ISH JOYI TIZIMLARI UCHUN MOBIL PLATFORMA
25.01.2007
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

pic
Intel mobile on Desktop (MoDT) texnologiyasi bo’yicha bajarilgan Gigabyte va MSI tizimli platalari Barchasi o’z oqimida boradi, barchasi o’zgarib boradi. Qachonlardir portativ kompyuterlar uchun barcha mobil komponentlari faqat ish joyi tizimlari uchun prosessorlar va chipsetlar asosida ishlab chiqilar edi. Biroq Intel kompaniyasi prosessorlar asosida mobil shaxsiy kompyuterlar uchun Intel Centrino platformasini va muhim hisoblangan maxsus mobil kompyuterlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan tizimli logika mikrosxemalari to’plamini muvaffaqiyatli amalga oshirganidan so’ng vaziyatni o’zgartirish mumkin bo’ldi va endi ish joyi tizimlari Intel mobile on Desktop (MoDT) yangi platformaga ega bo’ldilar, bu platformada Intel Centrino platformasi komponentlaridan foydalaniladi.

Yuksak mahsuldorlik va past issiqlik ajratuvchi komponentlarga ehtiyoj avtonom ishlash vaqti keskin muammo hisoblangan faqat mobil shaxsiy kompyuterlar uchun emas, balki barcha qurilmalar uchun kattadir.

Yuksak mahsuldorlikka ega ish joyi tizimlarining komponentlari ko’p issiqlik ajratishi hatto kichik korxonalar hisoblangan kompaniyalar ham ko’p energiya sarflash masalasi ustida jiddiy o’ylay boshlariga olib keldi. Faqat iqtisodiy omillardan tashqari bir ofisda ishlovchi kompyuterlarning katta shovqin hosil qilishlari, ayniqsa yoz oylarida ishonchliliklari pasayishi bilan bog’liq muammolar ham mavjud. Bir hisoblab ko’ring, atigi 15 xodim ishlaydigan ofis misol uchun 3-5 kilovatdan ko’p elektr energiyasi sarflaydi, bundan tashqari sovutish yoki isitish kabi qurilmalar ham mavjud. Prosessorlar va boshqa komponentlarning ko’p energiya sarflashlari serverlar ishlab chiqaruvchilarni tashvishlantiradi.

Serverlar yuksak samaradorlikka va undan ham ko’proq ishonchlilikka ega bo’lishlari kerak. Ko’pchilik tashkilotlar maxsus qurilmalarga o’rnatilgan bir necha serverlarga egadirlar. Bunday serverli tizimlar yuksak mahsuldorlik, uzluksiz ishlash kabi kichik hajmlarga ega bo’lishlari kerak. Mana shu mazmunda yuksak mahsuldorligini saqlab qolgan holda iloji boricha ixcham va juda kam energiya sarflaydigan bleyd-serverlar (Blade-lezviya inglizcha so’zidan) deb ataluvchi ingichka serverlar juda mashhurdirlar.

pic

Eng mahsuldor Intel prosessorlari bugungi kunda 90-130 Vatt atrofida issiqlik ajratadi, chipset ham 50 Vatt issiqlik hosil qiladi. Intel® Core Duo mobil prosessorlarida issiqlik ajratish maksimum 50 Vattni tashkil etadi (2,33 GGs chastotali modellar uchun), chipset issiqlik hosil qilishi esa 15 att gacha kamaytirilgan. Yonah mobil prosessorini yaratishda Intel kompaniyasi mahsuldorligini oshirish va issiqlik ajratishini kamaytirish uchun ko’plab texnologiyalarni qo’lladi.
Intel Core (Yonah) prosessorini ishlab chiqarishda 65-nm yangi texnologik jarayonini qo’llash hisobiga tranzistorlar kattaliklarini kamaytirishga va kristalda elementlar joylashtirish zichligini oshirish bilan bir qatorda Yonah yadrosi bilan prosessorlar quyidagi qator ko’rsatkichlarga ega:
Prosessor imkoniyatlarini taqsimlash bilan ikki yadroda topshiriqlar tarmoqlarini parallel bajaradi. Kiritilgan kesh L1: 32 Kb instruksiyalar va 32 Kb ma’lumotlar uchun.
L2 — Intel Smart Cache kesh-xotirasi. Kesh-xotirasidan samarali foydalanishni ta’minlovchi Advanced Transfer Cache arxitekturasi bilan ishlaydigan 2 Mb hajmga va 2 yadroli sistema mahsuldorligini oshirish hamda energiya sarflashni kamaytirish uchun prosessorli shinasiga ega.

Intel Digital Media Boost — katta hajmdagi resurslarni talab etuvchi turli — audio/video tasvirlarni, uch o’lchamli grafika yoki ilmiy hisoblashlarni ishlab chiqish yuksak mahsuldorligini ta’minlovchi Streaming SIMD Extensions 2 (SSE2) va Boost Streaming SIMD Extensions 3 (SSE3) klassdagi instruksiyalarni ishlab chiqishni yaxshilovchi prosessor arxitekturasi yangi elementi Tarmoqlanishni xabar qiluvchi takomillashtirilgan arxitekturasi — Advanced Branch Prediction, xabarlar uch turini o’z ichiga oladi: Global, Bi-Modal va Loop Detector. Prosessor eng qulay algoritmni avtomatik tanlaydi, bu tarmoqlanish xato xabarlarini sonini kamaytiradi 667 MGs chastotasi bilan sistema shinasi, energiya sarflash bo’yicha takomillashtirilgan bo’lib, manzillar va ma’lumotlarni birgalikda yetkazish uchun Source-Synchronous Transfer (SST) protokolidan foydalaniladi. Bu o’tkazish qobiliyatini oshirishni va sistema shina chastotasidan 4 marotaba katta tezlik bilan ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi. Takomillashtirilgan Advanced Gunning Transceiver Logic (AGTL+), signal texnologiyasi qo’shimcha energiya tejash bilan GTL+ signal texnologiyasi varianti hisoblanadi.

pic

Dynamic Bus Parcing funksiyasi bilan Intel Dynamic Power Coordination texnologiyasi — «talab bo’yicha» tamoyili asosida yadrolar mahsuldorligini muvofiqlashtirish. Prosessorning past takt chastotasida ishlashi paytida chipset energiya kam sarflashi hisobiga Dynamic Bus Parcing funksiyasi yordamida energiya sarflashni kamaytirish imkoniyati kengaytirilgan. Intel Dynamic Power Coordination texnologiyasi har bir yadroga Halt, Stop Clock va Deep Sleep holatiga dinamik o’tish hamda 2 yadroli rejimda — Deeper va Enhanced Deeper Sleep holatiga sinxron o’tish imkonini beradi. Chipni energiya bilan ta’minlashni boshqarish taqsimlangan logikasi Enhanced Intel SpeedStep rejimi ishini hamda C-holatlari (C-states) o’rtasida o’tishlarni boshqaradi, buning hisobiga Core Duo chiplari quvvat kichik kuchlanishi bilan va faol holatida minimal issiqlik tarqatish bilan ishlashiga erishiladi Dynamic Cache Sizing funksiyasi bilan Intel Deeper Sleep texnologiyasi ta’minlaydigan darajadan ham kamaytirilishi mumkin. Dynamic Cache Sizing texnologiyasi — bu Intel Smart Cache sistemasiga talab bo’yicha yoki u foydalanilayotgan paytda sistema xotirasini dinamik o’chirishga imokn beruvchi energiyani tejash yangi mexanizmidir 2 yadroli mobil chipsetlar uchun takomillashtirilgan Intel Mobile Voltage Positioning (Intel MVP VI) quvvat kuchlanishini boshqarish sistemasining yangi avlodi ishini ta’minlaydi. Digital Temperature Sensor datchigini qo’llash bilan Intel Advanced Thermal Manager texnologiyasi issiqlik rejimini yanada aniq boshqarish va kompyuter akustik ko’rsatkichlarini yanada aniqroq nazorat qilishga javob beradi.

Execute Disable Bit bilan ishlashni ta’minlash

Intel Virtualization Technology texnologiyasi — kerakli dasturiy ta’minotlar bilan birgalikda korporativ va foydalanuvchilar qo’shimchalari bilan ishlashda mahsuldorlik va samaradorlikni oshirishga imkon beruvchi mijozlar hamda serverli sistemalar uchun apparatli kengaytirish. Aynan mana shuning uchun yuksak mahsuldorlikka ega prosessorlarni va kam energiya sarflovchi chipsetlardan iborat Intel Centrino (Napa) mobil sistemasi barcha kompyuterlar mahsuldorligi va funksionalligi muhim bo’lgan serverlar va hatto ishchi stansiyalarda qo’llaniladi. Intel mobile on Desktop texnologiyasi bo’yicha bajarilgan Gigabyte MSI tizimli platalari.

Bugungi kunda Intel kompaniyasi platformani foydalanish ma’lum modellari uchun kiritilgan komponentlar to’plami sifatida qarab barcha komponentlarni platformali yondoshish asosida yaratmoqda. Intel platformalari mavjud bozorlarni kengaytiradi va yangilarini yaratadi hamda maqsadli foydalanuvchilar uchun qimmatli ustunliklarni ta’minlaydi.

Intel mobile on Desktop (MoDT) texnologiyasi Intel alohida platformasi hisoblanmaydi, lekin mobil kompyuterlar uchun Intel Centrino va uy o’yinlari uchun Intel®Viiv™ texnologiyasi kabi platformalar komponentlaridan foydalaniladi. Intel mobile on Desktop texnologiyaning mohiyati mobil kompyuterlar uchun maxsus ishlab chiqilgan mikro — ATX formatidagi tizimli platalar va ishlovchi hamda Intel 945 GT/GL chipsetlariga asoslangan Socket 478 prosessorli raz’yomi bilan Yonah prosessor yadrosida yaratilgan Intel® Core Duo/Core Solo mobil prosessorlarini qo’llashdan iborat.

pic

Umuman, MoDT konsepsiyasi Intel kompaniyasining rasmiy mahsuloti hisoblanmaydi, balki faqat termin bo’lib u kam energiya sarflash bilan mobil jamlovchilar asosidagi ish joyi kompyuterini ifoda etadi. Shunga qaramasdan MoDT konsepsiyasi bo’yicha bajarilgan tizimli platalar bir qismi uy o’yinlari uchun Intel®Viiv™ texnologiyasi doirasida qo’llanilishi uchun Intel omonidan sertifikasiyalashtiriladi.

MoDT konsepsiyasi bilan ancha mahsuldor tizimli platalari boshqa qismi esa dastlabki bosqich serverlari va yuksak mahsuldor ishchi stansiyalari bozori uchun mo’ljallanadi. Intel mobile on Desktop (MoDT) konsepsiyasi bilan birinchi tizimli tizimli platalari Intel®Pentium®M (Dothan) va Intel Celeron ®M (Dothan) mobil prosessorlari hamda 915 GM seriyali chipsetlardan foydalanish bilan qo’llanilgan.

2006 yildan boshlab Intel kompaniyasi Intel ®Core Duo (Yonah loyihasi) ikki yadroli va Intel ®Core Solo (bir o’chiriladigan yadrosi bilan Yonah ikki yadroli prosessor asosida)bir yadroli prosessorlardan foydalanish bilan Intel ®Core Duo texnologiyasi asosida yangi Intel Centrino (Napa) platformasini ilgari suradi.

Ushbu turdagi prosessorlar va ular uchun chipsetlar bozorda paydo bo’lishiga ko’p vaqt o’tmasligiga qaramay bugungi kunda ko’pchilik mashhur ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlari qatorida Intel ®Core Duo/Core Solo mobil prosessorlari uchun o’z tizimli platalariga egadirlar. Ular boshlang’ich darajadagi serverlarda qo’llash va yuksak mahsuldorlikdagi ishchi stansiyalar yaratish uchun mo’ljallangan. Bu prosessorlar uchun 945-seriyali chipsetlar asosidagi tizimli platalar ham mavjud, lekin ish joyi shaxsiy kompyuteri yaratish uchun yoki uy o’yinlari uchun multimediali markazlar uchun mo’ljallangan. Ya’ni muvaffaqiyatli mobil texnologiya ish joyi tizimli bozorida ham talabga ega bo’ldi. Misol tariqasida, Gigabyte GA-81945 GMM FY-RH va MSI 945 GT Speedster-A4R tizimli platalari bilan tanishib chiqamiz.

Gigabyte GA-81945 GMM FY-RH tizimli platalari. Gigabyte GA-81945 GMM FY-RH tizimli platasi Intel ® 945 GM Express chipsetlariga asoslangan. Mobil shaxsiy kompyuterlari uchun Intel ® 945 GM Express mikrosxemalari to’plamini loyihalashtirishda energiya sarflashni kamaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Uning o’rtacha sarflaydigan quvvati avvalgi avlodlariga qaraganda 28 foizga kam. Mobil kompyuterlar uchun Intel ® 945 GM Express mikrosxemalar to’plami tarkibiga avvalgi avlod mikrosxemalari to’plamiga qaraganda grafikani ishlab chiqishda mahsuldorlikni ikki barobar oshirishni ta’minlovchi Intel® Graphics Media Accelerator (GMA) 950 sistemasi kiradi. Mobil kompyuter uchun Intel ® 945 GM Express mikrosxemalar to’plami avvalgi avlod shinasiga qaraganda 25 foizdan ortiq ma’lumotlarni uzatish yuqori tezligiga ega.

pic

Bundan tashqari, PCI Express X16 grafik porti va PCI Express X1 kirish/chiqish portlari hamda yangi avlod Serial ATA interfeysi va USB 2.0 yuqori tezlikdagi interfeys amalga oshirilgan. Chipsetga kiritilgan Intel® Graphics Media Accelerator 950 grafik yadrosi mahsuldorligi zamonaviy 3D-o’yinlari uchun yetarli bo’lmasligini hisobga olib platada PCI Express X16 yuksak mahsuldorli grafik porti mavjud, unga osongina yanada kuchliroq videokartani o’rnatish mumkin.

Gigabyte GA-81945 GMM FY-RH tizimli platasi Intel ®Core Duo va Intel ®Core Core prosesorlari uchun maxsus Socket 478 raz’yomi mavjud (platada hatto «Yonah 478» trafareti ham berilgan).

Shuningdek, Socket 478 21F raz’yomiga ham ega («Croinsertion Forse — ulash nol kuchlanishi bilan»), prosessor esa unga o’rnatiladigan oyoqlariga ega. Bugungi kunda qo’llaniladigan LGA 775 prosessor raz’yomi 775 kontaktlari (oyoqchalariga) ega. Prosessorlar esa 775 ta kontakt maydonchalariga ega. Qaysi biri qulay? Aytish qiyin. Tizimli plata ishlab chiqaruvchi uchun 21F korpusidagi raz’yom ancha qulay va arzon, prosessor ishlab chiqaruvchi uchun esa LGA 775 korpusi ancha ishonchli hisoblanadi. Gigabyte GA-81945 GMM FY-RH platasi tizimli shinasi chastotasi 667 MGs ni tashkil qiladi, ya’ni ushbu platformadagi zamonaviy noutbuklarda bo’lgani kabi. Demak, plataga DDR2 667 xotirasini o’rnatish mumkin. DIMM modullari uchun ikkita raz’yom mavjud, ikki yadroli rejimda ishlaydigan xotira maksimal sig’imi esa 2 Gbaytni tashkil etishi mumkin. Janubiy ko’prik sifatida platada Intel ® ICH7-DH mikrosxemasidan foydalaniladi, u ikkita Ultra DMA 33/66/100 qattiq disklar va SATA II gacha ma’lumotlar uzatish tezligini ta’minlaydigan atigi ikkita SATA II standarti qattiq disklari ishini ta’minlaydi.

Plataning janubiy ko’prigi 0 va 1 darajadagi RAID-massivini yaratish imkonini ham beradi, biroq faqat SATA standarti ikki disklaridan (odatda kamida 4 tadan ko’p disklar ta’minlanadi). Platada PCI Express X16 — 1 sloti, PCI Express X1 bitta sloti va PCI v2.3 32-bit Bus Master ikkita sloti mavjud.

Platada sichqoncha va klaviatura uchun PS/2 portlari, ketma-ket port, parallel port, VGA (D-SUB 15 pin) porti, USB 2.0 to’rtta porti, tarmoq kartasi (Rj45) uchun raz’yom hamda SADIE kabi audioraz’yomlar o’rnatilgan. Tarmoq kartasi sifatida Intel 825 73 (10/100/1000 Mbit/s), kiritilgan tovush platasi sifatida esa — High Definition Audio (HAD) 8 kanalli tovush yangi standartini ta’minlovchi AL 880 (Azalia 1.0 spesifikasiyasiga ulanish qurilmasini aniqlash bilan 7.1-kanalli audioraz’yom) mikrosxemasidan foydalanilgan.

pic

Gigabyte GA-81945 M FY-RH platasi yuksak mahsuldor shaxsiy kompyuterlarda qo’llash uchun mo’ljallangan. Chipset va prosessor energiya sarflashi bir necha bor kamligini hisobga olib qo’shimcha ventilyatorlar va katta sovutish tizimlarisiz ixcham korpusni qo’llash mumkin.

MSI 945 GT Speedster-A4R tizimli platasi yanada mahsuldor ish joyi sistemalari va energiya sarflaydigan boshlang’ich darajali serverlar yaratish uchun mo’ljallangan. MSI 945 GT Speedster-A4R tizimli platasi MSI 945 GT Speedster-A4R tizimli platasida Intel ® 945 GT ancha mahsuldor mobil chipsetidan foydalaniladi. Umuman platada PCI Express X16 yuksak mahsuldorlikka ega gafik porti ham mavjud, unga yanada kuchliroq videokartasini o’rnatish mumkin.

Plata FSB 533/667 MGs chastotali tizimli shinasi bilan Intel ®Core Duo, Core Solo prosessorlari ishlashini ta’minlaydi, ular Socket 478 prosessor raz’yomiga o’rnatiladi. Ishlab chiqaruvchi saytida ushbu raz’yom bilan tizimli platalari Socket 478 (Mobile) platasi uchun kabi taqdim etiladi. Chipset ikkita mikrosxemalaridan tashkil topadi: shimoliy ko’prik — Intel ® 945 GT va janubiy ko’prik — Intel ® ICH7R platada DDR2 533/667 SDRAM xotirasi uchun ikkita slot mavjud. Maksimal hajmi esa 4 Gbaytgachani tashkil etishi mumkin.
Plata quyidagi kengaytirish raz’yomlariga ega: bitta PCI Express X16 sloti, bitta PCI Express X4 sloti va ikkita PCI raz’yomi (3.3 B/5B quvvat bilan). Agarda foydalanuvchiga PCI slotlari ko’proq soni talab etilsa unda kengaytirish qo’shimcha platasi yordamida yana ikkita PCI slotlarini qo’shish mumkin.

Platada Ultra DMA 66/100 qattiq disklar uchun bitta kontroller hamda SATA II gacha maksimal uzatish tezligi bilan to’rtta SATA II porti o’rnatilgan. Xotira tizimini RAID 0/1/0+1/5 rejimida ishlovchi to’rtta SATA qattiq disklaridan tashkil topgan RAID-massivi ko’rinishida tashkil qilish mumkin.

Platada sichqoncha uchun PS/2 bitta porti, klaviatura uchun PS/2 bitta porti, ikkita Rj45 Gigabit LAN porti, bitta IEE 1394 porti, to’rtta USB 2.0 porti, bitta DVI+VGA konnektori, bitta S-Video porti +RCA konnektori, bitta 7.1 Channel Audio konnektor o’rnatilgan. Bundan tashqari, tashqariga olib chiqish raz’yomlari uchun kiritilgan ulagichlar mavjud: 1xIrDA, ikkita USB 2.0 porti va bitta IEEE 1394 porti.

Ushbu portlarni kengaytirish uchun plankasi ham to’plamga kiradi.

pic

Platada Intel 825 731 ikkita mikrosxemasida PCI Express LAN GB Ethernet kontrolleri mavjudligini alohida aytib o’tish kerak. Platada tovush 7.1-kanalli audioraz’yom va ulanish qurilmasini aniqlash bilan Realtek® ALC 880 mikrosxemasi bilan taqdim etilgan. Plata mikro ATX standartida bajarilgan bo’lishiga qaramay, u juda boy funksionalikka va yetarlicha raz’yomlar hamda kengaytirish slotlariga ega.

MSI 945 GT Speedster-A4R platasini ishlab chiqaruvchi boshlang’ich bosqich serverlarida foydalanish hamda mahsuldor ishchi stansiyalarini yaratish uchun mo’ljallaydi. Intel Mobile on Desktop (MoDT) texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari to’g’risida gapirsak mobil sistemalar uchun kuchli prosessorlardan va tejamkor mobil chipsetlardan foydalanish ixcham va kam shovqinli ish joyi kompyuterlari yaratishga imkon beradi deb aytish mumkin. Shu bilan birga tizimning umumiy mahsuldorligi har qanday masalani bajarish uchun ortig’i bilan yetarli bo’ladi. Intel Mobile on Desktop (MoDT) texnologiyasi bugungi kundayoq bozorda katta talabga ega. Lekin uning keng tarqalishiga Intel ®Core Duo/Core Solo prosessorlari va Socket 478 (mobile) raz’yomi bilan tizimli platalarning chakana savdoda yo’qligi to’sqinlik qilmoqda. Agarda ular erkin savdoda shu bilan birga arzon narxlarda paydo bo’lsa issiqlik ko’p ajratadigan oddiy sistemalarni o’rnini bosuvchi eng yaxshisi hisoblanadi.

Yaqin kunlarda yanada mahsuldor ikki yadroli mobil prosessorlar va chipsetlar keng tarqalishini ham esda tutish kerak. Shu yil o’rtasida 2007 yil birinchi choragida Santa Rosa kodli nomi bilan Intel navbatdagi platformasi bozorga chiqishi xabar qilingan edi. Yangi texnologiya bugungi kunda Merom nomi bilan tanish bo’lgan Intel Core 2 Duo mobil prosessorini o’z ichiga oladi. Kutilayotgan platforma kichik ish joyi kompyuterlari SFF form-faktorlari (Small form factor) uchun mo’ljallangan. Merom prosessoridan foydalanish noutbuklar va ish joyi kompyuterlari o’rtasida mahsuldorlik, energiya sarflash va issiqlik ajratishdagi farqni yana qisqartirishga imkon beradi. Demak, ish joyi shaxsiy kompyuterlari katta sovutish sistemalari yaqinda faqat kompyuter ishqibozlari va overlokerlar uchun kerak bo’lib qoladi.

pic

Hatto Intel Pentium 4 ish joyi prosessori uchun kuchaytirilgan eng ixcham kuler ham Intel®Core Duo mobil prosessori uchun kulerdan ancha kattadir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq