Xotin-qizlar Internet festivali g’oliblari aniqlandi
01.04.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic
2007 yil 28 mart kuni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan “Xotin-qizlar Internet Festivali – 2007” tanlovining oxirgi bosqichi hamda Festival g’oliblarini rasmiy taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

pic

Festival tashkilotchilari sifatida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Xotin-qizlar Qo’mitasi, UZINFOCOM Markazi, BMT Axborot Markazi, BMT Rivojlanish Dasturi, BMTRDning “O’zbekistonda Internet texnologiyalarini rivojlantirish va ularni yoyish uchun potensial yaratish” loyihasi, BMT Rivojlanish Dasturining “O’zbekiston Rivojlanishi uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari siyosatini shakllantirish va joriy qilishda ko’mak” loyihasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda «InfoCOM.UZ» axborot-analitik jurnali kabi tashkilotlar ishtirok etdi.

Andijon, Farg’ona, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan, Qoraqolpog’iston Respublikasi va Toshkent shahridan maktab o’quvchlaridan tortib, kollej, litsey, OO’Y talabalari, o’qituvchilar, kutubxonachilar va uy bekalarigacha tanlovda ishtirok etish uchun 350dan ortiq arizalar tushdi.

20 mart kuni Ekspert guruhi tanlovga yuborilgan saytlar, bloglar, surat, poster, kollaj, she’r, insholarni atroflicha o’rganib chiqib, quyidagi uchta nominatsiyasi bo’yicha o’z hulosalarini chiqardilar:

“Axborot texnologiyalarining ayol hayotidagi o’rniga bag’ishlangan eng yaxshi rasm, poster, kollaj, she’r yoki ashula” nominatsiyasi bo’yicha:

• “Axborot texnologiyalarining ayol hayotidagi o’rniga bag’ishlangan eng yaxshi rasm, poster, kollaj” kategoriyasida Qarshi shahri Axborot-kommunikatsiya Kolleji talabasi Gatina Iskra “Oltin baliqcha” rasmi uchun g’olib deb topildi ([url=http://www.connect.uz/children_forum/index.php?act=Attach&type=post&id=362]http://www.connect.uz/children_forum/index.php?act=Attach&type=post&id=362[/url]);
• “Axborot texnologiyalarining ayol hayotidagi o’rniga bag’ishlangan eng yaxshi she’r” kategoriyasida g’oliblikni “Sirli sandiqcham” she’ri uchun Namangan viloyati Mingbuloq 13-son maktabi o’quvchisi Turg’unova Gulhxayyo qo’lga kiritdi ([url=http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=846&view=findpost&p=41138]http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=846&view=findpost&p=41138[/url]);

“O’zbekiston xotin-qizlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi veb-sahifa, veb-blog yoki Internetda nashr qilingan maqola” nominatsiyasi bo’yicha:

• “O’zbekiston xotin-qizlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi veb-sahifa” kategoriyasida Toshkent shahridan uy bekasi Mo’minova Evgeniya tomonidan ishlab chiqilgan [url=http://www.katie.uz]www.katie.uz[/url] sayti eng yaxshi deb topildi.

Ushbu yo’nalish bo’yicha quyidagi qatnashchilar rag’batlantiruvchi sovg’alarni qo’lga kiritdi:

• Farg’ona 2-son maktabi o’qituvchisi Zubareva Larisa, Farg’ona rassomlari haqidagi veb-sayt uchun ([url=http://ferghana.connect.uz/]http://ferghana.connect.uz/[/url]);
• Qarshi shahri San’at Kolleji o’qituvchisi Ismoilova Svetlana, “O’zbek milliy cholg’ular” sayti uchun ([url=http://karshi12.connect.uz/thinkquest/]http://karshi12.connect.uz/thinkquest/[/url]);
• Farg’ona 2-son maktabi o’qituvchisi Anna Bus, “Mehribonlik uyi” sayti uchun ([url=http://domrebenka-fg.ru/]http://domrebenka-fg.ru/[/url])

• “O’zbekiston xotin-qizlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi veb-blog” kategoriyasida Andijon viloyati Buloqboshi 43-maktab-internati o’quvchisi Abdullaeva Mashhura tomonidan ishlab chiqilgan veb blog ([url=http://connect.uz/blog/blog.php?user=124]http://connect.uz/blog/blog.php?user=124[/url]) eng yaxshi deb topildi.

“AKTdan foydalanish bo’yicha “Men, AKT, va oilam”, “Kompyuter va Internetni o’rganish yo’lim” mavzularida yozilgan eng yaxshi insho yoki hikoya” nominatsiyasi bo’yicha sovrindor o’rinlar quyidagicha belgilandi:

1-o’rin — Karimova Svetlana, jismoniy tarbiya o’qituvchisi, 1-sonli maktab, Andijon sh., «Я, ИКТ и моя семья» inshosi uchun ([url=http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=850&view=findpost&p=40964]http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=850&view=findpost&p=40964[/url]);

2-o’rin — Omonova Gulchiroy, 9-sinf o’quvchisi, 43-sonli maktab-internat, Buloqboshi, Andijon viloyati, «Internet- umid yulduzim» inshosi uchun;
([url=http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=850&view=findpost&p=41220]http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=850&view=findpost&p=41220[/url]);

3-o’rin – Berjanova Akjibek, Nukus shahri 2-sonli Akademik Litseyi 1-kurs talabasi, «Я, ИКТ и моя семья» inshosi uchun ([url=http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=850&view=findpost&p=41073]http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=850&view=findpost&p=41073[/url]).

Rag’batlantiruvchi sovrinni «Men AKT va oilam»hikoyasi uchun Andijon viloyati Buloqboshi tumani 43-sonli maktab-internati 9-sinf o’quvchisi Buvamatova Nigora qo’lga kiritdi
([url=http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=850&view=findpost&p=41060]http://www.connect.uz/children_forum/index.php?s=&showtopic=850&view=findpost&p=41060[/url])

2007 yil 28 mart kuni “Internetda ma’lumotni tez topish malakasi” nominatsiyasi bo’yicha viktorina hamda “Pazandachilik yoki kashtachilikda Internetdan eng yaxshi foydalanish” savdo yarmarkalari bo’lib u’tdi. Uning natijalariga ko’ra, quyidagi g’oliblar aniqlandi:
“Internetda ma’lumotni tez topish malakasi” nominatsiyasi bo’yicha:

1- o’rin Nasiba Mirzaaxmedova (Toshkent sh. 285-sonli maktab)
2- o’rin Nigora Badalbaeva (Andijon II Instituti talabasi)
3- o’rin Shaxnoza Boltaboeva (Termez sh. 11-sonli maktab o’quvchisi)

“Pazandachilik yoki kashtachilikda Internetdan eng yaxshi foydalanish” nominatsiyasi bo’yicha:

· “Pazandachilikda Internetdan eng yaxshi foydalanish” kategoriasi bo’yicha – Farg’ona 2-sonli Informatika o’qituvchisi Anna Bus g’olib deb topildi.
· “Kashtachilikda Internetdan eng yaxshi foydalanish” kategoriasi bo’yicha – Xalilova Aziza, Shaxrisabz shahri 93-sonli maktab 7-sinf o’quvchisi.

pic

Yuqorida ko’rsatilgan nominatsiyalar g’oliblari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlandilar.

28 mart kuni 5ta nominatsiyalardagi ishtiroki natijalari asosida Bosh sovrin g’oliblari aniqlandi:
Bosh sovrin hamda “O’zbekiston Internet Go’zali-2007” unvoni Andijon sh.1-sonli maktab o’qituvchisi Karimova Svetlanaga nasib etdi. Festivalga butun oilasini va maktab o’quvchilarini jalb qilgan va beshta nominatsiyalarga o’z ishlarini jo’natgan.

O’zbekiston Vice-Internet Go’zali-2007 unvoni va maxsus sovg’a bilan Farg’ona sh. 2-son maktab tarix fani o’qituvchisi Larisa Zubareva taqdirlandi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq