Axborot texnologiyalarining tarbiyaviy ta’siri
29.10.2007
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

pic
O‘tgan asrda Robert Noys, Gordon Mur va Endi Grouv birinchi mikroprosessorni yaratish ustida ishlayotganlarida ularning bu kashfiyotlari butun jahonda mashhur bo‘lib ketishini xayollariga ham keltirmagan bo‘lsalar ajab emas. Bugungi kunda statistika ma’lumotlariga qaraganda, jahonda har yili ko‘p millionlab kompyuterlar ishlab chiqariladi va sotiladi. Kompyuterlarning sotuv hajmi ham doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Hozirgi kunda kompyuter har birimizga turli hayotiy ishlarni bajarishda eng yaqin yordamchi ekanligini barchamiz yaxshi tushunamiz.

Kompyuterdan barcha sohalarda foydalanilayotgan hozirgi davrda uning imkoniyatlari to‘g‘risida soatlab gapirish mumkin. Shaxsiy kompyuter talabalar, muhandislar, yozuvchi va jurnalistlar ishini osonlashtiradi. Kompyuter san’atning yangi sohasi — kompyuter grafikasi va animatsiyasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lganligi ham barchaga ma’lum. Kompyuterdan talabalar turli ijodiy hamda mustaqil va diplom ishlarini, muhandislar esa chizmalarni aniq chizishda foydalanadilar.

Kompyuter murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirib, natijalarni jadvallar va grafiklar shaklida taqdim etadi. Hozirgi kunda kompyuterdan foydalanishning chegarasi yo‘q, kattalar ham, bolalar ham foydalana oladigan, chet tili, fizika, matematika va hatto musiqa chalishni o‘rgatuvchi dasturlar mavjud. Kun davomida ishlab toliqib, uyga qaytayotganda qiziqarli o‘yinlar o‘ynab dam olish mumkin. Nihoyat — Internet imkoniyatlari borasida so‘z yuritib o‘tirishning hojati ham yo‘q. Sababi internetdan foydalanish bu-butun dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lish, yer kurrasining har qanday nuqtasi bilan tez aloqa o‘rnatish vositasi ekanligi hozirgi davrda barchaga ma’lum.

Aytaylik, siz zamonaviy murakkab o‘yinlar o‘ynashni xohlaysiz, unda shunga mos zamonaviy, biroq kuchli, shu sababdan qimmatbaho kompyuter tanlashingiz kerak bo‘ladi. Kompyuter narxini arzonlashtirishning bir yo‘li — uni o‘zingiz yig‘ishingiz hisoblanadi, biroq bunda ma’lum bir xavf paydo bo‘ladi. Bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun kompyuter bilan yaqinroq tanishib olishingiz kerak. Kompyuterning ichki qismlari, uning tuzilmasini yaxshi bilishingiz kerak. Kompyuter yaxlit tizimni tashkil etuvchi qismlardan tashkil topgan, biroq ulardan tashqari boshqa alohida qismlari ham mavjud bo‘lib, kompyuter ularsiz ham ishlashi mumkin. Ko‘pchilik kompyuterda asosiy qism bu ma’lumotlarni ishlab chiqishni bajaruvchi prosessor (Processor) deb hisoblaydilar, biroq bu masalada boshqacha fikr ham aytish mumkin. Kompyuterda asosiy qism bu ona platasi (Motherboard) hisoblanadi, barcha kompyuterlar ham va prosessor ham plataga asoslanadi.

Yaxshi ona platada har qanday, hatto arzon prosessor ham yaxshi ishlaydi. Lekin platangiz arzon va natijada unchalik sifatli bo‘lmasa, unda eng qimmat turadigan prosessor ham yaxshi ishlamaydi. Hozirgi davrda ona platalarni ishlab chiqaruvchilar juda ko‘p. Ular orasida mashhur firmalar ham, mashhur bo‘lmagan firmalar ham mavjud. Hozirgi ishlab chiqarilayotgan platalar tizimning barcha komponentlari bilan mos tushadi va yaxshi ishlaydi. Bozorlarda turli narxlardagi platalarni ko‘rish mumkin. Tushunadigan xaridor bir marta yaxshisini sotib olib, keyin tashvishlanib yurmaslikni afzal ko‘radi. Plataga maxsus slotga prosessor o‘rnatiladi, ehtiyotkorlik bilan ventilyator mahkamlanadi. Hozirgi prosessorlar uchun ventilyatorlar juda muhim ahamiyatga ega. Biroq ishlash uchun axborotlar zarur. Prosessorga ma’lumotlarni yetkazib berish uchun qattiq disk (Hard Disk Driver — HDD) yoki oddiy qilib aytganda, vinchester zarur. Qattiq diskda ma’lumotlar saqlanadi va prosessorga yetkazib beriladi.

Hozirgi kunda qattiq disklar hajmi keskin ortib bormoqda. Qattiq diskni saqlanadigan axborotlar hajmiga qarab tanlab olinadi. Lekin prosessor bir vaqtning o‘zida barcha axborotlarni qayta ishlashi uchun operativ xotirasi (RAM) ham mavjud. Unda vaqtinchalik ma’lumotlar yoki fayllar ishlash paytida saqlanib turiladi. Mana shu barcha qismlar birgalikda yig‘ilib tizimli blokni tashkil etadi. Ma’lumki, shaxsiy komputeringiz ichki qismlari shu va boshqa muhim detellerdan tashkil topgan. Shaxsiy komputeringiz mavjud ekan, hozirgi davrda butun jahon axborot tarmog‘i bo‘lgan Internetdan foydalanishingiz vaqt va imkoniyat jihatidan ancha oson kechadi.

Ma’lumki, Internetda umumiy foydalanish uchun taxminan 2,5 milliard ajoyib veb-sahifalari mavjud, ular qatoriga har kuni yana millionlab yangilari qo‘shilib bormoqda. Bugungi kundayoq, Internetdan foydalanishning simsiz vositalari, shu jumladan, mobil telefonlar soni Internetdan foydalanish shaxsiy kompyuterlari sonidan ortib bormoqda.

Hozirgi kunda elektron savdoning dunyodagi hajmi milliardlab AQSH dollarini tashkil qilmoqda. Foydalanuvchilar soni ortib borgan sari yangi axborot texnologiyalari faqatgina inson tasavvuri chegarasi bilan cheklanadigan bo‘ladi.

Barkamol va har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash muammosi ta’lim tizimidan yosh avlodda faqat milliy yutuqlar emas, balki umuminsoniy jahon madaniyati yutuqlarini egallashga intilishni shakllantirishni talab qiladi.

Ta’lim tizimida ham milliy dastur talablarini amalga oshirishda so‘zsiz, yangi axborot texnologiyalariga asoslanilmoqda. Ta’lim tizimini rag‘batlantirmay turib, fuqarolik jamiyatini qurish mumkin emas. Bunday ta’lim tizimi turli qarashlar tizimidan emas, balki jarayonlardan iborat bo‘lishi kerak. Mamlakatimizning har tomonlama taraqqiy etishini ta’minlash va kafotlatlash uchun ta’lim tizimi jadal rivojlanishi kerak. Hozirgi axborot tarmoqlari jadal rivojlanishi davrida yangi texnologiyalarni yaratish va tarqatish xususiyatlari o‘zgaradi va bu quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sodir bo‘ladi: birinchidan, raqobatchilik ancha kuchliligi bilan ajralib turuvchi zamonaviy dolzarb bozor sharoitlariga ko‘nikmalar shakllanganligi avvalgidan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi. Texnologiyalarni uzatish va tarqatish — bu unchalik oson jarayon emas. Ikkinchidan, texnologiyalar qimmatini tan olinishini aks ettiruvchi yangi dolzarb qoidalarni ishlab chiqish ham katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Deyarli, barcha mamlakatlar tomonidan ma’qullangan yangi qoidalar intellektual mulkni himoya qilish rejimini kuchaytirishni ta’minladi.

Jahonda yangi axborot texnologiyalariga asosan olimlar, iqtisodchilar va tadbirkorlar, turli mutaxassisliklarning o‘zaro aloqalarini ta’minlovchi yangi axborot muhiti yaratilmoqda. Bu dunyoning turli mamlakatlaridan eng yaxshi olimlar va tashabbuskor-tadbirkorlarni hamda investorlarni jalb etadi. Ta’lim tizimidagi muammolarni yangi axborot texnologiyalariga asosan dolzarblashishi — jahonda axborot-tarbiyaviy imkoniyatlar ahamiyatini oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni to‘plangan bilimlarni tarqatish, ularni to‘ldirib borish va qayta baholash kabi aloqaning yanada yaqin va samarali kanallari bilan bog‘lash imkonini beradi. Bugungi kunda fan -ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy, ustuvor vositasi hisoblanadi. Ilg‘or axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini o‘zgartirdi. Jamiyat faqat fanning o‘zi bilan emas, balki ta’lim va tarbiya tizimi bilan ham bog‘liq yangi ilmiy tuzilmalarni ham yaratadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq