«O’zbektelekom mobayl» telekommunikasiya xizmatlar bozorini o’zlashtirmoqda
26.11.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic

O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish dasturiga binoan «O’zbektelekom» telekommunikatsiya xizmatlar, shu jumladan CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmatlarini ham ko’rsatmoqda. Ushbu dasturni amalga oshirish uchun 2004 yilda «O’zbektelekom mobayl» filiali tashkil etildi. Bu filialning asosiy vazifasi O’zbekiston Respublikasida simsiz aloqa milliy tarmog’ini rivojlantirish hisoblanadi.

«O’zbektelekom mobayl» filiali ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektlarni telefonlashtirish bo’yicha davlat vazifalarini ham bajaradi, jumladan xalq ta’limi, mudofaa, tibbiyot ob’ektlari, O’zbekiston Respublikasi uzoq — borish qiyin bo’lgan hududlarida joylashgan pochta bo’limlarini telefonlashtirish ishlarini bajaradi.

2005 yil 31 may O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublikada tashkil etilgan mini-banklarni telefon aloqasi bilan ta’minlash choralari to’g’risida»gi majlisi bayonnomasi qaroriga asosan «O’zbektelekom mobayl» simsiz radioulanish tarmog’ida ma’lumotlar uzatish xizmati yo’o’lga qo’yildi. Mana shu xizmatdan qishloq joylarda joylashgan 200 dan ortiq mini-banklar foydalanmoqdalar. CDMA-450 standarti ikkita asosiy davlat masalalarini hal qiladi: birinchisi — bu barcha aholi punktlarini, shu jumladan respublikamiz uzoq kam aholi yashaydigan rayonlarini universal telekommunikatsiya xizmatlar bilan ta’minlash, ikkinchisi — butun respublika hududi bo’ylab internet tarmog’ini qurishdan iborat.

pic

2004 yildayoq «O’zbektelekom» AK Jizzax viloyatida simsiz abonentlik radioaloqasi tarmog’ini ishga tushirdi. Shu yilning o’zida Buxoro shahrida simsiz abonentlik ulanish tarmog’i ochilishi marosimi bo’lib o’tdi. CDMA-450 standarti telefon aloqasi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari hududlarida xizmat ko’rsata boshladi.

pic

Simsiz radioaloqa tarmog’ini yanada rivojlantirish butun O’zbekiston Respublikasi hududlarida, shu jumladan aloqa kabel tarmoqlarini yotqizish iqtisodiy simlarisiz bo’lgan hududlarda telefon aloqasi, ma’lumotlar uzatish va Internet xizmatlarini ko’rsatish imkonini beradi.

XX asr oxirlarida kanallarni umuman yangi kodli taqsimlash raqamli radiotelefon aloqasi texnologiyasining paydo bo’lishi hisobiga uyali aloqa rivojlanishida yangi rivojlanish davri boshlandi.

CDMA asosiy tijorat muvaffaqiyatlari asosiy omillari xizmat ko’rsatish zonasi kengligi, tovush sifati yuqoriligi va yangi xizmatlarni kiritish osonligi hisoblanadi.

Ushbu texnologiya shovqinlarda saqlanish yuqori darajasini, noqonuniy ulanishdan aloqa kanali yaxshi saqlanishini ta’minlaydi, bu esa mazkur aloqa turi abonentlar barcha toifalari uchun qulay bo’lishini ta’minlaydi. CDMA standarti uskunalari eng yangi va eng qimmat hisoblanadi, biroq shu bilan bir vaqtda eng ishonchli va eng yaxshi himoyalangan. CDMA kanallari bo’yicha faqat tovush emas, balki boshqa axborotlar uzatilishi sababli unda to’siqlar, shovqinlar yo’qligi alohida ahamiyatga ega. CDMA standarti harakatdagi boshqa aloqa tizimlariga qaraganda tovushli axborotlar uzatish kichik kechishini ta’minlaydi, ma’lumotlar uzatish tezligi esa ancha yuqori — CDMA texnologiyasida ma’lumotlarni jamlash mukammal algoritmlari amalga oshirilgan.

pic

Bozorga CDMA-450 standarti abonentlar terminallarini yetkazib berish maqsadida abonentlarga mobil telefonlarning turli modifikasiyalari, ACCESS-II stansionar terminallari taqdim etilmoqda. ACCESS-II standart telefon apparati (yoki telefon stansiyasi) va CDMA-2000 mobil aloqa tarmog’i o’rtasida 1x — chastotali 450 MGs diapazonda o’ziga xos interfeysdan iborat. Ushbu interfeys telefon va mobil aloqa tarmog’i o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri ulanishni yaratadi. Agarda sizda faqat statsiyaar telefon bo’lsa, siz bevosita CDMA-450 mobil aloqasi tarmog’i bilan tovushli ulanishni amalga oshirishingiz mumkin.

Telefon kabelini ACCESS-II ga ulasangiz bo’ldi, siz qayd etilgan telefon aloqasiga ulanmay, to’g’ridan-to’g’ri mobil aloqa tarmog’iga ulanishingiz mumkin.

Bundan tashqari, mobil CDMA telefonidan kelayotgan qo’ng’iroqlarini chaqirish uchun terminal qurilmasi raqamini terib siz uyingizda to statsiyaar telefon apparatigacha bevosita qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

Bu qo’shimchalardan yer usti telefon liniyasi qurish mumkin bo’lmagan qishloq joylarda ham va chaqqonligi, qulayligi va narxi asosiy omil hisoblangan shahar aholi turar joylarida ham qo’llanilishi mumkin.

ACCESS-II yechimi inson uchun ko’rgazmalar, bozorlar yoki sport tadbirlari kabi vaqtinchalik tadbirlar davomida tezlikda taksofonlar o’rnatish (pulli) uchun ham mos hisoblanadi.Agarda siz bir telefon o’rniga XATS-stansiyasini ulasangiz ACCESS-II o’rnatilgan CA-chiqish porti orqali chiqib CDMA-telefoniga avtomatik ravishda chaqiruvni yo’naltirishi (marshrutlashtirishi) mumkin. shunday qilib, siz statsiyaar telefondan mobil telefonga so’zlashish katta narxi o’rniga faqat mobil telefondan so’zlashganingiz uchun haq to’laysiz. ACCESS-II — bu faqat tovush interfeysi emas: ma’lumotlarni uzatish uchun simsiz ulanishni ham ta’minlaydi, bu ma’lumotlardan CDMA-450 tarmog’i yordamida kompyuterni internetga USB-ulanishi bilan foydalanish mumkin bo’ladi.

ACCESS-II inernetga aniq, ishonchli va yuqori tezlida (153 Kb/s gacha) ulanishni ta’minlaydi. Filialning abonentlik bo’limlari tarmog’i asta-sekin kengaymoqda, bu bilan mijozlarga yanada sifatli xizmat ko’rsatish sharoitlari yaratilmoqda.

Bularga qo’shimcha sifatida «O’zbektelekom mobayl» filiali abonentlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha mintaqalarda agentlik punktlari tashkil etilgan. Abonentlarni jalb etish maqsadida taqdim etilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini yaxshilash bo’yicha ishlar amalga oshirildi. Shu jumladan, telefon aloqalarini sekundli tariflash bilan yangi tariflar kiritildi, takomillashtirilgan billing sistemasini tatbiq etish bo’yicha ishlar bajarildi. 2007 yil 1 avgustdan quyidagi tarif rejalari kiritildi:

«Statsiyaar» tariflar guruhi, «Statsiyaar Unlimited» tarifi qayd etilgan zonasi chegarasida oyiga atigi 18 dollarga 7 ming bepul minutlar taqdim etadi, «Statsiyaar vaqt bo’yicha» tarifi shu guruh tariflari guruhiga kiradi. «Lyuks — statsiyaar» tarifi-abonent to’lovi 1 dollar, shu bilan birga qayd etilgan zonasi chegarasida bepul 100 minut+limiti taqdim etiladi.

«Mobil» tariflar guruhi
«Optimal» tarifi — oyiga 35 dollarga qayd etilish zonasi chegarasida yetti ming minut taqdim etiladi. «Mejregionalniy»(Mintaqaviy) tarifi — oyiga 50 AQSh dollariga O’zbekiston chegarasida 7 ming minut taqdim etadi.

«Korporativ» tarifi — bir to’lovchiga kamida 10-mobil telefonlar ulangan abonentlar uchun (jismoniy shaxslar va xususiy tadbirkorlardan tashqari), 25 AQSh dollariga oyiga qayd etilgan zonasi chegarasida 5 ming minut taqdim etiladi. «Eksklyuziv» tarifi — 6 oyga 150 AQSh dollari abonent to’lovini ko’zda tutadi, har oyda qayd etilgan zonasi chegarasida bepul 7 ming minut taqdim etiladi.

«Komfort» tarifi — oyiga bepul 200 minut taqdim etad, abonent to’lovi 6,99 dollar. «Komfort -500» tarifi — abonent to’lovi oyiga 14,99 AQSh dollari — oyiga 500 minut aloqa efiridan foydalanish imkonini beradi. «Standart+Internet» tarifi — abonent to’lovi 1,99 dollar. «Super UzMobile» tarifi — abonent to’lovi kuniga 0,005 AQSh dollari. «Delux» tarifi — abonent to’lovi oyiga 17 dollar, chiqish qo’ng’iroqlariga taqdim etiladigan bepul minutlar 100 minutni tashqil etadi.

«O’zbektelekom mobayl» tarmog’i rivojlanish istiqbollarida faqat O’zbekiston bo’ylab kengaytirishni emas, balki xalqaro avtomatik roumingni, SMS, SMS-email, SMS-wed, VMS, MMS, mobil portal kabi qo’shimcha xizmatlar keng turlarini, ko’rsatilgan xizmatlar uchun haq to’lash har xil turlarini va boshqa qulayliklarni ko’zda tutiladi. Bular eng talabchan abonentlar ehtiyojlarini ham qondiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq