O’QITISHNING RAQAMLI TEXNOLOGIYASI MASALALARI.
15.10.2007
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Nodir Boltayev, Marat Zokirov.

pic
Keyingi 50 yil mobaynida kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan axborot texnologiyalari ham ma’lum darajada o‘sib bormoqda. Keyingi yillar bilim berish amaliyotida bir-biriga o‘xshash tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Ular kompyuter texnologiya, axborot va o‘qitish texnologiyasi deb atalmoqda. Bu uch tushunchani bir-biridan ajrata olmay, chalkashtirilgan hollar ko‘p uchraydi. Shu sababli ularning soddalashtirilgan mazmunini bayon etishga harakat qildik.

Axborot texnologiyasi tushunchasi, o‘zining mazmuniga quyidagilarni oladi: axborotni tuzish, ularni saqlash hamda masofaga uzatish va qabul qilish; axborotni ishlatish, saqlash, shuningdek, undan foydalanish va boshqalar. Kompyuter texnologiyasi — axborot texnologiyasini amalga oshirish vositasidir.

O‘qitish texnologiyasi — bilim berish maqsadiga yetishish metodi, vositalari, uyushtirish shakli va yakuniy xulosalarning elementlarini o‘z ichiga oladi. O‘qitishning axborot texnologiyasi to‘g‘risida gap ketganda, kompyuterning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, undan foydalanishni bilish o‘ziga xos ma’noga ega. Kompyuter tizimini rivojlanishini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:

1. 1940-1950-yillar. Birinchi elektron hisoblash mashinasi (EVM), mikroprosessorlarning paydo bo‘lishi va ishga kiritilishi.
2. O‘tgan asr 60-yillari. Kompyuterlar va Internetning paydo bo‘lishi.
3. 1981-yil. Birinchi personal kompyuter (IBM).
4. Quvvatli kompyuter tizimini tuzish.
O‘qitishda kompyuter texnologiyasini qo‘llash quyidagilar amalga oshirishga imkon beradi:
• o‘quvchilarning bilim olishini faollashtiradi;
• o‘qitishning mazmunini differensiallashtiradi, bilim olishni shaxsiylashtiradi;
• o‘quvchilarning bilimlarini modellashtirishga va mustaqillikka o‘rgatadi;
• har qanday o‘quv vositalaridan kompleks foydalanishga ko‘niktiradi;
• kompyuter yordami bilan o‘z bilimlarini tekshirishga, yo‘l qo‘ygan xatolarni aniqlashga va ularni yo‘qotish yo‘llarini qidirishga o‘rgatadi va boshqalar.

O‘qitishning axborot texnologiyasini qo‘llashning samarasi, kompyuterning imkoniyatiga moslab tuzilgan o‘quv-metodik materiallarning sifatiga bog‘liq. Ular o‘quv materialning mazmuni, tekshiruv shakllari, tekstli va boshqacha turdosh vazifalar, amaliy masalalarni yechish yo‘llari, boshqacha aytganda, maxsus dasturlar bo‘ladi. Bularning barchasi o‘zining mantiqiy ketma-ketligi bo‘yicha kompyuterga kiritiladi va u bilan ishlash rejasi maxsus dastur orqali o‘quvchilarga beriladi.

XXI asrning o‘ziga xos jihatlari va avvalgi asrlardan farqi asosan nimalarda ko‘rinadi? Albatta, bunda o‘ziga xos tomonlarining soni juda ko‘p ekanligi ma’lum. Biroq, insoniyat uchun ularning eng asosiysi qaysi? Bu kundalik hayotga kerak bo‘luvchi har qanday ma’lumotlarning ko‘pligi va ularning kerakligidir. Ushbu ma’lumotlar bir joyga to‘planishi mumkinmi? Agar to‘plangan bo‘lsa, qayerda? Ularni qayerdan va qanday qilib, olish mumkin?

Bunday savollarga javobni “Internet”, yo‘ldosh orqali bog‘lanish, elektron pochta va boshqalar beradi. Internet hozirgi davrda butun dunyo yuzini qamrab olgan. U to‘g‘risida televideniyeda, gazeta-jurnallarning sahifalarida ma’lumotlar ko‘p. Millionlab insonlar Internetga intilmoqdalar. Haqiqatda, bular XX asrda insoniyat erishgan muvaffaqiyatlarning asosiy belgilaridir. Yigirmanchi asrning XXI asr avlodlariga tayyorlagan asl tuhfasidir. Uni har birimiz to‘g‘ri tushunishimiz va undan foydalana bilishimiz kerak. Bunday qilmasak, zamon talabiga javob bera olmay, uni oldinga ketayotgan kemasining tashqarisida qolib ketishimiz hech gap emas.

Internetda ma’lumotlarni to‘plash, uzatish va qabul qilish yo‘llari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsak. Bu borada ayrim chet el adabiyotlarida quyidagicha fikrlar mavjud. Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘qituvchi Deviz o‘zining leksiyasida Internet materiallaridan foydalanadi. Kanadalik bir kishi Internet orqali Rossiyadagi qizi bilan doimo muloqotda bo‘ladi, olamning paydo bo‘lishiga tegishli ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun Internetga murojaat qilib turadi. Bir fermer bo‘lsa, o‘z chorvasidan ko‘proq foyda olish maqsadida ozuqa ekinlari urug‘ini ekishning ilg‘or metodlarini Internetdan izlaydi. Firmaning boshlig‘i o‘z tayyorlagan mahsulotini ming-minglab xaridorlarga sotish uchun ham Internetga murojaat qiladi. Demak, Internet yer yuzidagi xabarlashish va ma’lumot olish xizmatidan iborat. O‘z uyida o‘tirib, yer kurrasining xohlagan joyidan kerakli ma’lumotni olishs mumkin. Biroq, bunday quvonchga barchamiz ham yetisha olamizmi? Buning uchun qanday shartlar kerak?

Bunday imkoniyatga qanday erishish mumkin?

Internet — butun Yer kurrasini qamrab olgan ko‘plab kompyuterlar va ularning to‘plamini yig‘indisidir. Yer yuzining istalgan shahrida yashayotganlarning telefoni bo‘lsa, u telefon orqali gaplashishga o‘xshash, Internetga qo‘shilgan kompyuterdagi ma’lumotlarni olish va ularga tegishli ma’lumotlarni berishi mumkin, buni aniq tasavvur qilish uchun quyidagicha taqqoslash taklif qilinadi. Masalan, ko‘plab o‘rgimchaklar yashaydigan xonani tasavvur qilaylik. Ularning har biri xona ichida o‘zlarining to‘rini to‘qiydi. To‘rlar juda ko‘p. Biroq, ular bir-biri bilan chatishib ketmasdan, yaxlit to‘rga o‘xshab, zich joylashgan. Bu to‘rlarning sirti bo‘yicha o‘rgimchakning har biri, xonaning xohlagan joyiga osongina yetib beradi. Ba’zan Internetni, yer yuzini o‘rab olgan ma’lumotlarning o‘ziga xos magistrali deb ham ataydilar. Tanlab olingan yo‘l, o‘lkaning istalgan shahriga borishdek gap, Internet orqali ma’lumotlarni bir-biri bilan bog‘langan turli kompyuterlarning to‘plamiga uzatish mumkin. Kompyuterlarning bunday tugunlari birlashgan reja asosida bir-biri bilan bog‘langan. Bunday tutashish yo‘ldoshli bog‘lanish orqali amalga oshadi. Chunki, yer kurrasining bir bo‘lagi bilan ikkinchisini kabel orqali tutashtirish oson emas. Yuqoridagidek, yo‘ldosh orqali bog‘lanish bo‘lgan hollarda bevosita tutashtirishning hojati yo‘q.

Internet atamasini aniq tushunish uchun uni real ifodalashga harakat qilaylik. Internet — yaqindan muloqot qilish vositasidir. Chunki, Internetdan foydalanuvchilar asosan o‘z tanishlari bilan xabar almashishga va gaplashishga qiziqadilar. Internet ma’lumot manbai sifatida ham xizmat qiladi. Internetning o‘zida minglab kompyuterlar bor. Ularning xotirasida ko‘plab hujjatlar, kitoblar, rasmlar va boshqalarning mazmuni saqlanib turadi. Kompyuterni qo‘llab, qaysidir soha bo‘yicha bilim olmoqchi yoki Yer yuzining xohlagan shahridagi mashhur muzeyi bilan tanishmoqchi bo‘lsa, har doim foydali ma’lumot olish mumkin.

Internet ma’lumotlarni saqlovchi o‘ta keng manbadir. Birgina kompyuterda yuzlab yoki minglab fayl bo‘lishi ma’lum. U qancha matnni, rasmni, grafiklarni saqlab turadi. Endi uni millionlab kompyuterga ko‘paytirib ko‘raylikchi, shunda Internetning qanchalik ko‘p sonli ma’lumotlarni saqlash imkoniyatiga ega ekanligini tasavvur qilish mumkin.

Internet — birlashgan tashkilot qatorida xizmat o‘taydi. Chunki, Internetdagi har bir axborotni, hujjat yoki dasturning orqasida uni tuzgan insonlar turadi. Internetning ko‘plab tashabbuskorlari vaqtlarini ayamasdan ma’lumotlarni to‘plab, dasturlarni ishlab chadiqilar va savollarga javob beradilar. Albatta, bunday murakkab va bir qaraganda, boshqarishni tasavvur etib bo‘lmaydigan, hech qanday markaziy yoki davlat boshqaruv organini talab qilmaganligi, tang qolarli holatdir.

Internetni ko‘pchilikka kerak ekanligi va uni qimmatligi mana shunda deb o‘ylaymiz. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda Yer yuzida 30000 dan ortiq kompyuter tugunlar Internetga qo‘shilgan. Uning tarmog‘ida 10 mln.dan ortiq kompyuter bor va 30 mln ga yaqin kishi ularning xizmatidan foydalanmoqda.

pic

Internetdan xohlagan mavzudagi cheksiz ko‘p ma’lumotlarni topsa bo‘ladi. Unda ilmning har qanday yo‘nalishlari bo‘yicha yangi kashfiyotlar, san’atning barcha turlari, iqtisodiyot va boshqaruv bo‘yicha ma’lumotlar, talabalar va o‘quvchilarning o‘qishiga tegishli bo‘lgan kerakli ma’lumotlar to‘plangan. Internetga har qanday spravochniklar, lug‘atlar, ensiklopediyalar va geografik xaritalar kiritilgan. Internet xizmatining ko‘plab turlari mavjud.

G‘TR. Fayllarni berish bayonnomasi. (File Transter r’t’c’l). Bu kompyuterlar tarmog‘ining xohlagan joyidan, faylni sizning kompyuteringizga uzatuvchi asosiy vositadir. Barcha hollarda anonimli G‘TR qo‘llaniladi va boshqa kompyuterga kirganda parol qatori o‘zining elektron pochtasining manzili olinadi. G‘TRning tipik ko‘rsatmasi o‘ziga xos kompyuterning (fayl turgan kompyuterning) nomi, katalogni (kompyuterda faylning joylashgan o‘rni) va faylning nomini ta’minlaydi.

Uneset — muhokamaga olinuvchi mavzularning yig‘indisi. Bunday mavzular yangiliklar guruhi deb ataladida, u barcha odamlarga atalib, barcha mavzularni o‘ziga qamrab oladi. World Wide Web –WWW -butun jahon to‘ri. Kerakli qo‘shimcha ma’lumot olish uchun kitobning bir betidan boshqasiga o‘tishni bildiradi. Webning har bir hujjatni foydali ma’lumotni ushlab turadi va undagi belgi yoki ifoda boshqa Webdagi ma’lumotni olishga ko‘rsatma beradi. Mailing Lists (pochta tizimi). Elektron pochtaning aniq mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam yuborish tizimi. Agar kimdir qirg‘iz tilini o‘rganishning yangi usuli bilan tanishgisi kelsa, u pochta tizmasiga yozilishi kerak. Shundan keyin elektron pochta orqali ma’lumotlar manzilga berilib turiladi.

Telnet. Bu Internetga kirgan boshqa kompyuterning xizmatidan o‘zinikiday foydalanish imkoniyati. Masalan, boshqa kompyuterning dasturidan foydalanib, o‘zining kompyuteridan yangiliklarni bilib olish. Albatta, barcha kompyuterga xohlagan odam qo‘shilib bo‘lmaydi. Shuning uchun, boshqa kompyuterga qo‘shilishni xohlagan odam, kerakli kompyuterga hisob ochib, unga o‘zining parolini va kerakli ifodalarni berishi kerak. Internet orqali ma’lumotlarni berilishi, butun dunyoviy elektron pochta (E-mail) orqali amalga oshiriladi.

Elektron xat kompyuterdan modem orqali Internetga beriladi. Shunday qilib, xat har qanday kompyuterlar orqali o‘tib, oxiri kerakli manzilga yetib keladi. Agar kompyuter tizim uzluksiz ishlab turgan bo‘lsa, elektronli korrespondensiya bir qit’adan ikkinchi qit’aga ham bir necha daqiqada yetib boradi.

Modem — telefon bilan kompyuter orasidagi tarjimon. Bu degani, telefon tarmog‘i va kompyuter ma’lumotlarni turli yo‘llar bilan jo‘natadi va ishlatadi. Kompyuterlar raqamlarning tilida “gaplashadi” va ma’lumotlarni ko‘plab sonlarning ketma-ketligi qatori ushlab turadi. Telefon tarmog‘i bo‘lsa, elektr signal qatori berilib, ossillograf ekranida to‘lqin shaklini beradi. Agar ma’lumotni bir kompyuterdan ikkinchisiga telefon orqali berish kerak bo‘lsa, modem kompyuterdagi sonlarni to‘lqinga o‘zgartirib tuzadi. Agar modemga ma’lumot to‘lqin shaklida kelsa, modem uni sonlar qatoriga o‘zgartirib, kompyuterga beradi.

Keyingi paytlarda modemlar to‘g‘ridan — to‘g‘ri kompyuterlarga o‘rnatilmoqda. Uni alohida o‘rnatsa ham bo‘ladi. Biroq, bunda modem ma’lumotni qanday tezlikda berishi katta ahamiyatga ega. Internet 1960-yillari AQShda paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi tarixi mudofaa vazirligining talabi bilan bog‘lik. Qurollanish va mudofa maqsadida ishlagan ko‘pchilik olimlarni va tadqiqotchilarni bir-biri bilan bo‘lgan bog‘lanishini uzluksiz ta’minlab turish uchun, ularning ishlarining natijasini bir tizimga birlashtirish zaruriyati kelib chiqqan. Shuning uchun har qaysi mintaqalardagi laboratoriyalarning ma’lumotlari yig‘ilgan kompyuterlarni bir tugunga birlashtirib, ma’lumot almashishning birlashgan tizimi tuzganlar.

Keyinroq esa, hozirgi Internet tizimi paydo bo‘ldi. Bu — “butun dunyoviy tugun”, boshqacha aytganda, butun dunyoviy ma’lumot almashish tuguni degan ma’noni bildiradi.
Internet xizmatidan foydalanishning qulay ahvoli brouzerlarning paydo bo‘lishi bilan yuzaga chiqdi. Brouzerlar — Internetga tegishli manzilni tanlab olishga mo‘ljallangan, kompyuter dasturlari bo‘lib hisoblanadi. Internet xizmatidan ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarida foydalaniladi. Bunday xizmat [url=http://WWW.edu.uz]WWW.edu.uz[/url] portali orqali tashkil qilingan. Internetga qo‘shilish va undan foydalanishning birinchi bosqichi, umumiy Internet tizimiga o‘zining manzilini kiritishdan boshlanadi. Unda ta’lim muassasasining paydo bo‘lishi, rivojlanish yo‘li, hozirgi paytdagi holati, boshqacha aytganda, fakultetlar, institutlar, markazlarning nomlari, tayyorlayotgan mutaxassislar, talabalarning soni, o‘qituvchi-professorlarning soni va sifat ko‘rsatkichlari, o‘quv ishlarini tashkil qilish xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot ishining ahvoli, yutuqlari, qabul shartlari, kutubxonaning imkoniyatlari, jismoniy-tarbiya ishlarini uyushtirish, sport majmuasi, dam olish joylari, yotoqxonalar va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Bu esa ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqalar olib, ular bilan aloqa qilishga imkon beradi. Shunga o‘xshagan va boshqa ma’lumotlarni Internet orqali olishga sharoit yaratadi.

Ikkinchi bosqichda Internet ta’lim muassasasida o‘quv, ilmiy izlanish va boshqa ishlarni bajarish maqsadida qo‘llaniladi. Buning uchun Internetga o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ma’ruzalarning matnlari, amaliy o‘quv ishlarining rejalari va mazmuni, turli vazifalar, matnlar, tekshiruv ishlarining mazmunlari, ularni bajarishga ko‘rsatmalar kiritiladi. Yaratilgan bunday sharoit, kunduzgi bo‘lim talabalarini ma’lumot bilan ta’minlabgina qolmasdan, xohlovchilarni uzoq masofadan turib, o‘qitishga sharoit yaratadi. O‘qitishning bunday turi masofali o‘qitish deb ataladi.

Albatta, bu ish o‘zining to‘la darajada bajarilishi uchun, har bir o‘quvchi shaxsiy kompyuterga ega bo‘lishi va u kompyuter Internet tizimiga qo‘shilishi kerak. Agar bunday sharoit bo‘lmasa, mahalliy kompyuter markazlarini tuzish kerak. Bu esa kelajakning ishi, biroq hozirgi kunda bunday xizmat viloyat markazlaridagina tuzilgan. Afsuslanarlisi shundaki, bunday xizmatning foydasini juda kam foydalanuvchilar ko‘rib, ko‘pchilik undan chetda qolgan. Shunday bo‘lsa ham, Internetdan kerakli ma’lumotlarni olib, ulardan imkon boricha, o‘quv ishida foydalanish, o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Tabiiy fanlardan bilim berishga tegishli materiallar Internet tizimida juda ko‘p. Ularni olishga va foydalanishga harakat qilaylik.

O‘qitishning masofali texnologiyasi. Insoniyat jamiyatining kundalik hayotiga axborot tizimini, kompyuter texnologiyasini, Internetning kirib kelishi, o‘qitishni uzoq emas masofadan turib, uyushtirish texnologiyasini paydo qildi. Odatda u masofali o‘qitish (MO‘) deyiladi. Masofali o‘qitishni kunduzgi yoki sirtqi o‘qitishdan farqi, o‘qituvchi bilan o‘quvchining bevosita muloqotda bo‘lmaganligidadir. Bilim beruvchi yoki bilim oluvchi muhitning vazifali telekommunikatsiya yoki kompyuter kanallari tuzadi. Bunda o‘quvchiga kerak bo‘lgan bilimlar tizimi maxsus metodika bilan ishlanib, ular o‘quv — metodik komplekslarda o‘z aksini topadi. Bunda o‘qitiluvchi predmetlarning tizmasi, ular o‘qitilish, qaysi chorakda, qanday darajada o‘qitilishning grafigi, har bir predmetning mazmuni aks etgan o‘quv kitobi (u qog‘ozga yoki elektron o‘quv kitobiga tushiriladi), predmetni o‘zlashtirishga qo‘yiluvchi talablar, bilimning sifatini tekshirish yo‘llari, va shakllari ko‘rsatiladi. Masofali o‘qitishning yutug‘i texnik asbob — anjomlar bilan, bilim olishning metodik vositalari bilan ta’minlanishiga bevosita bog‘liq.

pic

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq