INTEL KORPORASIYASI TEXNOLOGIYALARI BO’YICHA QANDAY QILIB «ERTANGI KUN KORXONASINI» QURISH MUMKIN
02.07.2006
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Aleksandr Suchkov.

pic
8 iyun kuni Moskvada Ordjonikidze nomli zavod binosida Intelning «Ertangi kun korxonasi» shiori istidagi ulkan taqdimot marosimi o’tkazildi.Axborot vostilarini ro’yxatga olish paytidayoq Ushbu taqdimot marosimi korporativ bozor uchun Intel telnologiyalarini taqdim etishga mo’ljallanganligi tushunarli bo’ldi, chunki ro’yxatga olishni firma kaskalari va kombinizonlari kiygan xodimlar amalga oshirdilar. Taqdimot marosimida asosiy hisobot «ertangi kun korxonasi» taqdimoti bo’ldi, uni Intel korporasiyasi vise-prezidenti, Digital Yenterprise Brand Management bo’linmasi direktorii Uill Svoup olib bordi. U biznes uchun AT sohasida Intel kelajagini taqdim etdi va korporativ qo’llash uchun Intel texnologiyalari, platformalari va prosessorlari bilan tanishtirdi. Tashkilotchilar tomonidan tarqatilgan press-relizda tarqatilgan rossiya korporativ bozorida ikki yadroli talablar to’g‘risida gapiriladi. Korporativ yechimlar Rossiya industriyasida ikki yadroli

Intel®Xeon® va Intel® Itanium® 2 yangi platformasini faol o’zlashtirishga tayyorlanilmoqda. Korporativ tizimlar Rossiya bozorlari Intel ikki yadroli platformalaridan faol foydalanishga kirishdilar.

Ulkan korporativ foydalanuchilar test sinovlari natijalariga ijobiy javob berishlari bilan jahon va rossiya soha yetakchi ekosistemalari shu zahoti yangi Intel®Xeon® va Intel® Itanium® 2 ikki yadroli platformalari asosidagi yechimlar bilan bozorlarni to’ldirishga tayyorliklarini bildirdilar.

2006 yil birinchi choragida jahon serverlar bozori 13,7 % ga o’sdi, shu bilan birga Garther ma’lumotlari bo’yicha Intel® arxitekturasi asosidagi server mahsulotlari xissasi birinchi chorak oxirida 84,7 % ni tashkil etdi (xususan, Intel Itanium 2 arxitekturasi asosidagi sistemalarni etkazib berish 41,8 % ga o’sdi). Ikki yadroli serverli platformalarni tatbiq etish bo’yicha strategik rejalarni tez suratlarda hayotga tatbiq eta borib Intel korporasiyasi ikkinchi chorak o’rtasida Intel Xeon yangi platformasini (ilgari Bensley shartli nom bilan atalgan) va Intel Xeon 5000 ikki yadroli prosessorlarini (Dempsey) taqdim etdi hamda keyingi avlod Intel® Core™ innovasion mikroarxitekturasiga asoslangan va Bensley platformasidan foydalanish uchun mo’ljallangan birinchi server prosessorlari 5100 seriyali Intel Xeon prosessorini (Woodcrest) ishlab chiqarilishini e’lon qildi. Bundan tashqari yaqin kunlarda uning asosida maqsadli yetkazib berish 2005 yil oxirida boshlangan Intel Itanium 2 (Montecito) ikki yadroli prosessorlarini ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi. Jahon ekosistemasi ishtirokchilari eng yangi ikki yadroli Intel prosessorlarini test sinovlari birinchi natijalarini quvonch bilan kutib oldilar. Masalan 5100 seriyali Intel Xeon prosessori mahsuldorligi bo’yicha avvalgi avlod Intel Xeon prosessorlaridan 125 % ustun bo’ldi va raqobatchi X86 arxitekturasi prosessorlaridan desrli 60 % ga o’zib ketdi, shu bilan birga u «Vatt bo’yicha mahsuldorligi» ko’rsatkichida ham ilg‘orlikka ega. Avval biz Intel Itanium 2 (Montecito) ikki yadroli prosessorlari asosidagi to’rt prosessorli sistemalar mahsuldorligi bo’yicha eng yaxshi RISC arxitekturasidagi to’rt prosessorli sistemadan 60 % o’zib ketganligini xabar qilgan Edik. O’zgaruvchan vergulli sonlar ustida amallarni bajarilishi samaraliligini baholovchi LINPACK testida 45 gigaflopsdan (bir gigaflops o’zgaruvchan vergulli sekundiga bir milliard operasiyalarga teng) ortiq bo’lgan natijaga erishildi.

pic

Avvalgi rekord tezligi 27,5 gigaflops edi. Korxonalar uchun yechimlar bozorida ishlovchi kompaniyalar vakillari Intel Xeon va Intel Itanium 2 turkumidagi ikki yadroli prosessorlar asosidagi Intel

platformalarining Rossiya bozorlariga chiqarilishi rossiya soha ekosistemasi barcha ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi deb ta’kidlaydilar: server sistemalari ishlab chiqaruvchilari, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar va korporativ foydalanuvchilar.Korporativ serverli platformalar uchun Intel ilg‘or texnologiyalari Intel korporasiyasi korporativ infratuzilmasini yanada samaraliroq. Himoyalangan va boshqariluvchan qila oladigan server texnologiyalarini ishlab chiqishga kata e’tibor bermoqda. Mahsuldorik — bu faqat takt chastotasi emas ekanligini ta’kidlab Intel o’z prosessorlari asosidagi serverlarni yanada funksional va iqtisodiy nuqtai nazardan arzon bo’lishini ta’minlovchi fundamental texnologiyalar va vositalar ishlab chiqmoqdalar. Korporativ serverlar hamda ish joyi va mobil kompyuterlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun ishlab chiqilgan texnologiyalar kategoriyasini Intel injenerlari «TS» kabi belgilaydilar. Mikroprosessorlar va platforma mikrosxemalariga kiritilgan ushbu texnologiyalar serverlarni yanada himoyalangan qilib, ko’p vazifali rejimda serverlar ishi samarasini oshirib, ularning boshqaruvini yaxshilab, ishonchliligi, mahsuldorligini oshirib serverlar yaratish va foydalanish usullarida taraqqiyotni ifoda etadi.

Bularning barchasi Intel prosessorlar mahsuldorligiga alohida e’tibor bermay qo’ydi degani emas, balki Intel prosessorlari samaradorligini oshirish va korporativ serverlar foydalanuvchilarini qo’shimcha ustunliklar bilan ta’minlash uchun mahsulot yaratishga o’zining yondoshishini kengaytirdi.

pic

Intel ® Virtualization Technology texnologiyasi

Bu nimani anglatadi?Virtuallashtirish texnologiyasi bir kompyuterda baravariga bir necha turli operasiyalarni va hatto operasion sistemalarni bajarish imkonini beradi. Intel® Virtualization Technology texnologiyasi (VT) virtuallashtirish yanada samarali va xavfsiz qilib uni apparatli va platformali ta’minlaydi.

Bu texnologiya qanday ishlaydi?VT texnologiyasi sistema resurslarini bir necha qismlarga taqsimlaydi, shu bilan bir vaqtda bita apparat platformasi umuman olganda bir necha «virtual» platformalar bo’lib qoladi. Virtuallashtirishni apparatli ta’minlab VT texnologiyasi virtuallashtirish uchun faqat dasturli yechimlarni tez ishlashini oshiradi, qo’shimcha xarajatlarni kamaytiradi va virtuallashtirilgan platformalarga sistema apparatli komponentlaridan yanada samarali foydalanish imoknini beradi.Bu korporativ serverli platformalar foydalanuvchilariga qanday ustunliklar beradi?VT texnologiyasi korporativ serverlar boshqaruvini yaxshilaydi, ularning ishsiz turish vaqtini qisqartiradi va xodimlar ish samaralarini oshiradi. Ishdan chiqishi mumkinligi darajasini kamaytirib VT texnologiyasi yanada ishonchliligini, samaraliligini oshiradi, serverlar mosligi, avvalgi sistamalardan ko’chirib olishni osonlashtirish xavfsizlikni ta’minlaydi.Bu texnologiya qachon korporativ serverli platformalarida amalga oshiriladi?VT texnologiyasi hozirgi kunning o’zidayoq Intel®Xeon® prosessorlari asosida korxona darajasida serverli platformada shu jumladan Sensley shartli nom bilan yaqinda taqdim etilgan server platformada amalga oshirildi.

Intel® Active Management Technology texnologiyasi

Bu nima?Intel® Active Management Technology texnologiyasi (iAMT) texnologiyasi — bu IT-bo’limlari xodimlariga masofadan turib tarmoqqa ulangan barcha sistemalarga murojaat etishga imkon beradi. iAMT texnologiyasi sistemalarni proaktiv boshqarishni, ularning tayyorliklarini yaxshilash, sistemani dasturli hujumlardan himoya qilish va axborotlarni yanada ishonchli himoyasini ta’minlash imoknini beradi.

Bu texnologiya qanday ishlaydi?

iAMT texnologiyasi IT-bo’linmalar xodimlarining uchta muhim ehtiyojlarini qondiradi: mijozlar bilan uchrashuvlar sonini kamaytiradi, aktivlarini boshqarish samaraliligini oshiradi va sistemalar ishsiz bekor to’xtab turish vaqtini qisqartiradi. iAMT texnologiyasi tarmoqqqa ulangan platformalar monitoringini masofadan bajarilishini, viruslarni yo’qotishni, himoya tizimidagi kamchiliklarni bartaraf qilishni osonlashtiradi va foydalanuvchilar axborotlarini yashirinligini saqlab va tanlash imkonini berib aktivlar hisobotini osonlashtiradi.

Korporativ serverli platformalar foydalanuvchilariga bu qanday ustunliklarni beradi? iAMT texnologiyasi IT-bo’linmalari xodimlariga samaraliligi bo’yicha eng yuqori sistemani boshqarish vositalarini taqdim etib operasion xarajatlarni kamaytirishga va ish mahsuldorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu texnologiya hisobiga ta’minot xizmati mutaxassisi serverlar ish bajarish qobiliyati buzilgan hollarda uzoq joylarga bormasdan butun tarmoqni markazlashtirgan boshqaradi. Bundan tashqari, iAMT texnologiyasi IT-bo’limlari xodimlariga serverlar, ish joyi kompyuterlari va boqa sistemalarni boshqaruv bir konsoli yordamida ish bajarishiga imkon berib turli platformalarni boshqarishni ta’minlaydi.Qachon bu texnologiya korporativ serverli platformalarda amalga oshiriladi?iAMT texnologiyasi bugungi kunda ish joyi biznes-platformalarida va korxona darajasidagi serverli platformalarda amalga oshirilgan.

pic

Hyper-Threading texnologiyasi

Bu nima?Hyper-Threading (HT) texnologiyasidan foydalanilganda bir mavjud prosessor operasion sistema tomonidan ikki vitual prosessorlar kabi qabul qilinadi, bu server platformasi har bir prosessoriga ko’p oqimli server qo’shimchalarining baravariga ikki oqimini bajarish imkonini beradi.

Bu texnologiya qanday ishlaydi?

HT texnologiyasi qo’shimchalar hisoblash ehtiyojlari o’zgarishi bo’yicha prosessor o’rtasida ularning resurslarini qayta taqsimlaydi. Ko’p oqimli qo’shimchalari bilan oqimlarni parallel bajarishga imkon berib u prosessor resurslaridan maksimal samarali foydalanishni ta’minlaydi va aniq vaqt davomida ko’proq ish bajarishni amalga oshirishga yordam beradi. Korporativ serverli platformalardan foydalanuvchilar uchun bu qanday ustunliklar beradi? HT texnologiyasi prosessor resurslaridan foydalanishni samarasini oshiradi, ma’lumotlarni ishlab chiqish tezligi va sistemaning umumiy mahsuldorligini oshiradi. Ikki oqimga ijrochi resurslar bir to’plamini berib u ikkinchi oqimga faqat bir oqimni bajarishda ishsiz turgan resurslardan foydalanish imoknini beradi. Bu tashkilotlar eng talabchan korporatv qo’shimchalarni bajarishlari mumkinligini, shu bilan ir vaqtda sistemalar tez ishlashini ta’minlanadi. Bu texnologiya qachon korporativ serverli platformalarda amalga oshirlgan?HT texnologiyasi 2002 yilda taqdim etilgan va o’tgan vaqt davomida ish joyi kompyuterlari, noutbuklar va HT texnologiyasini ta’minlaydigan serverlar uchun 50 milliondan ortiq Intel prosessorlari sotildi.

pic

Intel® 1/0 Acceleration Technology texnologiyasi

Bu nima?Zamonaviy kompaniyalarning muvaffaqiyatlari ko’p jihatdan ma’lumotlarni uzatish va ishlab chiqish tezligiga bog‘liq bo’ladi. Qo’shimchalar va tarmoq tizimlari o’rtasida ma’lumotlarni uzatish samarasi pastligi IT-echimlariga investisiyalardan maksimal foyda olishga intiluvchi kompaniyalar uchun jiddiy to’siq bo’lib qoldi. Mana shu muammoni hal etishga yordam ko’rsatish maqsadida Intel korporasiyasi qo’shimchalar va tarmoq tizimlari o’rtasida ma’lumotlarni uzatishni tezlashtirib beruvchi I/O Acceleration (I/O AT) platforma texnologiyasini ishlab chiqdi. Bu texnologiya qanday ishlaydi?I/O AT texnologiyasi mijozlik tizimini serverlar qo’shimchalari bilan o’zaro aloqalari samaradorligini oshiradi, u tarmoq tizimlariga xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan prosessor hisoblash resurslarini kamaytirib beradi.Bunga ma’lumotlarni ishlab chiqishni platforma barcha komponentlariga taqsimlash hisobiga erishiladi: prosessorlar, mikrosxemalar to’plamlari. Tarmoq kontrolleri va dasturiy ta’minot o’rtasida taqsimlaydi. Korporativ serverli platformalardan foydalanuvchilarni bu qanday ustunliklar bilan ta’minlaydi?I/OAT texnologiyasi prosessorga yuklamani kamaytiradi, shu bilan bir vaqtda ma’lumotlarni ishlab chiqishni ancha tezlashtiradi (30 % gacha natijaga erishish mumkin).Yakuniy foydanuvchilarga bu texnologiya sistemaning mahsuldorligini oshirishi bilan foydalidir, bu ayniqsa internet-kommersiya, elektron bank sistemalari va ko’p sonli tranzasiyalarni bajaruvchi boshqa qo’shimchalar bilan ishlashda sezilarli bo’ladi. Kompaniyalar esa mana shu texnologiyadan foydalanish hisobiga ma’lumotlarga ega bo’lish umumiy qimmatini pasaytirishlari va korporativ infrastrukturani yanada ixchamlashtirishlari mumkin bo’ladi. Bu texnologiya korporativ serverli platformalarda qachon amalga oshiriladi? I/OAT texnologiyasi yaqinda taqdim etilgan Bensley shartli nomli Intel Xeon serverli platformasida amalga oshirilgan.

pic

Foxton texnologiyasi Bu nima?Foxton — Intel®Itanium® 2 turkumidagi prosessorlar yadro chastotasini o’zgartirishga imkon beruvchi texnologiyaning shartli nomi, yadro chatotasini o’zgartirish qo’shimchalar tezkorligini oshirishga va elektr energiyasidan samarali foydalanishga imkon beradi. Bu texnolgiya qanday ishlaydi?Foxton texnolgiyasi prosessorning chastotasini keraklicha boshqarib uning energiya sarflashini doim «kuzatib» boradi. agarda biror bir yechimni hal qilishda prosessorning energiya sarflashi chegara darajasiga yetadigan bo’lsa Foxton texnologiyasi energiya sarflash chegara darajasigacha yoki prosessor maksimal chastotasiga yetguncha uning takt chastotasini taxminan 1 foizgacha oshiradi. Agarda biror-bir vazifani bajarishda energiya sarflash mumkin bo’lgan darajadan oshadigan bo’lsa Foxton texnologiyasi energiya sarflash mumkin bo’lgan darajaga tushgunicha yoki chastota tayanch belgisiga erishmaguncha prosessor takt takt chastotasini pasaytiradi. Korporativ serverlar foydalanuvchilariga bu qanday ustunliklar beradi?Energiya ko’p sarflaydigan operasiyalarni bajarganda prosessor odatda tayanch chastotasida ishlaydi, energiya kam sarflaydigan vazifalarda esa prosessor chastotasi ancha yuqori bo’ladi. Shunday qilib, Foxton texnologiyasi sarflanadigan energiyani hisobga olib korporativ qo’shimchani maksimal samarali bajarishga imkon beradi.

pic

Pellston texnologiyasi

Bu nima?Pellston — kesh-xotira ishonchliligini oshirishga imkon beruvchi texnologiya.
Bu texnologiya qanday ishlaydi?Bu texnologiya kesh-xotirada 3 darajali xatolarni niqlaydi (sistema ish bajarish qobiliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan kam uchraydigan mikrosxemalar nuqsonlari) va sistema ishida ular buzilish keltirib chiqarishlariga yo’l qo’ymaydi. Shunday xato aniqlansa Peliston texnologiyasi satrli himoyalab uni 3 darajali kesh-xotiradan yo’qotadi.

Korporativ serverli platformalar foydalanuvchilari qanday ustunliklarga ega bo’ladilar?

Peliston texnologiyasi kesh-xotirasida xatolar sonini kamaytirish hisobiga Intel Itanium 2 prosessorlari asosidagi serverlar ishonchliligini va tayyorligini ancha oshiradi. Intel ® Yextended Memory 64 Technology (EM 64T) texnologiyasiBu nima?64 razryadli arxitekturasi ko’p yillardan beri oliy darajali korporativ hisoblash sistemalarini ishlab chiqishda foydalanilib kelishmoqda, lekin o’rta klassli serverlar va shaxsiy kompyuterlar bozorida keng tarqalmadi. Bir necha yil avval 32-razryadli xotira tizimlari ma’lumotlar bilan jadal ishlovchi yangi korporativ qo’shimchalarni samarali bajarish uchun yetarli bo’lmay qolganida vaziyat o’zgara boshladi.

Intel korporasiyasi 64-razryadli Intel ® YeM64T texnologiyasini ishlab chiqdi, bu texnologiyadan foydalanilganda kerakli dasturiy ta’minot qo’llanilganida serverlar, ishchi stansiyalr va Intel ish joyi platformalarida 64-razryadli qo’shimchalarni bajarishiga imkon beradi. YeM64T texnologiyasi bilan prosessorlar Microsoft, Red Hat va SuSE 64-razryadli operasion sistemalar ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda mavjud 32-razryadli qo’shimchalar va operasion sistemalar bilan to’la mos ishlashni ta’minlaydi.

Bu texnologiya qanday ishlaydi?Intel YeM64T texnologiyasi xotira kengaytirilgan hajmidan foydalanish imkonini beradi, bu dasturiy ta’minot yaratuvchilariga ma’lumotlar markazlari doimiy o’sib kelayotgan talablariga javob bera oladigan qo’shimchalar yaratish imkonini beradi.Bu texnologiyalar qachon korporativ serverli platformalarda amalga oshirildi?YeM64T texnologiyasi 800 MGs chastotada ishlovchi sistemali shinalar bilan Intel Xeon prosessorlari tomonidan ta’minlanadi.

pic

Ikki yadroli va ko’p yadroli prosessorlar

Bu nima?Intel injenerlari prosessorlarga borgan sari ko’proq tranzistorlarni kiritib va bir
kristallda ikki va undan ko’p yadroli prosessorlarni ishlab chiqib doimiy ravishda prosessorli texnologiyalarni takomillashtirib bormoqdalar. Mos keluvchi dasturiy ta’minotdan foydalanilganda ko’p yadroli arxitektura bir necha dasturiy oqimlarni baravariga bajarish imkonini ta’minlaydi.

Bu texnologiya qanday ishlaydi?Prosessor yadrosi sonini oshirish uning javob vaqtini yaxshilab, ko’p oqimli kodni bajarishni samaraliligini oshirib va ommaviy qo’shimchalardan foydalanganda baravariga hisoblash barcha ustunliklarini ta’minlab hisoblash sistemasi mahsuldorligin ancha oshiradi.

Korporativ serverlar foydalanuvchilariga bu qanday ustunliklar beradi?Ikki va ko’p yadroli prosessorlar yuksak mahsuldorlikka ega, kam quvvat sarflaydi va baravariga bir necha vazifalarni bajaradi. Ko’p vazifali rejimda yuksak samara bilan ishlashi foydalanuvchilar ishlari unumdorligini oshirishga yordam beradi: masalan ular baravariga bir necha ofis qo’shimchalari bilan ishlashlari, shu bilan bir vaqtda qo’shimcha rejimda antivirusli skanerlashlari mumkin. Bu texnologiya qachon korporativ serverli platformalarda amalga oshirilgan va undan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish rejalari qandayg‘

pic

Ikki yadroli Intel Xeon prosessorlari asosidagi serverlar 2005 yil to’rtinchi choragida paydo bo’ldi. Bu yil Intel korporasiyasi Montecito shartli nomi bilan ikki yadroli Intel Itanium 2 prosessorlarni taqdim etadi. Truland platformasi asosidagi ko’p prosessorli serverlar uchun Tulsa shartli nom bilan Intel Xeon turkumi ikki yadroli prosessorlari ishlab chiqariladi. Bu prosessorlar 65 nanometrli texnologik jarayon bilan ishlab chiqariladi. Clovertown shartli nomli birinchi to’rt yadroli serverli prosessorlarini 2007 yil birinchi choragida ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Tukwila (Intel Itanium turkumi) shartli nomli ko’p yadroli prosessorlar asosidagi serverlar 2007 yildan keyin paydo bo’ladi.

pic

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq