Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi
15.03.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar, idoralar, joylardagi hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi.

Majlisda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qabul qilingan ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlarning, Muvofiqlashtiruvchi kengash ishchi guruhlarining 2006 yilga mo‘ljallangan rejalarining bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunining bajarilishi batafsil tahlil qilinib, axborot jo‘natuvchini elektron identifikatsiyalash bo‘yicha foydalaniladigan tizimlarni rivojlantirish va joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot tinglandi. Bundan tashqari, ushbu yangilikni jamiyat faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etishning ijobiy jihatlari, shuningdek, aholi o‘rtasida elektron raqamli imzoni yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish istiqbollari muhokama etildi.

Shu bilan birga, ZiyoNET jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish va yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi ma’lumot tinglandi, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan ayrim vazirlik va idoralarning ishi tanqidiy baholandi.

Majlisda Muvofiqlashtiruvchi kengash ishchi guruhlari rahbarlari 2006 yilda bajarilgan ishlar xususida ma’lumot berdi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga mazkur ishchi guruhlar rejasining amalga oshirilishini tahlil qilish vazifasi topshirildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq