MEMORANDUM IMZOLANDI
13.05.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic
Joriy yil 7 may kuni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida O’zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi hamda Koreya Respublikasining internetni rivojlantirish bo’yicha milliy agentligi (NIDA) o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum yuqoridagi tashkilotlarning axborot jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirishi va o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishiga zamin hozirlaydi. Axborot resurslarini rivojlantirish va boshqarishga bag’ishlangan seminar bu boradagi ilk tadbirlardan biri bo’lishi kutilmoqda.

Seminarni joriy yilning 15-16 avgust kunlari Toshkentda o’tkazish rejalashtirilgan. Undan elektron hukumat barpo etish, yagona kommunikatsiyalar ta’minoti masalalari va boshіa ko’plab mavzular o’rin oladi. Seminarga davlat organlari hamda axborot texnologiyalari korxonalari rahbar va mutaxassislari, mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari va talabalari, shuningdek, barcha qiziquvchilar taklif etiladi. Ma’ruzalarda chet ellik mutaxassislar axborot jamiyatiga doir loyihalarni amalga oshirish borasidagi oґz tajribalari haqida atroflicha ma’lumot berishadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq