“Uzbektelekom” AK — Best Soft Uzbekistan 2007 ko’rgazmasida
20.05.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic
17 may kuni O’zbekiston badiy Akademiyasining markaziy ko’rgazma zalida Best Soft Uzbekistan 2007 — Birinchi milliy dasturiy mahsulotlar ko’rgazmasi o’z ishini boshladi. U O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ko‘magida O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi (IT-assotsiatsiya) tomonidan tashkil etildi.

pic

“O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi ko’rgazmada faol ishtirok etib, o’zining korporativ stendida, UzNet, «TShTT» filiallari va «Chirkom» qo’shma korxonasining ekspozitsiyalari bilan qatnashmoqda.

pic

“UzNet” filiali Internet texnologiyalari bo’yicha bir qator zamonaviy xizmatlarini ko’rsatib keladi. Ular qatorida: Internetga kommutatsiya (dial-up) hamda ajratilgan kanal orqali bog’lanish, O’zbekiston bo’ylab yagona rouming tizimida mamlakatning istalgan nuqtasidan turib Internetga tezda bog’lanishni yaratib beruvchi Internet kartalari; barcha turdagi davlat tashkilotlari va muassasalari, tijorat korxonalari va kompaniyalari uchun yuqori himoyaga ega korporativ va xususiy virtual (VPN) tarmoq xizmatlarini tashkil etish; ajratilgan “Iskra” telefon tarmog’i, O’zbekiston Respublikasi hududida yoki qo’shni mamlakatlar bilan videkonferentsaloqa xizmatini tashkil etish, elektron pochta xizmatlari hamda virtual pochta serverlarini joriy qilish; texnik xizmat ko’rsatish, malakali mutaxasislarni qo’llab-quvvatlash va maslahatlarni berish, moddiy serverlarlarni qo’llab quvvatlash va joriy qilish (co-location), shuningdek, virtual serverlarda ma’lumotlarni saqlash (web-hosting) va boshqa yana bir qator xizmatlarni ko’rsatib keladi.

pic

“O’zbektelekom” aktsiyadorilk kompaniyasining “TShTT” filiali tomonidan mazkur ko’rgazmada mijozlar bilan avtomatlashtirilgan hisob-kitob (Billing) tizimini, Internet va ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlari hamda oldindan to’lanadigan IP telefoniya + Internet to’lov kartochka platformalari va filialning aloqa bog’lamalarida raqamli telekommunikatsiya stantsiyalari imkoniyalaridan keng qo’llanilayotgan qo’shimcha xizmat turlarini atroflicha namoyish etilmoqda.

“O’zbektelekom” AK “TShTT” filiali tomonidan namoyish etilayotgan billing tizimi axborot-komp’yuter texnologiyalarini qo’llagan holda taqdim etiladigan ko’rsatilayotgan kompleks aloqa xizmatlari uchun markazlashtirilgan to’lov hisob kitoblarini ta’minlovchi tizim majmuasidan iborat. Uning imkoniyatlari Toshkent shahri bo’yicha abonentlarni yagona ma’lumotar bazasi, abonent ma’lumotlarining texnik ruyxati va telefon o’rnatish navbati ruyxatlarini yuritadi, istalgan vaqtda mijoz talabini hisobga olib, shaharlararo va xalqaro telefon xizmatlarining barcha turlari to’lovnomalarini tezkor tuzadi va taqdim etadi, barcha xizmatlar bo’yicha davriy hujjatlarni markazlashtirilgan tarzda tuzib chiqadi va abonentlarga vaqtbay shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlar, axborot – so’rov xizmatlari hamda qo’shimcha xizmatlar uchun to’lovlarni aniqlab beradi, ko’rsatilgan barcha aloqa xizmatlari uchun markazlashtirilgan, avans to’lovi imkoniyati bilan to’lov qabul qilish va pul operatsiyasi haqidagi ma’lumotni abonentga har bir telefon bog’lamasi va ATS, pochta bo’linmalari, bank va avtomatlashtirilgan ish joylariga taqdim etadi va shuningdek yana bir qator afzalliklarga ega.

Mutaxassislar hamda oddiy foydalanuvchilar uchun juda qiziqarli bo’lgan ekspozitsiya bilan «Chirkom» qo’shma korxonasi ishtirok etmoqda.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat mulkchilik shaklidagi “Chirkom” O’zbekiston – Shveytsariya qo’shma elektr aloqa korxornasi xorijiy investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo’lib, faoliyat doirasi Chirchiq shahrining telefon tarmoqlarini modernizatsiyalash loyihalarini amalga oshirib boradi. “Chirkom” MChJ 1996 yili Chirchiq elektraloqa bog’lamasi bazasida “Mas’uliyati cheklangan jamiyat” yuridik maqomida vujudga kelgan.

Chirchiq shahrining telefon aloqasi kabellarini ekspluatatsiya qilish ishlari va elektraloqa xizmatlarini taqdim etish bilan bir qatorda, “Chirkom” MChJ 2001 yildan boshlab, Chirchiq shahri aholisiga Internetdan foydalanish xizmatlarini ham ko’rsatib kelayotir.

pic

Ko’rgazmada “Chirkom” QK tomonidan aloqa xizmatlari to’lovlarini amalga oshirish uchun yangi kartalarni namoyish etmoqda. Uning qulay afzalliklari shundan iboratki, “Chirkom” QK tomonidan ko’rsatilayotgan aloqa xizmatlari, shuningdek, shahar, shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlarining to’lovlarini shu karta yordamida to’ldirish imkoniyati mavjuddir.

pic

Mazkur xizmat “Chirkom” telefon tarmog’ining aholisi ehtiyojini qondirish uchun mo’ljallangan. Karta egali istalgan telefon yordamida biror shaxsga taalluqli bo’lgan va “Chirkom” QK telefon tarmog’iga ulangan telefon raqamining hisobini to’ldirishi mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, telefon hisobini karta yordamida to’ldirish jarayonida tonal tizimdagi telefon qurilmasi muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunga kelib, 3000, 6000 va 10000 so’mlik nominalli kartalar muomilaga chiqarilgan bo’lib, Chirchiq shahrining bir qator punktlarida sotilmoqda.

Aynan ana shu texnologiyalarning ishlash tartibi va afzalliklari bilan “Chirkom” QK mutaxassislari ko’rgazmada namoyish etmoqdalar.

pic

17 may kuni “O’zbektelekom” AK stendida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori, “O’zbektelekom” AK Kuzatuv kengashi raisi — A.N. Aripov namoyishga tashrif buyurdi. Kompaniya filiallari va korxonalari bilan namoyish etilayotgan ekspozitsiyalarni ko’zdan kechirdi.

pic

“O’zbektelekom” AKning Best Soft Uzbekistan 2007 Birinchi milliy dasturiy mahsulotlar ko’rgazmasida qanday namoyish etilayotganligi bilan “O’zbektelekom” AK Bosh direktori H. A. Muhitdinov boshchiligidagi kompaniyaning rahbariyati ham qatnashdi.

17 may kuni ko’rgazmaning ishi faqat mutaxassislarga va 18 mayda esa, ko’rgazmada barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. “O’zbektelekom” AK stendiga ishtirok etib, mutaxassislarning fikrlarini, ulardan turli materiallarni hamda tashkilotchilar tomonidan uyushtirilayotgan yana bir qator sovg’alar egalari bo’lishingiz mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq