Nashrga topshirildi №6

Forumda muhokama qilish

Axborot texnologiyalarining tarbiyaviy ta’siri 29.10.2007 — Rukn: Texnologiya

pic
O‘tgan asrda Robert Noys, Gordon Mur va Endi Grouv birinchi mikroprosessorni yaratish ustida ishlayotganlarida ularning bu kashfiyotlari butun jahonda mashhur bo‘lib ketishini xayollariga ham keltirmagan bo‘lsalar ajab emas. Bugungi kunda statistika ma'lumotlariga qaraganda, jahonda har yili ko‘p millionlab kompyuterlar ishlab chiqariladi va sotiladi. Kompyuterlarning sotuv hajmi ham doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Hozirgi kunda kompyuter har birimizga turli hayotiy ishlarni bajarishda eng yaqin yordamchi ekanligini barchamiz yaxshi tushunamiz.

INTERNET NASHRLARINING O’ZIGA XOSLIGI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR. 16.10.2007 — Rukn: Internet

pic
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatimiz hayotiga jadal kirib kelishi, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, jurnalistikada ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda va uning rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu borada jahon axborot va kommunikatsiya tarmog‘i hisoblangan Internetning ahamiyati benihoya kattadir. Internet soha faoliyatiga ijobiy ta'sir etibgina qolmay, balki yangi ko‘rinishdagi OAV ning shakllanishiga ham olib keldi. Bu WWW nomlari bilan boshlanuvchi elektron axborot nashrlaridir. Ularni turli nomlar bilan atash mumkin: axborot sayti, elektron nashr, Internet nashri va hokozo. Internetning O‘zbekiston segmentida ham bunday nashrlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Internet nashrlarining an'anaviy OAV ga nisbatan jiddiy raqobatni yuzaga keltirayotgani ham ayni haqiqat.

O’QITISHNING RAQAMLI TEXNOLOGIYASI MASALALARI. 15.10.2007 — Rukn: Texnologiya

pic
Keyingi 50 yil mobaynida kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan axborot texnologiyalari ham ma’lum darajada o‘sib bormoqda. Keyingi yillar bilim berish amaliyotida bir-biriga o‘xshash tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Ular kompyuter texnologiya, axborot va o‘qitish texnologiyasi deb atalmoqda. Bu uch tushunchani bir-biridan ajrata olmay, chalkashtirilgan hollar ko‘p uchraydi. Shu sababli ularning soddalashtirilgan mazmunini bayon etishga harakat qildik.

AXBOROT-KUTUBXONA VA AXBOROT-RESURS MARKAZLARINI STANDARTLASHTIRISH MUAMMOLARI 07.10.2007 — Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar

pic
Inson faoliyatining ixtiyoriy sohasini standartlashtirish uni avtomatlashtirish uchun nazariy va amaliy asos ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Chunki jarayonlar (texnologiyalar) ni avtomatlashtirishga kirishishdan oldin bu jarayonlar ma'lum bir tartibga (qoidaga) bo‘ysundiriladi. Demak, avtomatlashtirishda standartlashtirishning roli beqiyosdir.

Festival g‘oliblarini taqdirlash marosimi 02.10.2007 — Rukn: Yangiliklar

pic
28 sentabr kuni "Zarafshon" konsert zalida milliy ".UZ" domeni internet-festivali
g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.Tanlov dasturida jami 944 ishtirokchi yoki 617 saytilar qatnashdi, ayrim saytlar avvaldan e'lon qilingan bo'lib, ba'zi nominatsiyalarda qo'shimchalar bo'ldi.