HAFTALIKDAN HAMKORLIK BILAN GLOBAL AXBOROTLAShGAN JAMIYAT SARI

pic
Maqolada 25-28 sentabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan “InfoCom – 2006″ – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi xususida fikrlar bayon etilgan.

Dunyodagi ko’pgina davlatlar qatori O’zbekistonda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning strategik yo’nalishlaridan biri deb qaralmoqda. Investisiya kiritish, huquqiy muhit yaratish, kadrlar bilan ta’minlashda bu sohaga ustuvorlik berilgani ham bejiz emas. Zotan, bugungi kunda mamlakatda mazkur sohani rivojlantirishning huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi qonunchilik bazasi yaratilgan, yetarli darajada modernizatsiyalashtirilgan AKT infratuzilmasi ham mavjud.

Joriy yilning 25-28 sentabr kunlari Toshkent shahrida “InfoCom – 2006″ – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining o’tkazilishi esa mazkur sohani yanada rivojlantirish yo’lidagi o’ziga xos bir muhim qadamdir.

22 SENTABR. MATBUOT-ANJUMANI

Haftalik boshlanishidan avval Xalqaro biznes markazida an’anaviy matbuot-anjumani bo’lib o’tdi.

Unda AKT haftaligi tashkilotchilari, ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Matbuot anjumanini InfoCom.Uz jurnali tahririyat hay’ati raisi A.A.Suchkov boshqardi. U AKT haftaligining maqsadi, tashkilotchilari va hafta davomida o’tkaziladigan asosiy tadbirlar to’o'risida qisqacha ma’lumot berdi. Notiq o’z so’zida kuz faslining birinchi oyi xalqaro anjuman va ko’rgazmalarga boy bo’lganligini ta’kidlab, ikki hafta oralio’ida Toshkentda YII O’zbek “Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari” xalqaro ko’rgazmasi, “ICTExpo – 2006″ – Axborot texnologiyalari birinchi milliy ko’rgazmasi va “Xitoy muhandislik texnikasi” kabi ko’rgazmalarning o’tkazilishi rejalashtiriganligi to’o'risidagi ma’lumotlarni ham keltirib o’tdi. Matbuot-anjumanida tashkilotchilar (O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori o’rinbosari A.Xodjaev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) menejeri S.Saidxodjaev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar bo’yicha prorektori X.Aripov, BMTTD “O’zbekistonda Internet texnologiyalarning imkoniyatlarini oshirish va rivojlantirish”loyihasi mutaxassisi, fizika-matematika fanlari nomzodi S.I.Rahmonqulova) tomonidan haftalik va uni o’tkazish bilan boo’liq masalalar to’o'risidagi ma’lumotlar jurnalistlar e’tiboriga havola etildi, ularning savollarga batafsil javob berildi.

pic

Mazkur haftalikni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad – AKT bozoridagi barcha hukumat, jamoat, xalqaro tashkilotlari va boshqa ishtirokchilarning shu sohani yanada rivojlantirish yo’lidagi sa’y-harakatlarini birlashtirish, erishilgan yutuqlar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish, o’zaro manfaatdorlikni oshirishning amaliy jihatlarini muhokama etishga qaratilgandir. AKT haftaligi mobaynida amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy tadbirlar quyidagilar ekanligi ma’lum bo’ldi:

• AKT bo’yicha IY Milliy sammit (AKT Sammit 2006);
• “ICTExpo – 2006″ – Axborot texnologiyalari birinchi milliy ko’rgazmasi;
• “ITPA – 2006″ – “Osiyoda axborot texnologiyalarini rivojlantirish” xalqaro anjumani;
• “ALPIT – 2006″ – “Osiyo tillarini qayta ishlash va axborot texnologiyalari” xalqaro anjumani;
• AT-marafoni o’oliblarini taqdirlash marosimi.

AKT haftaligi tashkilotchilari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining matbuot va axborot texnologiyalari masalalari bo’yicha qo’mitasi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O’zAAA), BMT TD ning “O’zbekiston hukumatiga mamlakat taraqqiyoti uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko’mak” loyihasi (ICTP) va O’zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assosiatsiyasi hisoblanadi.

25-26 SENTABR. AKT SAMMIT 2006

Haftalikni ochib beruvchi tadbir – AKT bo’yicha IY Milliy sammit (AKT Sammit 2006) o’z ishini Xalqaro biznes markazida boshladi. Sammit ish dasturi doirasidagi yalpi va seksiya majlislarida qator qiziqarli mavzularda ma’ruzalar tinglandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar vakillari, BMT, UNESCO, IBM, Alcatel kabi xalqaro tashkilotlar hamda kompaniyalarning vakillari, Koreya, Malayziya, Tayland, Shveysariya kabi xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar, BMTTD loyihalari menejerlari, mutaxassislari tomonidan AKT ni rivojlantirishning boshqaruv siyosati, undagi tendensiyalar hamda o’zgarishlar, AKT ni rivojlantirish milliy dasturini amalga oshirishdagi yutuq va muammolar, infratuzilmani rivojlantirish kabi boshqa bir qator dolzarb masalalarga bao’ishlangan, 15 dan ortiq umumiy mavzudagi dokladlar uchta yalpi majlislardan o’rin oldi.

Birinchi yalpi majlisda so’z olgan O’zAAA Bosh direktori o’rinbosari A.Xodjaev o’z dokladida “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish dasturi” ning bajarilishi to’o'risidagi ma’lumotlarga qisqacha to’xtalib o’tdi. Notiq o’z ma’ruzasida bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni respublika bo’yicha 1,93 mln. kishiga, Internetdan foydalanuvchilar soni 1,2 mln. kishiga, kollektiv foydalanish punktlari soni esa 509 taga yetganini ta’kidladi.

“Davlat boshqaruvida axborot texnologiyalari”, “Elektron ta’lim”, “Elektron soo’liqni saqlash”, “Axborot majmualari” va “Elektron tijorat” kabi seksiyalardagi ma’ruzalarda esa AKTning turli sohalarga qo’llanilishi, texnologik parklar, erkin va ochiq dasturiy ta’minot (EODT), axborot resurslari hamda mualliflik huquqlari bilan boo’liq masalalar batafsil yoritildi va keng muhokama qilindi. Sammit yakunida O’zbekistonda AKT ni rivojlantirish istiqboli bo’yicha Sammit Rezolyusiyasi ishlab chiqildi va keng jamoatchilik muhokamasiga (Internet orqali) havola etildi.

pic

25-27 SENTABR. “ITPA – 2006″ VA “ALPIT – 2006″ XALQARO ANJUMANI

Haftalik dasturi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) da “ITPA – 2006″ – “Osiyoda axborot texnologiyalarini rivojlantirish” xalqaro anjumani bo’lib o’tdi. Konferensiya tashkilotchilari: TATU, axborotlarga ishlov berish jamiyati (KIPS) va Axborot texnologiyalarini internasionallashtirish ilmiy-tekshirish markazi (ITIRC), Koreya elektronika texnologiyalari instituti (KETI) dir. Asosiy ma’ruzalar turli soha tadqiqotchilari, ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchilarni Osiyoda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan tanishtirishga qaratilganini ta’kidlash zarur. Shuningdek, anjumanda axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy usullar va eng so’nggi tadqiqot natijalari muhokamasiga katta e’tibor qaratilgan.

“ALPIT – 2006″ – “Osiyo tillarini qayta ishlash va axborot texnologiyalari” xalqaro anjumani TATU hamda KIPS tomonidan tashkillashtirilgan. Anjumanning asosiy mavzui tillarni qayta ishlashda axborot texnologiyalari masalalari, xususan, qo’llaniladigan texnologiyalar, web-ilovalar shuningdek, multimediaga bao’ishlangan. Unda elektron hukumat, elektron ta’lim va EODT bilan boo’liq tadqiqotlar ham keng muhokama qilinganini ta’kidlash lozim.

26-28 SENTABR. “ICTEXPO – 2006″ – AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

birinchi milliy ko’rgazmasi Haftalikning muhim tadbirlaridan biri “ICTExpo – 2006″ – Axborot texnologiyalari birinchi milliy ko’rgazmasi bo’ldi. U “O’zko’rgazmasavdo” Respublika ko’rgazma-savdo markazida namoyish etildi. Ko’rgazma tashkilotchisi – O’zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assosiatsiyasi. 2006 yilning martida etilgan mazkur nodavlat, notijorat tashkiloti tarkibiga a’zo bo’lib kirgan Respublikaning AT-tarmoo’idagi yetakchi korxona va tashkilotlar ko’rgazmaning asosiy ishtirokchilari bo’ldi. Zero, ko’rgazmada asosiy e’tibor ko’proq milliy ishlanmalarni namoyish etishga qaratilgani ham bejiz emas.

O’zAAA Bosh direktori A.N.Aripov tabrik so’zi bilan ko’rgazmani ochar ekan, axborot texnologiyalari – zamonaviy sivilizatsiyaning asoslaridan biri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim sharti ekanligini ta’kidlab, mamlakatda keyingi yillarda bu sohada erishilgan yutuqlar O’zbekistonda zamonaviy axborotlashgan jamiyat shaklllanishi uchun muhim zamin bo’lishligi borasida so’z yuritdi.

pic

Ko’rgazma AKT sohasida mamlakatda qo’lga kiritilgan yutuqlarning o’ziga xos ko’rigi ekanligi, unga qiziqish misli ko’rilmagan darajada yuqoriligi, dunyoga mashhur 300 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari va yechimlari 50 dan ortiq ko’rgazma ishtirokchilari tomonidan namoyish etilayotganligi alohida e’tirof etildi. BMT Taraqqiyot dasturining Doimiy vakili Fikret Akchura o’z tabrik so’zida, bugungi kunda AKT ulkan salohiyatiga ega ekanligi: ular barqaror o’sishni ta’minlashi va qashshoqlikni kamaytirishga keng imkoniyatlar yaratishi; demokratik boshqaruvni mustahkamlashi; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda barcha fuqarolarning faol ishtirok etishlari uchun sharoit hozirlashi; shahar va qishloq aholisi o’rtasidagi “masofani qisqartirishi”; sayyoramiz aholisi salomatligini saqlash ishiga munosib hissa qo’shishi borasida fikr bildirdi.

Ko’rgazmada yetakchi milliy va chet el IT-kompaniyalari, ilmiy tekshirish institutlari, oliy o’quv yurtlari, vazirlik, idoralar vakillari qatnashdilar. Unda “Alcatel”, “Siemens”, “Huawei”, “Motorola”, “ZTE Co”, “Agata Impex”, “Winncom Technologies”, “Sharifa-T”, “UCD-Micros” singari mashhur kompaniyalarning stendlari taqdim etildi.

Bugungi kunda “tarmoq texnologiyalari” sohasida jahonda yetakchilik qilayotgan “Alcatel” kompaniyasi o’zining 58 ming nafar xodimi bilan dunyoning 130 mamlakatida faoliyat olib bormoqda. Kompaniyaning 2005 yilgi sotuv hajmi 13,1 milliard yevroni tashkil etib, uning jahon bozoridagi mavqeini naqadar baland ekanligini yaqqol ko’rsatadi.

pic

“Siemens” kompaniyasi dunyodagi elektronika va elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchi, tizimlar uchun yechimlar va xizmatlar ko’rsatuvchi eng katta konsernlar jumlasiga kiradi. O’z tarkibida 461 ming nafar xodimni birlashtirgan mazkur kompaniya dunyoning 190 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Kompaniyaning 2005 moliyaviy yildagi daromadi 9,2 milliard evroni tashkil etgan. Kompaniya tomonidan ilo’or texnologiya va mahsulot sifatiga bo’lgan jiddiy e’tibor hamkorlarning ishonchini kuchaytiruvchi omildir. Bir yarim asr muqaddam firmaga asos solgan Verner fon Simensning: “Men bir lahzada olinadigan foydaga kelajakni almashmayman” – degan so’zlari kompaniya kundalik faoliyatini belgilovchi bosh tamoyilga aylangan.

Ko’rgazma zalidan “Uzbektelecom”, “Sharq Telekom”, “East Telecom”, “Unitech” kabi aloqa operatorlari, “Uzdunrobita”, “Coscom”, “Unitel” kabi yirik mobil aloqa operatorlarining stendlari munosib o’rin egalladi. “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining korporativ stendida uning filiallari (“Toshkent shahar telefon tarmoo’i”, “Uznet” va “O’zbektelekom Mobayl”)ga ham keng o’rin ajratildi. Mazkur kompaniya to’o'risidagi ma’lumotlar “O’zbektelekom” kompaniyasining Bosh direktori H.Muhitdinovning “Mustaqil O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoo’i” deb nomlangan maqolasi (InfoCom.Uz, 2006 yil, 8-son, 16-17-betlar) da batafsil yoritilgan. Ko’rgazma kunlari “Toshkent shahar telefon tarmoo’i” filiali xodimlari tomonidan tarqatilgan “Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish anketasi” ko’pchilik e’tiborini tortdi.

Anketada beshta savol keltirilgan:

• “Reklama” so’zi nimani bildiradi?
• IP-telefoniya nima?
• Aloqa sohasidagi yangiliklar, muammolarni qaysi gazeta yoritadi?
• E-mail so’zi nimani bildiradi?
• WWW nimani anglatadi?

Savollarga to’o'ri javob berganlar munosib taqdirlandilar. O’oliblarga Internetdan foydalanish bo’yicha kartochkalar va turli risolalar sovo’a qilindi. Bu o’ta muhim va o’z vaqtida o’tkazilgan, yoshlarning bilim olishga qiziqishini orttirishda alohida ahamiyatga molik bo’lgan, ibratli tadbirdir.

“Sharq Telekom” kompaniyasi o’z abonentlarini zamonaviy Internet olamining axborot boyliklaridan bahramand etish borasida yangidan-yangi marketing aksiyalarini taklif qilib boradi. Kompaniya tomonidan yangi xizmat turi (“SharqSTREAM”)ning taklif etilishi fikrimiz dalilidir. Internetdan foydalanuvchilar uchun xizmat narxlarini kamaytirish yo’llaridan biri, albatta, mahalliy trafik salmoo’ini oshirish hisoblanadi. Shuning uchun ham kompaniya doimo o’zining “o’rganish-ko’ngilochish” resurslarini muttasil kengaytirish yo’lidan bormoqda. Darhaqiqat, turli o’yinlar serverlari ( [url=http://games.stream.uz]http://games.stream.uz[/url] ),
musiqaviy server ( [url=http://music.stream.uz]http://music.stream.uz[/url] ),
videoportal ( [url=http://video.stream.uz]http://video.stream.uz[/url] ),
kutubxona ( [url=http://knijki.stream.uz]http://knijki.stream.uz[/url] ),
dasturiy ta’minot ( [url=http://prosoft.stream.uz]http://prosoft.stream.uz[/url] ),
fotoresurs ( [url=http://fotki.stream.uz]http://fotki.stream.uz[/url] ),
web-forum ( [url=http://forum.stream.uz]http://forum.stream.uz[/url] ),
chat ( [url=http://irc.stream.uz]http://irc.stream.uz[/url] ),
fayl almashuv ( [url=http://ftp.stream.uz]http://ftp.stream.uz[/url] ),
radio eshittirish ( [url=http://radio.stream.uz]http://radio.stream.uz[/url] ),

otkritkalar ( [url=http://cards.stream.uz)]http://cards.stream.uz)[/url] kabi resurslar hamisha abonentlar ixtiyoriga havola etilgan. Ta’kidlash joizki, “Sharq Telekom” kompaniyasi Yandex bilan birga amalga oshirilayotgan “Wi-Fi istilosi” (“Nashestvie Wi-Fi”) deb nomlangan loyihaning tashabbuskori va tashkilotchisidir. Loyihaning asosiy maqsadi sertashrif joylar (restoranlar, kechki klublar, mehmonxonalar, istirohat boo’lari)da Internetga simsiz ulanishni ta’minlashdan iboratdir. O’zbekiston telekommunikatsiya xizmatlari bozorining faol ishtirokchilaridan biri “East Telecom” qo’shma korxonasining bugungi kundagi shiori “Aloqaning kengligi – biznesning poydorligi”dir.

pic

Korxona tashkil etilganiga qisqa vaqt o’tgan (2003 yilning sentabr) bo’lishiga qaramay, ko’rgazmada yirik stendi bilan ishtirok etdi. Bu ishda unga umumiy xoldingga kiruvchi quyidagi hamkorlari: “Max Line” MChJ (www.wimaxline.uz), “Color IPTV” QK (www.iptv.uz), “Nekst Jen Servis” (NGS) MChJ, “Aloqainvest qurilish” MChJ, “Texprosistem” (TPS) (www.tps.uz). yaqindan yordam berganlar. Kompaniya o’z mijozlariga taklif etayotgan xizmat turlari: telefoniya, videotelefoniya, videokonferens-aloqa, Internet tarmoo’iga va VPN (virtual xususiy tarmoq)ga ulanish va boshqalardan iborat bo’lib, ularning soni hamkorlarning xizmat turlari hisobiga yanada ortadi.

Mutaxassislar “Sarkor Telecom” kompaniyasi ko’rgazmaning internet-provayderi va texnik homiysi sifatida faol ishtirok etganini e’tirof etishmoqda. Ma’lumki, “MTS-O’zbekiston” (“Uzdunrobita”) kompaniyasi mamlakat aloqa bozorining peshqadamidir.

14 sentabr kuni o’zining 15 yilligini nishonlagan mazkur kompaniya – bugungi kunda respublikadagi 1 milliondan ortiq abonentlarga sifatli xizmat ko’rsatmoqda. Ko’rgazmada kompaniya “Eng yaxshi dizaynli stend” faxriy diplomi bilan mukofotlandi.

“Coscom” kompaniyasi O’zbekiston aloqa bozorida 10 yildan beri faol ishtirokchi sanaladi. Bugungi kunda u ISO 9001:2000 sifat menejmenti xalqaro standartlariga muvofiqlik sertifikatiga ega bo’lgan yagona kompaniya hisoblanadi. Ko’rgazma yakuni bo’yicha kompaniya “Eng sertashrif stend” diplomi balan taqdirlandi.

pic

“Unitel” kompaniyasi ko’rgazmaning bosh homiysi sifatida ishtirok etdi. Garchi o’zining alohida stendiga ega bo’lmasada, u “Bilayn” savdo markasi ostida butun ko’rgazma bo’ylab, “katta yurish” qildi.

O’zaro manfaatli hamkorlik muvaffaqiyat garovi ekanligi ko’pchilikka ayon. Bu faoliyat olib borayotgan qator kompaniyalar guruhi (Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo’llab-quvvatlash markazi, NetDec, Trend SW) ish tajribalarida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Hamkorlarning portfeli turli murakkablikdagi dasturiy mahsulotlar (28 ta) va zamonaviy web-ishlanmalar (7 ta) bo’yicha tugallangan loyihalar bilan xarakterlanadi. Ularning aksariyati ko’pchilikka tanish. Masalan, Axborot resurslarini tasniflash milliy reyting tizimi, O’quv jarayonini avtomatlashtirish tizimi, “Mahalla” axborot tizimi, “NetDec-Dorixona”, “Bolalar ensiklopediyasi” sayti ( [url=http://www.childenc.uz]www.childenc.uz[/url] ),
“Toshkent muzeylari” sayti ( [url=http://www.muzey.uz]www.muzey.uz[/url] ), “O’zbekistonda IT-mutaxassislar uchun ish o’rinlari” ( [url=http://www.job.netdec.uz]www.job.netdec.uz[/url] ) va boshqalar. Bugungi kunda kompaniyalar ( [url=http://www.cppmp.uz]www.cppmp.uz[/url] , [url=http://www.netdec.uz]www.netdec.uz[/url] [url=http://www.projects.uz]www.projects.uz[/url] ) guruhi kadrlar tayyorlash va dasturiy mahsulotlar yaratish sohasida nafaqat ichki aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo’lidan bormoqda.

O’zAAA qoshidagi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish “UzInfoCom” markazi stendida keng amaliyotdagi va loyihaviy ishlanmalar taqdim etildi:

• Milliy axborot-qidiruv tizimi ( www.uz );
• ZiyoNet Milliy ta’lim tarmoo’i ( [url=http://www.ziyonet.uz]www.ziyonet.uz[/url] );
• UzSciNet ilmiy-ta’lim tarmoo’i ( [url=http://www.uzscinet.uz]www.uzscinet.uz[/url] );
• (ccTLD).Uz mamlakat yuqori darajali domeni administratori ( [url=http://www.cctld.uz]www.cctld.uz[/url] ).
Ko’rgazmadan joy olgan O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Osiyo texnologiya instituti (AIT, Tayland), Toshkent avtomobil yo’llari instituti, Faro’ona politexnika instituti, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Soo’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi stendlarida AKTni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli (oliy va o’rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi, soo’liqni saqlash, davlat arxivlari va boshqa) sohalariga joriy etishni yoritishga xizmat qildi.

Ko’rgazmada biznes-jamoa, davlat idoralari va keng jamoatchilikka mo’ljallangan AKTning amaldagi va istiqbolli xizmat turlari keng namoyish etildi. Bu narsa ayniqsa, “Agata Impex”, “Alskom”, “BAIK Technologies”, “BISoft multimedia”, “Erava Group”, “Fifo-Biznes”, “Fortek”, “Paradox-Neo”, “Sharifa-T”, “SoftLine International Uzbekistan”, “Spells”, “Universal Aloqa Qurilish”, “Unitech”, “USD Micros”, “Winncom Technologies” kabi kompaniya va firmalarning, shuningdek, “BMTTD loyihalari”, “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi”, “Milliy teleradiokompaniya”, “PC.UZ internet-loyihasi” va “Linux park”ning stendlarida o’zining yorqin ifodasini topdi. Shuningdek, ko’rgazma kunlari Respublikada birinchi Elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatdan o’tkazish markazining taqdimoti, “Ochiq muhitlarda dasturlar yaratish”, “O’zbekistonda Linux hamjamiyati: rejalar va istiqbol” kabi mavzularda seminarlar, O’zbekistonda internet-provaydengni rivojlantirish masalalari va ochiq dasturiy ta’minotdan foydalanish istiqbollariga bao’ishlangan davra suhbatlari bo’lib o’tdi.

pic

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi arafasida o’tkazilgan Internet-marafonda ishtirok etish uchun 5 yoshdan 35 yoshgacha bo’lganlar taklif qilingan bo’lib, uning o’oliblari 15 sentabrda e’lon qilingan edi (www.connect.uz). Tanlov tashkilotchilari tomonidan 28 sentabr kuni ko’rgazma zali sahnasida beshta nominatsiya (Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilashda axborot texnologiyalarining roliga bao’ishlangan eng yaxshi rasm yoki poster; O’zbekiston yoshlariga bao’ishlangan eng yaxshi sahifa; Internetdan ma’lumotlarni tez qidirib topishni yaxshi bilish; ta’lim maqsadlarida kompyuterdan unumli foydalanish; ta’lim va kasbiy faoliyatda Internetning kommunikatsiya imkoniyatlaridan unumli foydalanish) bo’yicha o’olib chiqqan yoshlarga maxsus diplom va qimmatbaho sovo’alarni tantanali topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

25-28 SENTABR. HAFTALIK: KO’RIK, TANLOV, HISOBOT

Haftalik – o’ziga xos ko’rik, jiddiy tanlov, hamkorlik uchun hisobot. Haftalik qanchalik qiziqarli bo’lib, uzoq davom etmasin, barcha baravar bahramand bo’lolmaydi. Haftalikning tadbirlari esa barchaga birdek manzur bo’lmasligi ham mumkin. Ko’rgazmaga, birinchi navbatda, mutaxassislar, keyin o’ta qiziquvchan kishilar, so’ngra boshqalar tashrif buyuradi. Undan ma’naviy (yoki moddiy) oziqa olish ham turlicha. Kimdir ko’rgazmaga shunchaki, ermak uchun kelgan bo’lsa, kimdir arzimagan “sovo’a” olganidan xursand. Boshqa birovlar faqat “reklama varaqasi” yio’ish bilan ovora. O’z muloqotchisini topish baxtiga muyassar bo’lganlar ham bor. Ayrimlar esa, ko’pchilikni jalb etish, imkon qadar ko’proq axborot tarqatish maqsadida, reklamaga e’tiborni (ba’zan biroz ortiqcha) kuchaytirish bilan band.

Buni bozor deydilar… Faqat, bozor iqtisodiyoti deb insoniy qadriyatlarni unutmaslik kerak. Xullas, haftalik nihoyatda foydali axborot almashuv “maskani” ekanligini e’tirof etish lozim. Xususan, AKT bo’yicha zamonaviy ko’rgazmada mahsulot sotish uchun emas, balki bo’lajak mijozlar to’o'risida ma’lumot to’plash niyatida qatnashgan ma’qul. Chunki o’z ishlarida tajriba orttirish va yanada tashabbuskorlik bilan faoliyat yuritishda mazkur axborotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko’rgazma orqali yangi hamkor(lar) bilan tanishish mumkin. Shu ma’noda, haftalik doirasida o’tkazilgan “ICTExpo – 2006″ ko’rgazmasi AKT sohasida o’zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, zaruriy investisiyalarni jalb qilishga munosib hissa bo’lib qo’shilishiga hech bir shubha yo’q. U amaliy hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi hamda bu harakatga yangicha kuch bao’ishlaydi.

“InfoCom – 2006″ haftaligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli sohalarini rivojlantirishda, xususan, yangi informasion iqtisodiyotni yaratishda “katalizator” bo’lgan AKT salohiyatidan unumli foydalanish va shu yo’nalishdagi eng maqbul strategik yechimlarni to’o'ri tanlashda barcha IT-kompaniyalarni raqobatbardoshlikni mustahkamlab, o’zaro manfaatli hamkorlik qilishga undaydi, global informasion jamiyatning shakllanishiga o’z hissasini qo’shadi.

pic

Orphus system