Nokia N81 8GB bilan zerikmaysiz
12.11.2007
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

pic

Siz zerikyapsizmi? Endi zerikmaysiz — Nokia N81 8GB sotuvga chiqarildi.

Musiqa va o’yinlarni endi barcha eshitib va o’ynab huzur olishlari mumkin. Nokia korporatsiyasi butun dunyoda Nokia N81 va Nokia N81 8GB multimediali kompyuterlarni yetkazib bera boshlaganini xabar qiladi. Eng yaxshi mobil o’yinlar va musiqali imkoniyatlari bilan bu qurilmalar musiqa va o’yinlarni boshqarish ajratilgan tugmalari bilan hamda hajmi oshirilgan xotirasi bilan ta’minlangan. Bu esa ko’proq vaqt davomida o’yin o’ynash va ko’proq musiqalarni xotirada saqlash imkonini beradi.

Ushbu qurilmalarda uch o’lchamli multimediali menyudan foydalanish Nokia Nseries mahsulotlari uchun yangi foydalanuvchilar interfeysini yaratish sohasidagi birinchi qadam hisoblanadi. Yangi menyu raqamli kontentlarni, Internet imkoniyatlarini osongina topish va foydalanish hamda atrofdagilar bilan o’z taassurotlarini o’rtoqlashish imkonini beradi.

«Bugungi kunda foydalanuvchilar uchun mobil musiqa va o’yinlarni o’zi yetarli emas — deydi Nokia Multimedia vise-prezidenti Yonas Goyst (Jonas Geust) — ular raqamli xordiq chiqarish imkoniyatlari jarayonini ko’proq boshqarishni aynan qayda bo’lishlaridan qat’iy nazar yangi va o’zlari yoqtirgan asarlarni topishni va boshqalar bilan o’rtoqlashishni xohlaydilar. Nokia N81 kabi qurilmalar ularga shunday imkoniyatlarni taqdim etadi». Nokia N81 va Nokia N81 8GB Nokia Music Store da millionlab kompozisiyalarni topishga ham imkon beradi. Nokia qurilmalariga kiritilgan musiqa eshitish moslamalari yordamida esa tinglash uchun osongina o’z ro’yxatini tuzish va musiqalar to’plamini xohlaganicha boshqarish mumkin bo’ladi. Sifatli tovush ishqibozlari mos keladigan yuqori sifatli naushniklar (quloqqa taqib eshitish moslamalari) yoki dinamiklardan foydalanishlari mumkin. Bu moslamalarni 3.5 mm li stereo raz’yomlar orqali ulanadi. N-Gage servisi o’yin o’ynash imkoniyatlari bilan tanishish uchun qurilmada EA SPORTS™ FIFA 07, Asphan 3: Street Rules Space Impact Light o’yinlar demoversiyalaridan foydalanish mumkin.

N-Gage ishlab chiqarilgandan keyin keyinchalik shu yili foydalanuvchilar N-Gage to’la qo’shimchalarini kiritish, N-Gage barcha o’yinlarini bepul sinab ko’rishlari va ularga yoqqanlarini xarid qilib olish imkoniga ega bo’ladilar.

Nokia N810 musiqa eshitish rejimida 45 soatgacha ishlaydi va alohida taklif etiladigan 10 Gb hajmi xotira kartasida 7500 gacha ashulalarni saqlashlari mumkin.

Yuqori zichlik bilan (800×480 piksellar) katta (4,13 dyuym) va keng displey cho’ntak qurilmasi uchun ajoyib grafikadan huzur olishga imkon beradi.

pic

«Nokia N810 to’laqonli kompyuter quvvatiga ega va shu bilan bir qatorda cho’ntakka sig’adi. Qurilma ochiq standartlarga asoslangan. Bu esa unga turli funksiyalar va xizmatlarni kiritishga imkon beradi — deb aytadi Nokia Multimedia konvergent mahsulotlari yo’nalishi vise-prezidenti Ari Virtanen (Ari Virtnen) — Nokia N810 Web 2.0 barcha funksiyalarini ta’minlaydi, shu bilan birga ixcham, qulay va arzn qurilmaliligicha qoladi. Nokia N810 Insonlarni ular uchun muhim bo’lganlari bilan bog’laydi». Nokia N810 maemo Linux ga asoslangan OS2008 operasion sistemasi asosida ishlaydi. Ushbu operasion sistemali qurilmaning avvalgi avlodi Nokia N800 da o’rnatish mumkin. Dasturiy ta’minoti foydalanuvchi interfeysini sozlash bo’yicha keng imkoniyatlarga ega hamda Mozilla arxitekturasiga asoslangan va Ajax hamda Adobe Flash 9 ishlashini ta’minlovchi brauzer, Bluetooth naushniklari ishlashini hamda video va audio keng imkoniyatlarini ta’minlovchi kabi qator yangiliklari mavjud. Siz turli qo’shimchalarni yozib olishingiz va o’rnatishingiz mumkin, misol uchun Video Gizmo, Skype va Rhapsody yang dasturlarini, Boingo Wireless, Earthlink va The cloud kabi dasturlar esa butun dunyo bo’ylab minglab nuqtalarda Wi-Fi tarmoqlariga ulanishni ta’minlaydilar. Umuman aytganda Nokia bilan zerikmaysiz.

Nokia N810 Internet Tablet internetdan mobil foydalanish uchun juda mos keladi. Ushbu cho’ntak qurilmasi bilan Wi-Fi ulanish yaqin nuqtasida ulanib Internet orqali aloqa o’rnatish, Google pochtasini yoki Facebook ro’yxatini tekshirish, YouTube da oxirgi videoroliklarni tomosha qilish yoki o’z blogingizni yangilashingiz mumkin bo’ladi. Bu ishni tashqariga surib chiqadigan va qurilmaning sensorli displeyi yordamida oson bajarish mumkin. Qurilmaga kiritilgan (kartalar) xaritalar va navigatsiya tizimlari siz adashib qolmasligingiz uchun yordam beradi.

Endi faqat Toshkent shahrining o’zida eng mashhur kafe va restoranlarda joylashgan bepul simsiz Wi-Fi nuqtalari 30 dan ortiqni tashkil etishini aytib o’tish zarur. «Ilxom» teatrida pulsiz simsiz ulanish nuqtasi bor, hatto Toshkent sirki maydoni yaqinida 1,2 km2 maydonli Wi-Fi simsiz ulanish butun bir zonasi mavjud. Toshkentda simsiz ulanish bepul foydalanish Wi-Fi nuqtalari mana ikki yil davomida Yandeks bilan birgalikda amalga oshirilib kelayotgan «Wi-Fi nashiestviesi (tarqalishi, hujumi)» pilot loyihasi doirasida Sharq Telecom kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan va xizmat ko’rsatib kelmoqda. Wi-Fi nuqtalarini [url=http://www.wi-fi.uz]www.wi-fi.uz[/url] ijtimoiy saytidan bilib olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq