Kompyuterlardan To’g’ri foydalanish zarur
07.01.2008
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Dildora Madjidova.

pic

Keyingi vaqtlarda kun sayin kompyuterlardan ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida yanada kengroq foydalanib kelinmoqda. Jumladan, tibbiyot, iqtisod va ta’lim sohalarida ham ko‘plab zamonaviy metodlar kompyuter texnologiyalariga asoslanib qo‘llanilmoqda. Tibbiyotda UZI yoki kompyuterli tomografiya kabi tekshiruv uslublarini yangi axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biroq ancha «qadimgi» tekshirish va tashxis metodlariga ham kompyuterlar borgan sari faol kirib bormoqda. Kardiogramma va qon analizi, ko‘z ichining va tishlar holatini tekshirish — hozirgi kunda kompyuterlardan foydalanilayotgan tibbiyot sohalarini sanab o‘tish juda qiyin.

Biroq hozirgi kunga kelib, tibbiyotda kompyuterlardan faqat tashhis ishlari bilan cheklanilmaydi. Turli kasalliklarni davolashning to‘g‘ri rejasini tuzishdan tortib, muolajalarni amalga oshirish paytida turli tibbiyot uskunalarini boshqarishgacha bo‘lgan ishlarda ulardan faol foydalanilmoqda.

Bundan tashqari, hozirgi kunda kompyuterlar biror kasallikka chalinganlarning kundalik turmushlarida ham yordam berib kelmoqda. Bugungi kunda bemor va imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun mo‘ljallangan kompyuterlar bilan boshqariladigan ko‘plab sonli qurilma va moslamalar yaratilgan. Shunday qilib, tibbiyotda: sog‘lig‘ingiz holatini nazorat qilish uchun mikrokompyuter, «fikrlash kuchini» kompyuter bilan boshqaramiz, robotlashtirilgan protezlar, robot-jarrohlar, robot ko‘zi ojiz insonlarga yordam beradi, uch o‘lchamli exokardiogramma va yurak kasalliklarini tashxis qilish, mikroskopik robotlar, jarroh-oftalmologlar, mobil poliklinikalar va elektron dorixona kioskalari, talabalar robotlarda ish o‘rganadilar, kompyuterlar foydalanuvchilar kayfiyatini aniqlashga o‘rganib oladilar.

Monitor oldida uzoq vaqt o‘tirib ishlaydiganlar kompyuter bilan me’yoridan ortiq muloqotda bo‘lish sog‘liqqa zararliligini bilishlari kerak. Ayrim kasbiy kasalliklar, ularning oldini olish usullari va bu kasalliklarni davolash metodlarini bilish foydadan holi emas. Sog‘liq uchun xavfsiz bo‘lgan kompyuter va dasturiy ta’minotni qanday tanlab olish, ish joyini tashkil qilishni bilish zarur.

Kompyuter bilan ishlashda insonga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar:
• uzoq vaqt davomida o‘tirib ishlash,
• monitorning elektromagnit nurlari ta’siri,
• ko‘z charchashi, ko‘p ishlashi,
• bilaklar bo‘g‘inlarining toliqishi,
• axborotni yo‘qotib qo‘yish vaziyatlaridagi ruhiy zo‘riqish holati.

Kompyuter oldida o‘tirib ishlashda go‘yo inson erkin joylashgandek bo‘ladi, biroq bunday holat organizm uchun majburiy va noqulay hisoblanadi: bo‘yin, muskullari, bosh, qo‘l va yelkalar bo‘g‘inlari tarang holatda, shu sababli osteoxondroz, bolalarda esa skolioz yuzaga kelish xavfi mavjud. Ko‘p vaqt mobaynida o‘tirib ishlaydigan insonlarda kursi suyanchig‘i va tanasi o‘rtasida issiq kompress hosil bo‘ladi, bu esa inson organizmida gaz, qon turib qolishiga olib keladi, natijada prostatit va gemorroy yuzaga keladi. Bu kasalliklarni davolash uzoq vaqt talab etadi va yoqimsiz holatlarda davom etadi.

Bundan tashqari, kam harakatli hayot tarzi ko‘pincha semirib ketishga olib keladi. Elektromagnit nurlari zamonaviy monitorlar salomatlik uchun xavfsiz hisoblanadi, biroq hali to‘la xavfsiz emas. Agarda ish joyingizda eskiroq kompyuter turgan bo‘lsa, yaxshisi undan uzoqroq bo‘ling. Ko‘zlar matn yoki suratning har bir kichik silkinishini qayd etadilar, ekranning jimirlashini esa juda yaxshi ko‘radi. Ko‘z bilan diqqat qilib ishlash ko‘rish qobiliyati yomonlashishiga olib keladi. Ranglarni, shriftni, foydalanilayotgan dasturlarda oynalar joylashtirilishini, ekranni noto‘g‘ri joylashtirish ko‘rish qobiliyatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Barmoq uchlarining nervlari tugmalarni bosa berishdan go‘yo yorilib ketayotgandek bo‘ladi, jonsizlanib qoladi, natijada barmoq uchlari uvishadi. Bu esa bilaklar (muskullar) bo‘g‘inlari va bog‘lovchi apparati zararlanishiga olib kelishi mumkin, keyin esa bilaklar doimiy og‘riydigan bo‘lib qolishi mumkin.

Barcha foydalanuvchilar ham o‘zlarining axborotlari qo‘shimcha nusxasini doimiy ravishda yaratib bormaydilar. Axir viruslar har doim xavf tug‘dirib turadilar, eng yaxshi firmalarning vinchesterlari ham buziladi va eng tajribali dasturchi ham ba’zida boshqa tugmani bosib yuborishi mumkin. natijada bunday stress oqibatida infarkt kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, kompyuter inson psixikaga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu mavzu qator tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Masalan, kompyuter o‘yinlariga berilib ketish, internetga (bog‘lanib) qaram bo‘lib qolish — bu muammolar qanchalik jiddiy? Internetga qaram bo‘lib qolish, o‘yinlarga berilib ketish — bunday holatlar odatda, endi o‘rganayotgan foydalanuvchilar uchun, yoki kompyutersiz, shunga o‘xshash mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanganlar uchun xos holatdir. Agarda inson soatlab saytlardan chiqmay berilib ketsa, bunga kompyuter emas, uning o‘zi aybdor. Balki bu muammo haqiqatda ham jiddiydir? Bu xususida turli nuqtai nazarlar bildirilgan va bildirilmoqda. Biroq yaxshisi bunday ahvolgacha olib kelmaslik kerak. Kompyuterda uzoq vaqt ishlash turli oqibatlarga olib kelmasligi uchun o‘z ish joyi va ish rejimini tashkil etish bo‘yicha murakkab bo‘lmagan tavsiyalarni bajarish yetarli bo‘ladi. Har soatda qisqa tanaffus qilish tanaffus paytida qo‘l barmoqlari uchun bir necha mashqlarni bajarish zarur.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq