Ikki telefon raqamlari egalari uchun mobil telefon
24.12.2007
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic

Yillar o’tgan sari mobil aloqa butun dunyoda keng tarqalib bormoqda. Mobil aloqadan foydalanish darajasi ba’zi mamlakatlarda aholi sonidan taxminan ikki barobarni tashkil etadi. Bu esa mana shu mamlakatning deyarli har bir fuqarosi ikkita SIM-kartaga ega bo’lib, ulardan navbatma-navbat foydalanishini yoki o’zi bilan GSM-telefon olib yurishini anglatadi.

Butun dunyoda eng keng tarqalgan GSM standarti telefonga qo’yiladigan maxsus SIM -karta yordamida telefon raqamini yoki operatorini almashtirish imoknini berishini barchamiz bilamiz. Shunday qilib, bir telefon apparatidan foydalanib, turli operatorlar bilan ulanish va turli telefon raqamlariga ega bo’lish mumkin. mana shu sababli har doim SIM-kartalarni navbatma-navbat foydalanish muammosiga duch kelamiz, chunki qaysi paytda qaysi bir SIM-karta orqali qo’ng’iroq qilishlarini bilmaymiz. Umuman olganda sim kartalarni doim almashtiraverish ham qulay emas. Mobil aloqa telefon apparatlarini ishlab chiqarishda yetakchi hisoblangan Samsung Electronics kompaniyasi bir vaqtda ikkita SIM-karta bilan ishlashni ta’minlaydigan telefon apparatini umuman yangi turlari hisoblangan Samsung SGH-D880 DUOS yangi modelini ishlab chiqardi. Bu esa endi SIM-kartalarni almashtirmasdan turib ulardan bir vaqtda foydalanish mumkinligi, bir telefon apparatidan ikkita raqam orqali aloqa o’rnatish mumkinligini anglatadi.

Haqiqatan ham bu juda qulay. Chet el safarida bo’lganimda mana shunday telefon apparatiga ehtiyojni o’zim ham xis etdim. Menda O’zbekiston operatori SIM-kartasi mavjud va xizmat vazifam O’zbekiston men bilan telefon aloqasi o’rnatishmumkin bo’lishini talab etadi. Men xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanaman, biroq rouming bo’yicha aloqa juda qimmatligi sababli faqat juda zarur bo’lgan qo’ng’iroqlarga javob qilaman. Har qanday mamlakatda mahalliy operator SIM-kartasini sotib olish mumkin, bu xizmatlar rouming bo’yicha tariflardan ancha arzon, bundan tashqari mahalliy qo’ng’iroqlarni xalqaro kodlarni termay turib amalga oshirish to’g’ri bo’ladi. Umuman aytganda xizmat safarida bo’lganda bir vaqtda foydalanish mumkin bo’lgan ikkita SIM-kartaga ehtiyoj har doim katta.

pic

Shunday qilib, Samsung Electronics ning Samsung SGH-D880 DUOS modelini ishlab chiqardi. Bu model bir vaqtda ikkita SIM-kartadan foydalanish imkonini beradi. Haqiqatda esa shu paytgacha ikkita SIM-kartalar bilan bir vaqtda ishlaydigan modellari bilan ba’zi mashhur bo’lmagan kompaniyalar bozorlarga mahsulotlarini chiqarganliklarini aytib o’tish zarur.

Biroq Samsung Electronics bilan bo’lgan holatda biz dunyoda mobil aloqa telefon apparatlari ishlab chiqarishda dunyoda eng ilg’or va tajribali kompaniyalardan biri ekanligini hsobga olamiz. Bundan tashqari, SGH-D880 DUOS modeli eng ilg’or yechimlar darajasidagi boshqa ko’rsatkichlariga ham ega.SGH-D880 DUOS telefoni avtofokus bilan 3.0 Mpikselli kamera, TV-chiqish, mediapleyer, FM-radio, kiritilgan 40 Mb xotirasiga va microSD-slotiga ega. Dzayni bo’yicha u ixcham, yengil, ergonomik, chiroyli slayder hisoblanadi.

U diagonali 5,8 sm va zichligi 240×520 pikselli ajoyib TFT-displeyiga ega. Bu model ishbilarmon insonlar uchun maxsus yaratilgan bo’lib, ko’rimli va obro’li dizaynda bajarilgan. SGH-D880 DUOS telefoni bir vaqtda ikkita SIM-karta bilan ishlashni ta’minlaydi. U szning ehtiyojingiz va tarmoqqa ulanish imkoniyatiga qarab, u yoki bu SIM-kartani avtomatik tarzda tanlaydi.

Bir vaqtda ikkita SIM-kartaga kirish va chiqish qo’ng’iroqlarini qabul qilish mumkin, shu bilan birga bir vaqtda 4 tagacha qo’ng’iroqlarni amalga oshirish mumkin. Aytgandek, SGH-D880 DUOS modeli faqat ikkita SIM-kartali emas, balki yana ikki prosessorli qurilma hisoblanadi.

2 ta SIM-kartalar parallel ishlashini ta’minlash uchun ARM9 va ARM7 ikki prosessorli yechimlaridan foydalaniladi. Bu avvalgilardan tubdan farq qiladi.
3.0 Mpikselli zichlikka ega kamera 2048×1536 zichlikkacha yuqori sifatli suratlar olish imkonini beradi.

«Avtofokus» funksiyasi suratlar yuqori aniqligini ta’minlaydi, CMOS sensori esa maksimal sifatga erishishga imkon beradi. Fotosuratlar microSD kartasida saqlanadi, ularning sig’imi endi 4 Gbaytni tashkil etmoqda. Siz to’g’ridan-to’g’ri chop etish interfeysidan foydalanib fotosuratlarni bevosita telefon apparatidan chop etishingiz mumkin. SGH-D880 DUOS telefonida MP3, AAC+, WMA formatlarida audifayllarini eshitish mumkin.

pic

Yuqori sifatli videolarni yozish va ko’rish MPEG4, H.263 va Motion JPEG formatlarida amalga oshiriladi. 1 soatgacha vaqt davomida video yozib olish mumkin. 5,8 sm diagonaldagi katta displeyda tomosha qilish juda qulay. Bundan tashqari FM-radiosiga ham ega.

Eng yangi yangiliklarni, axborotlarni, musiqani tinglashingiz mumkin. avtomatik va qo’l bilan sozlash kerakli stansiyani topishda yordam beradi. Aytgandek, SGH-D880 DUOS telefonida 1200 mAch sig’imli akkumulyatordan foydalaniladi, u sig’imi bo’yicha boshqa akkumulyatorlardan ancha katta hisoblanadi. Akkumulyatorning oshirilgan sig’imi ikki tarmoqlar signallarini baravariga izlashda quvvat ko’p sarflanishini qoplaydi.

Raqobatchi modellar orasida ushbu modelning ustunligi uning WAP/MMS/E-mail: profillari avtomatik konfiguratsiyasi hisoblanadi: SIM-kartalar biridan ikkinchisiga o’tganda tegishli operatorning barcha ko’rsatkichlari foydalanuvchidan hech qanday qo’shimcha harakatlar qilishni talab etmay, avtomatik ravishda sozlanadi — apparat darhol WAP /internet-ulanish, pochtani tekshirishga, so’zlashishga va shu kabilarga tayyor bo’ladi. Telefonning menyusi ikkita SIM-kartalar bilan yanada qulayroq ishlash uchun maxsus mo’ljallangan.

Qo’ng’iroq bo’lganida ekranda foydalanuvchining o’zi belgilaydigan (unga kartalardan qaysi biri SIM1 va qaysi biri SIM2 ekanligini eslash kerak bo’lmaydi) kartaning nomi avtomatik ravishda yoritilad, foydalanuvchi birinchi qarashida qo’ng’iroq qaerdan bo’layotganligini bemalol aniqlab oladi. Bundan tashqari har bir karta uchun faqat standart tovushlar emas, balki MP3, MIDI va shu kabilardan foydalanib chaqiruv qo’ng’irog’i uchun ham va matnli xabarlar uchun ham o’z musiqachini tanlash mumkin.

O’zbekistonda hozircha mobil aloqadan foydalanish darajasi 20 % dan oshmaydi, shunga qaramay, bugungi kunda ikki va undan ortiq SIM-kartalardan foydalanuvchi abonentlar soni ko’p. Ko’p SIM-kartali abonentlar soni mamlakatimizda kun sayin faqat ortib boradi. Mana shu sababli SGH-D880 DUOS modeli O’zbekiston bozorida paydo bo’lishi quvonchlidir. Bundan tashqari SGH-D880 DUOS modeli foydalanuvchilar turli kategoriyalariga mo’ljallangan va bir vaqtda ikki SIM -kartalar bilan ishlaydigan Samsung «DUOS» telefonlari butun bir turkumlaridan birinchisi bo’lib qolishi kutilmoqda.

Ekspertlarning baholariga qaraganda hozirgi kunda dunyoda mobil aloqa abonentlari soni 3,3 mlrd.ni tashkil qiladi. Bu esa Yer aholisining yarmini tashkil etadi. shundy qilib, dunyoda mobil aloqaning tarqalishi 50 % ga yetdi. Mobil aloqa birinchi bor 1981 yil Saudia Arabistonida, Norvegiya va Shvesiyada keng foydalanildi. Biroq mobil aloqa abonentlari soni mobil telefon apparatlariga ega va ko’rsatilayotgan xizmatlardan foydalanuvchi insonlar soniga teng emasligini aytib o’tish kerak. Ba’zi mamlakatlarda mobil aloqa kirib borishi 100 foizni va undan ortiqni tashkil etadi, biroq shu bilan bir vaqtda bir inson bir necha tarmoqlar abonenti bo’lishi mumkin. GSM Associattion ma’lumotlari bo’yicha mobil aloqa xizmatlaridan ancha kam — 2,5 milliardga yaqin insonlar foydalanadilar. Bu esa yer yuzida 800 millionga yaqin odamlar ikkita SIM-karta bilan ishlaydigan telefonlarga muhtoj ekanliklarini anglatadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq