WORLD CYBER GAMES 2007 UZBEKISTAN PRELIMINARY SARALASh TURNIRI — KOMPYTER O’YINLARI BO’YICHA V O’ZBEKISTON CHEMPIONATI TASHKILIY QO’MITASI
29.05.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic
2007 yil iyun-iyul oylarida O’zbekistonda — kompyuter o’yinlari bo’yicha Beshinchi O’zbekiston chempionati o’tkaziladi. O’tgan yildagidek O’zbekiston chempionati bo’lish bilan birga rasman jahon kompyuter o’yinlari bo’yicha World Cyber Games (WCG) finalining O’zbekiston milliy chempionati saralash turniri hisoblanadi.

2 iyun kuni chempionat Buxoro shahrida start oladi. Buxoro shahridagi mintaqaviy saralash turnirlarida Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyati, shuningdek, Qaraqalpog’istondan geymerlar ishtirok etadilar. Mintaqaviy saralash turniri g‘oliblari 5 iyul kuni Toshkent shahrida chempionatning milliy saralash finalida ishtirok etadilar.

Bu yil O’zbekiston terma komandasi oktabr oyi boshlarida Sietl shahriga (AQSH)da bo’lib o’tadigan WCG Jahon Grand Final WCG 2007 finalida qatnashish uchun boradilar. Kompyuter o’yinlari bo’yicha O’zbekiston Chempionati World Cyber Games 2007 Uzbekistan Preliminary ning saralash turniri 2007 yil iyun-iyul oylarida uch bosqichda o’tkaziladi:

1-bosqich — mintaqaviy saralash turnirlari;
2- bosqich — chempionatning milliy finali;
3- bosqich O’zbekiston terma komandasining Grand Final WCG 2007-Jahon chempionatidagi ishtiroki.

Chempionatning mintaqaviy saralash turnirlari O’zbekistonning beshta shaharlari: Buxoro, Qarshi, Farg’ona, Samarqand va Toshkentda o’tkaziladi. Bu saralash turnirlarida O’zbekistonning poytaxti va barcha mintaqalaridan teng holda ishtirok etishlariga imkon beradi, bu esa mamlakat bo’yicha chempionatning mintaqaviy saralash turnirlari xolisona o’tkazilishini ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, chempionatning mintaqaviy saralash turnirlarida ishtirok etish pul to’lash asosida o’tkaziladi. Chempionatimizning o’ziga xos xususiyati shuki, o’tgan yillardagi kabi bizda ishtirok etish bepul amalga oshiriladi. Bu esa O’zbekistonning har bir fuqarosi o’yin va yosh ko’rsatkichlariga asosan turnirda ishtirok etishlari mumkinligini ko’rsatadi. Yosh ko’rsatkichlari bo’yicha cheklashlar o’yinga bo’lgan qiziqishlarni hisobga olgan holda, maxsus hay’at tavsiyalariga asosan chempionatning tashkiliy qo’mitasi tomonidan belgilanadi.

WCG 2007 Uzbekistan Preliminary tashkiliy qo’mitasining oldindan bergan ma’lumotlariga ko’ra bu yil saralash turnirlarida O’zbekistonning barcha viloyatlaridan 3000ga yaqin geymerlar ishtirok etishlari mumkin, biroq O’zbekistonning 9 chempionigina Grand Final WCG 2007 da ishtirok etish uchun Sietl shahriga boradilar.

World Cyber Games 2007 Uzbekistan Preliminary tashkilotchilari

World Cyber Games Jahon chempionati tashkilotchisi WCG tashkiliy qo’mitasidir. O’zbekistonda WCG 2007 Uzbekistan Preliminary V saralash turniri tashkilotchilari:
davlat tomonidan qo’llab -quvvatlovchi: O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O’AAA);

bosh homiy: «O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi.

Oltin homiy: Logitech kompaniyasi

O’zbekistonda chempionatning tashkilotchisi — InfoCOM.UZ. jurnali.

WCG saralash turnirlari o’tkazilayotgan jahonning barcha mamlakatlarida bosh homiy bo’lib, Samsung Electronics kompaniyasi hisoblanadi. O’zbekiston ham bundan мустасно emas. Aynan, Samsung Electronics homiyligi va tashkiliy yordami sababli o’tgan yili O’zbekiston tarixida birinchi UCG 2003 kompyuter o’yinlari Chempionati o’tkazildi, bu o’yinlarda 600 geymerlar ishtirok etdi. O’zbekistondagi Samsung vakolatxonasi o’z vaqtida bergan talabnomasiga binoan, WCG tashkiliy qo’mitasi bizning milliy terma komandamizni har yili o’tkaziladigan WCG finaliga ishtirok etish uchun taklif etishga qaror qildi.

4 yil mobaynida O’zbekistonda o’tkazilgan barcha chempionatlarga Samsung Electronics homiylik qildi. Bu yil bosh homiy- o’tgan yillari ham chempionat saralash turnirini tashkil etish, homiylik hamda o’tkazilishiga katta yordam bergan «O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasidir.

World Cyber Games 2007 Uzbekistan Preliminary saralash turnirining jadvali va o’tkazish tartibi:

10 maydan 2 iyun kunlarigacha — ishtirokchilar ro’yxatga olinadi. Ishtirokchilar mintaqaviy saralash turnirlar o’tkaziladigan klublarda ro’yxatga olinadi. Birinchi mintaqaviy saralash turniri 2-3 iyun kunlari — Buxoro shahrida o’tkaziladi. Buxoro shahridagi mintaqaviy saralash turnirlarida Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyati, shuningdek, Qaraqalpog’istondan geymerlar ishtirok etadilar. Samarqandda mintaqaviy saralash turnirlari 9-10 iyun kunlari o’tkaziladi. Unda Jizzax va Samarqand viloyatidan geymerlar ishtirok etadilar.

Qarshida mintaqaviy saralash turnirlari 16-17 iyun kunlari o’tkaziladi. Unda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan geymerlar ishtirok etadilar.

Farg’onada mintaqaviy saralash turnirlari 23-24 iyun kunlari o’tkaziladi. Unda Andijona, Namangan va Farg’ona viloyatlaridan geymerlari ishtirok etadilar.

Toshkent shahrida mintaqaviy saralash turnirlari 27 dan 30 iyun kunlarigacha o’tkaziladi. Unda Sirdaryo, Toshkent viloyatlari, shunigdek Toshkent shahridan geymerlar ishtirok etadilar.
5 iyul kuni — WCG 2007 Uzbekistan Preliminary milliy finali Xalqaro biznes-markazida o’tkaziladi. Unda O’zbekiston bo’yicha 5 rasmiy o’yinlar bo’yicha g’olib chiqqan 36 geymerlar ishtirok etadilar.

G’oliblar va mukofotlanganlar chempionat medali bilan taqdirlanadilar. O’zbekiston chempionlari esa Grand Final WCG 2007 Sietl sahri (AQSH) da Butunjahon finalida ishtirok etib, O’zbekiston sharafini himoya qilish huquqiga ega bo’ladilar.

WCG 2007 Uzbekistan Preliminary O’zbekiston Chempionati rasmiy o’yinlari:

• WarCraft® III: Frozen Throne — 1994 yil 3 oktabrgacha tug’ilgan o’yinchilar.
• StarCraft®: Brood War™ — 1994 yil 3 oktabrgacha tug’ilgan o’yinchilar.
• FIFA Soccer 07 — 2001 yil 3 oktabrgacha tug’ilgan o’yinchilar;
• Half-Life™: Counter-Strike 1.6 — 1990 yil 3 oktabrgacha tug’ilgan o’yinchilar kiritiladi.
• Need for Speed™ Carbon -1997 yil 3 oktabrgacha tug’ilgan o’yinchilar kiritiladi.
2007 yil Grand Final WCG 2007 saralash turnirlarida ishtirokchilar quyidagicha bo’lishi kutilmoqda:
• 70 ta mamlakatda WCG 2007 saralash o’yinlari o’tkaziladi.
• 800 ta milliy g’oliblar Sietl shahriga finalda ishtirok etish uchun boradilar.
400 dan ortiq jurnalistlar final o’yinlarini matbuot sahifasida yoritishlari kutilmoqda.

World Cyber Games 2007 Uzbekistan Preliminary saralash turniri tashkilotchilari mamlakatimiz kiberatletlari mustaqil O’zbekiston sharafshni jahon miqyosida himoya etadilar, bu esa so’zsiz mamlakatimiz mavqeini ko’taradi, deb ishonadilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq