Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi
28.05.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar, idoralar va joylardagi hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qabul qilingan ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlarning bajarilishi, davlat qo‘mitalarida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish natijalari batafsil tahlil qilinib, qog‘ozsiz hujjat aylanishi tizimini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisobot tinglandi. Ushbu tizimni jamiyat faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etishning ijobiy tomonlari, shuningdek, elektron hujjat aylanishini yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish istiqbollariga e’tibor qaratildi. Elektron hujjat aylanishi tizimlarini birxillashtirish maqsadida milliy standartlar qabul qilinishini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda mas’ul shaxslarning Toshkent shahri va viloyatining ayrim tumanlarida elektron hujjat aylanishi vositalaridan foydalangan holda, moliyaviy hisobdorlik va hisob-kitobni taqdim etish tizimini shakllantirish hamda yanada rivojlantirishga doir ma’ruzalari tinglandi. Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari ko‘rib chiqildi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalarining korporativ va mahalliy tarmoqlarining axborot xavfsizligi monitoringi natijalarini ham muhokama etdi.

Manba: [url=http://www.uza.uz]www.uza.uz[/url]

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq