QUTLUG’ SANA KENG NISHONLANDI
20.02.2007
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

pic
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan 2007 yil 21 fevralda O’zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi ishtirokida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zbekiston fanlar akademiyasi va xalqaro ekoenergiya akademiyasi a’zosi, texnika fanlari doktori, professor, akademik sermahsul ijodkor va ko’pqirrali tadqiqotchi-olim Jo’ra Abdullayev tavalludining 80 yilligi, mehnat, ilmiy-pedagogik faoliyatining 60 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish muammolari masalalariga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Konferensiyada respublikamiz hamda MDH mamlakatlari yetakchi pedagog-olimlari, fan va davlat arboblari tomonidan olim, fan va ta’lim tashkilotchisi, uztoz Jo’ra Abdullayevning hayot yo’li va ilmiy faoliyati, xususan, uning qalamiga mansub 9 ta monografiya va o’quv qo’llanmalar, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar, 40 dan ortiq mualliflik guvohnomasi hamda patentlar olishga muyassar bo’lgan fan arbobi, fan fidoyisiga bag’ishlangan hamda turli ilmiy mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi.

O’z tavalludining 80 yilligini yangi ilmiy-ijodiy izlanishlar bilan kutib olayotgan atoqli olim, akademik Jo’ra Abdullayevga ilmiy faoliyati yanada samarali bo’lishi borasidagi ko’plab tilaklar bildirildi.

pic

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq