“O’zbektelekom” AKning Kuzatuv Kengashi majlisi haqida
20.05.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

18 may kuni “O’zbektelekom” AKning Kuzatuv Kengashi majlisi bo’lib o’tdi. Majlisning kun tartibida, kompaniyaning 2007 yil 1 choragi faoliyatiga oid moliyaviy xo’jalik yakunlari, Biznes rejasini tasdiqlash, xayriya, homiylik va beg’araz va to’lovlarini amalga oishirsh, navbatdagi umumiy yig’ilishini o’tkazish va shuningdek, yana bir qator masalalar muhokamasi o’rin oldi.

pic

Majlisni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori, “O’zbektelekom” AK Kuzatuv Kengashi raisi – A. N. Aripov boshqardi.

Majlis kun tartibining birinchi masalasi, «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasining 2007 yil birinchi chorak yakuni bo’yicha moliyaviy-xo’jalik faoliyati yakunlari to’g’risida Kompaniyaning Bosh direktori – H.A. Muhitdinov ma’ruzasi bilan boshlandi.

pic

Ma’ruzada ta’kidlanishicha, kompaniya 2007 yil 1 chorak yakuni bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromad kompaniya filiallari bo’yicha 40,7 mlrd. so’mni tashkil etib va belgilangan reja 97,3 foizga bajarildi. Bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 16,1 foizga oshdi.

Aholiga aloqa xizmatini ko’rsatishdan olingan daromad — 12,5 mlrd. so’mni yoki umumiy daromadning 31,7 foizini tashkil etdi va reja 101,8 foizga bajarildi.

Amalga oshirilgan shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlar soni — 57,1mln. tani va telegrammalar —102,4 ming donani tashkil etdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan so’zlashuvlar soni — 5,6 foizga ortgan bo’lsa, telegrammalar soni — 11,6 foizga kamaydi.

Kompaniya bo’yicha umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda — 4,9 mlrd. so’m va sof foyda — 3,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Kompaniya bo’yicha o’rtacha oylik ish haqi — 127 164 so’mni tashkil etdi.

Raqamli ATS larni ishga tushirilishi munosabati bilan aholiga statsionar aloqa xizmatlaridan tashqari servis xizmatlarini ham taklif etish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

Hozirgi kunga kelib «O’zbektelekom» AK aholiga 16 ortiq turdagi Qo’shimcha xizmat turlarini (QXT) taklif etilyapti. 2007 yilning 1 choragida 372 ming abonentga 544 mingdan ziyod xizmat ko’rsatilib 331,7 mln. so’m miqdorida daromad olindi.

Xorij mamlakatlaridan O’zbekistonga kiruvchi trafikni oshirish bo’yicha etarli ishlar olib borildi. 2007 yil 1 chorag yakuniga ko’ra, kiruvchi xalqaro trafik chiquvchi trafik bilan solishtirilganda 3.27 martaga oshgan.

O’zbekiston Respublikasi provayderlarining yuqori tezlikdagi va sifatli Internet tarmog’iga bog’lanishni ta’minlash maqsadida, 2007 yilning 1-choragida Rossiyaning «MTT» OAJ bilan 34 mbit/s tezlikdagi Internet-kirish tarmog’iga bog’lanish haqida shartnoma tuzildi. Natijada xalqaro internet kanallarining hajmi 2007 yil boshidagi 199mbit/s dan 233 Mbit/sgacha oshirildi.

O’zbekiston provayderlari uchun jami ishga tushirilgan, Xalqaro paketli kommutatsiya markazi (MTsPK) ga ulangan hajm, yil boshiga nisbatan 25,5Mbit/sga oshdi va 182 Mbit/sni tashkil etdi.

Kompaniya bo’yicha 2007 yil I chorak yakunida mahalliy telefon tarmog’ida asosiy telefon apparatlari soni 5,7 mingta o’sdi va reja 136,7 foiz bajarishga erishildi.

ATSlarning o’rnatilgan sig’imdan foydalanish koeffitsienti 2007 yil I chorak yakuniga 89,0 foizni tashkil etdi.

Raqamlashtirish koeffitsienti 2007 yil birinchi aprel holatiga ko’ra, 72,7 foizni tashkil etdi.

Infrastruktura ob’ektlarining telefonlashtirish bo’yicha belgilangan vazifalarni bajarilishi hisobot davri oxiriga kelib quyidagilarni tashkil etdi:

— jami 912 ta kasalxonalardan, 864 tasi telefonlashtrildi yoki 94,7 foiz;
— jami 1060 ta shifoxonalardan, 1030 tasi telefonlashtrildi yoki 97,2 foiz;
— jami 3039 ta qishloq vrachlik punktlardan, 1586 tasi telefonlashtrildi yoki 51,7 foiz;
— jami 34 ta sanatoriylardan, 32 tasi telefonlashtrildi yoki 94,1 foiz;
— jami 12 ta bolalar uyidan, shulardan 12 tasi telefonlashtrildi yoki 100 foiz;
— jami 14 ta bolalar yaslilaridan, 14 tasi telefonlashtrildi yoki 100 foiz;
— jami 9756 ta maktablardan, 5450 tasi telefonlashtrildi yoki 55,9 foiz;
— jami 6409 ta bolalar bog’chalaridan, 3244 tasi telefonlashtrildi yoki 50,6 foiz;
— jami 42 ta mehribonlik uylaridan, 42 tasi telefonlashtrildi yoki 100 foiz;
— jami 950 ta kollejlardan , 899 tasi telefonlashtrildi yoki 94,6 foiz;
— jami 96 ta akademik litseylardan, 94 tasi telefonlashtrildi yoki 97,9 foiz.

Kompaniya bo’yicha 2007 yil 1 chorak davomida barcha moliyaviy manbalar hisobiga jami 2,4 mlrd. so’m miqdorida kapital mablag’ o’zlashtirildi, jumladan:

— korxonalarning o’z mablag’lari hisobiga 2,2 mlrd. so’m;
— mahalliy bank muassasalari kreditlari va qarzlari hisobiga 169,0 mln. so’m;
— aholidan jalb qilingan mablag’lar hisobiga 37,4 mln. so’m.

«O’zbektelekom» AK tomonidan qishloq hududlarida ko’rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash va mavjud texnik jihozlarni zamonaviy qurilmalarga almashtirish maqsadida, «Koinot» OAJda ishlab chiqarilgan SGM rusumli raqamli kommutatsiya qurilmalari bilan qolgan qishloq ATSlarini rekonstruktsiya qilish bo’yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Bu borada, kompaniya va Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga joriy yil oxiriga qadar jami sig’imi 20.000 portga teng SGM rusumidagi raqamli kommutatsiya qurilmalarini xarid qilish bo’yicha «Koinot» OAJ bilan filiallar o’rtasida shartnoma imzolandi.

«O’zbektelekom» AKning 2007 yil I chorak yakuni bo’yicha Biznes-rejasini bajarilishi tasdiqlash va «O’zbektelekom» AK tomonidan hayriya, homiylik va beg’araz to’lovlarni amalga oshirish to’g’risidagi masalalar bo’yicha Kuzatuv kengashiga Kompaniya Bosh direktor o’rinbosari – Sh. M. Sodiqov ma’ruza qildi.

pic

«O’zbektelekom» AK asosiy vositalarini hisobdan chiqarish i «O’zbektelekom» AK tomonidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida zonaichi optik tolali aloqa liniyalarini qurish hamda «Toshkent — Olmaliq — Betachelek — Qo’qon» radiorele liniyasi qurilishi to’g’risidagi masalalar bo’yicha Kuzatuv kengashiga “O’zbektelekom” AK Bosh direktorining birinchi o’rinbosari – B. Nurmatov ma’ruza qildi.

pic

Kun tartibidagi barcha masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Kompaniyaning Navbatdagi aktsiyadorlari yig’ilishi Toshkent shahrida 29 iyun kuni o’tkazilishi rejalashtirildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq