«O’ZBEKISTON VA XITOY DIPLOMATIK ALOQALARIGA. 15 YIL» MARKASI MUOMALADA
24.12.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mustaqillik solnomasida 1992 yil 2 yanvar O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilgan kun sifatida qayd etilgan. Ana shu sanaga 15 yil to’lishi munosabati bilan «O’zbekiston pochtasi» OAJ tomonidan yangi pochta (aloqa) markasi muomalaga chiqarildi va maxsus esdalik tamg’asi (shtempeli) tayyorlandi.

Markada O’zbekiston Respublikasi va XXR Davlat bayroqlari fonida «Sherdor madrasasi» (1619-1636 yy.) va «Buyuk Xitoy devori» (eramizdan avvalgi III asr, umumiy uzunligi 6350 km) kabi milliy obidalarning fragmentlari o’z tasviriy ifodasini topgan. Markaning yuqori qismida «O’zbekiston va Xitoy diplomatik aloqalariga 15 yil» degan yozuv ham bor. Esdalik (xotira) tamg’asi (shtempeli)da uning nomi, maxsus tamg’a bosish joyi va sanasi ko’rsatilgan. Pochta markasi va esdalik tamg’asi dizaynini U.R.Yusupaliev ishlagan. 2007 yil 2 yanvar kuni «Toshkent shahar Bosh pochtamti» binosida O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganligining 15 yilligiga bag’ishlab chiqarilgan pochta markalariga esdalik uchun maxsus tamg’alash tadbiri bo’lib o’tdi. Tantanali marosimda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Yuy Xunszyun ishtirok etdi.

pic

2007 yil 2 yanvar kuni «Toshkent shahar Bosh pochtamti» binosida O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganligining 15 yilligiga bag’ishlab chiqarilgan pochta markalariga esdalik uchun maxsus tamg’alash tadbiri bo’lib o’tdi. Tantanali marosimda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Yuy Xunszyun ishtirok etdi.

pic

Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi vakillari, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O’zAAA), «O’zbekiston pochtasi» OAJ vakillari, shuningdek, O’zbekiston Filatelistlari jamiyati (2003 yil tashkil etilgan) va ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari qatnashdilar.

pic

Mehmonlarning tabrik so’zidan keyin yangi markali konvertga esdalik uchun maxsus tamg’a bosish Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Yuy Xunszyun tomonidan amalga oshirildi.

pic

Yangi markani esdalik uchun maxsus tamg’alash tadbiri «Toshkent shahar Bosh pochtamti» binosining katta zalida 2007 yil 2 yanvar kuni soat 17-00 da bo’lib o’tdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq