Diqqat! … klaviaturalarni uloqtirish tanlovi
17.09.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic
Toshkentda 25-27 sentabr kunlari axborot texnologiyalari [url=http://www.ictexpo.uz/]ICT Expo2007[/url] Milliy ko’rgazmasi doirasida hajviy- yumoristik o’z muddatini o’tagan eski klaviaturalarni uloqtirish tanlovi ham o’tkaziladi.

Tanlov 26 sentabr kuni Respublika ko’rgazma savdo «O’zko’rgazmasavdo» (sobiq Yubileyniy sport saroyida. Mo’ljal: Beruniy metro st.) markazida [url=http://www.ictexpo.uz/]ICT Expo2007[/url] ko’rgazma savdosi ochilish oldidan ko’rgazmaning ikkinchi kuni o’tkaziladi.

Musobaqaga hakamlik qilishda yengil atletika bo’yicha respublika toifasidagi malakali hakamlar amalga oshiradilar. G’oliblar va sovrindorlarga mukofot sifatida yangi klaviaturalar taqdim etiladi.

Klaviaturalarni ikki qo’l bilan ushlab turgan holda joydan qo’zg’almay turib uloqtirishlari zarur.

Ayollar va erkaklar musobaqasi alohida holda o’tkaziladi.

pic

Eslatib o’tamiz, o’tgan yili ICT Expo2006 ko’rgazmasi doirasida shunga o’xshash tanlov o’tkazilgan edi. O’sha tanlov haqidagi reportajni shu yerda o’qishingiz mumkin. O’tgan yilgi tanlov natijalariga ko’ra O’zbekistonda klaviaturalar uloqtirish bo’yicha erkaklar orasida norasmiy rekordni Grigorev Viktor o’rnatgan. U- 12 metr 93 santimetr natijaga erishgan, ayollar o’rtasida esa — Zakirova Yelena g’olib chiqib, uning natijasi 7 metr 22 santimetrni tashkil etgan.

Barcha qiziquvchilarni eski klaviaturalarini uloqtirib, yangisini yutib olishlari uchun 26 sentabr kuni ertalab soat 9-30 da [url=http://www.ictexpo.uz/]ICT Expo2007[/url] ko’rgazma savdosi kunlari o’tkaziladigan Respublika ko’rgazma savdosi «O’zko’rgazmasavdo» (sobiq Yubileyniy sport saroyi. Mo’ljal: Beruniy metro st.) markaziga taklif etamiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq