Uzbekistan Cyber Games 2007 geymerlari turniri
17.09.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic
21 — 27 sentabr kunlari Toshkentda Uzbekistan Cyber Games -UCG 2007. geymerlar turniri o’tkaziladi. Turnir InfoCom 2007 axborot- kommunikasiya texnologiyalari haftaligi doirasida, final qismi esa 26-27 sentabr kuni ICT Expo2007 axborot- texnologiyalari Milliy ko’rgazmasida o’tkaziladi

pic

E’tiboringizga turnirning o’tkazilish tartibini havola etamiz.
Rasmiy qo’llab-quvvatlovchi: O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi.
Bosh homiy: COSCOM QКMCHJ
Tashkilotchi: InfoCOM.UZ jurnali

Axborotli qo’llab-quvvatlash: [url=http://www.esport.uz]www.esport.uz[/url]
Rasmiy o’yinlar UCG2007:

• WarCraft® III::Frozen Throne
• StarCraft®: Brood War™
• FIFA Soccer 07
• Half-Life™: Counter-Strike 1.6 –5х5 komandali o‘yin
• Need for Speed™ Carbon
• Quake III: Arena
• Dota All Stars — 5х5 komandali o‘yin

Turnirda ishtirok etish BEPUL. Yosh ko’rsatkichlari bo’yiyaa chegaralash YO’Q.
Turnir ikki bosqichda o’tkaziladi:

1 bosqich — 22-23 sentabr kunlari Toshkent shahrida Globus klubida o’tkaziladigan saralash turnirlari.
2 bosqich — Respublika ko’rgazma savdo «O’zko’rgazmasavdo» markazida (sobiq Yubileyniy sport saroyida. Mo’ljal: Beruniy metro st.) ICT Expo2007savdo ko’rgazmasida 26-27 sentabr kunlari o’tkaziladigan final turniri.Final ishtirokchilari kvotining taqsimlanishi:

Turnir finalida jami 8 ishtirokchi ( komanda) qatnashadi.

Turnir finalida ishtirok etish uchun 4 kvotlarni tashkilotchilar WCG Uzbekistan Preliminary 2007 rasmiy kompyuter o’yinlari bo’yicha O’zbekiston chempionati milliy finali 1- 4 o’rin g’oliblari va sovrindorlariga taqdim etadilar.

Qolgan 4 kvotalarni klubda 2007 yil 22-23 sentabr kunlari o’tkaziladigan saralash musobaqalari natijalariga binoan saralash turniri g’oliblari (4 finalistlar) oladilar.

Quake III: Arena va Dota All Stars o’yinlari bo’yicha finalga eng yaxshi 8 geymer (komanda) saralash turniri yakunlariga asosan chiqadilar.
g‘оliblar uchun sоvrinlar.

UCG2007 finali g‘оliblari:

Half-Life™: Counter-Strike 1.6 o‘yini

1 o’rin — g’oliblariga 500 000 so’m ekvivalentli sovrin va diplomlar;
2 o’rin — g’oliblariga 250 000 so’m ekvivalentli sovrin va diplomlar;
3 o’rin — g’oliblariga faqat diplomlar;

Dota All Stars o’yini :

1 o’rin — g’oliblarga 400 000 so’m ekvivalentli sovrin va diplomlar;
2 o’rin — g’oliblarga — 200 000 so’m ekvivalentli sovrin va diplomlar;
3 o’rin — g’oliblarga faqat diplomlar;

Quake III: Arena o’yini

1 o’rin — g’oliblarga 80 000 so’m ekvivalentli sovrin va diplomlar;
2 o’rin — g’oliblarga 40 000 so’m ekvivalentli sovrin va diplomlar;
3 o’rin — g’oliblarga faqat diplomlar;

Qolgan o’yinlar:

1 o’rin — g’oliblarga sovrin 100 000 so’m ekvivalentli diplomlar;;
2 o’rin — sovrin — 50 000 so’m ekvivalentli diplomlar;;
3 o’rin — faqat diplomlar oladilar;

Ishtirokchilarni ro’yxatga olish 15- 21 sentabr kunlari Globus klubida saralash turnirlari (mo’ljal: Toshkent avtomobil yo’llari instituti, tel.132-20-07) bilan o’tkaziladi. Boshqa shao’arlardan ishtirokchilar e-mail: [email]editor@infocom.uz[/email] orqali ro’yxatga kirishlari mumkin.

Ro’yxatga kirish uchun shahardan chetki ishtirokchilar quyidagilarni: familiya, ism, nik, manzil, telefon va o’yin nomini ma’lum qilishlari shart. Tashkilotchilar shahardan chetki ishtirokchilarga Toshkentga yo’l va ovqat haqi to’lamaydilar.

Tashkilotchilar fikriga ko’ra O’zbekistonning eng yaxshi 600 geymerlari turnirda ishtirok etadilar.

G’oliblarni taqdirlash Respublika ko’rgazma savdo markazida «O’zko’rgazmasavdo» saroyi sahnasida o’tkaziladi. Mo’ljal: Beruniy metro st ICT Expo2007 ko’rgazma savdosi markazida

Turnirni o’tkazish bo’yicha barcha savollar [url=http://www.esport.uz]www.esport.uz[/url] o’yin portali forumida muhokama etiladi. Taklif va mulohazalarni turnir tashkiliy qo’mitasi manzili [email]editor@infocom.uz[/email] ga yuborishingiz mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq