O’zbekiston uyali aloqa xizmatlari bo’yicha jahonda 3 -o’ringa muyassar bo’ldi
11.12.2007
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

pic

Informa Telecoms & Media kompaniyasi tadqiqot ma’lumotlariga asosan O‘zbekistonda aholi uchun uyali aloqa xizmati jahonda deyarli, eng arzon hisoblanadi. Undan arzonroq uyali kompaniya xizmatlari faqat Shri-Lanke va Venesuelada mavjud. Kompaniya tomonidan o‘tkazilgan «Jahondagi eng qimmat uyali aloqa» reytingida jami 186 mamlakat ishtirok etdi.

Mamlakatlarni baholash mezoni etib, ekpertlar mobil xizmatlari o‘rtacha paketini oldilar. Bu: oyiga 25 qo‘ng‘iroq va 30 matnli xabar uchun deb belgilandi. Tadqiqotga asosan, shunday paketning o‘rtacha qimmati 12,25 dollarni tashkil etadi.

Reytingda yetakchilikni Quvayt egalladi, u yerda standart korzina 25 qo‘ng‘iroq, 30 qisqa xabar bo‘lib, 75,18 dollarni tashkil etadi. Mazkur mamlakatdagi aholi uchun uyali aloqa jahonda eng qimmat deb belgilandi. Reyting ko‘rsatishicha, aholining xarid qilish qobiliyati har doim ham uyali aloqa operatorlari xizmatlari narxiga ta’sir eta olmaydi. Bunday holatda, uyali aloqa kirib borish darajasi ham uning mezoni bo‘la olmaydi. Masalan, Gruziya «Jahondagi eng qimmat uyali aloqa» reytingining uchinchi o‘rinini egallagan, bu mamlakatda 25 qo‘ng‘iroq va 30 matnli xabarning bahosi, oyiga 44.09 $ ni tashkil etadi, masalan, qo‘shni Armaniston (reytingda 121-o‘rinni egallamoqda) uyali operatorlarining aynan shunday xizmatlari uchun yetti marta arzon baho — 8.31$ ni tashkil etadi.

Qiziq, qo‘shni Tojikistan «Jahondagi eng qimmat uyali aloqa» reytingining 13- o‘rnini egallagan (23.32$), AQSh 155-o‘rinni (5.21$), Rossiya esa 148- o‘rinni (5.96$) egallaydi.
Telekommunikatsiya uskunalarining qimmati jahondagi barcha mamlakatlarda taxminan bir xil. Demak, uyali aloqa operatorlari xizmatlarining eng arzon xizmatlarini aniqlashning asosiy mezonini aniqlashda, har bir mamlakatda birinchi navbatda, raqobatchilik muhiti va uyali aloqa operatorlarining faoliyatini boshqarishga javob beruvchi davlat hokimiyati organlarining harakati muhim o‘rin tutadi.

Umumiy ma’lumotlardan saralab olingan, «Jahondagi eng qimmat uyali aloqa» reytingining MDH va Baltiq bo‘yidagi barcha 186 mamlakatlar bo‘yicha reytingning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
Gruziya — 3- o‘rin (44.09$)
Tojikistan — 13 -o‘rin (23.32$)
Turkmanistan — 33- o‘rin (17,2$)
Moldova — 34 -o‘rin (17,12$)
Azarbayjon — 46- o‘rin (15.11$)
Belorussiya — 83- o‘rin (11.81$)
Qozog‘iston — 88 -o‘rin (11.51$)
Latviya — 108- o‘rin (9.48$)
Ukraina — 110 -o‘rin (9.32$)
Litva — 114 -o‘rin (9.10$)
Estoniya — 116 -o‘rin (8.75$)
Armaniston — 121 -o‘rin (8.31$)
Qirg‘iziston- 140 -o‘rin ($6.44)
Rossiya — 148- o‘rin (5.96$)
O‘zbekiston — 184 -o‘rin (1.80$)

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, O‘zbekistonda uyali aloqa qo‘shni Qozog‘istondan olti marta, Rossiyadan uch marta arzonroq ekan. «Jahondagi eng qimmat uyali aloqa» reytingining to‘liq shakli [url=http://rating.rbc.ru]http://rating.rbc.ru[/url] da bayon etilgan.

Shunday bo‘lsada, O‘zbekiston uyali aloqa xizmatlarining barcha operatorlari daromadli kompaniyalar hisoblanadi. Zararga ishlaydigan uyali aloqa operatorlari O‘zbekistonda mavjud emas. Avvalo Altimo kompaniyasi e’lon qilgan jahon uyali aloqa bozorining investitsion afzalliklari reytingiga muvofiq, O‘zbekiston mana ikkinchi yil — eng yuqori «Mobil aloqa xizmatlari rivojlanish indeksiga» ega bo‘lgan jahonning birinchi o‘n mamlakatlari qatoriga kirmoqda. «Indeks Altimo» kompaniyasi turli mamlakatlarda telekommunikatsiyalar bozorida mamlakatlar investitsion imkoniyatlarni baholash xalqaro tadqiqot loyihasi nashr etilgan ma’lumotlari bo‘yicha O‘zbekiston mana ikki yildirki, jahonning eng yuqori o‘n mamlakatlari qatorildan o‘rin egallamoqda. To‘liq ma’lumotni: [url=http://www.altimo.org]http://www.altimo.org[/url] dan o‘qishingiz mumkin.

COSCOM kompaniyasining yangi bosh direktori, janob Bora Baysal — InfoCOM.UZ jurnali uchun bergan eksklyuziv intervyusida -COSCOM o‘z xizmatlari uchun tariflarni kamaytiradimi? — degan savolga — bundan arzon degani, umuman, bepul degen ma’noni anglatishini aytdi. Nima ham der edik, balki shundaydir. Shunday bo‘lsada, MTC-O‘zbekiston kompaniyasi va Unitel («Bilayn» savdo belgisi bilan) 2007 yil noyabr oyida bozorga yanada qiziqarli tarif rejalarini tavsiya etdi. Demak, O‘zbekistonda uyali aloqa yanada arzon va qulayroq bo‘ladi. Bu barcha uchun ham quvonchli holdir.

Ma’lumot uchun
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda beshta uyali aloqa operatorlari: МТС-O‘zbekiston (Uzdunrobita, standart GSM), Unitel (“Bilayn” savdo belgisi bilan xizmat ko‘rsatadi, standart GSM), COSCOM (standart GSM), Rubicon Wireless Communication- uyali aloqa tarmog‘i Perfectum Mobile (standart CDMA), “O‘zbektelekom” AK filiali “O‘zbektelekom mobayl” (“Yzmobayl” savdo belgisi bilan, standart CDMA) faoliyat yuritmoqdalar.

2007 yil noyabr oyi o‘rtalarida O‘zbekistonda uyali aloqa abonentlari soni 5 milliondan oshib ketdi, uyali aloqadan 18,5%ga yaqin kishi foydalanadi, eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 2007 yil noyabr oyi boshlarida O‘zbekiston aholisining soni deyarli, 27 millionni tashkil etmoqda.

Informa Telecoms & Media kompaniyasi- jahonda butun olam aloqa va media bozori uchun amaliy hamda marketingi bo‘yicha strategik yechimlariga oid axborot yetkazishda yetakchi hisoblanadi. Kompaniyada sanoat vakillari bilan muntazam muloqotda bo‘ladigan, 90 ta analitik va ilmiy xodimlar faoliyat yuritadilar, natijada mazkur bozor sharhi ma’lumotlari bo‘yicha so‘nggi yangiliklar va tahliliy mahsulotlar, shuningdek, texnologiyalar, strategiya hamda kontentlarga oid axborotlarni to‘plash bo‘yicha bir qator xizmatlarni ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, Informa Telecoms & Media kompaniyasi 70,000 dan ortiq rahbarlari ishtirok etuvchi, har yili o‘tkaziladigan 125 dan ortiq tadbirlar tashkilotchisidir. GSM>3G konferensiyalariga qo‘shimcha butun jahon bo‘yicha qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari strategiyasi, texnologiya hamda mobil telefonlar uchun, TV, o‘yinlar va

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq