Masofali ta’lim shakllanishi va istiqboli
13.09.2006
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Narzulla Muslimov.

pic
Pedagogika fani, bilimlar sohasi va ijtimoiy amaliyot sohasi kabi jahon rivojlanish umumiy tendensiyalari va qonuniyatlariga binoan rivojlanadi. Shuning uchun kasbiy-pedagogik ta’lim chet el tajribalarini o‘rganish, uni ilmiy tushunish, ilg‘or g‘oyalardan milliy ta’lim amaliyotida foydalanish ayniqsa dolzarb hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash sohasidagi pozitiv jahon tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha elementlariga taalluqli va uning rivojlanishi omillaridan biri hisoblanadi». Shu bilan birga milliy g‘oyalar va an’analarda qurilgan ta’lim har doim milliy rivojlanish masalalariga javob berishini esda tutish kerak.

Bunday ta’limning texnik yoki tashkiliy shakllari turlicha bo‘lishi mumkin, ba’zan umuman odatdan tashqari, tasavvur qilib bo‘lmagan ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. Ammo bizning chuqur ishonch hosil qilishimizga oxir oqibat odamning ta’lim olishi natijasi faqat o‘quv faoliyati shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim bilan belgilanmaydi, balki o‘quv jarayoni quriladigan tayanch psixologik-pedagogik mazmunga bog‘liq bo‘ladi. Aynan mana shu mazmunlarini izlab topish milliy mentalitetga nisbatan masofali ta’lim asoslarini ishlab chiqish boshlang‘ich vazifasi hisoblanadi. Bu «narsa» turli ramziy amaliyotlar ekranlarida aks ettirilib namoyon bo‘ladi. Fikri, sezgilari va harakatlarida moddiylashadi.
Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti boy chet el va milliy tajribalar tadqiqotlar yo‘nalishlari umuman dolzarbligini tasdiqlaydi. Yangi pedagogik axborot va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga asoslangan ta’lim olish usulidan biri hisoblangan masofali ta’lim mohiyatini tushunishga bizni yaqinlashtiradi. Ta’limning sintetik, integral va gumanistik shakli hisoblanuvchi masofali o‘qitishning aynan nazariy va amaliy masalalari ta’limni isloh qilish sharoitlarida milliy ta’lim tizimi oldida turgan muammolar katta qismini hal etishi kerak.

Chet el ta’lim tizimlarida masofali o‘qitishning tashkil topishi va rivojlanishi jarayonini o‘rganishda ta’lim muassalarida masofali o‘qitishni amaliy tashkil qilish turli shakllari va variantlarini hamda masofali ta’limni didaktik ta’minlash vositalarini tahlil qilishga e’tiborni qaratish zarur.

Solishtirish metodi mohiyatini xitoy olimi X. Shu va N. Chjoular to‘la ochib beradilar: «Agarda millat vaqt o‘qida o‘zinig turgan joyini tarixiy yoki «vertikal» solishtirishlar bilan aniqlay olsa, shunda u millatlararo yoki «gorizontal» solishtirishlar yordamida dunyodagi o‘z o‘rni to‘g‘risida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda «vertikal» solishtirish ishonch uyg‘otadi, «gorizontal» esa realist bo‘lishga majbur etadi».
Bizning taqqoslash tadqiqotimiz predmeti asosiy tushunchalariga yana bir marotaba ta’rif beramiz. Masofali ta’lim — masofada turib o‘quv axborotlarini almashish vositalariga asoslanuvchi maxsus axborot ta’lim muhiti yordamida ta’lim xizmatlari to‘plamidan iborat. Masofali ta’lim axborot-ta’lim muhiti foydalanuvchilar ta’lim olish ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan ma’lumotlar uzatish vositalari, axborot resurslari, o‘zaro aloqalar protokollari, apparat-dasturli va tashkiliy-metodik ta’minotlar sistemali-tashkiliy to‘plamidan iborat.

Masofali ta’lim — o‘quvchilarga o‘rganilayotgan material asosiy hajmini yetkazib berishni, o‘qitish jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning interaktiv o‘zaro aloqalarini, talabalarga o‘rganilayotgan materialni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlash imkonini berishni hamda o‘qish jarayonida ularning olgan bilimlarini va ko‘nikmalarini baholashni ta’minlovchi axborot texnologiyalari to‘plami.

Keltirilgan tushunchalardan taqqoslash tadqiqotini o‘tkazishda dunyoda masofali o‘qitish ta’lim muhiti qanday shakllanishiga asosiy e’tiborni qaratish zarurligi ko‘rinib turibdi. Shu bilan birga bizni birinchi navbatda ta’limning mana shu sohasi rivojlanishi tendensiyalari qiziqtiradi. Umuman ta’limning noan’anaviy shakllariga o‘tishda dunyo tendensiyalari yangi axborot texnologiyalari bo‘yicha tayyorgarlik olib boruvchi kasbiy o‘quv yurtlarining soni ortib borishi kuzatiladi.

Universitetlar tashkiliy tizimlarining birlashtirilishi masofali ta’limning o‘ziga xos tendensiyasi hisoblanadi. Misol uchun oxirgi yillarda masofali universitet ta’limi tashkiliy tuzilishi yangi turi — universitetlar konsorsiumi rivojlanmoqda. Bir necha universitetlar faoliyatini birlashtiruvchi va boshqaruvchi maxsus tashkilot masofali ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Universitetlar konsorsiumi turli universitetlarda ishlab chiqilgan abituriyentlar uchun kurslardan tortib ilmiy daraja olishgacha bo‘lgan kurslardan iborat kurslar to‘plamini taklif etadi.

G‘arbiy Yevropada oliy ta’lim olish darajasidan masofali ta’lim «ochiq universitetlar» deb ataluvchi shakllarda amalga oshiriladi. Milliy ochiq universitetlar ko‘p jihatdan sirtqi ta’lim tashkiliy prinsiplaridan foydalanadilar. Ochiq ta’lim asosida — o‘quvchilar o‘zlari oldilarida turgan ta’lim maqsadlariga erishishga intilib to‘la mustaqil yo‘naladigan ta’lim muhiti puxta ishlab chiqilgan.

Ta’limning ochiqligi prinsipi quyidagini anglatadi: oliy o‘quv yurtiga ochiq o‘qishga qabul qilishi, ya’ni zarur yoshga yetishdan tashqari (18 yosh) har qanday shart va talablardan voz kechish; o‘qishni ochiq rejalashtirish, ya’ni kurslar sistemasidan tanlash yo‘li bilan o‘qish individual dasturini tuzish erkinligi; o‘qish vaqti va sura’tlarini erkin tanlash, ya’ni butun yil davomida talabalarni oliy o‘quv yurtiga qabul qilish va belgilangan o‘qish muddatlarining yo‘qligi; o‘qish joyini erkin tanlash: o‘quv vaqti asosiy qismida talabalar o‘quv auditoriyalarida jismonan bo‘lmaydilar va qayerda o‘qishni mustaqil tanlay oladilar.
Ochiqlik prinsipini amalga oshirish katta tashkiliy yangiliklarga olib keldi, ularni axborotlarni saqlash, qayta ishlab chiqish va yetkazish yangi texnologiyalarini tatbiq etish hisobiga amaliy amalga oshirilishi mumkin bo‘ldi.

Misol uchun o‘tgan asr 90-yillarida telekonferensiyalar o‘tkazish texnologiyasi asosida masofali ta’lim yangi modeli paydo bo‘ldi. Modelning asosini o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro aloqalar asosiy shakli hisoblangan haqiqiy vaqt davomida ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan telekonferensiyalar o‘tkazishdan iborat. Shu bilan birga telekonferensiyalar o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida ham va o‘quvchilarning o‘zlari o‘rtalarida ham o‘tkazilishi mumkin. Bular audio, audiografik, video-kompyuterli telekonferensiyalar bo‘lishi mumkin. Teleta’lim modeli yaqinda paydo bo‘ldi, lekin u zamonaviy ta’limda tashkil etishda tubdan o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Mana shu asosida zamonaviy ta’limning yangi tashkiliy shakli — virtual universitetlar rivojlanayotganligida bu yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘qishning bu shaklini biz yangi, ta’limning endi paydo bo‘layotgan modeli sifatida qaraymiz. Mazkur modelida o‘quv maqsadlarida foydalaniladigan telekonferensiyalar texnologiyasiga ega bo‘lgan ta’lim tizimini qayta qurish mavjud imkoniyatlari amalga oshiriladi. Bu texnologiyalar talabalar guruhlariga va alohida o‘quvchilarga bir-biridan har qanday masofadan turib o‘qituvchilar bilan va o‘zaro uchrashish imkonini beradi.

Bunday zamonaviy telekommunikasiya vositalari bosma matnlar. Audio va videotasmalar o‘rnini bosuvchi kompyuterli o‘quv dasturlari bilan to‘ldiriladi. Masofali ta’limning bunday modeli paydo bo‘lishi faqatgina masofadan turib emas, balki ta’lim muassasasi qandayligidan qat’iy nazar ta’lim berishni olib borishga olib keladi. Bunday model xali to‘la amalga oshirilgan emas. Bu model katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda, xususan jamoatchilik tomonidan tan olinishi va ma’lum ilmiy daraja berish, diplom va sertifikatlar berish huquqini olish (virtual universitet akkreditasiyasi) muammolari. Mana shu qiyinchiliklarni yo‘qotish va virtual universitet modelining to‘la rivojlanishi zamonaviy ta’lim tashkiliy tuzilishida chuqur o‘zgarishlarni anglatadi.

Masofali ta’lim faqatgina milliy ta’lim tizimi (institusional) doirasidagina emas, balki oliy ta’lim butun dasturining to‘rtdan bir qismini tashkil etuvchi asosan biznes sohasida tayyorlashga yo‘naltirilgan alohida tijorat kompaniyalari tomonidan ham rivojlantirilayotganini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. IBM, General Motors Ford kabi va boshqa kompaniyalar tomonidan xususiy korporativ ta’lim tarmoqlari yaratilgan. Mana shu ta’lim tizimlarining ko‘pligi murakkabligi bo‘yicha ham va soni bo‘yicha ham universitetlarda yaratilgan tizimlardan ancha ilgarilab ketgan.

Oxirgi o‘n yilliklar davomida masofali o‘qitishning rivojlanishi uzluksiz ta’lim vositasi sifatida dunyo hamjamiyatining diqqat markazi ob’yekti hisoblanadi. 1990 yil mart oyida Yevropa komissiyasi «Masofali o‘qitish va kasbiy tayyorlash» ishchi hujjatini qabul qildi, bu hujjatda ta’lim «ayniqsa ta’limning samaraliligi nuqtai nazaridan qiziqarli. Yuksak sifatli ta’lim texnologiyalari markazda ishlab chiqilishi va shundan keyin joylarda tarqatilishi mumkin» deyilgan. Masofali ta’lim uchun qulay sharoitlar yaratish uchun 1994 yilda Yevropa komissiyasi «Leonardo da Vinchi» dasturini ishga soldi. Ushbu dastur «butun hayoti davomida uzluksiz ta’limni va tayyorlash yangi shakllari» tizimini rivojlantirishi kerak. «Sokrat» dasturi «uyda ta’lim olishni yevropa masshtabiga olib chiqish» maqsadini o‘z oldiga qo‘yadi.

Masofali ta’lim sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish uchun butundunyo masofali ta’lim assosiasiyasi (WAOE) tashkil etildi, bu assosiasiya masofali ta’lim mintaqaviy ta’lim tizimlarini birlashtiradi

Dunyoda masofali ta’limning tizimlari turli-tumanligi xizmatlar ko‘rsatiladigan ta’lim va tashkiliy shakllari juda xilma-xilligi sababli hatto oddiy turlarga ajratish ham juda qiyin. Quyida chet el nashrlari materiallari bo‘yicha masofali ta’lim o‘qitish tizimlari eng e’tiborlilari ko‘rsatib o‘tilgan:

Mamlakat Masofali ta’lim o‘gitish tizimi
Belgiya Bryusseldagi Oliy iqtisodiyot maktab. (EHSAL)

AQShda masofali ta’limning holati va tendensiyalarini alohida ko‘rib chiqishni muhim deb hisoblaymiz. Birinchidan, Ta’limning bu turi o‘quvchilar ko‘p qismini qamrab olgan, ikkinchidan, o‘qitish masofali shakli an’anaviy ta’lim tizimlari bilan (maktab, o‘rta ta’limdan keyingi hamma ta’lim turlari, firmalar ichidagi kasbiy ta’lim) tabiiy ravishda birlashtirilgan.
MDH davlatlarida faqatgina 1 millionga yaqin odam masofali ta’lim tizimida o‘qitiladi. Misol uchun, 40 ta injenerlik maktablaridan konsorsium tashkil etuvchi Milliy texnologik universitet 90-yillardayoq masofali ta’lim metodi bilan 1100 talabalarni magistr darajasiga tayyorlashni ta’minladi. Masofali ta’lim uchun AQShda televideniyedan keng foydalaniladi. PBS-TV ommaviy teleko‘rsatuvlar tizimi doirasida milliondan ortiq talabalar o‘qitiladi. Kattalarni o‘qitish dasturi fan, biznes, boshqaruv kurslarini o‘z ichiga oladi. Biznes, moliya va AQShdan chiqishsiz huquqi sohasida bakalavr, magistr va doktor diplom hamda ilmiy darajalarini olish bilan amerika Kennedi-Vesteri universitetidagi masofali o‘qitish dasturi ta’lim xizmatlari orasida alohida o‘rin tutadi. Dastur xalqaro tan olingan mavqeini olishni istagan biznesmenlar va bankirlar uchun mo‘ljallangan. Mayk Xart tomonidan boshqariladigan Illinoye shtati Benedikt kolleji «Guttler berg» loyihasi ASCH-fayllar ko‘rinishida klassik asarlarni iloji boricha keng auditoriyaga yetkazish maqsadini o‘z oldiga qo‘yadi (FTP-arxiv — mrcnext.cso. uiuc.edu)

Amerika ta’lim xizmatlarini ta’lim xizmatlar bozorida taqdim etishda BMI (Business Management International) — Kaliforniya shtatida (AQSh) San-Fransisko shahrida shtab-kvartirasiga ega ixtisoslashtirilgan amerika konsalting kompaniyasi katta faollik ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, masofali ta’lim faoliyatiga keltirilgan misollardan G‘arbda masofali ta’limning rivojlanishi asosiy tendensiyasi masofali ta’lim tizimi orqali taqdim etiladigan ta’lim xizmatlarining kengligi va turli xilligi hisoblanadi degan xulosaga kelish mumkin. Bundan tashqari masofali ta’limning rivojlanishi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liqdir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq