Nashrga topshirildi №6

Forumda muhokama qilish

Yangi nashr: Axborot texnologiyalari 28.02.2007 — Rukn: Yangiliklar

pic
Ushbu nomda BMT Taraqqiyot dasturining “AKT siyosati” (ICTP) loyihasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida o'zbek tilida yangi o'quv qo'llanmasi bosmadan chiqdi.

YANGI INTEL TO’RTYADROLI PROSESSORLARI ISH JOYI KOMPYUTERLARI VA SERVERLAR UCHUN MAHSULOTLAR TURKUMINI KENGAYTIRADI 25.02.2007 — Rukn: Texnologiya

pic
2007 yil yanvar oyi boshlarida Las-Vegasda bo'lib o'tgan CONSUMER ELECTRONICS SHOW (CES) 2007 xalqaro ko'rgazmasida Intel korporasiyasi yana uchta to'rt yadroli, shu jumladan Intel®Core™2 Quad savdo belgisi bilan ish joyi kompyuterlari uchun prosessor modelini ham rasmiy taqdim etdi. Endi to'rt yadroli prosessorlar bilan kompyuterlarni barcha sotib olishi mumkin bo'ladi. Hozirgi kunda Intel korporasiyasi ish joyi kompyuterlari va korporativ server-sistemalar bozor segmenti uchun mo'ljallangan to'rt yadroli prosessorlar to'qqizta modellarini taqdim etadi.

Tanlov e’lon qilindi 21.02.2007 — Rukn: Yangiliklar

pic
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot va internet nashrlarda jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlar tezkor, xolis va haqqoniy, tahliliy jihatdan yuksak saviyada yoritilgan materiallar ko‘lamini oshirish, bosma nashrlarni shaklan va mazmunan takomillashtirish, ularning jahon standartlariga mos rivojlanishi, dunyo axborot maydonida o‘z o‘rnini egallashi, raqobatbardosh bo‘lishi, nufuzi oshishiga ko‘maklashish, jurnalistlarning kasb mahoratini oshirish, nashrlar o‘rtasida professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashishga yordam ko‘rsatish, iqtidorli mualliflarni rag‘batlantirish maqsadida gazeta, jurnallar, internet agentliklari va nashrlari o‘rtasida o‘tkazayotgan “E’tirof” tanlovi davom etadi.

QUTLUG’ SANA KENG NISHONLANDI 20.02.2007 — Rukn: Yangiliklar

pic
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan 2007 yil 21 fevralda O'zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi, O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi ishtirokida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zbekiston fanlar akademiyasi va xalqaro ekoenergiya akademiyasi a'zosi, texnika fanlari doktori, professor, akademik sermahsul ijodkor va ko'pqirrali tadqiqotchi-olim Jo'ra Abdullayev tavalludining 80 yilligi, mehnat, ilmiy-pedagogik faoliyatining 60 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish muammolari masalalariga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

WEB SAHIFALAR FANLARARO ALOQADORLIK VOSITASI SIFATIDA 14.02.2007 — Rukn: Internet

pic
Global axborot tarmoqlarining keng tarqalib borishi bilan axborotlarga alohida munosabat hamda ulardan foydalanishga bo‘lgan intilishlar ko‘lami ham kengayib boradi. Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish sababli rasmiy ta'lim tizimlaridagi ayrim komponentlar o‘zining axborot ahamiyatini yo‘qotadi.

BLOGOSFERA NOOSFERAGA NAQLIY BLOK BO’LSIN 12.02.2007 — Rukn: Internet

pic
Maqolada blog tushunchasi va etimologiyasi, bloglarning xususiyatlari, turlari va texnik asosi, blogosferaning buguni hamda kelajagi xususida so‘z yuritiladi.

‘8-MART’ BAYRAMIGA BAG’ISHLANGAN XOTIN-QIZLAR INTERNET FESTIVALI - 2007 05.02.2007 — Rukn: Yangiliklar

pic
Boshlanish Sanasi: 2 Fevral, 2007 Yankunlov Sanasi: 31 Mart, 2007
Qatnashchilar: qizlar, onalar, buvilar va katta buvilar (yoshi chegaralanmagan)