Line-On LH-16W1P485C optik diskovodi
11.06.2007
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Sayt ma'muri.
DVD+R va DVD-R Dual Layer (8.5 GB) diskida yozishni ta’minlovchi Line-On LH-16W1P485C optik diskovodi DVD formatlari juda ko’pligiga qaramay biz baribir ko’proq DVD+R yoki DVD-R disklaridan ma’lumotlarni yozishda foydalanamiz. 4,5 Gbaytli sig’imga ega DVD bir qatlamli diski hozircha etarli bo’lsa ham ko’pchiligimiz DVD+R va DVD-R Dual Layer (8.5 GB) ikki qatlamli DVD disklariga yozish imkoniyatiga ega diskovodlarni sotib olish to’g’risida o’ylaymiz. O’tgan yil oktabr oyida biz DVD+R Dual Layer (8.5 GB) disklarida yozishni ta’minlovchi Line-On LH-16W1P485C optik diskovod to’g’risida yozgan edik. Endi esa biz DVD+RDL DVD- RDL ikkala formatiga yoza oladigan Line-On LH-16W1P485C diskovodini tanishish uchun oldik.
Eslatib o’tamiz 1975 yilda Tayvanda tashkil etilgan Line-On- kompaniyasi kompyuter qo’shimcha uskunalari, yarim o’tkazgichli asboblar va telekommunikasion apparatlar sohasida ixtisoslashtirilgan 10 ta kompaniyalar kiradigan katta konsern hisoblanadi. Line-On kompaniyasi kattaligi bo’yicha dunyoda ikkinchi optik diskovodlar ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. 2005 yilda kompaniya taxminan 5 millionta diskovodlar ishlab chiqargan. Line-On kompaniyasi bozor uchun o’z savdo belgisi bilan diskovodlar ishlab chiqaradi va HP kabi ulkan kompaniyalar uchun yetkazib beradi.
DVD+R va DVD-R Dual Layer (8.5 GB) disklarida yozishni ta’minlovchi Line-On LH-16W1P485C optik diskovodi
Line-On LH-16W1P485C diskovodi ikkita tashqi ochiladigan panellari bilan yetkazib beriladi. Standart boltlari, kabeli va PO Nero 7 Essentials disklaridan tashqari yetkazib berish jamlanmasiga qora rangli yechiladigan paneli kiradi. Bu ham qora rangli, ham oq rangli kompyuterlarda undan foydalanish imkonini beradi. Line-On LH-16W1P485C diskovodi yozish yuksak sifatini beradi, bunga ko’p jihatdan quyidagi texnologiyalar ta’minlanishi sabab bo’ladi: SMART-BURN — Smart Monitoring&Adapting Recording Technology for BURNing. Bu texnologiya bufer bo’shab qolishi xatosini oldini olish uchun mo’ljallangan.
SMART-X — Smart Monitoring & Adjusting Read-speed Technology for eXtraction. Bu texnologiya audiodisklar hamda Video-CD va DVD-videodisklaridan ma’lumotlarni ko’chirib yozish tezligi va sifatini ancha oshirishga imkon beradi.
VAS — Vibration Absorber System — o’qish va yozish paytida silkinishni yo’qotish va shovqinni kamaytirish sistemasi.
Qurilmalar bilan tanishib chiqishimiz Line-On SHOW — 1693 S diskovodi har qanday formatdagi disklarda muvaffaqiyatli yozganligi va o’qiganligini ko’rsatdi.
Tahririyatimiz Memory Technology Central Asia OOO kompaniyasiga qurilmalarni test sinovlaridan o’tkazishga taqdim etganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
![]() |