AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA QONUNCHILIK MASALALARI
30.04.2007
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Nil Sadikov.

pic
O‘tgan XX asr fan va texnika, sanoat, ishlab chiqarish inqilobi davri deb nomlangandi. XXI asr esa tarixga axborot asri nomi bilan kirib keldi.Bugungi kunda davr ruhiga binoan axborot hamjamiyatlari tashkil etilmoqda, uning asosini aloqa vositalari, kompyuter industriyasi, televideniyedagi keng texnologik o‘zgarishlar tashkil qiladi. Axborotlar almashish tezligi va ulardan yanada samarali foydalanish hajmi o‘sib bormoqda. Xususan, «konvergensiya» — bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan texnologiyalarni birlashtirish, telefon, televidenie va kompyuterlar orasidagi farqni yo‘qotish yo‘llari masalasida katta ishlar amalga oshirilmoqda, bularga Internet, mobil telefoniya misol bo‘la oladi.

Axborotlar inqilobi chegara nimaligini bilmaydi. Yangi axborot texnologiyalari darhol butun yer kurrasi bo‘ylab tasvir, matn va nutqni yetkazib berishga imkon beradi. Internet muassasalar keng ma’lumotlar bazalarini ommaviy kutubxonalar, maktablar, shahar hokimiyatlari bilan bog‘lashga imkon beradi. Albatta, Internet va axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) umuman, globallashish sharoitlarida fuqarolik jamiyati rivojlanishiga yordam beradi.

Fuqarolik jamiyati — bu fuqarolarni mamlakatni boshqarish jarayoniga jalb etish maqsadida ijtimoiy muammolarni hal etish uchun davlat o‘zining vakolatlari bir qismini turli fuqarolik birlashmalariga beradigan jamiyatdir. Boshqa organlari qatorida siyosiy partiyalar ham fuqarolik jamiyati organi hisoblanadilar.

Mamlakatimizning yetakchi qonunchilik tizimlaridan birining qonunlarni ishlab chiqish bo‘yicha kundalik mehnat va shaxsiy hayot faoliyatida AKT dan qanday foydalanilishi to‘g‘risida suhbatdoshimiz respublika Oliy Majlisi qonunchilik Palatasi AKT bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, «Adolat» partiyasi a’zosi Ismoil Saifnazarov quyidagilarni so‘zlab berdi.

Suhbatdoshim Ismoil aka bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 7 yil mobaynida hamkorlikda mehnat qilib kelemiz. Falsafa fanlari doktori, professor, ko‘p yillar davomida TDIU falsafa kafedrasida mudirlik qilib kelmoqda, o‘quv yurtining birinchi prorektori, universitet kasaba uyushmasi raisi bo‘lib faoliyat yuritgan. Ishlarimda doim yordam berib kelgan, masalan O‘zbekistonda «Buyuk ipak yo‘li — Dunyo madaniyati miniatyurada» tematik parkini yaratish loyihasi, bir qator kitoblarim va maqolalarim taqrizchisi bo‘lgan.

pic

Oliy Majlisga saylanishingizdan avval AKT dan o‘z ishingizda qanday foydalangansiz?

— AKT dan keng foydalanganman, xususan, o‘qituvchi, olim va rahbar xodim sifatida va hozirgi davrda Oliy Majlisdagi faoliyatimda ham Internetdan foydalanaman.

Siz Oliy Majlisning AKT bo‘yicha qo‘mitasi raisisiz shundaymi?

— Meni «Adolat» siyosiy partiyasi tavsiya etgan, AKT bo‘yicha qo‘mitada shu partiya a’zosi va vakili hisoblanganman. OAV bilan ishlash bo‘yicha orttirgan tajribamni, rahbar xodim sifatidagi malakalarimni hisobga olishdi. Mendan tashqari qo‘mitaga O‘zLiDeP dan — 3 kishi, Milliy tiklanish partiyasidan — 2 kishi, «Fidokor» partiyasidan — 1 va XDPU dan — 2 kishi a’zolar hamda mustaqil parlamentariylarning 1 vakili qo‘mitaga a’zo etib tayinlandi. Qo‘mitada hammasi bo‘lib, 10 kishimiz. Taniqli jurnalist va yozuvchimiz «Milliy tiklanish» partiyasi raisi Xurshid Do‘stmuhammedov AKT bo‘yicha qo‘mita raisi hisoblanadi.

Oliy Majlisning AKT bo‘yicha qo‘mitasi maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

— Qo‘mitaning asosiy maqsad va vazifalari AKT bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularning konsepsiyalari, tuzilishi, mazmunini, olim va mutaxassislar, amaliyotchilarni jalb qilib, muhokama qilish, o‘zgartirishlar kiritish, Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirish: zarur bo‘lsa, biror-bir qonunni amalga oshirish uchun moddiy mablag‘ ajratilishi masalalari muhokama qilinadi. Qonun loyihalari ko‘pincha, juda faol, hatto shiddatli, tortishuvlar, fikrlar to‘qnashuvida o‘tadi. Albatta, shu kabi qonunlar qabul qilingan ilg‘or chet el davlatlari va MDH bo‘yicha hamkorlarimiz tajribalari o‘rganiladi va barcha yaxshi hamda mos keladigan tomonlaridan qonunlarimizni yanada takomillashtirishda foydalaniladi.
Muhokamadan o‘tgan va kelishilgan qonun loyihasi varianti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishiga ikkinchi o‘qish uchun kiritiladi. 2006 yilda «OAV to‘g‘risida» qonunning yangi tahriri qabul qilindi, uning loyihasi hukumat tomonidan taqdim etildi. Hozirda «Teleradioeshittirish to‘g‘risida», «OAV sohasida iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida» va «OAV da davlat hokimiyati organlari faoliyatini yoritish to‘g‘risida»gi qonunlar ishlab chiqilmoqda.

2007 yil ish rejasida «Pochta aloqalari to‘g‘risida»gi qonun yangi tahririni qabul qilish, «Noshrlik faoliyati to‘g‘risida»gi va «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgar­tirishlar kiritish ko‘zlangan.

Oliy Majlisning AKT bo‘yicha qo‘mitasida siz faoliyatning qaysi yo‘nalishi bo‘yicha ish olib borasiz?

— Qo‘mita raisi o‘rinbosari sifatida ishlarni rejalashtirishga rahbarlik qilaman. Qo‘mita a’zolari faoliyati kundalik nazorat qilishni amalga oshiraman. Tayyorlanayotgan «OAV larida davlat hokimiyati organlari faoliyatini yoritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etaman. Amaldagi qonunlarni mintaqalarda va sohalarni boshqaruv markaziy organlarida ijrosi bo‘yicha nazorat-tahliliy ishlarni bajaraman. Bu juda muhim yo‘nalish. U yoki bu qonunni faqat ishlab chiqib va qabul qilish emas, balki uni hayotda amalga oshirishga yordam berish kerak. Buning uchun esa qonunni talab darajasida bajarilishiga nima halaqit qilayotganini, amalga oshirilishini kim ortga surayotganini, qonunning o‘zida biror kamchilik borligini aniqlash kerak, qonun loyihalarini ko‘rib chiqish va muhokama qilish bo‘yicha boshqa qo‘mitalar deputatlari, olimlar, mutaxassislar va amaliyotchilar ishtirokidagi qo‘mitaning kengaytirilgan yig‘ilishlarini o‘tkazishda ishtirok etaman. Misol uchun 2006 yil dekabr oyida Milliy teleradiokompaniya tomonidan «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning bajaralishi ko‘rib chiqildi. Bungacha deputatlar bir guruhi monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi vakillari ishtirokida ushbu kompaniya faoliyatida qator kamchiliklarni aniqladilar, xususan qonunning ba’zi bandlari bajarilmayotganligi aniqlandi.

Qizg‘in muhokamalar jarayonida barcha taklif, fikr va tanqidlar bayonnomaga kiritib borildi va «Reklama to‘g‘risida»gi qonunni Milliy teleradiokompaniya tomonidan talab darajasida bajarilishi bo‘yicha kerakli tavsiyalar bilan AKT bo‘yicha qo‘mitaning qarori qabul qilindi. Qo‘mita yig‘ilishlariga davlat hokimiyati organlari vakillari doim o‘z vaqtida keladilar, chunki ijrochi organlar qonunchilik organiga hisobot beradilar.

O‘zbekistonda AKT rivojlanishida siz qanday muammolarni ko‘rasiz?

— Muammolar albatta bor. Bu o‘sish muammosi: Internet foydalanuvchilari soni ortishi, maktablar va hatto bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariini yoppasiga kompyuterlashtirish, kompyuter bilimdonligini o‘rgatish, kompyuter o‘yinlaridan foydalanishni rivojlantirish masalalaridir.

Oliy Majlisning qonun yaratuvchilik faoliyatida AKT dan qanday foydalaniladi?

— Qonun loyihasini tayyorlash, qonun loyihasini muhokama qilish, qonun yaratish jarayonida ishtirokchilar fikr almashishlari uchun Internet orqali elektron pochtadan keng foydalaniladi. Biror-bir qonun loyihalarini tayyorlashda boshqa mamlakatlar tajribalarini o‘rganamiz, xususan, aniq bir qonun loyihasini tayyorlashda boshqa mamlakatlarning shu kabi qonunlari va qoidalarini tahlil qilamiz. Bizning fikrimizcha, eng qimmatli bo‘lganlarini belgilab olamiz va o‘z sharoitlarimizga moslashtirib, qayta ishlaymiz, foydalanamiz.
Parlamentariylar ko‘pincha, Internet orqali videokonferensiyalar hamda seminarlar o‘tkazadilar va ishtirok etadilar. Misol uchun «parlament va OAV» videokonferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Qonun loyihalari tayyorlash bo‘yicha nazorat-tahliliy ishlar, ishchi guruhlar yig‘ilishlari natijalari barcha parlamentariylarni o‘zaro bog‘lagan Oliy Majlisning lokal tarmog‘i (Intranet) «Axborotlar» bo‘limiga kiritiladi. Bu qonun yaratilishini ancha tezlashtiradi. Qonunchilik palatasining bunday zamonaviy jihozlanishi, uning a’zolari jahon axborot muhitiga kirishlari va virtual muloqot olib borish imkoniyatlari — bu BMT grantini olish natijasidir, bu grantni olishda parlamentariy, yuridik fanlari nomzodi Ziyodulla Ubaydullaev faol ishtirok etdi. Boshqa tashkilotlarning olim, mutaxassis va amaliyotchilari elektron pochta orqali o‘zlarining barcha mulohaza hamda takliflarini yuboradilar.
Aytgandek, jamoatchilik uchun eslatib o‘tamiz, parlamentning ikkala palatasining o‘z veb-saytlari mavjud, qonunchilik faoliyatimiz tolerantligini ta’minlab, ularni butun dunyo ko‘rishi mumkin. Parlamentning yuqori palatasi — Senatda bu [url=http://www.senat.gov.uz]www.senat.gov.uz[/url] , parlament quyi palatasi — qonunchilik palatasi sayti [url=http://www.parliament.gov.uz]www.parliament.gov.uz[/url] .

Yosh siyosiy yetakchilarni — O‘zbekis­tonning bo‘lajak parlamentariylarini tayyorlashda AKTdan foydalanishni siz qanday tushunasiz?

— Hozircha bu masala aniq ishlab chiqilgani yo‘q, lekin biz buni muhokama qilishga tayyormiz.

Taklif etilgan Yoshlar Parlamentini yaratish loyihasiga siz qanday munosabatdasiz va bu loyihani ma’qullaysizmi?

— Bu loyihaga ijobiy qaraymiz. O‘z­bekistonda birinchi bor professional maxsus parlament ish olib bormoqda. Albatta, munozaralar, konsepsiyalar ishlab chiqish, boshqarish tajribalariga ega va yaxshi kasbiy ma’lumotli yosh siyosiy yetakchilarni tayyorlash kerak. Bunday loyihaga oliy o‘quv yurtlari talabalarini hamda yosh mutaxassislar — yaqinda oliy o‘quv yurtlarini bitirgan yoshlarni ham jalb etish kerak. Bu loyihaning rivojlantirishga O‘zbekiston yoshlari «Kamolot» ijtimoiy harakatini jalb etish mumkin, yaqinda bo‘lib o‘tgan bu tashkilotning respublika qurultoyida hamkasbimiz -parlamentning sobiq a’zosi Akrom Alimov bu harakatga rahbar etib saylandi.

Ushbu chaqiruv parlamentida Sizning vakolatingiz tugagandan keyin Oliy Majlisga yangi muddatga qayta saylanish istagingiz bormi?

— Parlamentda ishlash davrida o‘z faoliyatimdan mamlakat rivojlanishi uchun foydali natijalarni ko‘rayapman va parlamentdagi faoliyatimni davom ettirishni xohlayman. Lekin mening qayta saylanishim saylovchilar xohishiga, deputat sifatida baholashlariga va parlament a’zosi sifatida keyingi faoliyatim dasturiga bog‘liq bo‘ladi.

AKTdan oila a’zolaringiz ishda va o‘qishda qanday foydalanadilar?

— AKTdan rafiqam — falsafa fanlari nomzodi, Toshkent davlat Agrar universiteti (TDAU) dotsenti va uch nafar o‘g‘illarimning barchasi foydalanadilar.

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun siz nima qilish kerak deb hisoblaysiz?

— Doimo yangilikka qarab ildam borish kerak, hech qachon taslim bo‘lish kerak emas. Mehnatdan cho‘chimaslik, ziyoli inson sifatida nomiga munosib bo‘lishga intilish zarur deb hisoblayman.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq