EKOANTROPOKOSMIZMNI O‘RGANISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
14.12.2006
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Almaz-Xanum Medjidova.

pic
Ma’lumki, noosfera antropokosmizmning asosi hisoblanadi. U o‘z navbatida, insonning «tabiat va kosmos hukmdori» mavqeini, ustunlik holatini anglagan holda egallaydigan insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichiga ko‘tarilishi jarayonidan iborat bo‘ladi.

Bu jarayonni o‘sib kelayotgan yangi, yosh avlod amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi, shuning uchun bu masalani hal etishda asosiy mas’uliyat mamlakatimizning- sayyoralar, koinot va yoshlar tarbiyasi, barkamol shaxsni shakllantirish bilan shug‘ullanuvchilarining zimmasiga yuklatiladi. Davlat rivojlanishida tarbiyaviy jarayonning muhimligini ta’kidlab, mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov — tarbiyachi va murabbiy bo‘lish, boshqalar ongini shakllantirish, bilim berish, yoshlarni haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqarolar qilib o‘stirish uchun birinchi navbatda, tarbiyachining o‘zi mana shu yuksak talablarga javob bera oladigan bo‘lishi, mana shunday ajoyib sifatlarga ega bo‘lishi kerak -degan ajoyib fikrni bildirgandi.

Ekologik ta’lim sifatida ekoantropokosmizm «rivojlanish bosqichlarini» taxminiy tuzib chiqishga harakat qildik. Ijtimoiy-ekologik kengashning oltinchi konferensiyasi qabul qilgan maqsadlar va vazifalar to‘g‘risidagi Bayonotida o‘z rivojlanishida miqdordan sifatga o‘tish darajasiga erishgan insoniyatning hozirgi holati aniq ifoda etib berilgan. Biroq agarda, Yer sayyorasi aholisi buning muhimligini anglab yetmasa, atrof-muhitni sog‘lomlashtirish va kosmosni saqlab qolish bo‘yicha belgilangan ishlarda ishtirok etmasa, qonunlar va buyruqlar qanchalik qat’iy bo‘lmasin, ular hech bir muammoni hal qila olmasligini barcha tushunib yetgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning strategiyasi har bir inson faoliyatining barcha turlarida ekologik qat’iylikni so‘zsiz bajarishga yo‘naltiradi. Bizning fikrimizcha inson «tabiat va kosmos hukmdori» sifatida o‘z mavqeini anglagan holda insoniyat taraqqiyotining keyingi rivojlanish bosqichiga oqilona harakatlar va maqsadlar bilan o‘tmog‘i lozim. Bu jarayonga yosh avlodni shunga mos tarzdagi tarbiya asosida yo‘naltirish zarur. Albatta, bu muammoni birdaniga hal qilib bo‘lmaydi, lekin uni hal qilmay turib, kelajak avlodni tarbiyalash to‘g‘risida gapirishdan foyda yo‘q.

Ta’lim islohoti uning mohiyatini aniq belgilab berdi: bizga bitiruvchilar emas, balki munosib ta’lim va tarbiya olganlar kerak. Mantiqning o‘zi boshlang‘ich sinflardanoq, dunyoqarashi, bolaning aqliy shakllantiradigan eng yaxshi tajribali o‘qituvchilarni tanlashni talab etadi». Jahon pedagogikasi va psixologiyasi tajribasidan iborat umuminsoniy va milliy qadriyatlardan to‘g‘ri foydalanish zamonaviy ijodiy faol shaxsni shakllantirish garovi hisoblanadi. Mana shu sababli mentalitet, milliy xususiyatlari, ma’naviyati hisobga olinib va boshqa xalqlar tajribalaridan oqilona foydalanib, qurilgan o‘zbek xalqi psixologik-pedagogik tafakkuri ulkan ahamiyat kasb etadi. Pedagogika, psixologiya, sosiologiya sohasidagi ko‘p sonli tadqiqotlar o‘smirlik davridagi ta’limning o‘ziga xos muammolarini hal etishga, bu davrdagi tarbiya yoshlarga sifat jihatidan qiziqishlari yangi bosqichi rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bu ta’lim faoliyat jarayonining roli kuchayishi va o‘quvchining o‘zini ifoda etishga qodir va intiluvchi qandaydir bir yaxlitlik sifatida anglab yetishi bilan bog‘liq deb hisoblash qabul qilingan. Ijodkorlik tug‘ma sifat emas, unga o‘rganish mumkin va kerakligi to‘g‘risidagi qoida ko‘zga ko‘ringan psixologlar va pedagoglarning muhim xulosalari hisoblanadi. Shu bilan birga istalgan maqsadga erishish eng samarali yo‘li — faqat shaxsni faol ijodiy faoliyatga jalb etish hisoblanmaydi. Dunyo hamjamiyati ekologik ta’lim va albatta, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan avlodga ekologik ta’lim berishni rivojlantirish va takomillashtirish uchun kuchlarini birlashtirmoqda. Mana shundan kelib chiqib, mamlakatimizda barchaning ekologik bilimdonligiga erishish vazifasi ilgari suriladi: ta’lim tizimining barcha qismlari ekologik umumiy ta’limni amalga oshirishda ishtirok etishlari kerak. U shaxsning ijtimoiylashishiga, uni dunyo ekologik qadriyatlari, fan, texnika va madaniyat yutuqlaridan xabardor qilishga yordam beradi, sog‘lom sub’ekt va individualligi sifatida insonning rivojlanishi jarayonini tezlashtiradi, o‘sib kelayotgan avlodda ma’naviylik va dunyoqarashini shakllantirishga, umuminsoniy odob tamoyillarini hosil qilishga va ekologik yo‘nalishlar qadriyatlarini ishlab chiqishga yordam beradi. Jamiyatning ekologik ta’limi muammosi noosfera sharoitlarida taraqqiyot global inqirozi ko‘rinishida katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

O‘zbekiston Prezidenti asarlarida bayon etilgan g‘oyalar, Internet manbalarini, olimlar asarlarini tahlil qilish hamda ko‘p yillik tadqiqotlarimiz noosfera sharoitlarida ekologik tarbiya tabiat va kosmosga odamning oqilona munosabatda bo‘lishga yo‘naltiradi va jahon ekologik ta’limi endi bir namuna bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin emas, degan xulosaga kelishga imkon beradi. Ekota’lim tizimi har bir mamlakatda alohida mintaqalar hududiy rivojlanishi va boshqa xususiyatlarini hisobga olishi kerak.

Yerdagi barcha jonli jonzodlar safida odamning bolalik davri eng ko‘p vaqt davom etadi — deb xulosa chiqargandilar V.Popov, I.Kraynyuchenko. Shunga qaramay, barcha hayvonlarga xos ayrim genlar insonda ham saqlanib kelmoqda. Aynan mana shu holat hozirda ma’lum bo‘lgan texnologiyalar bo‘yicha insonni ekofil va noosfer tarbiyalash mumkinligi xususida olimlarning shubhalariga sabab bo‘lmoqda. Bo‘lajak noosferasi mavjudodi biosfera «tug‘ma dog‘laridan» ozod bo‘lishi kerak, lekin bunga qanday erishish mumkin? Volga suv havzasi ekologiyasi Instituti direktori «Ekologiya» jurnalida (2006 yil) maqolasida ekologiyaning 70 ta zamonaviy tushunchalarini beradi. U «…bu tahlillar «ekologiya» tushunchasidan hozirgi foydalanishda 3 ta yo‘nalishni aniq ko‘rsatish mumkin. Birinchisi — an’anaviy biologik fan hisoblanib, uning asosini turli darajadagi biologik tizimlarni o‘rganish tashkil etadi. Ikkinchisi — odamni qamrab turgan muhitning ifloslanishi va buzilishi (shaharlarning «yomon» ekologiyasi, hududlarni qayta tiklash, «chiqindilar ekologiyasi») bilan bog‘liq texnologik va ijtimoiy muammolar.

Uchinchisi — gumanitar «jihati» (adabiyot, poeziyaning ekologiya, xalq madaniyati va qalbini saqlovchi ekologiya sifatida). Turli yo‘nalishlar mutaxassislari ko‘pincha, bir-birlarini tushunmaydilar. Bugungi ekologiyaning asosiy muammosi mana shundan iborat. «Barcha qarama-qarshiliklarga qaramay, Rossiya Federasiyasida «Rossiya ekologik doktrinasi» yagona hujjati yaratilgan, — deb ta’kidlaydi V.Bolshakov, «… tabiat muhitini buzishga yo‘l qo‘ymaydigan inson va tabiat munosabatlari yangi turlarini shakllantirish asosida inqirozni yengish mumkin…». «Ishonamanki, 20 yildan keyin asosiy muammo inson va tabiat munosabatlarini muvofiqlashtirish bo‘ladi ….». V.Bolshakov uning kartotekasida ekologiyaning 100 dan ortiqligini aytadi. Jamiyatning ekologik ta’limi muammosi noosfera sharoitlarida taraqqiyot global inqirozi ko‘rinishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik ta’lim va tarbiya asosini bizning fikrimizcha antropokosmizm tashkil etadi, uning shakllantirilishi asosiy vositasi qo‘shimcha ya’ni maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘smirlarning ijodiy faoliyatlari jarayonida maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan ekologik ta’lim bo‘lib qolishi kerak. Falsafiy va psixologik adabiyotlarni, MDH va chet ellar Internet-materiallarini tahlil qilish «ekota’lim» tushunchasini tushuntirishlar ko‘p sonlarida uning mazmuni, tuzilishi, shakllantirish shakllari va usullari ancha batafsil ko‘rib chiqilishini aniqlashga imkon berdi (M.G.Ashmanis, R.S.Karpinskaya, I.K.Liseev, G.V.Platonov, A.G.Spirkin, A.S.Tonkix, K.P.Shurtakov, V.F.Chernovolenko va boshqalar). Biroq antropokosmizmning pedagogik va psixologik fan birligi hanuzgacha qo‘llanilmay kelmoqda. Pedagogik fanga idrok etish, qadriyatli — me’yoriy, sezgi-irodaviy va odob-axloq komponentlarini o‘z ichiga oluvchi I.D. Zvereva, B.V.Komissarova, I.N.Ponomareva, I.T. Suravegina, N.M.Chernova va boshqalar asarlari yordamida «ekologik dunyoqarash» birligi yaqindagina kiritildi, ekologik dunyoqarash yuqorida aytilgan olimlarning fikricha shaxsni ijtimoiylashtirish va tarbiyalash jarayoni tarkibiy qismi hisoblanadi va dunyoqarashini shakllantirishni tabiiy ilmiy fanlari, birinchi navbatda biologiya, fanlar prinsipi bo‘yicha tuzilgan botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi kurslarining an’anaviy mazmunlarini tahlil qilish orqali mumkin deb qaraydilar.

Bularning barchasi olimlar va amaliyotchilarning urinishlari asosan o‘quvchilarni ekologiya va tabiatni qo‘riqlash alohida muammolari to‘g‘risida xabardor qilishga qaratilgan katta amaliy materiallar bilan boyitish hisobiga ularning ekologik imkoniyatlarini ochib berishga qaratilganligini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa o‘quvchilarning yakunlovchi biologiya ta’limi «umumiy biologiya kursiga taalluqlidir. Biroq tadqiqotlar bunday yondoshish asosida ekologiya dunyoqarashini shakllantirish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatmayotganligini isbotlaydi. Mana shu sababli maktabdan tashqari muassasalarda o‘smirlarning ijodiy faoliyatlarini shakllantirish jarayonida ekologik ta’lim mazmuni tubdan qayta tashkil etilishi kerak, «kundalik turmush va uni to‘g‘ri anglash usullarining turli, qarama-qarshi mazmunlarini bir-biridan ajratmay- birlashtirish, yaxlitlikda tushunib yetish» (V.S.Bibler) uning asosini tashkil etishlariga yordamlashuvchi vositalardan foydalanish mumkin. Uni amalga oshirish uchun yangi yo‘nalish — antropokosmizm V.I.Vernadskiyning hayotning globalligi to‘g‘risida g‘oyalari nazariyasi cheklanmagan imkoniyatlar beradi. Uning g‘oyalaridan o‘quvchilar biologik ta’limida foydalanish zamonaviy masala ekanligi to‘g‘risida V.G.Vinenko, L.Ya.Zorina, A.A.Melenteva va boshqalar fikr bildirganlar, ularda ekologik dunyoqarash asosi hisoblangan umumlashtirilgan bilimlar tizimini bolalarda shakllantirish mumkinligi olg‘a surilgan. Biroq ekologik ta’limda antropokosmizm konseptual nazariyasi an’anaviy gumanitar, tabiiy ilmiy fanlar mazmunida hozircha o‘z aksini topmadi.

Ekologik ijodiy faoliyat samaraliligi istalgan natijalarni bermayapti. Shunday qilib, antropokosmizm, ekologik ta’lim jarayoni va amalda pedagogik va psixologik talablarini amalga oshirish imkoniyatlari cheklanganligi sababli mana shu zamonaviy talablar o‘rtasida qarama-qarshiliklar aniqlanmoqda. Mana shulardan kelib chiqqan holda, maktabdan tashqari muassasalarda o‘smirlar ijodiy faoliyatlari jarayonida ekologik ta’lim asosi sifatida antropokosmizmga shaxsiy-faoliyatli yondoshishni amalga oshirish va bu yangilikning ekologik ma’naviyati, madaniyati, ijodiy faolligi va antropokosmizm tafakkurining shakllanishi jarayoniga ta’sirini tekshirish psixologik-pedagogik, jumladan informatika fanlari nazariyasi va amaliyoti muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Masalan, noosferogenoz ta’minoti to‘g‘risida, koinot rivojlanishi jarayonlarini o‘rganishda ma’lumki, ko‘plab maxsus asbob-uskunalar, texnika vositalari qatorida axborot texnologiyalari, jumladan, komyuter texnikasi tarmoqlarining o‘rni beqiyosdir.

O‘quvchilarga barcha tarbiyaviy materiallarni nafaqat ma’ruza yoki nasihat tarzida, balki informatikadan kompyuter o‘yinlari, ta’limiy dasturlari shaklida berilishi, koinot haqidagi bilimlarni, sayyoralarni o‘rganishda axborot hamda kommunikatsiya texnologoyalarining tutgan o‘rnini ifodalab beruvchi barcha texnik va texnologik imkoniyatlardan foydalanish katta samara berishiga ishonchimiz komil. Buning uchun hozirgi davrda maktablarimizda yetarli sharoit mavjud. Bunday ekologik yo‘nalishdagi to‘garaklar mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga ijodiy faoliyatlarini samarali amalga oshirishlari, o‘z davrining barkamol farzandlari, har sohada bilimdon, insoniyat taraqqiyotining kelajagi oldida munosib vorislar bo‘lib yetishishlariga asos bo‘la oladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq