Nashrga topshirildi №6

Forumda muhokama qilish

BOSh SAHIFA - BOSh MASALA 26.10.2006 — Rukn: Internet

pic
Maqolada Uznetni boyitib turgan sermazmun saytlarning bosh sahifasi, ularning dizayni, jozibadorligi va qulayligi to‘g‘risida xolis fikr yuritiladi. Unda keltirilgan taniqli web-studiyalar saytlari bosh sahifalarining suratlari dizayn san'ati ixlosmandlarini hayratga solish bilan birga, mushohadaga chorlasa, ozgina o‘ylantirsa ajabmas. Shuningdek, maqolaga ilova qilingan mavzuga oid manbalarning manzillari o‘z saytlarini yaratish ishtiyoqida bo‘lganlar uchun foydadan holi bo‘lmas, degan umiddamiz.

VIRTUAL XAZINA VA UZNET “DONIShMAND” LARI 19.10.2006 — Rukn: Internet

pic
Maqolada "millatning yetuklik shahodatnomasi" nomini olgan universal ensiklopediyalar, ularning nashri va ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritiladi. Unda O‘zbek qomusining birinchi (14 jildlik) to‘la nashri va mustaqil mamlakat hayotining yorqin ko‘zgusi - universal milliy qomus (12 jildlik "O‘zbek milliy ensiklopediyasi") to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, jahonda mashhur elektron ensiklopediya(lug‘at)lar, ularning Internet-manzillari hamda Uznet "donishmand"lari xususida to‘xtab o‘tilgan.

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIMDAGI O‘RNI 04.10.2006 — Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar

pic
Hozirgi davrda ta'limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, mana shu sababli barchamiz "yangi pedagogik texnologiyalar" atamasini ishlata boshladik. Bir misol, shaxsiy kompyuter ta'limning imkoniyatlarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Internet leptoplar ta'lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha yanada kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. O‘zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta'lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta'lim va tarbiya tizimiga ilg‘or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog‘liq.

MILLIY TARMOQDA - TEXNOBLOG IShLAB TURIBDI 01.10.2006 — Rukn: Internet

pic
Joriy yil avgust oyining boshida, milliy tarmoqda TexnoBlog deb nomlangan (www.TechBlog.uz) veblogi ishga tushdi. Mazkur veblog axborot texnologiyalari sohasida bir qator yangiliklar va qiziqarli maqolalarni o‘zbek tilida nashr qilib borishni yo‘lga qo‘ydi. Shuning uchun ham uni o‘zbek tilidagi ilk veblog deb atash mumkin.