FSB 1333 shina va DDR3 xotiraga o’tamiz. Yangi Microstar tizim platalari (MSI) O’zbekiston bozorlarida
12.11.2007
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

pic

Oxirgi uch yil davomida biz chipsetlar hozirgi avlodiga va ular asosidagi Intel platformasidagi tizimli platalar — Intel 9xx turkumlariga o’rganib qoldik. Shu yil o’rtalarida Intel chipsetlar yangi avlodini Intel 3x (Bearlake) chipsetlarini faol ilgari surmoqda va mana shu turkumdagi chepsetlar bilan birinchi platalar O’zbekiston bozorlarida paydo bo’ldi.

Bizning tahririyatimizga tanishish uchun bugungi kunda keng tarqalgan Intel965/975 chipsetlari bilan hamda yangi Intel P35 chipsetlari bilan MSI tizimli platalari taqdim etildi. Intel platformasi uchun NVIDIAnForce 650i Ultra chipseti asosidagi juda qiziqarli plata bilan ham tanishib chiqamiz.

Ishlab chiqaruvchi va texnologiyalar to’g’risida ikki og’iz so’z
Micro-Star Internationall Co., Ltd (MSI savdo markasi) korporatsiyasi 1986 yilda tashkil topgan. Ushbu kompaniyada yaratilgan va yig’iladigan tizimli platalar tizimni tezligini oshirish va mahsuldorlik bo’yicha plataning maksimal imkoniyatlari muhim hisoblangan foydalanuvchilar orasida haqli ravishda mashhur hisoblanadi. Yuksak sifati, firma texnologiyalari, ushbu korporatsiya ishlab chiqargan tizimli platalarning qo’shimcha himoyalanish va tezlikni oshirish texnologiyalari overlokerlar uchun juda zarur hisoblanadi.

MSI tizimli platalar eng mashhur qo’shimcha funksiyalari ba’zilari quyidagilardan iborat:
CoreCell to’rtta funksiyalardan tashkil topdi: Speedster (maksimal tezlikni oshirish), PowerPro (energiyani tejash), LifePro (doimiy haroratni ushlab turish, moslashuvchan ventilyator) va BuzzFree (shovqin darajasini boshqarish). Ushbu funksiyalar AP va BIOS tizimsi to’g’risida axbortlarni foydalanuvchilar tushunishlarini yengilllashtirish uchun mo’ljallangan. CoreCell texnologiyasi MSI platalarida o’rnatiladigan maxsus chipset ko’rinishida amalga oshirilgan.
DOT — Dynamic Overclocking (dinamik tezlik oshirish) texnologiyasi — bu takt chastotasini avtomatik oshirish funksiyasi. CoreCell yangi MSI -texnologiyalari tarkibiga kiradi. Dasturlarni bajarish paytida prosessor yuklamasi balansini aniqlash va mos ravishda takt chastotasini avtomatik sozlash uchun yaratilgan.
GbLan — takomillashtirilgan tarmoq texnologiyasi
Fuzzy Logic 4 — OC Windows ga moslab tezlashtirish uchun utilita: tizim to’g’risida avtomatik tarzda ma’lumotlar to’plash, sozlanadigan chastota va AGP quvvati.
Live Update 3 — MSI eksklyuziv texnologiyalari birligi: Live BIOS, Live Driver, Live VGA BIOS, Live VGA Driver, Live Utility, Live Monitor va yangi firma Optical Storage Drive Firmware texnologiyalari.
BIOS va drayverlarni yangilash utilitasi bevosita Internet (online) orqali amalga oshiriladi. Live Monitor yangi BIOS lar drayverlar, utilitlar to’g’risida axborotlarni avtomatik tarzda topadi va taqdim etadi.
CoreCenter MSI Fuzzy Logic va PC Alert funksiyalarini birlashtiradi, quvvatini va CPU/AGP/DDR/PCI chastotalarini sozlash imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga tezlikni oshirish uchun yanada mukammal opsiyalar taqdim etadi. tizimning turli nuqtalarida haroratni kuzatib boradi va yuklama hamda berilgan kattalikka qarab ularni boshqaradi.

O’tish davri. Qanday yangiliklar bor?
Hozirgi paytda Intel platformalari va Intel chipsetlari asosidagi tizim platalari uchun tizim logikasi mikrosxemalari to’plami navbatdagi avlodi almashuvi sodir bo’lmoqda. Shu yil may oyida ma’lum qilingan, ilgari Bearlake nomi bila ma’lum bo’lgan Intel 3x chipsetlar yangi avlodi mana uch yildan beri eng talabchan foydalanuvchilarni o’zining yangi imkoniyatlari bilan xursand qilib kelayotgan i9xx (i945/955/975 va i965) avlodini asta-sekin o’rnini egallab boradi. i9xx (i915/925) turkumi paydo bo’lishi bilan darhol bir necha yangiliklar qo’shilganligini eslatib o’tamiz: yangi prosessor o’rnatish joyi — socket LG775 va quvvat olish yangi raz’yomi, DDR2 xotirasi, PCI Express shinasi (jumladan video tezlatgichlar ulash uchun varianti bilan) va yangi High Definition Audio audiostandarti. Chipsetlar oxirgi avlodlarida faqat FSB shinasi va xotira chastotalarini oshirish bajarildi, yangi prosessorlar — birinchi ikki yadroli Pentium D prosessorlari ishlashi imkoniyati qo’shildi; keyin esa Intel Core 2 ham, shu jumladan Intel Core 2 Guad to’rt yadroli prosessor bilan ishlash imkoniyati ham qo’shildi. Har doim bo’lgani kabi birdaniga eski bo’lib qolgan mavjud Intel chipsetlari avlodi amalda eskilari qilgan ishlarni ishni bajara oladi. Intel 3x chipsetlar yangi turkumdan nimasi bilan farq qiladi. Birinchidan, chipsetlarga raqam berish tubdan o’zgartirildi. Lekin bu eng asosiysi emas. i3x yangi chipsetlarida FSB 1333 MGs shina va DDR3 xotira yangi turi bilan ishlash kabi muhim arxitektura ko’rsatkichlari yangilandi. Intel x38 Express, Intel P35 Express, Intel G33 Express va Intel G31, 635 Q35 Express chipsetlari namoyish etildi. G raqami bilan ushbu seriya chipsetlari kiritilgan grafik adapteriga ega.
Bu turkumni qisqacha ta’riflab berishga harakat qilamiz.

Intel x38 Express:
Celeron va Pentium turkumi «yangi» prosessorlarida ishlashni ta’milash, jumladan 1333 MGs chastotasi tizim shinasi bo’lajak modeli, 800/1066 MGs chastotali tizim shinalari bilan Core (Duo/Quad/Extreme) barcha prosessorlar turkumi bilan ishlashni ta’minlaydi.

Umumiy hajmi 8 Gb (ECC bilan) bo’lgan DIMM 4 gacha bo’lgan va Fast Memory Access va Flex Memory texnologiyalari qo’llanilishini ta’minlovchi DDR2 — 533/667/800 yoki DDR3 — 800/1066/1333 xotira ikki kanalli kontrolleri.
PCI Express 2.0 x16 2 ta grafik interfeysi.
Yangi ICH9/R/DH/DO yangi janubiy ko’prikkacha DMI shinasi (2 GB/s o’tkazish qobiliyati bilan). Intel x38 Express — bu i975P chipseti o’rnini bosadigan hozircha ushbu turkumda eng topologik chipset hisoblanadi. Intel 3x seriyali, barcha chipsetlar rasman Celeron D, Pentium 4 va Pentium D (hamda ularning Extreme Edition versiyalari) turkum prosessorlari bilan mos emasligini eslatib o’tmoqchiman.

Shunday qilib, bu turkum barcha mavjud va kelajak Core 2 Duo, Core 2 Quad va Core Extreme (shu jumladan, to’rt yadroli versiyalari) prosessorlaridan foydalanish uchun mo’ljallangan, shu bilan birga ular uchun 1333 MGs shinalari bilan ishlashi ta’minlanadi.

Yangi prosessorlar kichik turkumlari (Celeron 400 va Pentium E2000) x38 da barchasi ishlashi mumkin, biroq marketing mazmuni tomonidan topologik chipset uchun Celeron 400 ishlashini ta’minlashi aytilmagan.

Intel P35 Express:
«Yangi» Celeron va Pentium prosessorlari turkumi hamda 800/1066 MGs chastotali Core 2 Duo/ Quad tizim shinalari, jumladan 1333 MGs chastotali tizim shinasi bo’lajak modeli ishlashini ta’minlaydi.

pic

Umumiy hajmi 8 Gb gacha (ECC siz) va Fast Memory Access va Flex Memory texnologiyalari bilan 4 tagacha DIMM modullari ishlashini ta’minlash bilan DDR2 — 533/667/800 yoki DDR3 — 800/1067 ikki kanalli xotira kontrolleri.
PCI Express x16 grafik interfeysi

ICH9/R/DH yangi janubiy ko’prikkacha DMI shinasi (2 GB/s o’tkazish qobiliyatiga ega). Ko’rinib turganidek ushbu chipsetda DDR3-1333 xotirasi ta’minlanmaydi, shu kabi PCI Express yangi interfeymi mavjud emas, bugungi kunda standart hisoblangan PCI Express x16 (yangi versiyasi) grafik interfeysi qo’llanilgan. Ushbu chipset iP965 chipsetini o’rnini bosishi ko’zda tutilgan.

pic

Intel G33 Express.

Ushbu kiritilgan yangi turkum chipseti G33 bir muncha mantiqiy bo’lmagan nomga ega, funksionalligi bo’yicha P35 dan hech ham farq qilmaydi. Gap shundaki, shu yilning uchinchi choragida Intel takomillashtirilgan grafik yadro bilan bir kiritilgan chipset (G35) ishlab chiqargan edi, shu sababli uni eng topologik x38 dan qandaydir farq qilish zarur edi.
Intel G3 Express shimoliy ko’prigining qisqacha ko’rsatkichlari:
• Celeron va Pentium prosessorlari «yangi» turkumi hamda 800/1066 MGs chastotali tizim shinalari, shu jumladanб 1333 MGs chastotali tizim shinalari bo’lajak modellari Core 2 (Duo/Quad/Extreme) turkum barcha prosessorlari ishlashini ta’minlaydi.
• Umumiy hajmi 8 GB gacha (ECC siz) va Fast Memory Access va Flex Memory texnologiyalari bilan 4 tagacha DIMM modullari ishlashini ta’minlash bilan DDR2 — 533/667/800 yoki DDR3 — 800/1066/1333 xotira ikki kanalli kontrolleri
• PCI Express 2.0 x16 2 ta grafik interfeysi
• Yangi ICH9/R/DH/DO janubiy ko’prikkacha DMI shinasi (2 GB/s o’tkazish qobiliyatiga ega).

Intel G31, G35, Q35 Express

Yangi seriya boshqa chipsetlari to’g’risida qisqacha ma’lumotlar. Ushbu umuman yangi chipsetlar faqat 2007 yil uchinchi choragida bozorlarda pydo bo’ldi.

Intel G32 Express — boshlang’ich darajasidagi kiritilgan chipset. i945G chipsetlarini almashtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu chipsetning janubiy ko’prigi eski — ICH7/R, u PATA interfeysi bilan ishlaydi. Yangi G31 Core 2 Duo (biroq 166 MGs dan yuqori bo’lmagan chastotali FSB) va DDR2-800 gacha bo’lgan xotira bilan ishlashni ta’minlaydi. Umuman olganda yangilik deyarli yo’q.

Intel G35 Express — qayta ishlab chiqilgan grafik dvigateli bilan qiziqarli kiritilgan chipset, u Intel xabar qilishiga DirectX10 bilan ishlashni ta’minlovchi birinchi kiritilgan yechim bo’lib qoladi. G35 G965 ga juda o’xshash, arxitekturasi bo’yicha faqat 45-nanometrli Wolfdale va Yorkfield ishlashini ta’minlashi uni Intel 3x chipsetiga o’xshaydi va FSB 1333 MGs chastotasi bilan Core 2 Duo ga o’xshaydi (unda ham DDR3 xotirasi ta’minlanmaydi). Janubiy ko’prik sifatida G35 uchun eski ICH8/R/DH qo’llaniladi.

Intel Q35 Express (va uning Q33 soddalashtirilgan varianti) — Intel-vPro biznes-tizimlari uchun asos, o’yin imkoniyatlari o’chirilgan kiritilgan chipset. ICH9DO (Digital Office) janubiy ko’prigi bilan Q35 birligi eng qiziqarli bo’ladi. U AMT (Active Management Technology) 3.0, Trusted Execution Technology va Virtualization Technology kabi texnologiyalarni ishlashini ta’minlaydi. Q35 ham DDR3 xotira qo’llanilishini ta’minlaydi.

MSI tizim platalari bilan tanishtirish uchun mana shunday uzoq ta’riflab o’tish kerak. Ko’rib turganingizdek Intel 3x yangi turkumi taklif etayotgan yangiliklardan faqat FSB 1333 MGs shinasini, mavjud va yangi ikki-to’rt yadroli prosessorlar bilan ishlashni ta’minlashini, PCI Express 2.0 x16 yangi grafi interfeysini (hozircha faqat x38) va DDR3 xotirani ko’rsatish mumkin. Nima ham qilardik, bular hozircha (ayniqsa DDR3 xotirani qo’llash) faqat kelajak, shu sababli bu yil hozircha Intel P965/975 chipsetlari asosidagi tizimli platalar qolaveradi.

Qisqacha tanishuvimizni shulardan boshlaymiz.
MSI P965Neo tizimli platalari

Ushbu model Intel® P965 chipsetiga asoslangan. Intel® Pentium 4 3xx, 5xx, 6xx, 8xx, 9xx prosessorlari uchun LGA 775 raz’yomlari ta’minlanadi. Intel®Dual Core 1066 MGs gacha texnologiyalari ta’minlanadi.

pic

FSB 1066/800 MGs ta’minlanadi, EAST, Intel® Hyper-Threading texnologiyalari bilan ishlashni ta’minlaydi. Platada DDRII 533/667/800 ikki kanalli xotira arxitekturasini ta’minlovchi 1,8 V quvvat bilan DDRII SDRAM buferlashtirilmagan modullar uchun 4 slotlar o’rnatilgan. Xotirasi ta’minlaydigan maksimal hajmi 8 GBni tashkil etadi. Plataning janubiy ko’prigi Intel® ICH8 dan iborat. 480 Mb/sec uzatish tezligi bilan USB (USB2.0) yuqori tezlikdagi kontrolleri (Hi-Speed). 8 tagacha portlar — 3 GB/s gacha uzatish tezligi bilan 4 ta SATAII portlari.
• PCI Master v2.3, I/O APIC
• ACPI 2.0 bilan mosligi.
Platadagi kengaytirish raz’yomlari:
• Bitta PCI Express x16 raz’yomi (PCI Express v1.0a shinasi ta’minlanadi).
• PCI Express x1 ikkita raz’yomi (v1.0a spesifikatsiyasi bilan mos keladigan PCI Express shinasi)
• Uchta PCI v2.3 32-bit Bus slotlari (PCI shinasi 3,3 v/5v versiyasi ishlashini ta’minlaydi).

IDE/SATA kiritilgan kontrollerlari
Bitta Ultra DMA 66/100/133 IDE-kontrolleri, JMicron® JMB 361 kiritilgan chipseti PIO va Bus Master rejimlarini ta’minlash
Ultra DMA 66/100/133 rejimlarida ishlash imkoniyati
SATAII kontrolleri ICH8/JMicron JMB361 chipsetlarida o’rnatilgan.
300 MB/s ma’lumotlar uzatish tezligi ta’minlanadi
ICH8 chipsetida 4 ta SATAII portlari kiritilgan
JMicron JMB361 chipsetida 1 ta SATAII porti o’rnatilgan.
Audio High Definition link tovush kontrolleri Intel® ICH8 chipsetiga kiritilgan.
• Realtek® 883 audio-kodek.
• Azalia 1.0 spesifikatsiyasi bilan moslashtirilgan
• Oson moslashtiriladigan 8 kanalli audio kirish/chiqish raz’yomi.
• Tarmoq kartasi
• Realtek® RTL81 10SC mikrosxemasi
• 10 MB/s, 100 MB/s va 1000 MB/s tezliklari ta’minlanadi
• PCI v2.2 standartiga moslashtirilgan
• Elektr manbaini ACPI boshqaruvi ta’minlanadi.
Platada o’rnatilgan kirish/chiqish raz’yomlari
• 24 ta ATX quvvat kontrol raz’yomlari.
• ATX 12 V 4 ta kontrol raz’yomlari
• Prosessor/tizim/quvvat manbai ventilyatorlari raz’yomlari
• CD-In konnektor
• CMOS tozalash ulagichi
• Korpusni ochish datchigi raz’yomi
• IrDA ulash uchun 1 ta raz’yom
• Ketma-ket port konnektori
• Old paneli tovush uzatish raz’yomlari
• Old panelida indikatorlarni va boshqaruv organlarini ulash raz’yomlari
• 4 ta qo’shimcha portlarni ulashni ta’minlovchi 3 ta USB 2.0 konnektorlari
• Floppi-diskovod uchun bitta raz’yom
• 5 ta Serial ATAII raz’yomlari
• 1 ta ATA133 qattiq disklari raz’yomi

Orqa panelidagi chiqish/kirish portlari
• 1 ta parallel port
• 1 ta ketma-ket port (COM 1)
• 1 ta PS/2 klaviatura
• 1 ta PS/2 sichqoncha
• 1 ta 1 tada 6 ta tovush raz’yomi (5/SPDIF out)
• 4 ta USB 2.0 portlari
• 1 ta RJ45 tarmoq raz’yomi
Ushbu model diskret videokartasi bilan mahsuldor shaxsiy kompyuter yig’ish uchun o’rta narxlilar doirasiga kiradi. yetkazib beriladigan to’plami juda kamtarona; foydalanish bo’yicha qo’llanma.
Quvvat kabeli bilan bitta SATA kabeli, bitta IDE-qurilmasi uchun standart kabel. Jamlovchi qismlarga yana drayverlar bilan ikkita disklar kiradi, shu bilan birga bitta disk maxsus OS Windows Vista uchun.

MSI P975X Platinum tizim platasi

Ushbu model MSI Platinum seriyasi yuqori mahsuldor va qimmat platalariga kiradi.
Bu yerda to’plam jamlovchi qismlari ancha boy. Unga 4 ta SATA kabeli va ikkita quvvat kabeli, 2 ta maxsus IDE -qurilmalari uchun kabellar, qo’shimcha USB 2.0 portlari uchun bitta briket va IEEE 1394 porti uchun bitta briket mavjud. Bundan tashqari drayverlar bilan ikkita dasturiy ta’minot disklari mavjud, disklardan biri maxsus OS Windows Vista uchun mo’ljallangan.

pic

Plata Intel® 975x chipsetiga asoslangan (i9xx seriyasida eng mahsuldor) va Intel Core 2 Duo, P4, PUEE, Pentium D, Pentium XE va Socket 775 uchun Celeron D prosessorlari bilan ishlaydi.

FSB 533/800/1066 MGs ta’minlanadi, PCI Express 2 ta kontrolleri, shimoliy ko’prigiga (MCH) kiritilgan, 1×16 rejimida yoki bir vaqtda ikkita videokartali ulash uchun 2×8 rejimida ishlashi mumkin.
Intel EIST va Intel® Hyper-Threading texnologiyalari ishlashi ta’minlanadi.
DDR2 533/667/800 xotirasi ikki kanalli arxitekturasini qo’llash mumkin.
Platada 1,8 V quvvat bilan DDR II SDRAM buferlashtirilmagan modullari uchun 4 ta slotlar o’rnatilgan.
Xotira maksimal hajmi 8 GB ni tashkil etadi. Janubiy ko’prik sifatida Intel® ICH7DH foydalaniladi.
• USB yuqori tezlikdagi kontrolleri (USB 2.0). 8 tagacha portlar
• Uzatish tezligi 480 Mb/s
• 3 GB/s gacha uzatish tezligi bilan 4 ta SATA II portlari
• Ultra ATA 100 bus Master bir kanalli IDE kontrolleri
• PCI Master v2.3 kirish/chiqishi APIC ni ta’minlaydi
• ACPI 2.0 ta’minlanishi
• RAID 0, RAID 1 va RAID 0+1 rejimlari bilan Serial ATA asosida RAID
kiritilgan AHCI kontrolleri.

Platadan kengaytirish raz’yomlari
• Ikkita PCI Express x16 raz’yomlari PCI Express Bus v1.0a spesifikatsiyasi bilan mosligi ta’minlanadi 2×8 konfiguratsiyasiga o’tishni ta’minlash
• ATI® Corssfire™ texnologiyasini ta’minlash
• Ikkita PCI Express x1 raz’yomlari (v 1.0a spesifikatsiyasi bilan mos keladigan PCI Express shinasi)
• PCI v2.3 32-bit Bus Master ikkita sloti
• MSI maxsus kartalari uchun 2 ta rejimda ishlaydigan bitta olov rang slot (simsiz tarmoqlar va Bluetooth aralash kartalari)
• PCI interfeysi 3.3v/5v versiyalarini ta’minlash.

Kiritilgan IDE /SATA
• ICH7 K va JMicron® JMB361 chipsetlarini kiritilgan bitta Ultra DMA 66/100 IDE-kontrolleri
• PIO va Bus Master rejimlarini ta’minlash
• To’rttagacha Ultra ATA qurilmalarini ulash imkoniyati
• SATA II kontrolleri ICH7 DH chipsetiga kiritilgan
• 300 MB/s ma’lumotlarni uzatish tezligi ta’minlanadi.
• To’rttagacha SATAII ulash mumkin.
SATA RAID 0, RAID 1 va RAID 0+1 (ICH7 DH) bilan AHCI kontrolleri ta’minlanadi.
• JMicron® JMB361
• RAID 0, RAID 1 va JBOD (SATA5 va IDE2) ishlash rejimi ta’minlanadi.

pic

Audio
• Realtek® ALC882M audiokodeki
• Turli imkoniyatlari bilan 8-kanalli audio kirish/chiqish raz’yomlari
• Azalia 1.0 spesifikatsiyasi bilan mos keladi.

Tarmoq kartasi
Intel 82573L mikrosxemasidagi PCI Express LAN 10/100/1000 Fast Enternet kontrolleri bilan taqdim etilgan.
• IEEE 391 porti ham mavjud:
• VIA® 6308P kontrolleri
• 1394 ikkita porti ishlashi ta’minlanadi (orqa panelida x1 va old paneli chiqariladigan x1)
Ma’lumotlar uzatish tezligi 400 Mb/s gacha tezlikni tashkil etadi.
Platada o’rnatilgan kirish/chiqish raz’yomlari
• 24 ta ATX quvvat raz’yomlari
• 4 ta VGA quvvati ATX raz’yomlari
• 8 ta ATX 12 V quvvat raz’yomlari
• Prosessor/tizim/shimoliy ko’prik ventilyatorlari raz’yomlari
CD-In konnektor
• Old paneli indikatorlarini va boshqaruv organlarini ulash uchun raz’yom
• D-Bracket 2 ni ulash uchun 1 ta gnezdo
• Bitta qo’shimcha portni ta’minlovchi 1 x IEEE 1394 konnektori
• 2 4 ta qo’shimcha portlarni ta’minlash uchun 2 ta USB 2.0 konnektori
Floppi-diskovod uchun raz’yomi
• 5 ta Serial ATAII raz’yomlari
• ATA 133 qattiq disklari 2 ta raz’yomi.
Orqa panel kirish/chiqish portlari
• 1 ta parallel port
• 1 ta ketma-ket port (COM 1)
• 1 ta PS/2 klaviatura uchun
• 1 ta PS/2 sichqoncha uchun
• 1 ta koaksil SDIF-chiqish
• 1 ta 1 tada 6 ta (S/SDIF out) tovush raz’yomi
• 1 ta IEEE 1394 porti
• 4 ta USB 2.0 portlari
• 1 ta RJ45 tarmoq raz’yomi.
Bugungi kunda bu plata ushbu ishlab chiqaruvchining eng yaxshi va mahsuldor platasi hisoblanadi.
Ko’plab mashhur IT-jurnallar tahririyatlari unga «Redaksiya tanlovi» unvonini berdilar. Ushbu platada CoreCell maxsus chipi o’rnatilgan. Ushbu chip to’g’risida biz yuqorida tanishib chiqdik.

MSI P975 x Platinum platasi ATI CrossFire texnologiyasi bo’yicha ishlovchi ikkita videokartalarni o’rnatish imkoniyatlariga ega yuksak mhsuldor o’yin uchun kompyuterlarni yig’ish uchun mo’ljallangan. NVIDIA SLI texnologiyasi asosidagi ikkita videokartalar o’rnatib yuksak mahsuldor kompyuter yig’ishni xohlovchilar uchun NVIDIA SLI Intel Edition chipseti asosidagi kuchli tizimli platani tavsiya etish mumkin.

MSI P6N SLI V2 tizim platasi
Ushbu plata NVIDIA® nForce 650i SLI (C55) kuchli chipseti va NVIDIA® nForce 430i (MCP51) janubiy ko’prigiga asoslangan.

FSB 1333/1066/800/533 MGs FSB shinalari bilan (FSB 1333 MHz faqat E6x50 prosessorlari bilan ishlaydi). Intel® Core 2 Quad, Core 2 Duo, P4, P4EE, PentiumD, Pentium XE prosessorlari uchun LGA 775 raz’yomlari ta’minlanadi. Bundan tashqari Intel EIST va Intel® Hyper-Threading texnologiyalari ishlashi ham ta’minlanadi. DDR2DIMM modullari uchun to’rtta 240 kontr/1.88 raz’yomidan foydalanuvchi DDR2 533/667/800 xotira ikki kanalli arxitekturasi ishlashini ta’minlanadi. Ta’minlanadigan maksimal xotira hajmi 8 GB, uni to’rtta slotlarga o’rnatish mumkin.

pic

Kengaytirish raz’yomlari Ikkita PCI Express x16 raz’yomlari (PCI Express v1.0a shinasi ishlashi ta’minlanadi). Mana shu ikki raz’yomlari PCIE x8 rejimida SLI texnologiyasi ishlashini ta’minlaydi.
• Ikkinchi PCI Express x16 (PCI E4) raz’yomi faqat PCI Express x8 rejimini ta’minlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.
• Ikkinchi PCI Express x16 (PCI E4) raz’yomi faqat SLI rejimida o’rnatilgan grafik kartani ishlashini ta’minlaydi.
• Ikkita PCI Express x1 raz’yomi (v1.0a spesifikatsiyasi bilan mos keladigan PCI Express shinasi)
• Ikkita PCI v2.3 32 Bit Bus slotlari (PCI shinasi 3.3 v/5v versiyalari ishlashini ta’minlaydi).

Kiritilgan IDE-kontrolleri
• NVIDIA® nForce 430i chipsetiga kiritilgan bir IDE kontrolleri IDE HDD/ CD-ROM qurilmalarining PIO, Bus Master va Ultra DMA 133/100/66 rejimlarida ishlashlarini ta’minlaydi.
• Kiritilgan SATA-kontrolleri
• nForce 430i SATA II (SATA 1-4) 4 ta portlarini ishini ta’minlaydi
• ma’lumotlar uzatish tezligi 300 MB/s tezlikkacha

NV RAID
• to’rttagacha SATA-qurilmasi ishi ta’minlaydi
• RAID 0, 1, 0+1,5 yoki JBOD ishlashi ta’minlanadi

pic

• RAID funksiyasi 8 qurilmalar ishini ta’minlaydi.
Realtek®ALC 888 uadiokodeki
• Azalia 1.0 spesifikatsiyasi bilan mos keladi
• Kirish/chiqish raz’yomlari moslashuvchan vazifalari bilan 8-kanalli audio.
• Kiritilgan tarmoq kartasi Vitesse® VSC 8601 yordamida 10/100/1000 Fast Ethernet ishlashini ta’minlaydi.
Platada o’rnatilgan kirish/chiqish raz’yomlari
• ATX quvvati 24 kontrolleri raz’yomi
• ATX 12 V quvvati 8-kontrolleri raz’yomi
• Prosessor/tizim x3 ventilyatorlari raz’yomlari
• 1x MSI D-Bracket 2 konnektori
• CD-In konnektor
• Old paneli tovush chiqarish raz’yomlari
• Old paneli boshqaruv organlari va indikatorlarini ulash uchun raz’yom
• SPDIF-out konnektori
• Qo’shimcha 4 ta portlar bilan ta’minlash uchun 2 ta USB 2.0 konnektorlari.
• Floppi-diskovod uchun bitta raz’yom
• Serial ATA 4x raz’yomi
• Ketma-ket port konnektori
• ATA 133 qattiq disklari uchun 2 ta raz’yom
• Korpusni ochish datchigi raz’yomi
• CMOS tozalash pereklyuchateli
Orqa paneli kirish/chiqish portlari
• 1 parallel porti
• 1 PS/2 klaviatura uchun porti
• PS/2 sichqoncha uchun porti
• 1 1 tada 5 ta tovush raz’yomi
• 1 ta IEEE 394 port
• 4 ta USB 2.0 porti
• 1 ta RJ45 tarmoq raz’yomi

Ushbu plata prmium-klassiga kirmaganligi sababli (MSI da bu seriya Platinum dan iborat) yetkazib berish to’plami unchalik boy emas.

Unga foydalanish qo’llanmasi. Quvvt ulagichi bilan bitta SATA kabel ATA66 shleyfi va diskovodni ulash uchun shleyf va kerakli raz’yomlarni kiritish uchun plata orqa paneliga zaglushka kiradi.

Plata NVIDIA CPU sida (SLI texnologiyasi) ikkita videokartalarni bir vaqtda ishlashini ta’minlagani sababli jamlovchi qismlarga SLI rejimida ishlash uchun videokartalarni bir-biri bilan ulash uchun ko’prik deb ataluvchi yoki Multi-GPU SLI Video Link Card moslamasi kiradi.

Plata qutisida kerakli drayverlar bilan va firma utilitlari jumladan, Dual Core Center va DOT Express (monitoring, kulerlar aylanishini tezligini boshqarish, tezlashtirishni boshqarish va boshqalar uchun) va Live Update (Internet orqali drayverlarni izlash va yangilash, utilitlar va BIOS proshivkalari uchun) firma utilitlari bilan kompakt-diski ham mavjud.

Ushbu plata eng yangi prosessorlar bilan ishlashni (shu jumladan FSB 1333 MGs) tezlikni oshirish bo’yicha overlokli) yaxshi imkoniyatlarga ega va bir vaqtda ikki videokartalar bilan ishlash uchun NVIDIA SLI texnologiyasini ta’minlashi sababli kompyuter ishqibozlari va professional geymerlar uchun mo’ljallangan plata hisoblanadi.

Janubiy ko’prigida RAID 0, 1, 0+1, 5 kontrolleriga kiritilgan NVIDIA® nForce 430i (MCP51) mavjudligi tizimning mahsuldorligi va ishonchliligi yanada oshiradi. NVIDIA chipsetlari bilan bu plata bugungi kunda MSI eng yaxshi tizim platalari hisoblanadi (agarda shu kabi lekin Platinum seriyali platani hisobga olmasak, uning jamlovchi qismlari ancha boy).

Biz yuqorida aytib o’tgan i3x turkumli Intel eng yaxshi chipsetlari asosida MSI qanday yangi mahsulotlari mavjud. Tanishib chiqish uchun bizga Intel P35 Express chipsetlari asosidagi faqat ikkita MSI platalarini taqdim etdilar.

MSI P35 Neo va MSI P35 Neo Combo tizim platalari

Ushbu platalar ommaviy mahsuldorlikdagi kompyuterlar doirasidagi i965P chipsetlari o’rnini bosishi kerak bo’lgan Intel® P35 chipsetlariga asoslangan. Platalar Intel® Core 2 Quad/Core 2 Duo prosessorlari uchun LGA 775 raz’yomlariga ega va FSB 1333/1066/800 shinalari bilan Intel® Yorkfield, Wolfdale prosessorlari ishlashini ta’minlaydi. MSI P35 Neo Combo platasida DDR 3800/1066 xotirasi ishlashi mumkinligi bilan u MSI P35 Neo platasidan farq qiladi. Hammasi bo’lib ikkala platada ham xotira ikki kanalli arxitekturasini ta’minlash bilan buferlashtirilmagan DDR2 (3) SDRAM moduli uchun 4 tadan slotlar o’rnatilgan.

pic

Ushbu platalar ommaviy mahsuldorlikdagi kompyuterlar doirasidagi i965P chipsetlari o’rnini bosishi kerak bo’lgan Intel® P35 chipsetlariga asoslangan. Platalar Intel® Core 2 Quad/Core 2 Duo prosessorlari uchun LGA 775 raz’yomlariga ega va FSB 1333/1066/800 shinalari bilan Intel® Yorkfield, Wolfdale prosessorlari ishlashini ta’minlaydi. MSI P35 Neo Combo platasida DDR 3800/1066 xotirasi ishlashi mumkinligi bilan u MSI P35 Neo platasidan farq qiladi. Hammasi bo’lib ikkala platada ham xotira ikki kanalli arxitekturasini ta’minlash bilan buferlashtirilmagan DDR2 (3) SDRAM moduli uchun 4 tadan slotlar o’rnatilgan.

Yangi Intel®ICH9 janubiy ko’prigi quyidagi ko’rsatkichlarga ega:
480 Mb/sek tezlikkacha uzatish tezligi bilan yuqori tezlikka ega USB (USB 2..0) kontrolleri (Hi-Speed). 12 tagacha portlar 4/6 ta 3 Gb/s gacha tezlik bilan va SATAII (ICH9/ ICHR) portlari.
• PCI Master v2.3, 1/0 APIC
• ACPI 2.0 bilan moslashish.
Platada o’rnatilgan kengaytirish raz’yomlari:
• Bitta PCI Express x16 raz’yomi (PCI Express v1.0a shinasi bilan ta’minlanadi)
• Uchta PCI Express x1 raz’yomlari (v1.0a spesifikatsiyasi bilan mos keladigan PCI Express shinasi)
• Ikkita PCI v2.3 32-bit Bus raz’yomlari (PCI shinasi 3.3 v/5v versiyalari bilan ishlashni ta’minlaydi).
Kiritilgan IDE-kontrolleri
• Marvell® 88SE611 chipsetiga kiritilgan bitta Ultra DMA 66/100/133 IDE-kontrolleri
• PIO va Bus Master rejimlarini ta’minlash.
• Ikkita Ultra ATA qurilmalarini ulash imkoniyatlari
• SATAII kontrolleri Intel® ICH9R va Marvell® 88 SE 611 (opsial) chipsetlariga kiritilgan 300 MB/s ma’lumotlar uzatish tezligi ta’minlanadi

pic

• ICH9R chipsetida 4 ta SATAII va 2 ta ye SATA portlari
• SATA RAID 0, RAID 1, RAID 5 va RAID 10 bilan AHCI-kontrollerlari ta’minlanadi
Marvell® 88SE611 chipsetida 1 ta SATAII porti.
• Realtek® ALC 888 audiokedek
• Azalia 1.0 spesifikatsiyasi bilan mos keladi
• Kirish/chiqish moslashuvchan raz’yomlari bilan 8-kanalli audio.
• Tarmoq kartasi Realtek® 811 1 V yordamida 10/100/1000 Fast Ethernet ni ta’minlaydi.
Orqa paneli kirish/chiqish portlari
• 1 PS/2 klaviatura uchun porti
• PS/2 sichqoncha uchun porti
• 1 1 tada 6 ta tovush raz’yomi
• 4 ta USB 2.0 porti
• 1 ta RJ45 tarmoq raz’yomi

Ushbu platalar o’rta narxli hisoblanib kengaytirish bo’yicha katta imkoniyatlarga ega va i3x turkum yangi chipsetlariga asoslangan. DDR3 xotiralari bozorda ham paydo bo’lmaganligi va FSB1333 MGs shinasi bilan to’rt yadroli prosessrlar ham qimmatliligini hisobga olsak, bu platalarning kelajagi yaxshiligi to’g’risida gapirish mumkin.

Umuman olganda, biz tanishtirib o’tgan MSI tizim platalari shaxsiy kompyuterlar rivojlanishi eng ilg’or tendensiyalariga javob beradi. Tizim ishonchliligini va tezligini oshirish bo’yicha shaxsiy texnologiyalar to’plamiga ega hamda eng sifatli elementlar asosida bajarilgan.

Jurnalimiz tahririyati test sinovlaridan o’tkazish uchun MSI platalarini taqdim etgan Memory Technology Central Asia kompaniyasiga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq