BOSh SAHIFA — BOSh MASALA
26.10.2006
Rukn: Internet.
Muallif: Samat Maxmadiyarov.

pic
Maqolada Uznetni boyitib turgan sermazmun saytlarning bosh sahifasi, ularning dizayni, jozibadorligi va qulayligi to‘g‘risida xolis fikr yuritiladi. Unda keltirilgan taniqli web-studiyalar saytlari bosh sahifalarining suratlari dizayn san’ati ixlosmandlarini hayratga solish bilan birga, mushohadaga chorlasa, ozgina o‘ylantirsa ajabmas. Shuningdek, maqolaga ilova qilingan mavzuga oid manbalarning manzillari o‘z saytlarini yaratish ishtiyoqida bo‘lganlar uchun foydadan holi bo‘lmas, degan umiddamiz.

Mavzuni yoritishga o‘tishdan avval e’tiboringizni statistik ma’lumotlarga jalb etmoqchimiz:

» «ComScore Nethorks» kompaniyasi olib borgan kuzatuv natijalariga ko‘ra butun jahonda hozirgi kunda 694 million (15 yoshdan yuqori bo‘lgan) kishi Internetdan foydalanadi ([url=http://www.interfax.ru/r/B/politics/2.html?id_issue=11510823]http://www.interfax.ru/r/B/politics/2.html?id_issue=11510823[/url], 2006 yil 5 may).
» Internetdan foydalanuvchilar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda — 152 million kishi. Keyingi o‘rinlarda: Xitoy (72 million), Yaponiya (52 million), Germaniya (32 million), Buyuk Britaniya (30 million), Janubiy Koreya (24,6 million), Fransiya (23,9 million), Rossiya (22 million). O‘zbekiston Respublikasida esa bu ko‘rsatkich 1 mln 80 ming kishini tashkil etadi ( [url=http://www.regnum.ru/nehs/620284.html,]http://www.regnum.ru/nehs/620284.html,[/url] 2006 yil 10 aprel ).
» Taniqli Netcraft konsalting kompaniyasi olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra (2005 yil 1
iyul holati bo‘yicha) Internetda jami 67571581 sayt mavjud ( [url=http://rucms.ru/modules/articles/print.php?storyid=118]http://rucms.ru/modules/articles/print.php?storyid=118[/url] ).
» Hozirgi kunda Runetda 180 ming sayt ochilgan bo‘lib, ularning 19 ming tasi ilmiy va ta’lim
sohasida yaratilgan saytlar hisoblanadi. Runetdagi saytlarning 1 ming 816 tasi ommaviy axborot
vositalari sifatida ro‘yxatga olingan. Internetning Rossiya segmentida 400 mingga yaqin domen nomlari ro‘yxatga olingan ( [url=http://www.fontanka.ru/159377]http://www.fontanka.ru/159377[/url] , 2006 yil 1 mart).
» Bugungi kunda milliy «.UZ» domenida ro‘yxatga olingan saytlar soni 3000 ga yaqin, lekin shular orasida ishlaydiganlari va muttasil yangilanib turiladiganlari 1000-1200 tagina xolos ( [url=http://ru.infocom.uz/more.php?id=776_0_1_0_M]http://ru.infocom.uz/more.php?id=776_0_1_0_M[/url] , 2005 yil 28 aprel).

pic

Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, butun dunyodagi barcha Internetdan foydalanuvchilarning taxminan, har o‘n nafariga hozircha, bittadan sayt to‘g‘ri keladi. Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, yaqin o‘n yilda foydalanuvchilarning soni xususan, Xitoy va Hindiston mamlakatlari hisobiga keskin ko‘payishi (o‘rtacha yillik o‘sish 18 %) kuzatiladi. Shunga mos ravishda, saytlarning umumiy soni, ayniqsa, elektron tijoratga oid saytlarning soni keskin oshishini hamtabiiy bir hol deb qarash mumkin. Bu narsa Internetda o‘z mavqeini mustahkamlashga intilayotgan boshqa segmentlar qatori Uznetga ham tegishli, albatta. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Kompyuterlashtirish va axborot-qommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2006 yil 8 iyunda bo‘lib o‘tgan majlisida davlat idoralari web-saytlari faoliyatining monitoringi natijalari ko‘rib chiqilgan (http://www.ictcouncil.gov.uz/). Unda Vazirliklar va idoralar zimmasiga rasmiy web-saytlarning uzluksiz faoliyatini ta’minlash va doimiy ravishda yangilab borish vazifasi yuklatilgan. Muvofiqlashtiruvchi Kengash qaroriga binoan tashkilotlar va muassasalarning «Internet-manzili»ga rasmiy rekvizit maqomi berilgan. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga muassasalarning rasmiy blanklariga web-saytlarning manzillarini kiritishni amalga oshirish topshirilgan. Bu narsa har bir yuridik shaxs o‘z web-saytiga ega bo‘lishi bilan birga uni doimiy ravishda yangilab borishi davr talabi ekanligini anglatadi.

pic

Xo‘sh, web-sayt yaratish qanchalik murakkab yoki oson kechadigan jarayon? Uni qanday amalga oshirgan ma’qul? web-sahifalarning jozibadorligini oshiruvchi asosiy omillar nimalardan iborat? Darvoqe, web-dizaynlik sermashaqqat san’atdir. Negaki, u axborot tarkibini tashkil etish va hal etiladigan masalalar tartibini aniqlash bilan uzviy bog‘liqdir. Saytlar xilma-xil, mazmuni ham turlicha. Har bir web-yaratuvchi saytni o‘ziga yoqqan usul yordamida, ma’lumotlar va masalalarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda yaratayotganligi sir emas. Binobarin, Internetda o‘z sahifasini yaratish niyatida bo‘lganlar uni tayyor tizimlardan foydalanib, mustaqil ravishda o‘z kuchlari bilan yoki shu sohadagi tajribali, professional web-masterlarga buyurtma berib yoxud ular bilan hamkorlikda amalga oshirishlari mumkin. Albatta, tayyor tizimlardan foydalanib sayt yaratish anchagina oson ko‘chishi mumkin (agarda u barcha talablarga to‘liq javob bera olsa). Darhaqiqat, Re.Uz portalida mavjud konstruktor yordamida saytlarni osongina yaratish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan (http://www.re.uz). Buning uchun sichqonchaning tugmasini atigi besh marta bosish, ya’ni quyidagi amallarni bajarish yetarli ekanligi ta’kidlab o‘tilgan:
» tashkilot maqomiga mos sayt turini tanlash;
» dizayn (sarlavhalar, menyu, kontent va boshqa atributlarning joylashuv sxemasini) tanlash;
» ranglarni tanlash;
» shriftlarni tanlash;
» saytni faollashtirish uchun tanlanganlarni tasdiqlash.
Lekin, konstruktorda dizayn andozalari va rang sxemalari qanchalik ko‘p bo‘lmasin, u barcha muxlislarga o‘z maqsadlarini to‘la ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga qodir deb xulosa chiqarish favqulodda qiyin masala. Negaki hamma saytlar ham bir qolipga tushavermaydi. Misol uchun ilmiy tekshirish instituti sayti bilan elektron tijorat uchun mo‘ljallangan sayt yoki davlat va nodavlat tashkilotlari saytlari bir-biridan tamomila farqli bo‘lishi ko‘pchilikka ayon. Shuning uchun ham aksariyat hollarda web-dizayn sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan web-masterlarning ijodiga murojaat etib, zaruriyat tug‘ilsa ularning beminnat xizmatlaridan foydalanishga ham to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda, taniqli dizayn studiyalarning web-saytlari, ulardagi bosh sahifalarning chiroyi va mazmundorligiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, bu narsa dizaynerlarning loyiha ustida qanchalik oqilona ish yuritishlarini, ularning foydalanuvchilarga mo‘ljallangan saytlar yaratish borasidagi iqtidorlarini to‘g‘ri baholashga xizmat qilsa ajabmas. Ma’lumki, ixtiyoriy saytni ochganingizda avvalambor bosh sahifa yuklanadi, ya’ni ekranda dastavval bosh menyuning bandlari, sayt mazmunini ifodalavchi asosiy matn, audio va video tasvirlar paydo bo‘ladi. Boshqa sahifalarga o‘tish menyudagi bandlar orqali amalga oshirilishi nazarda tutiladi, shunday qilinadi ham.

pic

Web-dizayn sohasida katta tajribaga ega studiyalardan biri — «Design.uz Studio». 2002-2006 yillarda studiya tomonidan bajarilgan 32 ta loyihaning 22 tasi web-saytlardir. Studiya saytining bosh sahifasidagi asosiy menyuning bandlari: «Studiya», «Portfolio», «Forma svyazi», «Novosti», «Uslugi» deb nomlagan ( [url=http://www.internet.uz]http://www.internet.uz[/url] ). Ana shu bandlardan ixtiyoriy bittasini tanlanganda, o‘sha bandga mos bo‘limga o‘tiladi va aynan shu zahoti asosiy menyuda «Glavnaya» deb nomlangan qo‘shimcha band paydo bo‘ladi. Endi, mabodo «Glavnaya» bandi tanlanib, bosh sahifaga o‘tilsa, tabiiyki, asosiy menyuda «Glavnaya» degan yozuv bo‘lmaydi. Mana shu narsa saytni sahifalash mantiqan naqadar to‘g‘ri bajarilganligini qo‘rsatib turuvchi muhim bir belgi deyish mumkin. Saytning ayni mana shu jihatiga boshqalar ham e’tibor qaratishlari darkor. Negaki barcha saytlarda ham mana shunday to‘g‘ri yo‘l tanlangan deb bo‘lmaydi, Holbuki, saytlarda bosh sahifaning o‘zida «Bosh sahifa» degan yozuv doimo saqlanib qolish hollari tez-tez uchrab turadi.
1998 yil 24 sentyabrda tashkil etilgan «SIYMO» reklama agentligi dizayn, poligrafiya (matbaa), tashqi reklama, keng formatli nashr, interer-eksterer, audio-video mahsulotlar yaratish borasida kattagina tajribaga ega, uning portfeli ham «salobatli» ( [url=http://www.siymo.uz]http://www.siymo.uz[/url] ) . Kompaniya qoshida tashkil etilgan web-studiya Internet-ishlanmalar yaratish borasida va web-dizayn sohasida kengqamrovli faoliyat olib boradi. U Internet-texnologiyalar sohasida biznes va tadbirkorik uchun eng maqbul echimlarni taklif etishga tayyor. Kompaniya saytining bosh sahifasidagi birinchi band «Sayt nima uchun kerak?» («Zachem nujen sayt?») deb nomlangani ham bejiz emas. Sahifadagi konstuktor yordamida yaratiladigan saytning strukturasini osongina tuzib olish mumkin. «Sarkor Solutions» 2000 yilda Sarkor Telecom kompaniyasi (1996 yil) huzurida web-ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim sifatida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda u mustaqil kompaniya darajasiga ko‘tarilgan ( [url=http://www.solutions.uz/]http://www.solutions.uz/[/url] ). Kompaniya O‘zbekistondagi web-texnologiyalar bozorida o‘z mavqeini mustahkam egallab turibdi. Bu yutuq mijozlarga ko‘rsatilayotgan e’tiborning nihoyatda yuqoriligi va xizmatlarning sifati a’lo darajadaligi tufayli qo‘lga kiritilgan. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi — korporativ Internet-vakolatxonalar, shuningdek axborot resurslarini tashkil etish va kuzatib borish hisoblanadi. Kompaniya buyurtmachilarga faqat xizmat ko‘rsatish emas, balki ular bilan birgalikda web-sayt yaratish va uni yuritish borasida samarali faoliyat olib borishni o‘zining bosh maqsadi deb biladi. Uning faoliyatida «ikkita bir xil loyiha tayyorlanmaydi va konveyer ishlanmalar qilinmaydi» degan qoida bosh mezon. Kompaniya buyurtmachilar bilan o‘zaro hamkorlikda yaratilgan korporativ/ informasion / e-tijorat / interaktiv resurslarning to‘la-to‘kis va jozibador chiqishini kafolatlab, ish yuritadi. Taklif etilayotgan informasion materiallar bilan ishlash xizmati alohida e’tiborga loyiq. Kompaniya Flash texnologiyalarning ustun jihatlarini ko‘pligini ta’kidlagani holda, ularni yanada ommalashtirish tarafdori. Shuningdek, u mijozlarga buyurtma berishda asosiy masala (nima, qanaqa, qaerga degan savollarga javob)ni to‘g‘ri anglab, aslo shoshilmaslik kerakligini, xizmat bahosining pastligiga uchib, aldanib qolmaslikni va eng asosiysi ustun jihatlarni to‘g‘ri ajrata bilish muvaffaqiyat garovi ekanligini uqtiradi. Kompaniya portfeli 26 ta nomdagi ijod namunalari bilan boyitilgan. «Sarkor Telecom» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Sarkor Solutions» o‘z mijozlariga uch turdagi xosting ( web-xosting, pochta xostingi va FTP-xosting) xizmatlari bo‘yicha eng qulay imkoniyatlarni taqdim etadi. Zero, bugungi kunda «Sarkor Telecom» kompaniyasi O‘zbekistonda eng taraqqiy topgan, barqaror va istiqbolli xosting maydonlariga ega. Mamlakat reklama bozorida «BrandUz» reklama agentligining o‘z o‘rni bor ( [url=http://www.brand.uz/]http://www.brand.uz/[/url] ). Agentlikning rasmiy nomi — «Info xizmati» mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ). Kompaniyaning ilk muvaffaqiyati (2001 yili [url=http://www.reklama.uz]www.reklama.uz[/url] banneralmashuv tarmog‘ini tashkil etilishi) O‘zbekistonda Internet-reklamaning boshlanishiga turtki bo‘lgan.

pic

Natijada resurslarni tarmoqda yurishtirish imkoniyati paydo bo‘lgan. Agentlikning keyingi yutuqlari O‘zbekistonda birinchi xotin-qizlar virtual jurnali [url=http://www.krasota.uz]www.krasota.uz[/url] (2002 y.), e-tijoratga oid loyihalar: [url=http://www.foods.uz]www.foods.uz[/url] va [url=http://www.service.uz]www.service.uz[/url] (2005 y.), [url=http://www.Markets.uz]www.Markets.uz[/url] (2006 y.) ni joriy etish tufayli qo‘lga kiritilgan. Bugungi kunda [url=http://www.krasota.uz]www.krasota.uz[/url] — portal, uning tarkibida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan cards.krasota.uz, lady.krasota.uz, bride.krasota.uz kabi
saytlar bor. Kompaniya Internet-reklama sohasidagi eng ilg‘or texnologiyalarga asoslanib ish yuritadi. U web-resurslarning reklamasini o‘zining [url=http://www.reklama.uz]www.reklama.uz[/url] tarmog‘ida, shuningdek raqobatchilari bo‘lmish [url=http://www.promo.uz]www.promo.uz[/url] , [url=http://www.uzreport.com]www.uzreport.com[/url] , [url=http://www.banner.uz]www.banner.uz[/url] tarmoqlarida joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga tayyor. Kompaniya tomonidan 2001-2005 yillarda «sayt», «logo», «aylantirish», «banner», «xosting» bo‘yicha (portfel) jami 33 ta nomdagi turli xil buyurtmalar muvaffaqiyatli bajarilgan. «BrandUz» kompaniyasi qoshida web-studiya faoliyat olib boradi. Studiya mijozlarga yakka tartibda (individual) yondoshib, web-saytlarni yuqori sifat bilan arzon narxda yaratib bera olishlarini, «narx-sifat» nisbati masalasida ularga teng keladiganlarni topish qiyin ekanligini katta ishonch bilan ta’kidlaydi.

pic

O‘zbekiston aloqa va axboratlashtirish agentligi (O‘zAAA) huzuridagi 2002 yilda tashkil etilgan kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish «UzInfoCom» markazi boshqaruv organlari, byudjet tashkilotlari va xususiy beznes sektoridagilarga keng qamrovli axborot, servis va konsalting xizmatlari ko‘rsatishga doimo ( [url=http://uzinfocom.uz/services/design/]http://uzinfocom.uz/services/design/[/url] ) shay. Xizmat turlari orasida web-dizayn va multimedia disklar yaratish bilan bog‘liq xizmatlarning o‘z o‘rni bor. Shuningdek, markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga binoan doimiy ravishda davlat boshqaruv organlari va hokimiyatlari web-saytlarini ekspertizadan o‘tkazish bilan ham shug‘ullanadi. Markaz tomonidan «Davlat tashkiloti rasmiy saytiga asosiy talablar» ishlab chiqilgan ( [url=http://www.uzinfocom.uz/documents/]http://www.uzinfocom.uz/documents/[/url] ).
2005 yilda tashkil etilgan «Flash» web-studiyasi jamoasining Internet loyihalarni amalga oshirishdagi tajribasini kompaniya saytining bosh sahifasidan ilg‘ab olish qiyin emas ( [url=http://www.flash.uz/]http://www.flash.uz/[/url] ). Studiya tomonidan sifatli saytlar yaratib berish bo‘yicha talaygina xizmat turlari taklif etilgan: domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish (.uz, .com, .net, .org va boshqalarda); xosting (joylashtirish); Flash — animatsiya; taqdimot disklari; statik va dinamik saytlar; saytni yurishtirish (yurgizish); saytga dalda; matnlar bilan ish yuritish va boshqalar. Shuningdek, studiya o‘z web-sahifasi orqali quyidagi saytlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri (onlayn rejimida) buyurtmalar qabul qilishini ma’lum qilgan:
» Vizitka-saytlar (juda ham ixcham holda, ko‘pi bilan 6 betda berilgan axborotlar majmui; statik sayt);
» Korporativ vakolatxona (o‘rta va yirik kompaniyalarga mo‘ljallangan);
» Informasion sayt (hajm jihatidan vizitka-sayt bilan korporativ loyiha oralig‘ida bo‘lgan sayt);
» Portal (o‘zida bir qator xizmatlarni jamlagan kattagina loyiha);
» Internet magazin (sotiladigan mollarning elektron katalogi, buyurtma berish tizimi va buyurtma berilgan tovarlar savatini tashkil etish);
» Promo sayt («Reklama saytlari»);
» Flash sayt (Macromedia Flash texnologiyasi asosida yaratilgan sayt);
» WAP sayt (mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan sayt).
«Flash» web-studiyasining portfeli: web-saytlar (6 ta), dizayn (4 ta), logotiplar (3 ta)dan iborat. «BestSolutions» kompaniyasi yangi Internet-texnologiyalar asosida turli xil saytlar yaratib berish borasida talabgorlardan o‘z xizmatlarini ayamaydi (http://www.best.uz ). Kompaniyaning portfeli katta va salmoqdordir. Mana shu va ularga o‘xshash boshqa bir qancha web-saytlar:
» [url=http://www.erava.com/ru/services/]http://www.erava.com/ru/services/[/url] — «Erava Group» kompaniyasining sayti;
» [url=http://www.nedizain.com/]http://www.nedizain.com/[/url] — «Nedizain.com» Toshkent dizayn studiyasining sayti;
» [url=http://www.bukhara.biz]http://www.bukhara.biz[/url] — » webUz-maximum» studiyasining sayti;
» [url=http://www]http://www[/url] websoft.uz/ — » webSoft» laboratoriyasining sayti;
» [url=http://nafosat.freenet.uz]http://nafosat.freenet.uz[/url] — «Nafosat» dizayn studiyasining sayti;
» [url=http://www.vaya.uz/]http://www.vaya.uz/[/url] — «VAYA» dizayn studiyasining sayti;
» [url=http://www.admveli.com]http://www.admveli.com[/url] — «Texnologiya va dizayn» jurnalining sayti;
» [url=http://www.mrdi.re.uz]http://www.mrdi.re.uz[/url] — Milliy rassomlik va dizayn instituti sayti bilan yaqindan tanishib, ularning bosh sahifasi, dizayni va strukturasini o‘rganib, yaxshi jihatlarini har taraflama ijodiy takomillashtirish asosida yangidan-yangi saytlar yaratish maqsadga muvofiqdir (ro‘yxatda Internet-manzillar kompaniyalar portfellaridagi web-saytlar salmog‘i kamayib borish tartibida joylashtirilgan). E’tirof etish kerakki, birinchi urinishdan hammaga yoqadigan g‘oyat mukammal interfeys tashkil qilish oson ish emas. Buning uchun chuqur mulohaza va yetarlicha mashaqqatli mehnat talab etiladi. Sayt yaratishda quyidagi shartlarni hech qachon nazardan qochirmaslik kerak: saytdagi ustuvorlik foydalanuvchini qiziqtiradigan ma’lumotlarga berilishi lozim; sayt foydalanish uchun juda ham qulay bo‘lishi kerak; saytga maqsadli auditoriya tashrifini hisobga olmoq darkor. Ixtiyoriy sodda yoki murakkab, yangidan yaratiladigan yoki qayta loyihalashtiriladigan (redizayn, ingl. redesign) web-loyihalarni «Asosiy jarayon» («Bazoviy prosess», ingl. «Core Process») texnologiyasi asosida amalga oshirish muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Bu universal texnologiya: loyihani tavsiflash; sayt strukturasini ishlab chiqish; vizual bezatish va test o‘tkazish; yaratish va sifat nazorati; ishga tushirish va kuzatuv (hamrohlik) kabi besh bosqichdan iborat.

pic

Shuni alohida ta’kidlamoqchi edikki, yuqorida nomlari zikr etilgan saytlarning ayrimlarida va umuman, Uznetda e’lon qilingan sahifalarning ko‘pchiligida sayt yaratilgan sana (yoki kompaniyaning qachondan boshlab, faoliyat ko‘rsata boshlaganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topish unchalik ham oson emas. Nega shunday? Bosh sahifa orqali «Saytning egasi kim?», «U qachon yaratilgan (yoki yangilangan)?», «Sayt nima to‘g‘risida?» kabi savollarga osongina javob topa bilish hisobga olinsa, buning nimasi yomon?

pic

Sayt yaratishda ekran yuzasidan unumli (rasional) foydalanish muhim ahamiyatga ega. Aslida, ixtiyoriy web-saytda ekranning yuzasi to‘rt bo‘lakka bo‘lib ishlatiladi deyish mumkin. Bular: asosiy soha (kontent), reklama, navigatsiya i bo‘sh maydon. Kontent web-sahifaning bosh qismi bo‘lganligi sababli unga odatda ko‘p joy ajratiladi (ekran yuzasining taxminan 70-80 foizi). «Qaerda bo‘ldim?», «Qaerdaman?» va «Qaerga o‘tish mumkin?» degan savollarga tezda javob topishga xizmat qiladigan navigatsiyaga esa ko‘pi bilan 15% joy ajratgan ma’qul hisoblanadi. Bosh sahifa «Qaerdaman?» degan savolga aniq javob berishi shart. Asosiy maqsad tashrif buyuruvchilarni eng kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Bosh sahifani reklama yo‘sinidagi turli ortiqcha (ayniqsa, noo‘rin shaxsiy) ma’lumotlar bilan to‘ldirib tashlashdan hech qanday foyda yo‘q. Chunki, bu narsa foydalanuvchini chalg‘itadi xolos. Yaxshisi u sodda va tushunarli bo‘lsin. Ana shunda «foydalanuvchining tajribasi» («polzovatelskiy opit», ingl. «End User Experience») o‘z kuchini ko‘rsatadi. Yaxshi dizayn saytga tashrif buyurganlarning e’tiborini tortib, o‘ziga rom qiladigan darajada yuksak mahorat bilan ishlangan bo‘lishi kerak. Saytning dizayni va strukturasi juda ham murakkab va chigal bo‘lmasligi kerak. Foydalanuvchilarga yengil va «bichimi kelishgan» saytlar ko‘proq manzur bo‘ladi. Rang tanlashda juda ham xushyor bo‘lish kerak. Negaki, turli ranglar inson psixikasiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, qizil va sariq ranglar ko‘zni tez charchatar ekan. Iloji boricha, salobatli va tinchlantiruvchi ranglardan foydalangan ma’qul. Ranglarning uyg‘unligi va detallarning ohangdorligi buzib qo‘yib, muxlislarning ta’bini xira qilish mutlaqo shart emas. Bezovtalik saytni tark etishga sabab bo‘ladi. Go‘zallik esa o‘ziga qayta-qayta chorlaydi. Web-brauzerlar jami 256 xil rangni ko‘rgani bilan ularning palitrasi (ranglar gammasi)da farq mavjud. Barcha brauzerlar uchun faqat 216 xil rang umumiy xolos. Sahifaning asosiy elementlari dizayni uchun aynan mana shu xavfsiz web-ranglar palitrasidagi ranglardan foydalanish tavsiya etiladi. Shunda ranglarni «tekislash» hodisasi kuzatilmaydi, ranglarning tiniqligi yo‘qolmaydi.

pic

Fon va matn rangidagi kontrast to‘g‘ri tanlansa, matnlarni o‘qish osonlashadi. Albatta, shrift o‘lchami (kegel) va garniturasiga bog‘liq holda. Ilgaridan shriftlarning «kertma» («shrifti s zasechkami», ingl. «serif») va «kesilgan» («rublennie shrifti», ingl. «sans serif») kabi turlarini farqlash an’anaga aylanib qolgan. Saytlarda ko‘pincha, Times New Roman, Georgia, Verdana, Arial singari «xavfsiz» shriftlar ishlatiladi. Microsoft firmasining Internet Explorer va boshqa dasturlari bilan birga taqdim etiladigan shriftlar orasida Verdana (kesilgan) va Georgia (kertma) o‘qimishlilik nuqtai nazaridan eng yaxshilari deb tan olingan. Kichkina shriftlarda kursiv ishlatmagan yaxshi. O‘qish tezligi va matnni idrok qilish qator uzunligiga bog‘liq ekanligini ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Uzun qator tez o‘qilishini, qisqa qator bilan esa ishlash oson ekanligi tadqiqotlarda qayd etilgan.

pic

Mutaxassislarning fikricha, kitobxonlar rasmlar bilan bezatilgan bosma nashrlarni ko‘proq yoqtirishadi. Ular avval suratlarni tomosha qilib, keyin matnga o‘tishadi. Internet esa bosma nashrlardan tamomila farq qiladigan ma’lumotlarni uzatish vositasi (muhiti) hisoblanadi. Balki, shuning uchun ham web-saytlarga tashrif buyuruvchilar avvalambor matnlarni o‘qishlari, tasvirlarga esa faqat saytlarga qayta kirganlarida e’tibor berishlari kuzatuvlarda qayd etilgandir. Binobarin, bosh sahifada grafik tasvirlarga imkon qadar kamroq o‘rin ajratish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, turli zastavka(lavha)lar, Flash roliklar sahifani bezagani holda, teskari effekt (samara) bermasligi uchun ularni optimallashtirish zarur. Basharti shunday ish tutilsa, sahifaning yuklanish vaqti sezilarli darajada kamayadi. Tez yuklanadigan sayt esa foydalanuvchini
bezdirmaydi. «Saytning ochiqligi ahamiyatga ega». Bu bor gap. Internetga mobil telefonlar orqali kirish («mobil Internet») ommalashib borayotgan bugungi kunda esa uning dolzarbligi yanada ortadi.

Unutmaslik kerakki, avvaldan puxta o‘ylangan konsepsiya asosida yaratilgan saytgina sifatli va jozibador bo‘la oladi. Bosh sahifani bezatish esa sayt yaratishda bosh masala. Negaki, sayt to‘g‘risidagi fikr aynan shu bosh sahifani ko‘rishdan boshlanadi. Shu ma’noda uni saytning yuzi, uning taqdirini belgilaydigan sahifa deyish mumkin. Bosh sahifasi boy mazmunli, chiroyli, ixcham va qulay ishlangan saytgina — doimo ko‘pchilikni o‘ziga jalb qila oladi.

pic

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq