Xotira hech qachon ham ko’plik qilmaydi Power Quotient International Co., Ltd. (PQI)
29.11.2007
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

pic

Bugungi kunda kompyuterlararo xotira vositasi o’lchami yaqin vositasi o’lchami yaqin kunlarda 1,44 Mbayt sig’imli FDD 3,5″ disketalari bo’lganiga ishonging ham kelmaydi.

Oddiy foydalanuvchiga shaxsiy kompyuterda faol ishlash uchun bir to’plam disketalar bemalol yetar edi. 10 yil avval 4 Gbayt sig’imli vinchester yetarli hisoblangan, hatto dizaynerlar ham bir necha yuz megabaytdan ko’p bo’lmagan ma’lumotlardan foydalanib grafik stansiyalarda ishlaganlar. 64 Mbayt sig’imli shaxsiy kompyuter operativ xotirasi xayronqoldirar edi. Lekin o’sha paytdayoq xotira mahsuldorligi va sig’imi bo’yicha keng va to’ymas tushuncha — multimedia tushunchasi paydo bo’ldi. Haqiqatan ham kompyuterlarda (noutbuklar, telefonlar, fotoapparatlar, videokameralar va qurilmalarda) faqat fotoni emas, balki videofayllar bilan, hatto deyarli haqiqiy vaqtda ishlash mumkin bo’lishi bilan qurilmalar xotiralari sig’imi doim geometrik progressiya bo’yicha o’sib bormoqda.

Hozirda qator transnasional kompaniyalar juda katta miqdorda va juda tez ishlaydigan chiplar bilan xotiralarni ommaviy ishlab chiqarish bilan mashg’ullar. Yaqin yillar Yer yuzidagi deyarli har bir inson xotira qandaydir moduliga ega bo’ladi. Bular birinchi navbatda mobil telefonlar va boshqa raqamli texnika uchun flesh-xotira kartalari ham ko’p turdagi MP3/MP4-pleerlaridan iborat. Xotira hech qachon ko’p bo’lmaydi, chunki fotokameralar megafipksellari soni ortib bormoqda, yanada yuqori aniqlikdagi video yangi formatlari tatbiq etilmoqda. Bugungi kundayoq ko’pchilik ishlab chiqaruvchilarda biz 10 Gbayt sig’im bilan va 300x gacha o’qish tezligi bilan xotira Flash-kartalari borligini ko’ramiz.

Mana shu sababli Power Quotient International Co., Ltd. ko’proq foydalanuvchilarga PQI abbreviaturasi bo’yicha ma’lum bo’lgan kompaniya ishlab chiqaradigan xotira qurilmalari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 1997 yilda tashkil etilgan Power Quotient International Co., Ltd. (PQI) kompaniyasi dunyoda katta xotira ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. AQSh, Niderland, Yaponiya, Gonkong va Xitoydagi savdo vakolatxonalari faoliyati hisobiga ushbu kompaniyaning savdo tarmog’i doimiy kengayib bormoqda. DRAM-modullar, Flash-kartalar, DiskOnModuleTM va multimedia mahsulotlari sohasidagi 900 dan ortiq mutaxassislar faoliyat olib borayotgan PQI bugungi kunda DRAM va Flash-mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari dunyo bo’yicha reytingida birinchi o’nlikda yetakchilik qilmoqda.

O’zbekistonda PQI kompaniya mahsulotlarini Memory Technology Central Asia kompaniyasi taqdim etadi. Ushbu kompaniya mamlakatimiz bozorlarida mashhur bo’lgan Power Quotient International Co., Ltd. mahsulotlarini tanishib chiqish uchun tahririyatimizga taqdim etdi.PQI ishlab chiqaradigan otira modullari to’g’risida gapirganda shaxsiy kompyuterlar uchun SDRAM-operativ xotirasi modullarini alohida tanishtirib o’tish zarur.

pic

PQI ishlab chiqargan DDR2 va DDR3 SDRAM-xotira modullari
Hozirgi kunda O’zbekiston bozorlarida shaxsiy kompyuterlar uchun DIMM DDR va DDR2 modullari eng ko’p xarid qilinayotgan operativ xotira turlari hisoblanadi. PQI kompaniyasi shaxsiy kompyuterlar, serverlar uchun va noutbuklar uchun (SO-DIMM turidagi xotira moduli) ham SDRAM modullarini ishlab chiqaradi. PQI kompaniyasi hozirgi kunda noutbuklar uchun 2 Gbaytgacha sig’imli DDR2-800 SO-DIMM xotira modullarini taklif etayotganligini ham aytib o’tish zarur.

Shaxsiy kompyuterlar uchun esa kompaniya DRAM-xotira modullari ikki turlarini taklif etadi: Power Memory savdo belgisi bilan oddiy xotira modullari va TURBO MEMORY savdo belgisi bilan yuqori mahsuldor xotira modullarini.

TURBO MEMORY xotira modullari xotira bilan bog’liq sistemalarni maksimal tezligini oshirishni xohlovchi kompyuter ishqibozlari (shu jumladan overlokerlar) uchun mo’ljallangan.

Ushbu xotira modullari yuqori mahsuldorlikka va past patentlikka ega bo’lib yuqori ishonchlilik darajasiga egadir. Ushbu seriyali xotira modullari odatda raditor va issiqlikni yo’qotuvchi rolini bajaruvchi metal quimchvlarga joylashtiriladi.

TURBO MEMORY DDR2-1066 1GB CL5-5-15 eng mahsuldor xotira moduli 8,5 Gbaytgacha o’tkazish polosasiga va 1 Gbaytgacha sig’imga ega. PQI Power Memory xotira modullari SDRAM-xotira turlari orasida bizning bozorlarimizda eng katta talabga ega. Ular ishonchli va narxi arzon. Bugungi kunda PQI Power Memory xotira modullari uch turini ishlab chiqaradi: DDR, DDR2 va DDR3. Yaqin yillar davomida bozorda DDR2 modullariga talab eng katta bo’ladi. Kompaniya DDR2-800/DDR2-667/ DDR2-533/DDR2-400 xotira modullarini ishlab chiqaradi. PQ Power Memory DDR2 modullari orasida albatta DDR2-800 2GB U-DIMM 6,4 Gbayt/s o’tkazish qobiliyati va 2 Gbaytgacha sig’imga ega bo’lib eng mahsuldor hisoblanadi.

pic

DDR3 xotirasi istiqbollari to’g’risida qisqacha fikrlar
Synchronous Dynamic Random Access Memory xotirasi Double Data Rate standarti uchinchi avlodi paydo bo’lishini boshdan kechirmoqda. Bu xotiraning to’la DDR3 SDRAM nomi hozirgi DDR2 avlodini o’rnini bosayotgan DDR2 xotiralar yangi avlodi hisoblanadi.

Agarda qisqacha qilib aytadigan bo’lsak, DDR2 ga qaraganda DDR3 ustunliklari 1600 MGs gacha bo’lgan yanada yuqori chastotasini (DDR2 da samarali ishchi chastotasi 1066 MGs), kam quvvat sarflab mahsuldorligi o’sishi (shunga mos ravishda noutbuklarning batareyadan ishlash vaqti ortishi) hamda termodizayni yaxshilanganligini aytish mumkin.

DDR2 ga qaraganda DDR3 ning kamchiligi ancha yuqori patentligini aytish mumkin. Mutaxassislarning fikricha DDR3 xotiralarining haqiqatda savdo hajmi ortishini 2009 yilda kutish mumkin.

Bunda mahsulot ishlab chiqaruvchilarining fikricha DDR3 narxi bo’yicha DDR2 bilan tenglashadi. Hozircha esa DDR3 xotirasi xissasi 5 % dan ortmaydi. DDR3 bilan ishlaydigan P35 chipsetini yetkazib bermoqda. Bu chipset 45-nm, FSB shinasi 1333 MGs chastotasi bilan ikki va to’rt yadroli yuqori mahsuldor prosessorlarga mo’ljallangan ommaviy foydalanish shaxsiy kompyuterlar, serverlar va noutbuklar uchun DDR3 kontrollerlari bilan sistemali logikalar va prosessorlarni paydo bo’lishi keyingi yilning ikkinchi yarmida kutilmoqda. Shunga qaramay bugungi kundayoq PQI 2 Gbaytgacha sig’im bilan Power Memory DDR3-1333 U-DIMM xotira modullarini taklif etmoqda. Bundan keyin nima bo’lishini vaqt ko’rsatadi.

Hozir esa PQI ishlab chiqarayotgan Flash-xotira qurilmasi bilan tanishamiz.

USB flash drive va Card Drive almashtiriladigan to’lovchilari
PQI ishlab chiqaradigan almashtiruvchi USB flash drive to’lovchilari bizning bozorlarda keng taqdim etilgan. Ular qulay va chiroyli dizaynga, yuqori ishonchlilikka va arzon narxlarga ega. Misol uchun, PQI U190 seriya flesh-xotiralari 2 Gbaytgacha sig’imga, 7 gramm og’irlikka ega va chiroyli yarim shaffof korpusi bilan chiqariladi.

USB flash drive U172P seriyasi yana ham chiroyli dizaynga ega. PQI flesh-xotiralari 0 +65 daraja haroratlarda ishlay oladilar, ishlamayotgan holadi 20 daraja sovuqqacha va +75 daraja issiqqa chiday oladi.

pic

Ko’rinishi chiroyli, lekin kattaroq sig’imga ega flesh-xotiralardan USB flash drive PQI U230 seriyasini ko’rsatish mumkin. Ularning sig’imi rekord 16 Gbaytgacha!!! yetadi. O’zbekiston bozorlarida 4 Gbayt sig’imli modellariga talab katta. Ular narxi/sig’imi nisbatlari bilan juda mos keladi.

PQI flesh-xotiralari turlari orasida Card Drive qurilmasi ham bor. Bu qurilmalarning sig’imi 32 Gbaytgacha yetadi. Misol uchun, Card Drive U510 85 x 54 x 3 mm kattalikda bo’lib 23 gramm og’irlikka va 32 Gbayt sig’imga ega. PQI ishlab chiqaradigan flesh-xotira kartalari mahsuldorligi va sig’imi bo’yicha e’tiborga loyiq.

pic

PQI flesh-xotira kartalari
PQI kompaniyasi O’zbekiston bozorlarida flesh-xotira kartalari ishlab chiqaruvchilari orasida eng mashhur kompaniya bo’lsa kerak. Kompaniya xotira kartalari quyidagi turlarini ishlab chiqaradi: CompactFlash Card (CF), Secure Digital (SD), MultiMediaCard (MMC) hamda Secure Digital 2.0 (SDHC) va Industrial CF Card (ICF) standarti eng yangi versiyalari. Secure Digital 2.0 PQI SDHC Class 2/4/6 xotira kartalari sig’imi 32 Gbaytgacha yetadi!!! Ushbu seriya xotira kartalari eng tez ishlaydiganlarining yozish tezligi 6 Mbayt/sekundgacha yetadi. RAW yozish formati bilan ishlaydigan professional fotosuratchilar uchun PQI 45 Mbayt/o’qish tezligi va 16Mbayt sig’imi bilan Compact Flash Card (CF) Hi-Speed 300x xotira kartalarini ishlab chiqaradi.

pic

Agarda RAW formatida hatto 10 MGs zichlik bilan suratga olinganda ham bunday xotira kartaga 1200 tagacha suratlar joylashishi mumkin. Aytgandek Compact Flash Card (CF) Hi-Speed xotira kartalari 300x gacha o’qish tezligi bilan hozircha dunyoda ushbu sohada eng yaxshi ko’rsatkichga ega hisoblanadi.

PQI kompaniyasi ishlab chiqaradigan flesh-xotira modullari va qurilmalari bilan qisqacha tanishuvni yakunlar ekanmiz, bu qurilmalarning narxi arzonligini, sifati yaxo’ilishi va mahsulodorligi yuqori ekanligini aytib o’tish kerak.

pic

PQI mahsulotlari to’g’risidagi to’liq ma’lumotlarni kompaniyaning [url=http://www.pqi.com.tw]http://www.pqi.com.tw[/url] saytidan topish mumkin.

InfoCOM.uz jurnali tahririyati PQI xotira qurilmalarini tanishib chiqishga taqdim etganligi uchun Memory Technology Central Asia kompaniyasiga minnatdorchilik bildiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq