BLOGOSFERA NOOSFERAGA NAQLIY BLOK BO’LSIN
12.02.2007
Rukn: Internet.
Muallif: Davron Maxmadiyarov.

pic
Maqolada blog tushunchasi va etimologiyasi, bloglarning xususiyatlari, turlari va texnik asosi, blogosferaning buguni hamda kelajagi xususida so‘z yuritiladi.

Biosfera evolyutsiyasi va noosfera Biosfera — Yerning tirik organizmlar (hayot) mavjud bo‘lgan sirtqi qobig‘i. U atmosferaning ozon qatlamigacha bo‘lgan pastki qismi (troposfera, 25-30 km), butun gidrosfera (daryo, dengiz, okeanlar) hamda yer qobig‘ining ustki qismi (litosfera)ni o‘z ichiga oladi. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limot rus olimi V.I.Vernadskiy (1864.28.2-1945.6.1) tomonidan ishlab chiqilgan (1926 y.). U biosfera o‘z evolyutsiyasi davomida yangi sifat holati — noosfera (aql-idrok sferasi)ga o‘tishi tabiiy jarayon degan muhim xulosani bildirgan. Olim geoximik jarayonlarga inson ongi va jamoaviy aql-idrokning ta’siri tobora ortayotganligini ta’kidlab, o‘z ta’limotida «noosferani yaratadigan asosiy geologik kuch ilmiy bilimlarning ortishida» ekanligini birinchi bo‘lib asoslab bergan.

Mutaxassislar fikricha, jarayon uch bosqichda kuzatiladi: biotexnosfera, nootexnosfera va nookosmosfera. Hozirda biotexnosferaning shakllanishi tugallanish arafasida. Nootexnosferaning farqlovchi xususiyati shundaki, insonning geologik faoliyati to‘laligicha ilmiy-texnikaviy tafakkur yutuqlari bilan boshqariladi. Ilmiy tafakkur sayyoraviy voqelikga aylanadi. Nookosmosfera bosqichida esa ilmiy g‘oya samoviy voqea tusini oladi. Kosmonavtika, aloqa vositalari va axborot texnologiyalarining rivojlanish sur’ati, yangi turdagi energiyaning yaratilishi ilmiy g‘oyalarning sayyoradan tashqariga chiqib ketishi uchun sharoit hozirlaydi.

Blog va blogosfera xususida

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari — matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari va boshqalarning jamiyat a’zolariga ta’sir kuchi «to‘rtinchi hokimiyat» nomini olgani ko‘pchilikka ayon. U hokimiyatni keng omma bilan va xalqni hokimiyat bilan bog‘lashining samarali vositasi deb e’tirof etilmoqda. Ayni chog‘da unga xalqqa huquqiy, ilmiy, siyosiy, axloqiy, ma’naviy ma’rifat tarqatishning zaruriy vositasi va sharqona demokratiya minbari sifatida qaralmoqda.

Xo‘sh, blog o‘zi nima? U oddiy kundalikmi, saytmi, ommaviy axborot vositasimi? Bu kabi savollarga aniq va qisqa javob topish oson emas. Negaki, qarashlar, fikrlar turlicha, ayni chog‘da ta’riflar ham ko‘p. Shu o‘rinda bir gap. Hazrat Alisher Navoiy «Ko‘rlar va fil hikoyati»da ta’kidlaganidek, aslida filni ko‘rmagan, u haqda hatto yaxshi so‘rab ham olmaganlarning so‘zlari to‘g‘ri bo‘lsa-da, barchasi nuqsonli bo‘lib, ularda tartib mavjud emas edi. Lekin, filbonlik sohasida hindistonlik yetuk donishmandning fikricha, aytilgan barcha sifatlar jamlansa, fil to‘g‘risida muayyan tasavvur paydo bo‘ladi. Falsafiy hikoyat xulosasi ham serqirra, ham ta’sirchan: kishi ma’rifatli bo‘lmog‘i va doimo mukammal bilim olmog‘i darkor.

Etimologiyasi. «Blog» so‘zining etimologiyasi: web log (1997) -> wee-blog (1999) -> blog. «Web log»ning so‘zma-so‘z tarjimasi «veb-yozuv». U kundalik voqea (hodisa) yoki faoliyat yozuvlari ma’nosini anglatadi. Ko‘pgina manbalarda qayd etilishicha, WWW xizmatining ixtirochisi Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee) tomonidan 1992 yil yaratilgan dastlabki web-sahifa retrospektiv jihatdan birinchi blog deb hisoblanadi. Bloglarning keng tarqalishi 1996 yildan boshlangan. 1999 yil Pyra Labs (San-Fransisko) kompyuter kompaniyasi «Blogger» sayti orqali ilk bor bepul blog xizmati ko‘rsatishni boshlagan. Keyinchalik uni Google kompaniyasi sotib olgan. «Red Graphic Systems» kompaniyasi a’zolari rus tilidagi dastlabki korporativ blog (http://blog.redgraphic.ru) mualliflaridir. Manbalarda qayd etilgan ta’riflar turlicha. Mana ularning ayrimlari: Blog (inglizcha «web log»dan blog — «virtual tarmoq jurnali yoki voqea-hodisalar kundaligi») — tarkibi (kontenti)ning asosini muntazam qo‘shib boriladigan yozuvlar, tasvirlar yoki multimedialar tashkil qiluvchi web-saytdir [Vikipediya]; Blog — bir yoki bir necha mualliflarning tarmoq kundaligi bo‘lib, undagi yozuvlar teskari xronologik tartibda jamlangan [Yandeks].

Ijtimoiy ma’noda blog — bu tarmoqdagi muloqot, muallif (mualliflar) bilan o‘quvchilarning bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatish muhitidir. Bloglarni yurituvchi shaxslar bloggerlar deyiladi. Global tarmoqdagi barcha bloglar majmui blogosfera deb nomlanadi.

Xususiyatlari, texnologiyalari va turlari. Blog mustaqil resurs yoxud qandaydir web-loyihaning tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin. Blogning o‘ziga xos xususiyatlari:

• oshkoroligi, ya’ni boshqa Internet foydalanuvchilari ham uni bemalol o‘qishlari mumkin (blog oddiy kundalikdan shu jihati bilan farq qiladi);
• «sanaviyligi», blogdagi yozuvlar teskari xronologik tartib bilan (yuqorida eng so‘nggi, pastda esa avvalgilari) baayni «yangiliklar lentasi» ko‘rinishida e’lon qilinadi;
• «muallifliligi», blog mohiyatiga ko‘ra o‘z muallifi (mualliflari)ning fikr-mulohazalarini tarqatadi va shu jihati bilan forumlardan farq qiladi;
• tashrif buyuruvchilar uchun maqolalar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatining mavjudligi muallif bilan muxlis o‘rtasida dialog uchun sharoit hozirlaydi.

Bloglarda quyidagi texnologiyalar qo‘llanilishi mumkin:

• Blogrolling — bloglararo havolalar almashuvini amalga oshirish;
• RSS — yangiliklar lentasi, maqolalar anonsi, bloglardagi o‘zgarishlar va boshqalarni tavsiflashga mo‘ljallangan XML-formatlar guruhi.
• Mualliflar tarkibiga qarab shaxsiy, guruhli (korporativ, klub, …) yoki jamoaviy (ochiq) bloglar farqlanadi.

Ya’ni:

• Shaxsiy (bunday blog ko‘pincha, on-line kundalik deb ataladi). Unda muallif o‘z qarashlari, fikr-mulohazalari va fotosuratlarini e’lon qilishi, do‘stlari yoki keng jamoatchilik bilan qiziqarli Internet resurslarga havolalar almashib turishi mumkin;
• Guruhli. Odatda blogning bu turi muayyan mavzuga yoki umumiy qiziqish sohasiga bag‘ishlangan bo‘ladi;
• Jamoaviy. Keng jamoatchilikka umumiy tahrir uchun blogning bu turi doim ochiq.

pic

Texnik asosi. Blogning texnik asosini dasturiy ta’minot (DT) tashkil etadi, qaysiki u muallif (mualliflar) va o‘quvchilarga yangi yozuv qo‘shishlari (o‘zgartishlari), sharh (tushuntirish)larini bayon etishlari hamda ularni global tarmoqda e’lon qilishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Bunday DT blogning «harakatlantirgichi» (inglizcha engine — motor, dvigatel; ruscha — «dvijok» bloga) deyiladi va kontentni boshqarishi tizimi (Content management system, CMS)ning turlaridan biri hisoblanadi. Bloglarni yuritishda qo‘llanilayotgan dasturiy ta’minot turlari: AJAXPress ( [url=http://www.ajaxpress.org]http://www.ajaxpress.org[/url] ), b2evolution ( [url=http://b2evolution.net]http://b2evolution.net[/url] ), bBlog ( [url=http://www.bblog.com]http://www.bblog.com[/url] ), Blosxom ( [url=http://www.blosxom.com]http://www.blosxom.com[/url] ), BLOG:CMS ( [url=http://blogcms.com]http://blogcms.com[/url] ), CuteNews ( [url=http://cutephp.com/cutenews]http://cutephp.com/cutenews[/url] ), Drupal ( [url=http://drupal.org]http://drupal.org[/url] ), Movable Type ( [url=http://www.sixapart.com/movabletype]http://www.sixapart.com/movabletype[/url] ), Textpattern ( [url=http://textpattern.com]http://textpattern.com[/url] ), Geeklog ( [url=http://www.geeklog.net]http://www.geeklog.net[/url] ), InTerra Blog Machine ( [url=http://npj.dull.ru/InTerra]http://npj.dull.ru/InTerra[/url] ), ExpressionEngine ( [url=http://www.pmachine.com/ee]http://www.pmachine.com/ee[/url] ), Serendipity ( [url=http://www.s9y.org]http://www.s9y.org[/url] ), Strawberry ( [url=http://strawberry.goodgirl.ru]http://strawberry.goodgirl.ru[/url] ), jDnevnik ( [url=http://jdnevnik.com]http://jdnevnik.com[/url] ), Greymatter ( [url=http://noahgrey.com/greysoft]http://noahgrey.com/greysoft[/url] ), Nucleus CMS ( [url=http://www.nucleuscms.org]http://www.nucleuscms.org[/url] ), MicroBlog ( [url=http://microblog.bakmil.com]http://microblog.bakmil.com[/url] ), Typo ( [url=http://www.typosphere.org]http://www.typosphere.org[/url] ), Pivot ( [url=http://www.pivotlog.net]http://www.pivotlog.net[/url] ), WordPress ( [url=http://wordpress.org]http://wordpress.org[/url] ).
Jahonda mashhur blog-xizmatlari: xorijda TypePad ( [url=http://www.typepad.com]http://www.typepad.com[/url] ), LiveJournal ( [url=http://www.livejournal.com]http://www.livejournal.com[/url] ), Blogger ( [url=http://www.blogger.com]http://www.blogger.com[/url] ), WordPress.com ( [url=http://wordpress.com]http://wordpress.com[/url] ), Zaadz ( [url=http://www.zaadz.com]http://www.zaadz.com[/url] ), Blogging.com ( [url=http://www.blogging.com]http://www.blogging.com[/url] ), BlogHarbor ( [url=http://www.blogharbor.com]http://www.blogharbor.com[/url] ), DearDiary.Net ( [url=http://www.deardiary.net]http://www.deardiary.net[/url] ), MSN Spaces ( [url=http://spaces.live.com]http://spaces.live.com[/url] ), VOX ( [url=http://www.vox.com]http://www.vox.com[/url] ), Blog.De ( [url=http://www.blog.de]http://www.blog.de[/url] ), DeadJournal.com ( [url=http://www.deadjournal.com]http://www.deadjournal.com[/url] ), Opera Community Blogs ( [url=http://my.opera.com/community/blogs]http://my.opera.com/community/blogs[/url] ), E-blogs.info ( [url=http://www.e-blogs.info]http://www.e-blogs.info[/url] );
рус тилида Блоги@mail.ru ( [url=http://blogs.mail.ru]http://blogs.mail.ru[/url] ), Blog.ru ( [url=http://blog.ru]http://blog.ru[/url] ), Высадка ( [url=http://vysadka.ru]http://vysadka.ru[/url] ), КомиБлог ( [url=http://komiblog.ru]http://komiblog.ru[/url] ), LiveInternet.ru ( [url=http://www.liveinternet.ru]http://www.liveinternet.ru[/url] ), Diary.ru ( [url=http://www.diary.ru]http://www.diary.ru[/url] ), Lj.Rossia.Org ( [url=http://www.lj.rossia.org]http://www.lj.rossia.org[/url] ).

pic

Blogosferaning o‘zbekcha bloki

Blogosferaning o‘zbek segmenti hozircha bloglarga boy emasligini e’tirof etish zarur. Biroq, tashabbuskor (entuziast) ijodkorlar jim turgani yo‘q. Shubhasiz, Mashrab Quvatov shunday bloggerlar sirasidan ( [url=http://mashrab-kuvatov.blogspot.com]http://mashrab-kuvatov.blogspot.com[/url] , 2006.09.26). U Linux operasion sistemasinining o‘zbekcha variantini yaratishga qo‘l urganlardan (fizika sohasida mutaxassis: Bremen Universiteti, Atrof-muhit fizika institutida tahsil olgan).

«Tafakkur yolqinlari» deb nomlangan blogda falsafa, siyosat, adabiyot, san’at, xalqaro munosabatlar, sport va boshqa sohalarga oid turli mavzulardagi yangiliklar keng o‘rin berilgan ( [url=http://fikrvafakt.blogspot.com]http://fikrvafakt.blogspot.com[/url] , 2005.12.24). Mualliflar fikricha, asosiy e’tibor shaklga emas, mazmunga, tanqidiy fikrlashga qaratiladi.

«Barbaris» blogi ( [url=http://www.barbaris.uz]http://www.barbaris.uz[/url] , 2006, 04.29) o‘quvchilarni Uznet faoliyati bilan yaqindan tanishtiradi. Ma’lumotlar muayyan tartibda, o‘ziga xos tasnifda. «Texnoblog» ( [url=http://techblog.uz]http://techblog.uz[/url] , 2006.06.24)ni yuritib turgan Temirchi va Ustaboboning tili o‘tkir, fikri tiniq. Ruknlar bir olam, bir-biridan qiziqarli va yangiliklarga boy. Yana bir blog ( [url=http://blog.shavkatov.com]http://blog.shavkatov.com[/url] , 2006.08.16) ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan, muntazam tanishib bormoqchi bo‘lganlarni aslo befarq qoldirmaydi.

«Toshkentdagi qozoqlar» («Kazaxi Tashkenta») blogi ( [url=http://www.kazakh.mp3uz.com/blog]http://www.kazakh.mp3uz.com/blog[/url] , 2006.08.30) o‘quvchilarni yangiliklar, sharhlar, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi, qozoq halqining an’analari, musiqasi, pazandaligi, kompyuter va dasturiy ta’minot, axborot resurslariga oid ma’lumotlar bilan tanishtiradi (2006. 11.01). «Yangi O‘zbek so‘zi» («Novoe Uzbekskoe slovo») blogi ( [url=http://bukharainfo.com/blog]http://bukharainfo.com/blog[/url] )da esa madaniyat va sport yangiliklariga keng o‘rin ajratilgan.

Mashhur mo‘yqalam sohibining «Bozor.org» ( [url=http://www.bozor.org/blog]http://www.bozor.org/blog[/url] ) blogi rubrikalarga boy: «yangiliklar», «sharhlar», «maslahatlar», «musiqa», «konsertlar», «salomatlik» va boshqalar.

Ovro‘pada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik opalar «Ayollar bekati» blogi ( [url=http://ayollar.wordpress.com]http://ayollar.wordpress.com[/url] , 2006.05.31)da xotin-qizlar hayoti va ijodiga doir mavzularda «qalam» tebratishni ixtiyor qilishibdi. Sahifadan «Go‘zallik va moda», «Ilm-fan», «Oila va turmush tarzi», «Salomatlik» kabi ruknlar o‘rin olgan.

«KamolaNavo» blogi ( [url=http://www.kamolanavo.blogspot.com]http://www.kamolanavo.blogspot.com[/url] , 2006.03.26)ning muallifi — jurnalist. Kamola ko‘ngil navolarini kuylashga ishtiyoqmand ko‘rinadi. Uning orzulari ham bir dunyo.

2005 yil sentabrda ish boshlagan «LIVE.uz — Toshkentning jonli hayoti» («LIVE.uz — Jivaya jizn Tashkenta» ) loyihasi mualliflari to‘rt nafar maslakdosh. Sahifa ( [url=http://live.uz]http://live.uz[/url] ) nafaqat poytaxt mehmonlariga, balki toshkentliklarga ham shahar bo‘ylab eng yaxshi yo‘lko‘rsatkich deyish mumkin.

Farg‘onalik bloggerlar o‘quvchilarni go‘zal shahar yangiliklari bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida blog ( [url=http://www.fargonadan.biz]http://www.fargonadan.biz[/url] , 2006.11.20) ochishgan.
O‘zbek tilidagi yangi blog ( [url=http://anurali.blogspot.com]http://anurali.blogspot.com[/url] , 2006.10.21) muallifi Nurali Abdurahmonov esa shunday yozadi: «Ushbu blogda Linuks olamidagi yangiliklarni yozib borishga harakat qilaman. O‘z navbatida, EastLinux haqida eng yangi xabarlarni ham mazkur blogdan topishingiz mumkin bo‘ladi».

pic

Blogosfera dinamikasi
va kibermakon kelajagi

Statistika. «Technorati» ( [url=http://www.technorati.com]http://www.technorati.com[/url] ) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 18,8 mln. blog ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning umumiy auditoriyasi 50 mln. nafar kishini tashkil etadi.

Yandeks qidiruv tizimida rus tilidagi blogosferaga oid qiziqarli ma’lumotlar e’lon qilingan ( [url=http://company.yandex.ru/news/2006/0926/index.xml]http://company.yandex.ru/news/2006/0926/index.xml[/url] ). Ma’lum bo‘lishicha: » 2006 yil sentabr oyi holati bo‘yicha Runetda 1150000 ta blog faoliyat ko‘rsatgan (2007.01.12 da esa 1288104 ta);

• rus tilidagi blogosferaning o‘sish dinamikasi eksponenta bo‘yicha borayotganligi qayd etilgan;
• 2005 yil har soatda 20 ta yangi blog paydo bo‘lgan bo‘lsa, 2006 yili bu ko‘rsatkich 100 tani tashkil etgan;
• har daqiqada o‘rtacha uchta yangi yozuv paydo bo‘lar ekan;
• kundalik yuritayotgan mualliflarning ko‘pchiligi (60 foizdan yuqori) mahalliy blog-xostinglardan foydalanishadi;
• har kuni mahalliy blogferada 1440 ta yangi blog paydo bo‘lsa, Livejournal.com da — 750 ta.
• rossiyalik bloggerlar uchun to‘rtta blog-xosting mashhur: LiveJournal.com (butun rus tilidagi blogosferadan har kunlik yozuvlarning 44,78 foizi), LiveInternet.ru (19,98%), Diary.ru (13,15%) va Blogs.mail.ru (7,34%).

Mamlakatdagi bloggerlarning 60 foizi ayollar, 40 foizi — erkaklar. Ularning o‘rtacha yoshi 21 da (bu rossiyalik Internetdan foydalanuvchilarning o‘rtacha yoshidan anchagina kichik). Bloggerlar asosan, yirik shaharlar (Moskva va Sankt-Peterburg)da yashaydi (80%).
Tanlovlar. Yangicha aloqa usuli sifatida bloglarning shuhrati tobora oshib borayotgani sir emas. Shu bois, u yoki bu toifadagi eng yaxshi bloglarni aniqlash maqsadida turli tanlovlar ham e’lon qilinmoqda. 2004 yildan boshlab, «Nemis to‘lqini» teleradiokompaniyasining internet-bo‘linmasi «Eng yaxshi blog» xalqaro tanlovini o‘tkazib kelmoqda. Bu tanlov yetti: ingliz, arab, ispan, xitoy, nemis, portugal va rus tilidagi bloglar o‘rtasida tashkil etilgan.
Yangi yil arafasida «O‘zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan «Eng yaxshi maktab web-sayti» tanlovi e’lon qilindi va uning g‘oliblari munosib taqdirlandi ( [url=http://www.uzinfocom.uz/news/center/show/106/]http://www.uzinfocom.uz/news/center/show/106/[/url] ). Tahsinga loyiq, ibratli tadbir. Yaqin kelajakda bunday tanlovlarlarga bloggerlar ham jalb etilsa, ne ajab.

Yaxshi blog — naqliy bitik. Bugungi kunda blog o‘ziga xos reklama maydonchasi maqomini egallagan. Blog- kelajak jurnalistikasi, deydiganlar ham yo‘q emas. Nima bo‘lganda ham… Mashhur yozuvchi O‘tkir Hoshimov yozganidek, ko‘pchilik qalam ahlining bitta ojizligi bor: hammasi — «birinchi!» Holbuki, kim «birinchi», kim «yuzinchi», kim umuman, «hech nechanchi emas» — kitobxon hal qiladi. Shu gap aynan bloggerlarga ham taalluqli.

Darvoqe, blog global tarmoqda maqolani tez va oson, birinchilar qatori e’lon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shunga qaramasdan, blogger «birinchi» bo‘lishdan ko‘ra, dolzarb ijtimoiy va maxsus axborotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, ya’ni, keng jamoatchilikka eng kerakli va qiziqarli ma’lumotlarni bexato, lo‘nda va sermazmun axborot sifatida yetkazishni afzal ko‘rgani ma’qul. «Hayot uchun nihoyatda muhim» sanalmish axborotni e’lon qilishdan oldin yana bir tanqidiy nazar ortiqcha bo‘lmas. So‘z erkinligi xayolimga kelganini o‘ylaganimday yozaveraman degani emas. Besarhad virtual olamda WWW xizmati senzurasiz ish yuritar, lekin vijdon bor-ku. Qolaversa, ilmiy ifoda, publisistik til, jurnalistik tahlil degan gaplar bor, ularni uyg‘unlashtirib ijod qilish besamar bo‘lgan emas. Darhaqiqat, shoir Abdulla Oripov fikriga quloq tuting: «Men publisistikani sergaplik emas, kamgaplik deb, jang-jadallar, yerga urishlaru ko‘kka ko‘tarishlar quroli emas, chinakam badiiy tafakkurning eng dolzarb turi, zamondoshlarga qaratilgan dil so‘zlari, badiiy tafakkur yo‘sini deb bilaman». Albatta, buning amaliy ijrosi dilda ezgu fikr uyg‘otadi. Ana shundagina o‘quvchi mutolaaga sarflagan vaqtiga rozi bo‘ladi.

Blog yuritish dinamik jarayon. Vaqt beto‘xtov, yozuvlar soniya sayin ortadi. Yangiliklardan boxabar muallif voqea-hodisalar to‘g‘risida fikr yuritadi, ularni imkon qadar anglaydi va o‘z munosabatini bildiradi. Tajribada to‘plangan bilimlar asosida voqea-hodisa va jarayonlarga yangicha talqin beriladi. Qolaversa, raqamli olamda o‘zlikni anglash uchun zamin yaratiladi. Shu asnoda yangi g‘oyalar yuzaga chiqadi. Blog esa ularning tarqalishi va rivojlanishi uchun muhit yaratadi.

Axborotlar asrida yutuqlar bisyor, biroq muammolar kam emas. «Raqamli tengsizlik» baralla bo‘y ko‘rsatib turgan bu zamonda «Internet-bog‘liqlik» kasali tobora xuruj olayotgani ham sir emas. Bir tomonda «informatsion portlash», ayni chog‘da «informatsion ochlik». Binobarin, har bir mamlakatda elektron va Internet nashrlarni yagona tizim, aniqrog‘i «Kitob raqamlashning xalqaro standarti» (ISDN — International Standart Book Number) asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Negaki, u virtual olamdagi barcha ma’lumotlar bazasi (banki) va axborot resurslarini tartibga solish, tasniflash, ulardan unumli foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, nashriy asarlar va hujjatli materiallarni tasniflash xalqaro sistemasi hisoblanmish «universal o‘nli tasniflash» (UDK — universalnaya desyatichnaya klassifikatsiya) borligini ham unutmaslik kerak. Bu sistema davlatlararo axborot almashuv jarayonida ham juda qulaydir. Zero, raqamlar tili barchaga tushunarli va yaxshi esda qoladi.

Kelajakda mo‘’jizaviy mamlakat (kibermakon)da yadro xavfsizligini ta’minlash, ekologik tanglik xavfini kamaytirish, terrorizm va diniy ekstremizm balosini daf qilishi kabi muammolar, axborot industriyasini «chiqitsiz texnologiya» asosida tashkil etish va rivojlantirish singari masalalar kun tartibida bo‘lmas ehtimol. Negaki, butun dunyoda tinchlik, o‘zaro hamkorlik, bir-birini tushunish, aql bilan ish yuritish qaror topgan global ijtimoiy-informatsion jamiyatda o‘zgacha bo‘lishi ham mumkin emas. Noosfera esa aql-idrok sferasi, unda inson tafakkuri ustuvor, hukmron bo‘lajak. Binobarin, pishiq va puxta bitiklardan ishlangan blogosferagina noosferaga naqliy blok bo‘lg‘usidir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq