INTERNET VA YOSHLAR jins psixologiyasi muammolari
27.06.2006
Rukn: Internet.
Muallif: Shohida Tadjibaeva.

pic
Mamlakatimizda istiqlol yillarida erishgan yutuqlardan eng muhimi bu jamiyat ijtimoiy fikrining azaliy qadriyatimiz bo‘lgan oilaga, nikohning muqaddasligiga qaraganligidir. Chunki inson bolasi dunyoga kelar ekan u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab, tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda, nimalar qilish kerakligiga o‘rgatiladi yoki bunga maxsus o‘qitiladi.

Shu bilan birga umrining yarmidan ko‘p davrini qamrab oladigan, insoniy baxtni in’om etadigan yoki aksincha, har tomonlama ta’minlanganligiga qaramasdan, baxtsiz qiladigan oilaviy hayotdir. Oilada esa bola tarbiyasi insoniyat mavjudligining muhim sharti hisoblangan, u dunyoga kelmasdanoq, tarbiyaviy tadbirlar boshlab yuboriladi. Shunday bo‘lsa-da, jamiyatda qanchalik tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatilmasin, hulq-atvori bilan salbiy illatlarga moyillik, ijtimoiy me’yorlarni qabul qila olmaslik xohishi, xatti-harakatlarni nazorat qilishdan holi bo‘lmagan bolalarni uchratamiz.

Ularni tabiatan shunday hulq-atvorga ega deb, e’tibordan chetda qoldirish yoki chora-tadbirlar ishlab chiqmaslik jamiyat uchun katta yo‘qotishlarga olib keladi. Shu bois o‘g‘il va qiz bolaning jins psixologiyasini o‘rganish hamda jinsiga qarab tarbiya berish katta ahamiyatga molikdir. Bundan tashqari, keyingi vaqtlarda Internet orqali tanishuv keng tus olib bormoqda. Shu sababli masofadan turib, boshqa jins vakiliga xos bo‘lgan xislatlarni qanday aniqlash va baholash zarurligini yoshlarimiz bilmoqlari shart. Xorijiy olimlardan biri o‘tkazgan tadqiqotlarida masofadan turib bo‘lsada, bir-birining ko‘nglini topa olayotgan va kelajakda baxtli oila qurayotgan yoshlar talaygina. Ular jins psixologiyasidan xabardor bo‘lishlari foydadan holi emas, deb o‘ylayman.

Xo‘sh ular nimalarga e’tibor qaratishlari lozim. Jins muammosini o‘rganish xorijda ikkita: «sex» biologik tuzilish va «gender» madaniy tuzilish terminlariga bo‘lib o‘rganiladi. Qator olimlar (V.S.Merlin va V.M.Rusalov) individual farqlanish biologik xarakterdan kelib chiqadi, deb ta’kidlashadi. Jins ham biologik tuzilish kabi individual xarakterga ega. U inson paydo bo‘lishida aniq jinsga bo‘linadi va uni o‘zgartirib bo‘lmaydi, lekin o‘z jinsini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi, uni yashab turgan ijtimoiy muhitiga bog‘liq. Masalan, ota-onasi ma’lum bir jinsdagi farzand kutganiga, o‘z jinsi haqida ijobiy xislatga ega bo‘lishi, uning qadri va boshqalar.

Shuning uchun inson o‘z jinsini yo rivojlantirib boradi, yo uni tormozlaydi va bu orqali inson produktivlik faoliyatini pasaytiradi, nevroz holatiga keladi. O‘g‘il va qiz bola bir-biridan reproduktiv holatda (oila qurish, ko‘payish, nasl qoldirish), shuningdek, bilish jarayonida, emosiyalarda farqlanadi. Bunda jinsiy farqlanish madaniy stereotiplar, mehnat faoliyatda tiplarga bo‘linadi, o‘g‘il va qiz bola qaysi ishni bajarishi kerak. Ular tabiatan tez moslanuvchan, tarbiyaga beriluvchan, ijtimoiy hayotda yashovchan bo‘lishsa, o‘g‘il bolalar esa tez tafakkurlaydigan, yangilik yaratuvchan, uddaburon bo‘lishadi.

Barcha kasblarni birinchi bo‘lib, o‘g‘il bolalar keyin qiz bolalar egalashadi. Qiz bolalar asosan stereotipli kasblarni tanlashsa, o‘g‘il bolalar nervo-psixik kasblarni tanlashadi.

Psixolog olim K.G.Yung fikriga asosan, animlar va animusa ongsiz ravishda ayol kishi hayolida erkak va erkak kishi xayolida ayol bo‘ladi. Bu orqali ikki jins bir-biri bilan ongsiz xayolida bo‘lgani kabi tez muloqotga kirishib ketishadi. Bioxeviriztlar talqin qilishicha, inson o‘z jinsiga ahamiyati undan foydalana olish ko‘nikmasiga, undan qoniqishga, o‘z xatti-harakatiga ega bo‘lishga bog‘liq. Kichik yoshda qiz bola va o‘g‘il bolalar o‘z jinslariga mansub xatti-harakatlarni bilishadi. Odatda qiz bolalar (E.Erikson) yopiq dumaloq shakllar chizishadi: hovuz, quyosh kabilar va ichini to‘ldirib bo‘yashadi. O‘g‘il bolalar esa uchli, uchburchak sifat shakllar chizishadi: minora, qalam va boshqalar. Bu farqlanishlar o‘g‘il va qiz bolalar jinsiga bog‘liq bo‘ladi. Onalar o‘g‘il bolalarini kichikligidan raqobatga, o‘z maqsadiga erishishni maqtashadi va shu vaqtni o‘zida qiz bolaga nisbatan umuman boshqa talablar qo‘yishadi, u yig‘lasa ham uyaltirishmaydi. Odatda jinsiy tarbiya oila va jamiyatdagi jins stereotiplarning shakllanishi orqali kelib chiqadi. Oiladagi muhit bolada «Jins» haqida tushunchani shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi.

Qiz bolalar o‘z moslanuvchanligi bilan ularni qayta tarbiyalash mumkin.Demak, ikki jins orasidagi munosabat faqatgina ko‘payish uchun emas, balki ijtimoiy munosabatlar perarxiyasini joylashishiga ham bog‘liq. Olamdagi ko‘pgina qiz bolalar o‘g‘il bola bo‘lishni istaydi. Chunki oilada va hayotda o‘g‘il bolalar o‘zini ancha erkin, qulaylik his qilishadi,ular ortiqcha yumushlar bilan yuklatib qo‘yilmaydi va ijtimoiy hayotning turli sohalarida bemalol ozod harakatda bo‘ladi. Bu esa qiz bolalarda o‘z jinsiga nafrat uyg‘otadi. O‘g‘il bolalar yirik motorikasi A.Gezell, qiz bolalarda esa mayda motorikasi yaxshi rivojlanadi. Qiz bolalar til o‘rganishga, so‘z boyligi ko‘p va aniq gapirishsa, o‘g‘il bolalarda intellekt, aqliy qobiliyati yuqori rivojlanadi. Idrok va diqqat odatda qiz bolalarda yuqori bo‘ladi, lekin ular fazoni idrok qilishda ko‘p hato qilishadi. Texnik qobiliyat o‘g‘il bolalarda yuqori rivojlanangan bo‘lsa, qiz bolalarda verbal qobiliyat yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ko‘p hollarda qiz bolalarning tili tez chiqadi, o‘qishni ham tez o‘zlashtirishadi.

San’at sohasida qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan birinchi bo‘lib rasm chizishadi, nozik joylarini bo‘yashga harakat qilishadi. Musiqa sohasida deyarli farqlanish yo‘q. Demak, o‘g‘il bola keng faoliyatli, yuqori tafakkurlaydigan, mehnat qilishga intilish, biror ishni tezlik bilan bajarish xususiyatiga ega bo‘lishsa, qiz bolalar esa osonlikcha ijtimoiy hayot bilan muloqotga kirishadilar, ishdagi kamchiliklarda qattiq iztirob chekish muloqotchan, ishonch hissi pastligi bilan farqlanadi. Qiz bolalarda nevrotik kasalliklar qattiq qo‘rqish, hayajonlanishdan, zararli odatlardan kelib chiqadi. Qiz bolalar ko‘pincha, chiroyiga, oilaviy xotirjamlikka, ishda esa yangi tajriba ortirishga, muloqot doirasini kengaytirishga intiladi. O‘g‘il bola fanda, san’atda yangilik ixtiro etishida qiz bola unga ilhom bag‘ishlaydi. Qiz bola o‘g‘il bola psixologiyasi o‘xshamas, o‘ziga xos psixologiyaga ega. Undan ma’lumot olish mumkin va o‘g‘il bola uchun erishish qiyin bo‘lgan mavjudotdir. Demak, ikki jins farqlanishida biologik farqlanishdan ko‘ra psixologik farqlanish yuqori va bunda jinsiy madaniyat farqlanishi mavjud bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarimiz jins psixologiyasidan xabardor bo‘lishlari ularga kelajakda yahshi oila egasi bo‘shlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq