Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi
25.03.2007
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Bobir Shomaksudov.

pic
Hozirgi kunda axborot tizimida dolzarb masalalardan biri ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i(MUT)da xavfsizlikni ta’minlash masalasidir. Chunki MUT ning rivojlanishi, kengayishi uning xavfsizligini ta’minlashga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

MUT ga tahdid turli xil yo‘llar bilan uyushtirilishi mumkin va natijada quyidagi ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar kelib chiqishi mumkin:

• dasturiy qismiga yangi qo‘shimcha funksiya qo‘shish bilan, ya’ni virus va boshqa dasturiy ta’minotlar;
• axborot tizimida ma’lumotlardan ruxsatsiz, erkin foydalanish;
• boshqa bir foydalanuvchi nomidan ish yuritish, ya’ni uning huquqlaridan foydalanish;
• qayta uzatgich sifatida ikkita o‘zaro foydalanuvchining aloqa liniyasiga bog‘lanish;
• qachon, kim qanday ma’lumotni qaysi tarmoq resursidan olishini o‘rganish;
• noto‘g‘ri axborot kiritish;
• noto‘g‘ri axborot kiritish yo‘li bilan bayonnomani buzish.

Yuqorida keltirilgan hodisalarning oldini olish uchun MUTda xavfni tahlil qilish juda muhim xususiyatga ega. MUTda axborot xavfini tahlil qilishdan maqsad tarmoqlardagi va uning resurslaridagi xavf tavsifini aniqlashdan iborat.

Xavfni tahlil etish usuli

MUTda xavfni tahlil qilish usuli boshqa axborot tizimlaridan deyarli, farq qilmaydi. Ajralib turadigan qismi shundaki, MUT dagi boshlang‘ich omillarni, shuningdek, ishchan qismining muhimligini, tahdidning qoidabuzarligiga bog‘liqligini va tizimning zaif joylarini aniqlanishidadir.

MUT da xavfni tahlil etish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

• himoya o‘lchovi (chegarasi) va obyektni tasvirlash;
• resurslarni identifikatsiyalash (aynanlash) va uning sonli ko‘rsatkichini tahlil qilish;
• axborot xavfsizligini buzishga olib keluvchi tahdidni tahlil etish;
• zaifligini tahlil etish;
• axborot xavfsizligini ta’minlashdagi mavjud va gumon vositalarni tahlil etish;
• xavfni tahlil etish.

Axborot xavfsizligini tahlil etish — bu — MUT dagi axborot xavfsizligining tizim tavsifnomalarini o‘rganish jarayoni bo‘lib, u nomuvofiq voqealar ro‘y bergan taqdirda kutilayotgan zararni aniqlash maqsadida ehtimollik hisoblashlar yordamida o‘tkaziladi.
Xavf tahlilining vazifasi tizim u yoki bu xavfning nomuvofiqlik darajasini aniqlashdan iboratdir.

MUT dagi xavfni tahlil etishni olib borishda quyidagi holatlarga e’tibor berish kerak:

• mavjud xavf va uning darajasiga;
• mumkin bo‘lgan xavf darajasiga;
• MUT dagi zaif joylarga;
• xavfni mumkin bo‘lgan yo‘qolish darajasiga;

Har bir bo‘limlar uchun maxsus tekshiruv olib borish talab etiladi.

Xavfni tahlil etish o‘z ichiga axborot identifikatsiyasi resursini, qiymatini aniqlash va tahdid natijasida axborot xavfsizligining zararini aniqlashdan iboratdir. Xavfni tahlil etishning turli xil: asosiy va to‘liq qarashlari mavjud. Bulardan foydalanish talabga qarab tanlanadi. Masalan, korxonaning axborot xavfsiziligi darajasiga, tahdidning tavsifiga va unga qarshi choraning samaradorligiga bog‘liqdir.

Asosiy variant — bu kam mehnat talabligi bilan ajralib turadi. Asosiy variant korxona axborot resurslari hamda resurs qiymati katta bo‘lmaganda ishlatiladi. Shuning uchun, asosiy variantda tahdidni tahlil qilishda oddiyroq usul ishlatiladi. Uning kamchiligi shundaki, u tahdid xavfsizligini ehtimolligini baholamaydi.

Bu usul faqat, agar korxonaning himoya resursi katta bo‘lmaganda qo‘llash maqsadga muvofiqdir, aks holda, bu usul xavfsizlikni ta’minlashga yetarli bo‘lmaydi. Bunday hollarda to‘liq variant qo‘llaniladi. To‘liq xavf tahlilini o‘tkazishda quyidagilarni aniqlash zarurdir:

• tahdidning ehtimolligini baholash;
• resurslarning qiymatini aniqlash;
• resurslarning zaifligini aniqlash;
• xavfni baholash.

Xavf ehtimolligini baholash jarayoni, bu — tarmoq resurslarini va ularning infrastrukturasining axborotlarini birgalikda bog‘lanishdagi qiymati hamda zaiflik tomonlari himoya tarmog‘i tizimida axborot xavfining sonli o‘lchovini tashqi yangi texnologiyalar yoki yangi loyihalar bilan bog‘liq ravishda aniqlanishidir. To‘liq xavfni tahlil etishdan maqsad xavf tavsifini va uning resurslarini aniqlashdir, ya’ni MUT axborot xavfsizligini ta’minlashning zaruriy vositasini tanlashdan iborat. MUT xavfsizlikni ta’minlash quyidagi xavf ehtimolliklarni baholashni talab etadi:

• resurslarni identifikatsiyalashni va uning sonli ko‘rsatkichlarini baholash;
• tahdidni baholash;
• zaiflikni baholash;
• mavjud va tahmin qilinayotgan axborot ta’minlashdagi vositani baholash;
• xavf ehtimolligini baholash.

Dasturiy vositalar

Xavfni tahlil etish yetarlicha qiyin bo‘lgani, katta mehnat talab qilganligi uchun xavfni tahlil etishning dasturiy vositalari ishlab chiqilgan.

Hozirgi kunda sotuvda bir qancha xavfni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar mavjuddir. Hozirda keng qo‘llanilayotgan dasturiy vositalardan Kondor + va Grif ni ko‘rib chiqamiz.

Xavfni boshqarishning Kondor+ tizimi Rossiyadagi Digital Security komaniyasi mutaxassislarga (AT — boshqaruvchilari, xavfsizlik zobitlariga) korxona axborot xavfsizligi siyosatini tekshirishga mo‘ljallangan ISO 17799 standartiga asosan Kondor+ dasturiy mahsulotini yaratdi.

Kondor+ asosiy tahlil uchun ko‘proq mo‘ljallangan bo‘lib, ikki yuzdan ortiq savollarga ISO 17799 standartiga asosan mutaxassislar to‘liq ma’lumot oladilar. Hisobotda barcha xavfsizlik siyosatidagi standartlar ko‘rsatiladi.

Bu tizimdan foydalanuvchi hisobotni diagramma ko‘rinishida olish mumkin, ya’ni bu tizim xavfni ehtimolligini sifat usuli bilan aniqlaydi, ya’ni yuqori, o‘rtacha, past darajalar bilan. Grif — dasturiy vositasi Rossiyaning Digital Security kompaniyasi tomonidan yaratilgan.

Axborot xavfsizligida to‘liq axborot xavfini tahlil etishda Grif dasturiy vositasi qo‘llaniladi. Grif yordamida mustaqil tarzda AT boshqaruvchisi va tizim ma’muri, kompaniyaning axborot xavfsizligida mas’ul shaxs oddiy va oson yo‘l bilan xavfni ehtimolligini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Grif xavfni tahlil etish usuli besh bosqichdan iborat:

• Birinchi bosqichda korxonaning to‘liq axborot resurslari aniqlanadi.
• Ikkinchi bosqichda axborot tizimi uchun qimmatli bo‘lgan hamma ko‘rinishdagi axborotlar kiritiladi. Kirgizilgan guruhning qimmatli axboroti foydalanuvchi tomonidan oldin ko‘rsatilgan joyga joylashtirilishi kerak. (Server, ishchi stansiyalar va hokazo) har bir guruhning qimmatli axborotining zarari ko‘rsatiladi.
• Uchinchi bosqichda barcha ko‘rinishdagi foydalanuvchi guruhlar aniqlanadi, keyin bu guruhlar qaysi axborot resursidan foydalanishi aniqlanadi. Oxirida qimmatli axborotdan iborat resursdan foydalanuvchilarni ko‘rinishi (mahalliy va yoki masofaviy) va huquqlari (o‘qish, yozish, o‘chirish) aniqlanadi;
• To‘rtinchi bosqichda himoya vositasini aniqlash uchun so‘rov o‘tkaziladi. Shuningdek, himoya vositasini ta’minlashga ketadigan sarf ham tizimga kiritiladi;
• Tugallanuvchi bosqichda xavfsizlik siyosati savollari ro‘yxatiga javob berish zarurdir, amalga oshirilayotgan tizim, tizimning himoya darajasini baholashga va xavf ehtimolligini baholashga imkoniyat tug‘diradi.
• Bu bosqich mavjud xavf tizimini ishonchli baholash uchun zarurdir.
• Grif dasturiy kompleksining hisobot tizimi 3 qismdan tashkil topgan: birinchi «resurslarning axborot xavfi», ikkinchi «xavf va zararning o‘zaro bog‘liqligi», uchinchi «axborot tizimidagi mavjud xavf to‘g‘risida» umumiy xulosa.

Xulosa qilib aytganda, bu sohada ijod qilgan bir qator olimlar qarashlari hamda yuqoridagi fikrlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, MUT da axborot xavfsizligini ta’minlashda aniq tahlil va baholashning usul-vositalaridan foydalanish zarurdir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq