prosessorlar va markaziy prosessor o‘rtasida ma’lumotlarni taqsimlovchi qo‘shimchalar uchun zarur).

pic

Shu bilan bir vaqtda, mahsuldorligini ancha oshirishga erishiladi. Misol uchun, Intel® SEE4 komandalar to‘plami oqimli yuklash komandasi grafik kadrlar buferidan ma’lumotlarni o‘qish uchun o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Kesh to‘la satrlarini yetkazish (bir gal 8 baytga qaraganda, bir galda 64 bayt) va ularni vaqtinchalik buferda saqlash ushbu komanda yordamida o‘qish nazariy o‘tkazish qobiliyatini 8 barobargacha oshirishga imkon beradi.

Intel® Advanced Smart Cache texnologiyasi bilan oshirilgan va yanada funksional kesh-xotira.
Penryn prosessorlarida 2 darajali kesh-xotira hajmi 50 foizga oshirilgan. Bundan tashqari, kesh-xotiraga qo‘shimchalar foizini oshirishga va imkoniyatlardan foydalanish samarasini maksimal oshirishga imkon beruvchi 24-tomonli assosiatsiya qilish imkoniyatlari qo‘shimcha kiritilgan. Penryn ikki yadroli prosessorlarida 2 darajali 6 MB ga kesh-xotiradan foydalaniladi, to‘rt yadroli prosessorlarda esa — 2 darajali 12 MB gacha kesh-xotiralardan foydalaniladi. Katta kesh-xotirasi prosessor har bir yadrosi uchun kesh-xotira yuqori mahsuldor va samarali tizimsida axborotlardan foydalanish mumkinligini oshirib qo‘shimchalar mahsuldorligi va samarasini oshiradi. Penryn turkumi prosessorlari kesh-xotirasi kesh-xotiradan satrlarni qisman yuklash kengaytirilgan imkoniyatiga ham ega. Qisman yuklash axborotlarni o‘qiganda ma’lumotlar bir qismi kesh-xotiraning bir satrida, boshqa qismi boshqa satrda bo‘lganida amalga oshiriladi. Kesh-xotira ikki satridan axborotlar bir satrdan o‘qilganiga qaraganda bir necha bor sekin o‘qiladi, hatto agarda tegishli ravishda solishtirilgan bo‘lsa ham Penryn prosessorlarida amalga oshirilgan satrlarni qisman yuklash kengaytirilgan imkoniyatlari boshqa axborotlarni yuklashdan avval ikkala qismini puxta ishlab chiqish hisobiga mahsuldorlikni ancha oshiradi. Buning hisobiga ma’lumotlarni misol uchun, videoda harakatlarni, skaner qilishni bajaruvchi ba’zi qo‘shimchalar mahsuldorligi ortadi.

Yuqori Tezlikdagi Yadrolar Va Tizimli Shinalar
Penryn turkumi prosessorlari avvalgi avlod Intel Core 2 prosessorlariga qaraganda ancha yuqori takt chastotasi bilan ishlaydi (ba’zi versiyalarida 3 GGsdan ortiq). Bundan tashqari ular bugungi kunda 1,066 GGs va 1,333 GGs chastotali sstemali shinalarga qo‘shimcha 1,600 GGs gacha tizim shinalari chastotalarini ta’minlaydi. Bu ham tizimning umumiy mahsuldorligini oshirishni ta’minlaydi.

Intel® Virtalization Kengaytirilgan Texnologiyasi
Penryn prosessorlarida virtual mashinalar o‘tish tezligi (kirish/chiqish) 25-75 foizga oshadi. Bunga takomillashtirilgan mikroarxitektura hisobiga erishiladi va virtual mashinalar dasturiy ta’minotini o‘zgartirishni talab etmaydi. Virtuallashtirish kompyuterni bir necha qismlarga ajratadi, ularning har birida qo‘shimchalar to‘plami bian alohida OC ishlashi mumkin.

Bu ko‘p yadroli prosessorlar imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalanish imoknini beradi, ish samarasini oshiradi va bir kompyuterdan bir necha virtual kompyuterlar kabi foydalanib harajatlarni qisqartirishga yordam beradi.

Qaytadan Boshqacha Joylashtirish Ajoyib Mexanizmi
128 bit kenglikdagi qayta joylashtirish bloki Penryn prosessorlarida bir takt chastotasi siklida to‘la kenglik qayta joylash operatsiyasini bajara oladi. Bu SEE komandalari uchun bayt, so‘zlar yoki ikkilamchi so‘zlar darajasida ma’lumotlarni qayta joylashtirish ko‘plab operatsiyalari tezligini ikki barobar oshirishga imkon beradi va to‘xtalishni ancha kamaytiradi, keng joylashtirish bilan jamlash, ochish va ko‘chirib o‘tkazish kabi qayta joylashtirish o‘xshash operatsiyalar foydalaniladigan SEE 2, SEE 3 va SEE4 komandalari uchun o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Bu funksiya SEE turli xil algoritmlari mahsuldorligini umumiy oshirishni ta’minlaydi.

Radix 16 Yuqori Mahsuldor Ajratuvchi
Penryn prosessorlari avvalgi avlod prosessorlariga qaraganda ajratuvchisi tezligi ikki barobar ortganligi sababli ajratish operatsiyalari yuqori tezligini ta’minlaydi. Bu ilmiy tadqiqotlar, uch o‘lchamli grafikaga aylantirish va yuqori matematik yuklamalar bilan boshqa funksiyalar mahsuldorligini oshirishni ta’minlaydi. Yangi Radix 16 yuqori mahsuldor ajratish metodikasini qo‘llash butun sonlar va vergulli sonlarni bo‘lish operatsiyalarini tezlashtiradi (Radix 4 algoritmi har bir qadamda alohida sonli 2 bitni hisoblaydi. Radix 16 algoritmiga o‘tish har bir qadamda 4 bitni hisoblash imkonini beradi, bu ortda qolish vaqtini 2 barobar qisqartiradi).

Natijani Jo‘natish
8 bayt chegarasini kesib o‘tuvchi va magistralda bo‘lgan, noto‘g‘ri tashkil etilgan saqlash vositasidan natijalarni o‘qishni tezlashtirish uchun Penryn prosessorlaridaoperatsiyani yakunlashini va xotiraga yozishni kutish o‘rniga natijani saqlash vositasidan bevosita yuklashga jo‘natish imkoni mavjud.

Energiya Sarflashni Kamaytirish
Hi-k dielektrigidan foydalanish bilan Intel 45-nanometrli ishlab chiqarish texnologiyasi ustunliklariga qo‘shimcha Penryn prosessorlari turkumida ikkita muhim qo‘shimchalar — Deep Power Down texnologiyasi va Intel® Dinamic Aceleration texnologiyalari bilan Intel Core mikroarxitekturasi energiya tejamkorligi ustunliklari saqlanib qoladi.

Deep Power Down texnologiyasi
Ushbu umuman yangi quvvatni boshqarish (C-State) ishsiz turish paytida prosessorlar energiya sarflashini ancha kamaytiradi, shu sababli tranzistorlarda quvvatni ichki yo‘qotilishi ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. Prosessorning bu eng yangi «uxlash» holati — energiya sarflash eng past darajaliligi holatidir. Bunday holatda noutbukning avtonom ishlash vaqti ancha ortadi. Mana shu texnologiya hisobiga Penryn prosessorlari Intel Core arxitektura avvalgi avlodiga talluqli Merom prosessorlari energetik samaradorligiga qaraganda ancha past energiya sarflash ko‘rsatgichiga ega.

Deep Power Down holatida prosessor kesh-xotirani tozalaydi, prosessor mikroarxitekturasini saqlaydi va yadrolar hamda 2 darajali kesh-xotira quvvat olishini o‘chiradi.
Deep Power Down holatida mikrosxemalar to‘plami kirish/chiqish operatsiyalari uchun xotira grafigiga xizmat ko‘rsatishda davom etadi, lekin shu bilan bir vaqtda prosessorni faol holatga o‘tkazmaydi.

pic

Yadro imkoniyatlaridan foydalanish talab etilganda quvvat oshiriladi, taktli sikllar ishga tushiriladi, prosessor qayta yuklanadi, mikroarxitekturaning holati tiklanadi va komandalarni bajarish tiklanadi. Uyqu holati qanchalik chuqur bo‘lsa, bu holatga tushish va undan chiqishuchun shunchalik ko‘p quvvat sarflanadi. Chuqur uyqu holatiga juda tez-tez o‘tish energiyani yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Buni oldini olish uchun Penryn prosessorlarida energiyani tejash prosessorni o‘chirish va uni qayta ishga solishga sarflanadigan energiya sarflashni oqlashini aniqlash uchun evristik mexanizmlardan foydalanuvchi energiya darajasini avtomatik pasaytirish funksiyasi mavjud. Agarda shunday bo‘lmasa, Deep Power Down holatiga o‘tishga so‘rov C4 darajasigacha pasaytiriladi, ya’ni unga chuqur bo‘lmagan uyqu holati darajasigacha pasaytiriladi. Natijada mumkin bo‘lgan ishsiz turish davriga mos energiya tejashga erishiladi.

Intel® Dynamic Aceleration texnologiyasini kengaytirish
Bir oqimli qo‘shimchalarning mahsuldorligini oshirish uchun Intel korporatsiyasi mavjud Intel Core 2 DUO prosessorlarida mumkin bo‘lgan Intel Dynamic Aceleration Technology texnologiyasi imokniyatlarini kengaytirdi. Bu funksiya bir yadro ishlashda davom etayotgan yadro mahsuldorligini oshirish uchun ikkinchi yadro faol bo‘lmay turganida bo‘sh bo‘lgan energetik imkoniyatdan foydalanadi. (uydagi ikkita dushni tasavvur qiling. Bir dush o‘chirilganda ikkinchisida suv bosimi yoki mahsuldorlik ortadi). Agarda bir yadro C3 holatida yoki yana ham chuqur uyqu holatida bo‘lsa, odatda ushbu yadro foydalanadigan energiyaning bir qismi faol yadroga uzatilishi mumkin, shu bilan birga prosessorning harorat ko‘rsatkichlari oshmaydi. Bu mahsuldorlikni oshirib bir oqimli qo‘shimchalarni bajarish tezligini oshiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq